O‗quv-uslubiy majmua


Download 0.96 Mb.
bet64/86
Sana22.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1108612
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86
Bog'liq
Документ wordddddddddd

Xorij manbalari:
1. Michael Freeden.Ideology: A Very Short Introduction (Oxford, 2003)
Elektron ta‟lim resurslari:

    1. O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi: www.edu.uz.

    2. O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi: www.uzedu.uz.

    3. Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi xalq ta‘limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi: www.giy.uz

12-mavzu: “MILLIY G„OYA VA MA‟NAVIYATGA OID FANLARNI O„QITISHDA YANGICHA YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR”
mavzusidagi ma‟ruza bayoni Reja: 1. Milliy g‗oya va ma‘naviyatga oid fanlarni o‗qitishda va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarda yangicha yondashuv va innovatsiyalar.
2.Kompetensiyalarga asoslangan ta‘lim yondashuvi.
3.Mafkuraviy kompetensiya va uni rivojlantirishning zaruriyati.
1-masalaning bayoni: Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat hayotining ma‘naviy-ma‘rifiy asoslarini mustahkamlash, milliy istiqlol g‗oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini hayotga joriy etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va mas‘uliyat hissini oshirish, yot g‗oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga yo‗naltirilgan targ‗ibot tizimi shakllandi.
Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko‗payib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Xususan, oila, mahalla va ta‘lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g‗oyaviy-tarbiyaviy ishlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terroristik harakatlarga adashib qo‗shilib qolish, milliy qadriyatlarga e‘tiborsizlik, erta turmush qurish, oilaviy ajralishlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‗ibot ishlarining aksariyat hollarda kutilgan natijani bermayotgani bu masalalarga jiddiy e‘tiborni talab etmoqda.
Mamlakatimizda qabul qilingan 2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasida eng avvalo, davlat boshqaruvi organlarining quyi bo‗g‗inlari faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalq bilan muloqot qilishini ta‘minlash, bu borada samarali ijtimoiy hamkorlik mexanizmini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‗yilgan.
2017 yil 28 iyulda Respublikamizda ―Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‗tarish to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining №3160 sonli qarori qabul qilindi25. Bunda ma‘naviy-ma‘rifiy sohada olib borilayotgan ishlarni yanada jonlashtirish maqsadida Respublika Ma‘naviyat targ‗ibot markazi va Milliy g‗oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi birlashtirilib, ularning negizida Respublika
Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi qayta tashkil etildi.
Mazkur qaror bo‗yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targ‗ibot ishlarini tizimli va izchil amalga oshirish, bu borada keng jamoatchilik, olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilardan iborat ―Ma‘rifat‖ targ‗ibotchilar jamiyatini shakllantirish hamda uning faoliyatini doimiy asosda yo‗lga qo‗yish zarurligi ta‘kidlangan.
Shuningdek, ma‘naviy-ma‘rifiy sohada olib borilayotgan ishlarni yanada jonlashtirish borasida quyidagi vazifalar belgilangan.

  • dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‗oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, ―ommaviy madaniyat‖, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‗oyaviy kurash olib borish;

  • jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‗sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‗-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e‘tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • milliy g‗oyani yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari o‗rtasida keng targ‗ib etish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish, ertangi kunga ishonch tuyg‗ularini kuchaytirish;

  • targ‗ibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish;

  • ma‘naviy-ma‘rifiy targ‗ibot ishlari samaradorligining ilmiy asoslangan monitoringini ta‘minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o‗tkazishni muntazam yo‗lga qo‗yish;

  • yoshlarda sog‗lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko‗nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda g‗oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish;

  • mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu toifani ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‗lga qo‗yish;

  • xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an‘analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‗rtasida dinlararo bag‗rikenglik, millatlararo totuvlik va o‗zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo‗yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish.

O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat kengashiga, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlari tegishli ravishda hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qiladilar.
Bugungi kunda umumiy o‗rta ta‘lim tizimi sohasida tubdan o‗zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu sohada mustaqillikdan buyon qo‗lga kiritilgan yutuqlar, kamchiliklar, muammolar tahlil qilinib, maqbul rejalar belgilanmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta‘lim sohasidagi mavjud muammolar va bajarilishi lozim bo‗lgan vazifalarni quyidagicha ko‗rsatib o‗tdi: ―...umumta‘lim maktablari, litsey va kasb-xunar kollejlari, shuningdek, oliy o‗quv yurtlaridagi o‗qitish sifati bilan bog‗liq. Zamonaviy o‗quv reja va uslublarini joriy etish talab darajasida emas. Yana bir muammoni hal etish ham o‗ta muhim hisoblanadi: bu - pedagoglar va professoro‗qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta‘lim olish, ma‘naviy-ma‘rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol ko‗mak beradigan muhitni yaratish zarur.‖26
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Umumiy o‗rta ta‘lim to‗g‗risidagi nizomni tasdiqlash to‗g‗risida‖gi 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori asosida Nizom qabul qilingan bo‗lib, ushbu Nizom 10 ta bob, 85 ta banddan iborat. Unda O‗zbekistonda umumiy o‗rta ta‘limning muddati 9 yil qilib ko‗rsatilgan va umumiy o‗rta ta‘lim uzluksiz ta‘lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanishi hamda O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‗g‗risida»gi qonunlariga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshirilishi ta‘kidlangan. Nizomda umumiy o‗rta ta‘limning maqsadi va vazifalari, umumiy o‗rta ta‘limni tashkil etish, o‗quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni, umumta‘lim muassasasiga o‗qishga qabul qilish, o‗quvchilar sog‗lig‗ini muhofaza qilish, pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, umumiy o‗rta ta‘limni boshqarish,moliyalashtirish va moddiy-texnik ta‘minoti kabi boblari mavjud. Nizomda umumiy o‗rta ta‘limning vazifalari quyidagilardan iborat qilib begilangan:  o‗quvchilar tomonidan muntazam bilimlar olinishini ta‘minlash, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy o‗quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirish;

  • o‗quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uyg‗unlashtirish asosida yuksak ma‘naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o‗z Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni

shakllantirish;

  • ta‘limning uzluksizligini va izchilligini, umumta‘lim muassasalari o‗quv dasturlarining

o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalari o‗quv dasturlari bilan uzviy bog‗liqligini ta‘minlash;

hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali ta‘lim sifatini oshirish;

  • o‗quvchilarning individual ijobiy xususiyatlarini aniqlash, qo‗llab-quvvatlash va

rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta‘lim-tarbiya olishlari, ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berish;

  • Umumiy o‗rta ta‘lim muntazam va tizimli bilimlar olinishini, keng dunyoqarash hamda

ijodiy mustaqil fikrlash shakllantirilishini, o‗quvchining barkamol shaxs sifatida kamol topishini, uning qiziqishlari va ijodiy qobiliyatlarining rivojlantirilishini ta‘minlaydi.
Nizomning 7-bobida Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirishga alohida e‘tibor qaratilgan. Bunda:

  • Tegishli ma‘lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‗lgan

shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‗ullanish huquqiga ega;

  • Pedagogik faoliyat bilan shug‗ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning

umumta‘lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug‗ullanishiga yo‗l qo‗yilmaydi.

  • Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kasb

mahoratining raqobatbardosh darajada saqlab turilishi xalq ta‘limi boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etiladi va nazorat qilinadi.

  • Umumta‘lim muassasasi pedagogik jamoa a‘zolari o‗qitish yo‗nalishlari (tabiiy, aniq,

gumanitar, ijtimoiy va boshqa fanlar) bo‗yicha uslubiy birlashmalarga birlashadilar.

  • Umumta‘lim muassasalari o‗qituvchilarining (o‗quv fanlari va soatlari bo‗yicha)

vazifasini vaqtincha bajarib turish tartibi hamda xodimlarining sinfdan tashqari faoliyatini tartibga solish O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

  • Umumta‘lim muassasasi rahbariyati o‗qituvchilarning obro‗-e‘tibori va ijtimoiy maqomini, ularning mas‘uliyati va kasb mahoratini oshirish bo‗yicha aniq yo‗nalishli ishlarni amalga oshiradi, ularning tizimli ravishda malaka oshirishlari va o‗z ustida ishlashlari, ta‘lim jarayoniga ilg‗or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek yangi o‗quv dasturlari joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

  • Umumta‘lim muassasalari va xalq ta‘limi boshqaruv organlarining xalqaro hamkorligi xalqaro shartnomalar asosida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning malaka oshirishi hamda stajirovka o‗tashi shaklida amalga oshiriladi.  Umumta‘lim muassasalari o‗quvchilarning ota-onalari, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari, boshqa ta‘lim muassasalari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan uzviy aloqada faoliyat ko‗rsatadi.

Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi (Odobnoma, Vatan tuyg‗usi, Milliy istiqlol g‗oyasi va ma‘naviyat asoslari) fanlari bo‗yicha o‗quv mashg‗ulotlari olib borish jarayonida 2017 yil 28 iyulda Respublikamizda ―Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‗tarish to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining №3160 sonli qarori va Umumiy o‗rta ta‘lim to‗g‗risidagi nizom va o‗quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‗naltirilgan davlat ta‘lim standarti bo‗yicha dars mashg‗ulotlari olib borishimiz zarur. Bunda o‗qituvchilar dars mashg‗ulotlari olib borish jarayonida ilg‗or pedagogik texnologiyalar va interaktiv uslublardan unumli foydalanishlari lozim.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling