O‗quv-uslubiy majmua


Elektron ta‟lim resurslari


Download 0.96 Mb.
bet74/86
Sana22.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1108612
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   86
Bog'liq
Документ wordddddddddd

Elektron ta‟lim resurslari:

    1. O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi: www.edu.uz.

    2. O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi: www.uzedu.uz.

    3. Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi xalq ta‘limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi: www.giy.uz

14-mavzu: “YOSHLARNI MILLIY G„OYA TARBIYALASHNING INSTITUTSIONAL TIZIMI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH


MASALALARI” mavzusidagi ma‟ruza bayoni
Reja: 1. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 28 iyuldagi ―Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‗tarish to‗g‗risida‖gi PQ 3160 sonli qarori va undan kelib chiquvchi vazifalar.
2. Ma‘naviy-ma‘rifiy tarbiyani olib borishda oila, mahalla, nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlik masalalari. 1-masalaning bayoni: Istiqlol yillarida Vatanimiz uchun ma‘naviy tiklanish va yuksalish davri bo‗ldi. Ushbu jihat o‗zida milliy qadriyatlar va an‘analarimizni qayta tiklanishi bilan amalda o‗z ifodasini topdi, desak mubolag‗a bo‗lmaydi.
Ma‘naviyat jamiyat taraqqiyotini belgilovchi muhim unsur hisoblanadi. Jamiyat ma‘naviyatini rivojlantirish, uni yuksaklikka ko‗tarish milliy o‗zlikni, eng muhim jihati esa globallashuv jarayonlarida aholimiz, ayniqsa yoshlarimiz ongida har qanday ma‘naviy tahdidlarga qarshi tura olish immunitetini shakllantiradi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi "Ma‟naviy-ma‟rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko„tarish to„g„risida‖ gi PQ-3160-sonli qarori ma‘naviy-ma‘rifiy sohada yangicha tub burilish yasadi desak mubolag‗a bo‗lmaydi.
Qarordagi muhim jihatlardan biri bu, yoshlarda sog‗lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko‗nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda g‗oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat Markaziga asosiy vazifa sifatida yuklatilgan.
Mazkur qarorda Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat Markazi va uning hududiy bo‗limlariga dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‗oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmunmohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, "ommaviy madaniyat", narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‗oyaviy kurash olib borish, jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‗sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar — el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‗-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e‘tiborsizlik kabi holatlarga barham berish qat‘iy belgilab qo‗yilgan. Shuningdek, targ‗ibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish ta‘kidlab o‗tilgan.
Xususan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targ‗ibot ishlarini tizimli va izchil amalga oshirish, targ‗ibottashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish, ma‘naviy-ma‘rifiy targ‗ibot ishlari samaradorligining ilmiy asoslangan monitoringini ta‘minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o‗tkazishni muntazam yo‗lga qo‗yish, mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu toifani ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‗lga qo‗yish, xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an‘analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‗rtasida dinlararo bag‗rikenglik, millatlararo totuvlik va o‗zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo‗yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifalari yuklatilgan.
Shuningdek Qarordagi muhim jihatlardan yana biri bu ma‘naviy tahdidlarga alohida e‘tibor qaratilganligidir. Jumladan, yoshlarda sog‗lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlikko‗nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda g‗oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‗oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, "ommaviy madaniyat‖, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‗oyaviy kurash olib borish, jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‗sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‗aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e‘tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish, milliy g‗oyani viloyatimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari o‗rtasida keng targ‗ib etish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish, ertangi kunga ishonch tuyg‗ularini kuchaytirish Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat Markaziga asosiy vazifa sifatida yuklatilgan.
Mazkur qarorda Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat Markazi va uning hududiy bo‗limlariga dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‗oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmunmohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, "ommaviy madaniyat‖, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‗oyaviy kurash olib borish, jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‗sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‗-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e‘tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish, milliy g‗oyani viloyatimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari o‗rtasida keng targ‗ib etish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish, ertangi kunga ishonch tuyg‗ularini kuchaytirish, targ‗ibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish, ma‘naviy-ma‘rifiy targ‗ibot ishlari samaradorligining ilmiy asoslangan monitoringini ta‘minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o‗tkazishni muntazam yo‗lga qo‗yish, yoshlarda sog‗lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko‗nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda g‗oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu toifani ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‗lga qo‗yish, xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an‘analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‗rtasida dinlararo bag‗rikenglik, millatlararo totuvlik va o‗zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo‗yicha choratadbirlar ishlab chiqish begilab o‗tilgan.
Shu o‗rinda bir jihatga alohida e‘tibor qaratish lozim. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat kengashiga, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar, shaharlar hokimlari tegishli ravishda hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilishi mazkur sohaning hozirgi globallashuv jarayonlarida qanchalik muhim ekanligini yana bir bor ko‗rsatib turibdi.
Xulosa o‗rnida bir jihatni alohida ta‘kidlab o‗tmoqchimiz. Vatanimiz mustaqilligi, uning ma‘naviy asoslarini avaylab-asrash, aholimiz, ayniqsa yosh avlodni ongida milliy-ma‘naviy qadriyat, an‘analarimizga sodiqlik ruhida ruhida tarbiyalash uchun barchamiz birdek mas‘ulmiz.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling