O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan
Download 6.3 Mb.
|
FALSAFA MAJMUA
Siyosiy ong - turli ijtimoiy guruhlarning davlat hokimiyatiga, siyosiy tashkilotlarga, ularning jamiyat hayotidagi roliga, boshqa davlatlar va millatlar bilan munosabatlar va shu kabilarga qarashlarining tizimlashtirilgan ifodasidir.
Siyosat - «davlatni boshqarish san’ati» - millatlar, ijtimoiy guruhlarning davlatni boshqarish, saylash-saylanish ishlarida ishtirok etish bilan bog’liq munosabatlari. Siyosat davlat faoliyatining bosh yo’nalishini belgilaydi. Siyosiy faoliyat jamiyatning mavjud siyosiy tuzumini, tartiblarini saqlash, mustahkamlash, takomillashtirish yoki boshqa siyosiy tuzum tartiblarini o’rnatishga qaratilgan xatti-harakatlardir. Siyosiy faoliyat davlat mahkamalari, tashqilotlari, siyosiy partiyalar, siyosiy arboblar zimmasidadir. Mustaqil O’zbekistonda siyosiy ong rolining keskin ortib borishi, aholining tobora keng qatlamlarini qamrab olishi tamoyildir. Davlatning ichki va tashqi siyosati. Ichki siyosatimizning bir-biriga bog’liq ikki vazifasi: yangi davlatchilikni barpo etish hamda keng ko’lamli siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish (Qarang: “Harakatlar strategiyasi”ning V ustuvor yo’nanakishi “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish”). O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi IV bobining «Tashqi siyosat» deb nomlangan 17-moddasida mamlakatimizning tashqi siyosat sohasidagi faoliyati belgilab berilgan... Huquq - davlat hokimiyati tomonidan belgilanadigan va qo’riqlanadigan, jamiyatda kishilarning yurish-turishlari, xatti-harakatlari, faoliyatlari, o’zaro munosabatlarini tartibga soladigan, majburiy qonun-qoidalar, normalar tizimidir. Huquq fuqaroning ish-harakat doirasi davlat qonunlari yoki boshqa xil qonun-qaro rlar bilan mustahkamlangan, kafolatlangan imkoniyat, erk, ixtiyoridir. Huquq insonning jamiyatdagi butun hayotini o’z ichiga oladi. Davlat o’z faoliyatini huquq va uning organlari orqali amalga oshiradi. O’zbekiston huquqiy demokratik davlatni qurish yo’lidan borayotganligi bois mamlakatimizdagi barcha faoliyatlar O’zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinishiga asoslanadi. IV. Jamiyat doimiy ravishda taraqqiy etib turadiganjonli sotsial organizmdir. Harakatlar strategiyasining “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish” deb nomlangan ikkinchi yo’nalishida qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq islohotlarini davr taqozosi darajasida chuqurlashtirish, sudni mustaqil davlat instituti darajasiga ko’tarish masalalari belgilangan. Bu sohada mamlakatimizda juda keng qamrovli va samarali ishlar olib borilmoqda.“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2016 yil 28 dekabrdagi Farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, joylarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi ishga tushirildi. Bu Farmon jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etdi va barcha darajadagi davlat organlari, rahbar xodimlari faoliyatida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalga oshirish boshlandi. Prezidentning 2017 yil 7 yanvarda Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlari bilan uchrashuvida qonun ustuvorligi inson manfaatlarini ta’minlashning muhim omili ekanligiga e’tibor qaratildi3. Prezidentimizning “YUridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 2017 yil 8 fevral Qarorlari, shuningdek, “O’zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 21 fevraldagi Farmonining asosiy maqsadi Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, ularning odil sudlovga erishish darajasini, sud ishi yurituvining samaradorligi va sifatini oshirish kabi masalalarni qamragan. Mazkur hujjatlar ushbu sohadagi davlat siyosatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishga xizmat qiladi. Zamonaviy yangi davlatning shakllanishida demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari, ya’ni insonning o’z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda amalga oshirilishi, ozchilikning ko’pchilikka bo’ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, tayinlash yo’li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi tashqilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar asos bo’lib xizmat qilishi kerak. Ayni paytda, SHarqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o’ziga xos va o’ziga mos xususiyatlari borki, buni aslo nazardan soqit qilib bo’lmaydi. YA’ni SHarkda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Agar G’arbda demokratiya ko’p hollarda individualizm falsafasiga tayansa, SHarqda demokratiya tushunchasi hamjihatlik g’oyasi, jamoatchilik fikrining ustuvorligi zaminida shakllanadi. Bizda demokratik jarayonlar qonunni hurmat qilish, unga itoat etish kabi fazilatlarga mos ravishda rivojlanishi zarur. Axloqiy, ma’naviy qadriyatlar siyosiy munosabatlarda ham ustunlik kasb etishi darkor. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson salohiyatini yanada yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgandir. Download 6.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling