Oquv uslubiy majmua


Ijodkorlik masalalarini hal qilishning mantiqiy ketma-ketligi


Download 1.42 Mb.
bet11/22
Sana10.06.2020
Hajmi1.42 Mb.
#116806
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
Umk texnik ijodkorlik


3. Ijodkorlik masalalarini hal qilishning mantiqiy ketma-ketligi.

Har qanday masalani hal qilish uchun avvalambor undan ko‘zlangan maqsadni aniq shakllantirish hamda mavjud imkoniyatlardoirasida uni hal qilishning eng samarali uslublarini topa bilish talab etiladi. Ijodkorlik masalalari «Maqsad-maqsadga erishish uchun mavjud imkoniyatlar» ko‘rinishdagi mantiqiy ketma-ketlik asosida quyidagicha hal etilishi mumkin. Bu o‘rinda masala, muammo va uning amaldagi hodlati tushunchalari umumiy holatda qo‘yilgan maqsad va shartlar asosida belgilanadi.

Ijodkorlik masalasi odatda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:« (A( shartlar berilgan, (N( maqsadga erishish talab etiladi». Masalani shartli ravishda (A,N( mantiqiy ifoda shaklida yozib olamiz. Lekin ma’lum sharoitlarda tadbiqan ushbu mantiqiy ketma-ketlik turli ko‘rinishlarda bo‘ladi, buni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin.

1-misol. Berilgan: texnologik jarayon, ishni bajarish xajmi va muddatlari, agro texnik talablar, tuproq va ekin maydoni tavsifi, mexanizmlarning tuproqqa beradigan bosimi chegaraviy qiymati. Ekin maydoni birligiga sarflanadigan eksplutatsion sarf xarajatlar miqdorini minimumga keltirish imkonini beruvchi kombinatsiyalashgan ishlov berish agregati uchun yangi texnik yechim talab etiladi.

Masalaning amaldagi holati-berilgan shartlar bilan tavsiflanadi, ya’ni bu (A,-( ko‘rinishdagi to‘liq bo‘lmagan masala.

Muammo-bu murakkab, to‘liq bo‘lmagan masala, unda shartlar aniqlanmagan, ya’ni (-,N( muammoni hal qilish uchun tadqiqot olib borish talab etiladi.

2-misol. Masalaning qo‘yilishi: Ichki yonuv dvigateli yonilg‘i sarfini 10 foizga kamaytirish imkonini beruvchi yangi texnik yechimini topish talab etidladi.

Masalaning amaldagi holati-tahlil qilinishi va olingan ma’lumotlar asosida xulosa chiqarilishi lozim, ya’ni (-,N(

Muammo-yonilg‘ini tejash imkoniyatini beruvchi mavjud texnikaviy yechimlar tahlil qilinib, sarfni kamaytirish uchun olib boriladigan tadqiqot yo‘nalishi belgilanadi.

3.Texnik muammolarni hal qilishning izlash usullari

Umumiy ma’lumotlar: Fan va texnikaning jadal rivojlanib borishi shuni ko‘rsatadiki, ijodkorlik-bu “hunarmandlik” bo‘lib, uni o‘qib o‘rganish zarur ekan. Uni o‘rganish uchun esa, avvalo uning qonuniyatlarini bilish lozim. Ijodiy fikrlashning qonuniyatlarini o‘rganishga urinishlar dastlab Arximed, Geraklit, Suqrot, keyinchalik F. Bekon,R Dekart, G.Leybnits va boshqalar tomonidan bajarilgan.Bunday urinishlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, ijodiy uchun ma’lum qonuniyatlar mavjud ekan. Bu qonuniyatlarni texnik masalalar yechishni qidirishning samarali usullarini yaratishda qo‘llash mumkin. Bunday qonuniyatlarni qo‘llash natijasida ijodkorlik masalalarini yechishning juda samarali usullari yaratilgan bo‘lib, ularni ikki guruhga ajratish mumkin.Birinchi guruhga “aqliy hujum” usuli,Sinektika, fokal obyektlar usuli,nazorat savollari usuli, “ sinov va xatolar “ usuli, morfologik tahlil usullari kiradi. Bu usullar ikkita umumiy mexanizmga asoslangan-assotsiativ fikrlash va izlanishning tasodifiy xarakterdaligi. Bu usullarni qo‘llash oddiy, biroq qo‘llaniladigan obyektning mohiyati bilan uzviy bog‘langan bo‘lmaydi.Ikkinchi guruh usullari (IMEA-ixtirochilik masalalarini yechishning algoritmi) bir muncha qo‘llashda murakkab bo‘lib, lekin ular qo‘llaniladigan obyekt mohiyati bilan yaxshi bog‘liqda bo‘ladi.

“Sinov va xatolar” usulining mohiyati shundan iboratki, ixtirochi masala yechimini qidirishda barcha mumkin bo‘lgan variantlarni to‘playdi va ular ichidan qo‘yilgan talablarni qanoatlantiradiganini aniqlaydi.

Texnik masalalarni hal qilishdaagi ijodiy faoliyatni ilmiy tashkil etishdagi izlanishlar yangi usullarni paydo bo‘lishiga olib keldi.Yangi usullardan biri “aqliy hujum” usuli bo‘lib, u amerikalik ixtirochi va tadbirkor A.Osborn tomonidan taklif etildi. A. Osborn izlanishlar natijasida shunday xulosaga keladi, ayrim ixtirochilar g‘oyalar yaratishga moyil, boshqalar esa bunday g‘oyalarni tanqidiy tahlil qilishga moyil bo‘ladi.Shunday ekan, A.Osborn taklifiga ko‘ra texnik masalani yechishni “g‘oya generatorlari” hamda “ekspertlar”dan tashkil topgan jamoa zimmasiga yuklash maqsadga muvofiq ekan.Shundan keyin “aql bilan o‘ylash”usulining quyidagi qonuniyatlari ishlab chiqildi:

1. Yechilishi lozim bo‘lgan masalani hal etshda qatnashadigan ishtirokchilarning optimal soni 12-25 kishini tashkil etishi kerak. Ularning yarmi g‘oyani ilgari suradi, qolgan yarmi esa bu g‘oyani tahlil qiladi.

2. “Generatorlar “ning asosiy vazifasi hal qilinishi lozim bo‘lgan masalani yechish uchun maksimal miqdordagi g‘oyalarni taklif etishdan iborat (g‘oyalar fantastik ko‘rinishda bo‘lishi mumkin). Ilgari surilgan g‘oyalar yozma ravishda yoki magnitofon yordamida qayd qilib boriladi. “Ekspertlar”ning vazifasi bajarilishi mumkin g‘oyalarni to‘plab olishdan iborat.Muhokamani olib boruvchi (o‘qituvchi) u yoki bu guruhdagilarga yon bosmagan holda savollar berishi takliflar kiritishi va qatnashchilar fikrini oydinlashtirishi mumkin hamda suhbat uzilib qolmasligini nazorat qilib borishi lozim.

3. Muhokamaning davomiyligi qo‘yilgan masalaning murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi,biroq 30-50 minutdan oshmasligi kerak.

4. Muhokama qatnashchilari o‘rtasida erkin va do‘stona aloqa o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.G‘oya ilgari surilayotgan paytda har qanday tanqid,kinoyali kulish,harakat va mimikalar bo‘lishi ta’qiqlanadi. Bir qatnashchi tomonidan berilgan g‘oya guruhdagi boshqa ishtirokchilar tomonidan qo‘llab quvvatlanishi lozim.”Ekspertlar “tomonidan g‘oyalarni tahlil qilish diqqat bilan bajarilishi kerak. Sinchiklab tahlil qilmay turib fantastik yoki mantiqsiz g‘oyalarni ham yo‘qqa chiqarilmaydi. Tahlil olib borishda g‘oyalar baholab boriladi,har bir”ekspert” fikri hisobga olinadi.

5. Agar muhokama natijasiz tugasa, masala yechilmay qolsa,muhokamani avvalgiday qaytarishdan ma’no yo‘q. Guruhlarni almashtirib ko‘rish kerak yoki masalani qo‘yilishini o‘zgartirish lozim. Biroq masalani hal etishdan olinadigan yechim maqsad o‘zgarmay qolishi kerak.



4.Talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng qulay imkoniyatlarni yaratish maqsadida o‘quv dasturidagi boshqa fanlar bilan birgalikda talabalar konstruktorlik byurosi, texnik ijodkorlik, rassomchilik, modelchilik, tasviriy san’at to‘garaklari imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish lozim bo‘ladi. Bu qatorda talabalar konstruktorlik byurolarida olib boriladigan ijodiy ishlarning afzalligi yangi texnik ishlanmalar yaratish bilan birgalikda ulardagi texnik yechimlarni amalga oshirishning iqtisodiy, texnik-texnologik ko‘rsatkichlarini asoslash, g‘oyani xalq xo‘jaligiga qo‘llashning amaliy imkoniyatlarini o‘rganish kabi yaxlit majmuaviy faoliyat bilan belgilanadi. Talabalar konstruktorlik byurolarida ijodiy mehnat asoslarini o‘rgatishdan maqsad ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyatida namoyon bo‘luvchi kasbiy faoliyatga qiziqishni tarbiyalash, egallanayotgan faoliyat sohasiga ijodiy munosabatni shakllantirish va mustahkamlashdan iborat bo‘lib, bunday ta’lim o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishni orttirishi, ta’lim va ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtira oladigan mutaxassisni tarbiyalashi bilan ahamiyatlidir. Talabalar konstruktorlik byurolarida talabalar o‘z ilmiy-ijodiy ishlari yakunini ixtiro, ratsionalizatorlik taklifi, referat, kurs va diplom ishlari shaklida amalga oshirish yo‘llarini o‘zlashtiradilar. Albatta, talabalarning bunday yuqori ko‘rsatkichlarga erishishlari, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatida ishtirok etishi bevosita ularning bilim saviyasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bilim saviyasi yuqori bo‘lgan talabalarning malaka tavsifi ortib boradi, kasbni egallash tezlashadi, ilmiy texnika ijodkorligida ishtirok etish davri ertaroq boshlanadi.

Tekshirish savollari

  1. O‘quvchilarning texnik ijodkorligi qanday xarakterga ega, uning kompleksi qanday elementlarni qamrab oladi?

  2. Ma’lum bir texnik obyektni tajribadan o‘tkazishda qonunlar asosida chiqarilgan xulosa va umumlashtirish natijalaridan qanday foydalaniladi?

15. Mavzu: Mehnat va texnika turlari bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan tashkiliy ishlar.



Reja: (4 soat)

Mehnat ta’limiga asoslangan darsdan tashqari mashg‘ulotlar.

O‘quvchilarni maktabdan tashqari ishlarga jalb qilishning gruppaviy formasi.

Maktabdan tashqari ishlarning ommaviy formasi.

4.O‘quvchilarning texnik ijodkorligi uyushmalarida ishlarni tashkil kilish mazmuni va metodi.
Tayanch iboralar: to‘garaklar, tayyorlov texnik to‘garagi, tiplar, fan (ilmiy-texnik) to‘garagi, sport-texnik to‘garagi, ishlab-chiqarish texnik to‘garagi, badiy-amaliy to‘garaklar.
1. Mehnat ta’limiga asoslangan darsdan tashqari mashg‘ulotlar. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida darsdan tashqari mashg‘ulotlarning barcha shakllarini shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin.

Birinchi guruhga to‘garaklar kiradi. To‘garak darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil qilishning keng tarqalgan va chuqur tadqiq etilgan shakli hisoblanib, ixtisoslashuvidan qat’iy nazar ularning ko‘plab umumiy tomonlari mavjud. Shuning uchun turli tipdagi to‘garaklarning rahbarlari boshqa ixtisosdagi to‘garaklar ishidagi kasbga yo‘naltirishga oid ilg‘or tajribalarini chuqur o‘rganib, eng yaxshi tomonlarini o‘z ishida qo‘llashlari yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Albatta, to‘garak ishini kasb tanlashga yo‘llash asosida olib borish o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, uning metod va shakllariga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi.

Maktablarning ish tajribasida turli–tuman to‘garaklar uchraydi. O‘quv predmetlari bilan bog‘liqlik nuqtai nazaridan to‘garaklarni uch guruhga: predmetga doir, predmetlararo va predmetdan tashqari to‘garaklarga ajratish mumkin.



Predmetga doir to‘garaklar deb, bevosita mehnat tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan to‘garaklarga aytiladi. O‘z mazmuniga ko‘ra bu to‘garaklar mehnat darsida o‘quvchilar bajargan ishning davomi bo‘lib, bunda o‘quvchilarning faoliyati yanada murakkabroq, kengroq yo‘lga qo‘yiladi. Predmetga doir to‘garaklar jumlasiga duradgorlik, chilangarlik, tokarlik to‘garaklari, aralash to‘garaklar (yog‘ochga va metallga ishlov berish to‘garaklari, qo‘lda va dastgohlarda amalga oshiriladigan operatsiyalarni bajarishga oid to‘garaklar) kiradi.

Predmetga doir to‘garaklar darsdan tashqari mashg‘ulotlar hozircha kasbga yo‘naltirish ishida tegishli o‘rinni egallaganicha yo‘q. Amalga oshirgan kuzatishlar hamda tajriba-sinov ishlarimiz natijasida aniq bo‘ldiki, bu turdagi to‘garak rahbarlari odatda fanlararo aloqadorlik hamda egallangan nazariy bilimlarning amaldagi tatbiqi doirasi bilan o‘quvchilarni tanishtirishga yetarlicha e’tibor bermaydilar. Natijada, predmetga doir to‘garaklar tashkil qilingandan so‘ng bir ikki oy o‘tgach o‘z ishini to‘xtatadi, chunki o‘quvchilar mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqish yo‘qoladi. Bu muammoni hal qilishning eng maqbul yechimiga bizning fikrimizga ko‘ra fanlarga oid har bir tushunchaning amaliy tatbiqiga ko‘proq e’tibor qaratish, ularni amalda namoyish qilish, mashg‘ulotlarda amaliy yo‘naltirilganlikni oshirishga e’tibor qaratish orqali erishiladi. Bu vazifalar hal etilganida ijodiy izlanishga chanqoq, o‘z kuchlarini sinab ko‘rishni istagan o‘quvchilar o‘z imkoniyatlarini ishga solish uchun sharoit yaratiladi.



Predmetlararo to‘garaklar ichida fizik-texnik to‘garaklar eng keng tarqalgan mashg‘ulot turi hisoblanadi. Bu turdagi to‘garaklarda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarining mazmuni to‘garakning nomidan kelib chiqadi. Bunda o‘quvchilar fizika kursida o‘rganiladigan muayyan qonuniyatlarning amaldagi tatbiqi bilan tanishadilar, bu esa ularning turli kasb-korlikda qo‘llanilish asoslarini ham bilib olishga imkon yaratadi. Shuningdek, o‘quvchilar model konstruksiyasi, uning detallarini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqar ekanlar, texnologik bilim va o‘quvlarni o‘zlashtiradilar, model detallarini yasaganda esa ularning amaliy ko‘nikmalari takomillashadi.

Predmetdan tashqari to‘garaklar hozirgi vaqtda darsdan tashqari mashg‘ulot sifatida keng tarqalgan. O‘quvchilar faoliyatining mazmuniga ko‘ra bu to‘garaklar turli tuman bo‘lishi mumkin. Mazkur holda gap shunday predmetdan tashqari to‘garaklar haqidagina boradiki, ularning ishlari uchun maktab ustaxonalaridan moddiy baza sifatida foydalaniladi, yoki o‘quvchilar faoliyati mehnat darslarida olingan bilim va malakalarga tayanadi.

Hozirgi kunda maktablar va maktabdan tashqari muassasalar faoliyatida o‘quvchilar texnik ijodkorligi to‘garaklarining quyidagi tiplarni vujudga kelgan:



Tayyorlov texnika to‘garaklari (kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun). Ularda o‘quvchilar jonli va oson shaklda texnika elementlari hamda eng oddiy texnologik jarayonlar bilan tanishadilar, qog‘oz, plastmassa, metall va boshqa materiallarga ishlov berish bo‘yicha olgan boshlang‘ich ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. O‘quvchilar texnik o‘yinchoqlar, mashina va mexanizmlarning sodda modellarini, eng oddiy avtomatik qurilmalar, o‘quv ko‘rsatmali qo‘llanmalar, maktab hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari va hokazolarni tayyorlaydilar. Bu tipdagi to‘garaklar faoliyatida yasalgan o‘yinchoqlar va modellar bilan o‘yinlar hamda musobaqalar o‘tkazish muhim o‘rin tutadi. Tajriba-sinov ishlari natijalariga ko‘ra aytish mumkinki, tayyorlov texnika to‘garaklaridagi mashg‘ulotlar keyinchalik maktab yoshidagi o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishida barcha shakldagi mashg‘ulotlar uchun propedevtik vazifani o‘taydi.

Fan-texnika (fizika, fizika-texnika, ximiya, ximiya-texnologiya, agroximiya, astronomiya va boshqa) to‘garaklar o‘quvchilarning maktab o‘quv rejasidagi turli fanlar bo‘yicha olgan bilimlarini chuqurlashtirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, ta’lim kabinetlarini jihozlash uchun asbob-uskunalar yaratish va shu asosida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadlarida tashkil qilinadi.

Sport-texnika to‘garaklari maktablar va maktabdan tashqari muassasalarda ishlaydi. Bular aviamodel, raketa-kosmik modellashtirish, avtomobil modelchilari, kema modelchilari, kartingchilar, temir yo‘l modelchiligi, radioboshqarish, suv-motor va boshqa to‘garaklaridan iboratdir.

Mazkur to‘garaklarda o‘quvchilar modellarni va ishlaydigan texnikani konstruksiyalash va tayyorlash bilan shug‘ullanadilar, keyin esa ana shu modellar bilan sportning texnik turlari bo‘yicha modelchi-sportchilarning musobaqalarida qatnashadilar.

O‘quvchilar sport-texnika to‘garaklarida tegishli texnika tarmog‘ining tarixi, uning xalq xo‘jaligida va mamlakatimiz mudofaasida qo‘llanishi bilan, samolyotlar, avtomobillar, kemalar, radio apparatlari va boshqa texnikalar bo‘yicha konstruktorlar texnik tafakkurining xususiyatlari bilan tanishadilar.

O‘quvchilar bu to‘garaklarda ishlar ekanlar, materiallarga ishlov berishga va ularning xossalariga bevosita aloqador bo‘lmagan, lekin buyumlarni tayyorlash jarayoni o‘quvchilar texnik mehnat darslarida egallagan mehnat operatsiyalariga ko‘p jihatdan tayanadigan ko‘plab yangi bilim hamda o‘quvlarni o‘zlashtirib olishadi. To‘garaklarning bu guruhiga o‘quvchilar ular uchun yangi bo‘lgan mehnat faoliyati turlari bilan tanishtiradigan, ijtimoiy jihatdan foydali, ular uchun qiziqarli to‘garaklarni ham kiritish mumkin. Masalan, keyingi yillarda zarb qilish, muqovachilik, zargarlik to‘garaklari va boshqa to‘garaklar keng tarqaldi.



Ishlab chiqarish-texnika to‘garaklari maktablardagi va maktablararo ustaxonalar bazasida, o‘quv-ishlab chiqarish va sanoat korxonalarida bazasidagi yosh texniklar markazlarida va boshqa maktabdan tashqari muassasalarda tashkil qilinadi. Odatda bunday to‘garaklar ro‘yxati mahalliy sharoitlarga ko‘ra, avvalo o‘quvchi to‘garakda olgan bilimlarini, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘zlashtirgan amaliy malakalarini keyinchalik qay darajada takomillashtira olishga ko‘ra belgilanadi. Bunday to‘garaklar mahalliy korxonalarda, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida keng tarqalgan biror kasbga qiziqadigan maktab yoshidagi o‘quvchilarni birlashtiradi.

  • Badiiy amaliy to‘garaklar respublikamiz mustaqillikka erishgan yillarda keng e’tibor berib kelinayotgan milliy qadriyatlarimiz bilan bog‘liq halq hunarmandchiligi bilan uzviy bog‘liq holatda tashkil etiladi. Bu turdagi mashg‘ulotlar amalda qo‘llanadigan asbob-uskuna, jihoz va moslamalar, mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan texnika vositalari bilan ishlashning amaliy bilim, ko‘nikma va malakalarini egallash asosiy maqsad sifatida belgilanadi. Mashg‘ulotlar mazmuni quyidagi vazifalarning yechimini topishga qaratiladi:

  • xalq hunarmandchiligi sohalaridagi ishlab chiqarish mazmuniga ega vazifalarni yechish, tajribalar o‘tkazishi, o‘lchov-tekshiruv, asbob-uskunalaridan to‘g‘ri foydalanishi;

  • bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari, talablari asosida sifatli, xaridorgir, iste’mol mollari va mehnat mahsulotlarini tayyorlashga odatlanishi;

  • o‘zlari tayyorlangan mahsulotlarni, o‘zlari iste’molchiga yetkazishni o‘rganishi.

Darsdan tashqari mashg‘ulotlarning ikkinchi guruhiga ekskursiyalar, fan olimpiadalari, ko‘rgazmalar, o‘quvchilar konferensiyalari, kasbning eng yaxshi ishchisini aniqlash uchun o‘tkaziladigan tanlovlar, ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan bo‘ladigan uchrashuvlar kabi tadbirlar kiradi. Bu turdagi mashg‘ulotlarga mohiyati va afzalligini belgilab beruvchi jihati ko‘plab o‘quvchilarni jalb qilish imkoniyatining mavjudligi bo‘lib, shu sababli ular tadbirlarning ommaviy shakllari deb yuritiladi. Amalga oshirgan tajriba-sinov ishlarimiz sanab o‘tilgan barcha shakldagi mashg‘ulotlarning yuksak darajada samarali ekanligi tasdiqladi. Ular o‘quvchilarning hozirgi zamon ishlab chiqarishi asoslari to‘g‘risidagi tasavvurini kengaytirish, ularni turli kasblar bilan tanishtirish imkonini beradi.

Bu mashg‘ulotlarning kamchiligi o‘quvchilarni foydali mehnatga, bevosita ijodiy faoliyatga jalb qila olmasligi bilan belgilanadi. Shuning uchun o‘quvchilar, darsdan tashqari mashg‘ulotning mazkur shakli bilan birga boshqa to‘garak ishida ham qatnashsalar, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ko‘pchilik vaziyatlarda bu tavsiyamiz o‘z tasdig‘ini topmoqda, jumladan, tashkil etiladigan ko‘rgazmalarda to‘garak a’zolari o‘z ishlarini namoyish qiladilar, ya’ni ikki tipdagi mashg‘ulotlarni uyg‘unlashtiradilar.

Ko‘rgazmaga ko‘plab ta’lim muassasalarida katta ahamiyat bilan qaraladi, o‘quvchilar bunday tadbirlarga yil davomida tayyorgarlik ko‘rib boradilar. Biz tajriba-sinov etib belgilangan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning o‘zi haqida biror esdalik qoldirishi hatto an’anaga aylangan. Bunday esdalik faqat texnik mehnatgagina emas, balki qishloq xo‘jaligiga va maishiy xizmatga oid bo‘lishi ham mumkin. Ko‘pincha, yaxshi ko‘rgazmalar butun maktabning iftixori bo‘ladi.

Ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar yaxshi samara beradi. Lekin buning uchun tegishli tashkiliy-tayyorgarlik ishlarini olib borish talab etiladi. Bu ish tashabbuskorlar, ya’ni ana shu uchrashuvlarni uyushtiruvchilar guruhini tashkil etishdan boshlanadi. Tashabbuskorlar guruhi uchrashuvda muhokama etiladigan savollar va masalalar doirasini belgilab beradi. Shundan keyin ana shu savollarga javob bera oladigan mutaxassislar tanlanadi. Uchrashuvning o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishiga to‘laroq javob bera olishi uchun ko‘riladligan masalalarning tegishli qirralariga ko‘proq e’tibor qaratiladi.



Darsdan tashqari mashg‘ulotlarning uchinchi guruhiga o‘quvchilarning mehnat birlashmalari kiradi. Mehnat birlashmalari nisbatan ancha ilgari paydo bo‘lganiga qaramasdan, keyingi yillarda ayniqsa keng qo‘llanila boshlandi. O‘quvchilarnig mehnat birlashmalari ta’limni unumli mehnat bilan qo‘shib olib borishning samarali shakli sifatida mehnatda tarbiyalash, kasb tanlashga yo‘llash, ishlab chiqarish asoslari bilan tanishtirish va mehnatga ijodiy munosabatni shakllantirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Mehnat birlashmalarini tashkil etish, faqatgina, o‘quvchilarning moddiy, xom ashyo ta’minotini mustahkamlabgina qolmasdan, balki, milliy qadriyatlarimizni tiklash, kasbiy ta’lim-tarbiya berish, kasbga yo‘naltirish, tayyorlash, tanlash, moslashtirish kabi dolzarb muammolarni ijobiy hal etishda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shunday ekan, har bir maktabda bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitini hisobga olgan holda, o‘quvchilarning talab, ehtiyoj va qiziqishlarini qondirish uchun mehnat birlashmalarining tashkil etilishi bozor munosabatlari sharoitining zaruriy ehtiyojidir.

Birlashmaga jalb etilgan o‘quvchilar o‘z mehnatlari natijalarini ko‘rib, chuqur ruhiy qoniqish hosil qiladilar. Mehnat faoliyati ularda mustaqillik, mehnatsevarlik, erkinlik, ijodkorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, tashkilotchilik kabi sifatlarni shakllantiradi. Mehnat birlashmalari o‘quvchilarda intizomlilik, do‘stlik, birdamlik, tejamkorlik, mehnat kishilariga hurmat ruhida tarbiyalab, ularni kelgusidagi kasbiy faoliyatiga tayyorlaydi.

Mehnat birlashmalarida qatnashuvchi o‘quvchilar shu jamoaning qiziqish va intilishlari ruhida tarbiyalanib, aniq bir maqsadni amalga oshirish uchun harakat qiladi, uning yutuq va kamchiliklarini dildan his qiladilar. Mehnat topshiriqlarini o‘z vaqtida sifatli bajarishga, ijodiy izlanib, yondashgan holda hamda xom ashyo materiallaridan imkon qadar unumli foydalanishga javobgarlik hissini sezish ruhida tarbiyalanib boriladi. Birlashmada tashkil etiladigan mehnat jamoa a’zolarining ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga, jamiyat va tabiat boyliklarini asrash va ko‘paytirishga hamda o‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashga qaratilgan bo‘lishi talab etiladi. Birlashmada kasbga yo‘naltirish mehnati o‘quv, xizmat ko‘rsatish, xom ashyo va mahsulotlarini tayyorlash mehnati asosida amalga oshiriladi.



O‘quvchilar bilan individual ishlar olib borish. O‘quvchilarni maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni har xil formalarda tashkil qilishning asosiy vazifasi, ularni ijtimoiy foydali faoliyatda faol ishtirok etishni, shaxsiy qiziqishlarini, moyilligi va imkoniyatlarini to‘liq ishga solishdan iboratdir. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarga pedagogik rahbarlik qilishdan maqsad o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash faqat maktabdagina emas balki ijtimoiy tashkilotlar orqali texnik ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi umumiy o‘rta maktablarida fanlardan olgan bilimlarini texnik masalalarni yechishga to‘liq safarbar etishdir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish va olib borish ta’lim va tarbiyaning umumiy prinsiplari asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilarning mehnat va texnika turlari bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini quyidagi 3 ta guruhga birlashtirish mumkin:

  1. O‘quvchilarning individual ishlari.

  2. O‘quvchilarning qiziqishiga qarab to‘garaklar, klublar, ijodiy birlashmalariga gruppaviy mashg‘ulotlar.

  3. Juda ko‘p sonli o‘quvchilar ishtirokidagi ommaviy tadbirlar

O‘quvchilarning individual ishlar bilan shug‘ullanishi bu ijodiy jamoada ishlashiga zamin yaratadigan ijodga qiziqishning boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar o‘zidan katta yoshdagi o‘quvchilar, o‘qituvchi yoki boshqa mutaxassisning rahbarligida har xil texnika va texnologiyalarni modellashtirish va loyihalashtirish bilan shug‘ullanishida texnikaning biror turiga qiziqadigan o‘quvchilar bir-biri bilan xabarlashib guruhlarni tashkil qiladi, natijada texnik to‘garaklar paydo bo‘ladi. To‘garaklardan yetishib chiqqan o‘quvchilarni ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha chuqur shug‘ullanishga rahbarlik qilish ham individual ish turiga kiradi.

2.O‘quvchilarni maktabdan tashqari ishlarga jalb qilishning gruppaviy formasi. Guruh shaklida texnik yechimlarni ishlab chiqish yuzasidan uyushtiriladigan baxslar quyidagi vazifalarni hal qilish imkonini beradi:

  1. Bahs qatnashchilari muammoning haqiqiy holatini to‘g‘ri baholash, muhim holatlarni ikkinchi darajali masalalardan ajratish hamda muammoni hal etishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalarni to‘g‘ri belgilab oladilar.

  2. Guruh a’zosi bo‘lgan boshqa o‘quvchilar fikrini eshitish, o‘z fikr-mulohazalarini ular bilan umumlashtirish va uyg‘unlashtirish.

  3. Hech bir sohadagi alohida mutaxassis qaralayotgan muammoni atroflicha qamrab ololmasligi va aynan muammolarni hal qilishning jamoa shakli samaradorligining amaliy tasdig‘ini topishi.

  4. Ko‘plab muammolarning yechimlari bir nechta yo‘nalishda hal etilishi mumkin bo‘lgan yechimlarga ega ekanligini aniqlash.

O‘quvchilarning darsdan bo‘sh paytlarida texnikaning birorta yo‘nalishi bo‘yicha texnik ijodkorligi bilan shug‘ullanishning asosiy formalaridan biri texnik to‘garaklar hisobalanadi. Bunda o‘quvchilar o‘zlarining qiziqishlariga qarab ixtiyoriy ravishda amaliy faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Bunday birlashmalarda o‘quvchilar texnikani o‘rganishi, texnik obyektlarni va texnologiyani takomillashtirish, modellashtirish loyihalashtirish ratsionalizatorlik faoliyati, tajriba o‘tkazish ilmiy-texnik qidiruvlar olib boradilar. Texnik to‘garaklar-bu o‘quvchilarning texnik tafakkurini rivojlantirish yoki birorta faoliyatda faqat o‘zini sinab ko‘rish bilan chegaralanmay balki, jamoada ishlashga, ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyatida ishtirok etishga tayyorlanadi. Har bir texnik to‘garaklarning muddati va vaqt ko‘rsatilishi zarur. To‘garaklar quyidagicha tiplarga ajraladi:

- tayyorlov texnik to‘garagi;

- fan (ilmiy-texnik) to‘garagi;

- sport-texnik to‘garagi;

- ishlab-chiqarish texnik to‘garagi;

- badiiy-amaliy to‘garaklar.



Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling