O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan


Download 6.3 Mb.
bet34/244
Sana18.10.2023
Hajmi6.3 Mb.
#1708378
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   244
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA

O’quv vizual materiallar


5.1-ilova


5.2-ilova

5.3-ilova

5.4-ilova


5.5-ilova


5.6-ilova


6-MAVZU. PEDAGOGIK AMALIYOTDA MANTIQIY FIKRLARNING
AHAMIYATI
Vaqt – 2soat
Reja
1.Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari.
2. Tushunchaning mazmuni va hajmi, ularning turlari
3. Mulohaza. Xulosa chiqarish.


Tayanch tushuncha
Tafakkur – mantiq ilmining organisg ob”ekti.
Mantiq – tafakkur Mantiq, logika, tafakkur, tafakkur shakli, tafakkur qonuni , formal mantiq, matematik mantiq, dialektik mantiq, klassik mantiq, noklassik mantiq, tafakkur qonunlari, ayniyat qonuni, nozidlik qonuni, istisno qonuni, yetarli asos qonuni, tushuncha, belgi, taqqoslash, taxlil (analiz), sintez, abstraktsiyalash, umumlashtirish, termin, tushunchaning mazmuni, tushunchaning turlari , mulohaza, oddiy mulohaza, tasdiq va inkor, yakka va umumiy mulohaza, juziy mulohaza, murakkab mulohaza, birlashtiruvchi (konyuktiv) mulohazalar, ayruvchi (dizyunktiv) mulohazalar, shartli (implikativ) mulohaza, ekvivalentlik mulohazalari, sig’ishadigan va sig’ishmaydigan mulohazalar, xulosa , deduktsiya, induktsiya, anologiya.


ADABIYOTLAR

Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: O’zbekiston, 2017 -484 b.


SHaripov M., Fayzixo’jaeva D., Safarboev M. Mantiq. O’quv qo’llanma. T.: 2009
SHaripov M., Fayzixo’jaeva D. Mantiq. O’quv qo’llanma. T.: 2004
Logika (mantiq) fani bo’yicha amaliy mashg’ulotlar. Toshkent, PTI, 2009
Fayzixo’jaeva D. Mantiq. Izoxli lug’at. – T.: Tamaddun, 2015

Mantiq fanini o’qitishdan maqsad talabalarni to’g’ri fikrlashning mantiqiy shakllari va qonun-qoidalari bilan tanishtirish va shu asosida ularda murakkab mantikiy masalalar va muammolarni echish malakasini shakllantirish, mustaqil va erkin fikr yuritish qobiliyatini takomillashtirish. Ularni etuk mutaxassis bo’lishlari, yangi huquqiy demokratik jamiyat qurishning faol ishtirokchilariga aylanishlari uchun zarur nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarga ega qilishdan iborat.


Mantiq so’zi arab tilidan kirib kelgan bo’lib, so’z, fikr, aql qonuniyat ma’no - mazmunlarida ishlatiladi. Logika so’zi grekcha logike so’zidan olingan bo’lib, so’z, fikr, tafakkur ma’nolarini bildiradi. Mantiq fani inson tafakkurining qonun va shakllarini o’rganadi. Mantiq qonunlari fikrlar o’rtasidagi zaruriy, muhim bog’lanishlarni aks ettiradi.
Mantiq ilmining o’rganish obyektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so’zlarining sinonimi sifatida qo’llaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Uning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun bilish jarayonida tutgan o’rni, bilishning boshqa shakllari bilan bo’lgan munosabatini aniqlab olish zarur. Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida subyektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot tashkil etadi. Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. Uning dastlabki bosqichini hissiy bilish - insonning sezgi organlari yordamida bilish tashkil etadi.
Hissiy bilish 3 ta shaklda: sezgi, idrok va tasavvur shaklida amalga oshadi. Sezgi predmetning birorta tashqi xususiyatini (masalan, rangini, shaklini, ta’mini) aks ettiruvchi yaqqol obrazdir. Idrok predmetning yaxlit yaqqol obrazi bo’lib, u mazkur predmet haqidagi turli xil sezgilarni sintez qilish natijasida hosil bo’ladi. Alohida olingan sezgilardan farqli o’laroq, idrok berilgan predmetni boshqa predmetlardan (masalan olmani behidan, nokdan va shu kabilardan) farq qilish imkonini beradi. Tasavvur esa avval idrok etilgan predmetning obrazini ma’lum bir signallar (berilgan predmet bilan ma’lum bir umumiylikka ega bo’lgan) ta’sirida miyada qayta hosil qilishdan, yoki shu va boshqa obrazlar negizida yangi obraz yaratishdan iborat hissiy bilish shaklidir.
Mantiq keng ma’noda olamdagi konuniy, zaruriy bog’lanish va aloqalar, tartib va izchillik, tafakkurimizning ichki aloqadorligi tadrijiy rivojlanishi, turli fikrlar o’rtasidagi mantiqiy bog’lanishlarni ifodalaydi.

Download 6.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling