Mutaxassislikka kirish fan sifatida. Pedagogik faoliyatning kasbiy huquqiy asoslari 2 soat O`qit: Xaitov A
Download 6.3 Kb.
|
Mutaxassislikka kirish fan sifatida. Pedagogik faoliyatning kasbiy huquqiy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
- Fanning vazifasi
- “Mutaxassislikka kirish”
- “Mutaxassislikka kirish” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
- 46-modda. Pedagog xodimlarning majburiyatlari
Mutaxassislikka kirish fan sifatida. Pedagogik faoliyatning kasbiy huquqiy asoslari 2 soat O`qit: Xaitov A Reja: 1. Mutaxassislikka kirish faning maqsad va vazifasi. Fanning ob’ekti va predmeti. 2. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish tamoyillari. 3. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasi. 4. Talaba yoshlarda ma’naviy dunyoqarashni shakllantirishda “Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi” fanining o‘rni va roli. 5. Pedagogik faoliyatning normativ-huquqiy asosi. O‘zbekistonda ta’lim siyosati va talimni modernizatsiya qilishning asosiy yonalishlari. 6. Ta’limdagi innovason jarayonlar. Ta’lim sohasidagi kasblar rivojlanishining prognozlari. Tayanch so’zlar: mutaxassilikka kirish, pedagogika, maqsad, vazifa, obyekt, predmet, kategoriya, pedagogika fani metodologiyasi Fanni o‘qitishdan maqsad–bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogika yo‘nalishidagi umumkasbiy va maxsus fanlar tizimi, ularning predmeti, tadqiqot obyekti, tadqiqot usullari, qonuniyatlari va tamoyillarini amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. Fanning vazifasi – bo‘lajak o‘qituvchilarni kelgusi kasbiy faoliyatlari uchun puxta nazariy asos yaratish, axborotlardan (jumladan INTERNET tizimi)dan foydalanish, mutaxassislik fanlarini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llay olish, ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, pedagogik faoliyatga tayyorlash, o‘qituvchilik kasbining insonparvarlik ahamiyatini ochib berish. “Mutaxassislikka kirish” fanini o’qitishda quyidagi intеrfaоl mеtоdlarni qo’llash ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlaydi: “Bumеrang”, “Baliq sklеti”, “Nilufar guli”, “Aqliy hujum”, “Klastеr”, “Kеys”, “CHarхpalak”, “Qarоrlar shajarasi”, “Vеnn diagrammasi”, “Qanday?”, “Nima uchun?” va hоkazо. “Mutaxassislikka kirish” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Mazkur fan –Aksiоlоgiya, Psiхоlоgiya, Yosh psiхоlоgiyasi va gigiеnasi, O`zbеk adabiyoti, Milliy g’оya va ma’naviyat asоslari, Ma’naviyatshunоslik, Infоrmatika va aхbоrоt tехnоlоgiyalari, Etika, Estеtika, Madaniyatshunоslik kabi fanlar bilan uzviy alоqada o’rganiladi. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni Ta’lim to‘g‘risida qonuni 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan. Ushbu qonunga ko’ra, pedagogik faoliyatning normativ-huquqiy asoslari quyidagicha aytilgan: 44-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Magistraturani tamomlagan shaxslar va diplomli mutaxassislar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, pedagogik oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarga qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganidan keyin ta’lim tashkilotlarida (bundan oliy ta’lim tashkilotlari mustasno) pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi. 45-modda. Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari Pedagog xodimlarning maqomi jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi. Pedagog xodimlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro‘sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi. 46-modda. Pedagog xodimlarning majburiyatlari Pedagog xodimlar: ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi; o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishi; axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi; Ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratishi; voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi; Download 6.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling