O‗quv-uslubiy majmua


Download 0.96 Mb.
bet46/86
Sana22.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1108612
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   86
Bog'liq
Документ wordddddddddd

O„quv adabiyotlari — muayyan ta‘lim turi (yo‗nalishi yoki mutaxassisligi) o‗quv rejasida qayd etilgan fanlar bo‗yicha tegishli o‗quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o‗zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan (shu jumladan, xorijiy tarjimalar) manba bo‗lib, ikki xil shaklda tayyorlanadi:

    • An‟anaviy (bosma) o„quv adabiyotlar - ta‘lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlari, ma‘lumotlar hajmi, shriftlari, qog‗oz sifati, muqova turi va boshqa ko‗rsatkichlarni hisobga olgan holda qog‗ozda chop etiladigan manba;

    • Elektron o„quv adabiyotlar – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma‘lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‗lgan manba.

O„quv adabiyotlarning turlari
Uzluksiz ta‘lim tizimi o‗quv-tarbiyaviy jarayonida o‗quv ada-biyotlarning quyidagi turlari qo‗llaniladi: darslik, o‗quv qo‗llanma, lug‗at, izohli lug‗at, ma‘lumotlar to‗plami, ma‘ruzalar kursi, ma‘ruzalar to‗plami, metodik ko‗rsatmalar, metodik qo‗llanmalar, ma‘lumotlar banki, dayjest, sharh va boshqalar. Darslik – davlat ta‘lim standartida belgilangan asosiy o‗quv materialini qamrab olgan holda, bilimlarni talabalar tomonidan mustaqil o‗zlashtirib olishga, ularda ko‗nikma va malakalarni shakllantirishga, kerakli o‗quv materialini mustaqil izlash va topishga, hamda amaliy faoliyatda qo‗llashni o‗rgatish hamda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‗naltirilgan bo‗lishi kerak.
Har bir ta‘lim turining maqsad va vazifalarini qamrab olgan, bilim oluvchilarning yoshi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan o‗z darsliklari bo‗ladi. Darslikda nazariy ma‘lumotlardan tashqari, amaliy-tajriba va si-nov mashqlari bo‗yicha zarur ko‗rsatmalar beriladi.
O„quv qo„llanma – darslikni qisman to‗ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo‗yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o‗zlashtirilishini ta‘minlovchi, ayrim bob va bo‗limlarni keng tarzda yoritishga yoki amaliy mashq va mashg‗ulotlar yechimiga mo‗ljallangan nashr.
O‗quv qo‗llanmada muayyan mavzular darslikka nisbatan kengroq yoriti-ladi. Masalan,
―Mexanika‖ fizika fanining mexanika qismiga bag‗ishlangan o‗quv qo‗llanma. ―Fizikadan masalalar to‗plami‖ – fizika fani bo‗yicha masala va mashqlar yechishga mo‗ljallangan o‗quv qo‗llanma va hokazo.
Lug„at – aniq bir tartibda joylashgan so‗zlar (yoki so‗z birikmasi va hokazo) to‗plami, ularning mazmuni, ishlatilishi, kelib chiqishi, boshqa tildagi tarjimasi to‗g‗risida ma‘lumot beruvchi yoki so‗zning tushunchasi, u bilan belgilanuvchi predmetlar haqida axborot beruvchi nashr.
Izohli lug„at – so‗zlarning mazmunini izohlaydigan, har bir so‗zning grammatik, etimologik va stilistik tavsifi berilgan, ularni qo‗llashga oid misollar va boshqa ma‘lumotlar keltirilgan, qo‗shimcha adabiyot sifatida foydalaniladigan nashr.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling