O‗quv-uslubiy majmua
Download 0.96 Mb.
|
Документ wordddddddddd
2-masalaning bayoni: Mamlakatimizda mustaqillikning ilk kunlaridanoq jismonan sog‗lom, ma‘naviy yetuk va barkamol avlodni tarbiyalash masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‗nalishlaridan biri bo‗lib kelmoqda. Chunki mamlakatimiz kelajagi va istiqboli ana shu avlod tarbiyasiga har tomonlama bog‗liq. Zero, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta‘kidlaganidek: ―Ta‘lim va tarbiya, ilm-fan, sog‗liqni saqlash, madaniyat va san‘at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‗lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta‘minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‗lib qoladi‖42. Darhaqiqat, yoshlar tarbiyasi yo‗lida ota-ona, qo‗ni-qo‗shni va keng jamoatchilik, o‗qituvchi va murabbiylar hamkorligi yosh yigit-qizlarning ulug‗ ajdodlarimizga munosib avlod bo‗lishlariga munosib hissa qo‗shishi shubhasiz. Shu bois mamlakatimizda ota-onalar, murabbiylar, fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qilish organlari o‗rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Ana shu hamkorlikni yanada kuchaytirish, har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalashda oilalar, ota-onalar va fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarining ta‘lim muassasalari bilan hamkorlikda olib boradigan faoliyatini tizimli yo‗lga qo‗yish, farzand tarbiyasida davlat va jamoat tashkilotlari hamda jamoatchilik faolligini oshirish – bugungi kunda eng dolzarb vazifalardan biridir.
Zero, Vatanimizning kelajagi bo‗lgan farzandlarni odobli, aql-farosatli va bilimdon qilib tarbiyalash – davr talabi. Yoshlarni har tomonlama ma‘naviy yetuk barkamol shaxs sifatida tarbiyalash murakkab va muhim vazifalardan bo‗lib, oila, ta‘lim muassasalari, mahalla va jamoatchilik bu yuksak maqsadni amalga oshirishda bevosita birdek mas‘uldirlar. Barkamol shaxsni tarbiyalashda, bolani dunyoga kelganidan boshlab to voyaga etguniga qadar bo‗lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish, tug‗ma layoqatlarini aniqlash, shuningdek qulay muhit yaratish, ta‘lim tizimida faol ishtirokini ta‘minlashda tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar, shuningdek, mahalla-kuy mas‘ulligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Har bir jamiyat a‘zosi oila bag‗rida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o‗zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Yoshlarni hayotga, ongli mehnat faoliyatiga tayyorlashda oila va pedagogik faoliyatning tarbiyaviy jarayonni to‗g‗ri tashkil etishi zaruriy vazifadir. Shu maqsadda mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida ma‘naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar, avvalo, oila qadriyatlarini eng ilg‗or an‘analarini tiklashga qaratilgandir. Shulardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki: -birinchidan, bugungi avlod yangi asr – «XXI asr – intellektual asr»da va sivilizatsiya davrida yashaydi. Bu sivilizatsiyada ta‘lim-tarbiya olish, mehnat qilish, ijod bilan shug‗ullanish o‗zining ustida tinmay ishlaydigan, uzluksiz ta‘lim oladigan, muntazam ravishda ma‘naviy madaniyatni rivojlantirib, o‗z bilim ehtiyojlarini qondirib olgan ta‘lim-tarbiya natijalarini oilasi, xalqi va davlatini rivojlantirishiga sarf qila oladigan shaxsgina ushbu sivilizatsiyaning faol ishtirokchisi bo‗lishi mumkin. Ana shunday sharoitda yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalashning eng muhim omillarini tahlil etish zarur; -ikkinchidan, har bir jamiyatning, tuzumning tarixiy rivojlanishida yoshlar muammosining mavjudligi, ularda sog‗lom turmush tarzini shakllantirish masalalarining yetakchiligi va bu masalaning asosiy qismining yechimlari ta‘lim-tarbiya jarayoniga bog‗liq ekan, bu jarayonda muhim omil bo‗lgan – ota-onalar, murabbiylar, fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qilish organlari o‗rtasidagi hamkorlikni ta‘minlash bugungi kunda dolzarb vazifalardan biridir; Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling