O‗quv-uslubiy majmua
-mavzu : “MILLIY G„OYA VA MA‟NAVIYAT ASOSLARI FANLARINI
Download 0.96 Mb.
|
Документ wordddddddddd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi masalaning bayoni
6-mavzu : “MILLIY G„OYA VA MA‟NAVIYAT ASOSLARI FANLARINI
O„QITUSHNING TURLI METODLARI” mavzusidagi ma‟ruza bayoni Reja: Milliy g‗oya va ma‘naviyatga oid fanlarni o‗qitishda an‘anaviy va noan‘anaviy ta‘lim modellaridan foydalanish. Milliy g‗oya va ma‘naviyat asoslari ta‘limida qo‗llaniladigan o‗qitish metodlari tasnifi. Milliy g‗oya va ma‘naviyat asoslari darslarida test metodini qo‗llashning mohiyati. Birinchi masalaning bayoni: Milliy g‗oya va ma‘naviyatga oid fanlarni o‗qitishda odatda an‘anaviy va noan‘anaviy ta‘lim modellaridan keng foydalaniladi. An‟anaviy dars- («markazda o‗qituvchi bo‗lgan ta‘lim modeli», deb ham atashadi) muayyan muddatga mo‗ljallangan,ta‘lim jarayoni ko‗proq o‗qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta‘lim modelidir. An‘anaviy darsning asosiy maqsadi dars mavzusining asosiy mazmuni, tushuncha va faktlarni o‗qituvchi tomonidan o‗quvchilarga yetkazish va tushuntirishdan iborat. Odatda, an‘anaviy dars berishga passiv dars berish usuli sifatida qaraladi. Lekin darsda o‗quvchilarning faol yoki nofaolligi darsni qanday o‗tishga va uni rejalashtirishga bog‗liq. An‘anaviy darsning samaradorligini oshirish uchun dars jarayonini oqilona tashkil qilish, o‗qituvchi tomonidan o‗quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta‘lim jarayonida faolligini mutassil rag‗batlantirib turish, o‗quv materialining mazmunini ochishda baxs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, turlicha baholash usullari va vositalarini o‗z o‗rnida qo‗llash talab etiladi. ―Ta‘kidlash joizki, - deb yozadi – metodist olim B.To‗xliyev – interfaol usullarni an‘anaviy ta‘lim metodlariga mutlaqo qarshi qo‗yib bo‗lmaydi. Ular bir-birini inkor etadigan, biri boshqasiga halaqit beradigan emas, balki bir-birini to‗ldiradigan ta‘lim usullaridir. O‗qitish jarayonida yo an‘anaviy, yoxud interaktiv metoddan birini tanlash kerak qabilida yondashish ma‘rifiy jaholatdan boshqa narsa emas. Ta‘lim metodlari son-sanoqsiz va ularning har biri o‗zi qo‗llanilayotgan vaziyat uchun betakror ahamiyatga egadir‖19. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling