O’quv –uslubiy majmua O’zroo`mtv tomonidan 2018 yilda ishlab chiqilgan hamda Uzdjtu kengashining 2018 yil 27 iyundagi 6-sonli bayonnomasi asosida foydalanish uchun tavsiya etilgan namunaviy fan dasturi asosida ishlab chiqilgan


Download 200.04 Kb.
bet9/41
Sana24.10.2023
Hajmi200.04 Kb.
#1718586
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
2. Majmua tilshunoslik

Unli tovushlar tasnifi. i unlisi-old qator lablanmagan, tor unli.Tilning tanglay tomon yuqori ko’tarilishi va og’izning nisbatan tor ochilishi bilan qisqa talaffuz etiladi. Til, dil, jim, kiyik, kiyim .
u unlisi-orqa qator, lablangan, tor unli.Uni talaffuz qilishda til tanglay tomon ko’tarilib og’iz juda torayadi,lablar oldinga cho’ziladi: gulshan,bug’doy,kurtak,lunj.
e unlisi-old qator,lablanmagan,o’rta keng unli.Tilning tanglay tomon yuqori-o’rta ko’tarilishi, til uchining pastki tishlarga tegishi bilan yumshoq talaffuz etiladi,og’iz bir muncha torayadi:etik,sekin,meva,ehson.
o’ unlisi-orqa qator lablangan ,o’rta keng unli.Har vaqt so’zning birinchi bo’g’inida keladi:bo’z,bo’y,do’ppi,ko’zgu.
a unlisi-old qator lablanmagan,keng unli.Uning aytilishida lablar kerilib,tilning oldingi qismi pastga tushadi,uchi esa pastki tishlarga yaqinlashadi:alanga,vazifa, gavhar,jasur,kurash.
o unlisi-orqa qator,lablangan,keng unli.Uning aytilishida til ichkariga tortiladi,tilning uchi tishlardan uzoqlashadi,pastki jag’ esa tushiriladi: bozor,obod,ovoz,hikoya,matbuot.
Undosh tovush: o’pkadan chiqayotgan havo oqimining og’iz bo’shlig’ida ma’lum to’siqqa uchrashidan hosil bo’lgan tovush undosh hisoblanadi. Undoshlar quyidagicha tasnif etiladi.
1. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra: (qaerda?)
2. Hosil bo’lish usuliga ko’ra: (qanday?)
3. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra.


  1. 1. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra undoshlar quyidagicha:

a) lab undoshlari

Lab-lab: b, p, m (v)




Lab-tish: v, f




Til oldi: d,t,n,l,r,z, sh, ch, j



b) til undoshlari

Til o’rta: y




sayoz til orqa: k,g,ng
til orqa:
chuqur til orqa: q,g’,x

v) bo’g’iz undoshi:

H




Download 200.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling