O‗quv-uslubiy majmua


Download 0.96 Mb.
bet62/86
Sana22.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1108612
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   86
Bog'liq
Документ wordddddddddd

3-masalaning bayoni: Talabalarda ma‘naviy ehtiyojni rivojlantirish uchun quyidagi jihatlarga alohida e‘tibor qaratish lozim: shaxs ma‘naviy ehtiyojini qondirish uchun uni o‗rganish lozim. Buni anglab yetmasdan maqsadga erishish mumkin emas, ma‘naviy ehtiyojni tez fursatda rivojlantirish mumkin emas, ma‘naviy ehtiyojni rivojlantirish uchun har bir fuqaroda ziyolilik sifatlarini oshirish talab etiladi.
Talabalarning ma‘naviyatini rivojlantirishga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillarni ijobiy va salbiy turlarga ajratish mumkin. Ma‘naviy ehtiyoj, ma‘naviy burch va ma‘naviy fazilatlar ijobiy omillar hisoblansa, ma‘naviy buzg‗unchilik, ma‘naviy zaiflik, ma‘naviy tubanlik singari xislatlar salbiy tavsifga egadir. Talabalarda mazkur salbiy sifatlarning namoyon bo‗lishiga imkon bermaslik, uning oldini olish o‗ta muhimdir. Buning uchun eng avvalo, ma‘naviy tahdid, ma‘naviy zaiflik, ma‘naviy tubanlik singari illatlarning o‗zi haqida aniq ma‘lumotlarga ega bo‗lish lozim.
Auditoriyadan tashqari mashg‗ulotlarda talabalarni ma‘naviy rivojlantirish jarayoni ham o‗z navbatida murakkab va ko‗p qirrali bo‗lib, u o‗quv rejasidagi ijtimoiy-gumanitar, umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bloklari bo‗yicha auditoriyadan tashqari mashg‗ulotlar mazmuni va shakl, metodlarini o‗zaro bog‗liqlikda o‗rgangan taqdirdagina samaradorligi ortishi haqidagi xulosaga kelinаdi.
Auditoriyadan tashqari mashg‗ulotlarda talabalarni ma‘naviy rivojlantirish tizimining boshqa tizimlardan ajratib turadigan xususiyati, uning muhim tarkibiy qismlarining o‗zaro mustahkam aloqasi (o‗zini-o‗zi tashkillashtirishi) tufayli vujudga keladigan bir butunligi va yaxlitligidir. Ushbu nuqtai nazardan talabalarni auditoriyadan tashqari mashg‗ulotlarda ma‘naviy rivojlantirish muammosi ma‘lum maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan yaqin o‗zaro uzviy aloqada bo‗lgan yaxlit integrativ tizim sifatida qaralishi va o‗rganilishini taqozo etadi.
Pedagogika oliy ta‘lim muassasalarida ma‘naviy faoliyatni samarali yo‗lga qo‗yilganligi ko‗p jihatdan talabalarning ijtimoiy faolligi va uning darajasi bilan belgilanadi. Talabalarning pedagogik oliy ta‘lim muassasadagi tahsilining yakuni ularda ma‘naviy qiyofaning shakllanishi bilan tugallanishi lozim.
Auditoriyadan tashqari ishlar jarayonida talabalarning ma‘naviyatini rivojlantirish texnologiyasining samaradorligi aniq metodik ta‘minotning yaratilganligiga ko‗p jihatdan bog‗liqdir. Ana shu sababli tadqiqot doirasida ekskursiyalar, badiiy-ommaviy tadbirlarni tashkil etishga doir metodik ishlanmalarni ishlab chiqishga ham alohida e‘tibor qaratish maqsadga muvofiq.
Talabalarning ma‘naviyatini rivojlantirishga doir tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish quyidagi ikki bosqichdan iborat tarzda amalga oshirilishi lozim: loyihalash – qiziqish, ehtiyoj va motivlarni aniqlashtirish, maqsad va vazifalar hamda kutiladigan natijalarni oydinlashtirish, shakl, metod va vositalarni tanlab olish; baholash va refleksiya hamda rejalashtirish – tadbirni o‗tkazish bosqichlari va vaqtni taqsimlash, murabbiy-tarbiyachining vazifalari; talabaning ish tartibi, tarbiyaviy tadbir materiallari.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling