Oquv uslubiy majmua


Badiiy modellashtirishning mazmuni


Download 1.42 Mb.
bet9/22
Sana10.06.2020
Hajmi1.42 Mb.
#116806
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Umk texnik ijodkorlik


5.Badiiy modellashtirishning mazmuni.

Buyumning tashqi shakli - geometrik shakllar parallelopiped, prizma, silindr, konussimon.

Nisbatlar - bu tushuncha kontrasli va farqli nisbatlar bir-biri bilan mustahkam bog‘liq (hajmini, chiziqli miqdorlarini, fakturalarni, ranglarni). Hajmi fazoviy tuzilish (frontal, fazoviy). Ma’lumki har qanday buyum uch o‘lchovga ega bo‘lib, bu o‘lchovlar nisbatini biz hamisha his qilib turamiz. Shu sababli buyumning hajmiga doir xarakteristika uning asosiy o‘lchovlariga bog‘liq bo‘ladi.

Material - obyekt qanday materialdan tayyorlanganligi ham juda katta ahamiyatga ega. Garmonik shakl va kompozitsiya tushunchasi. Garmonik shakl go‘zallik qonunlari asosida yaratiladi. U uzviy va yaxlit qismlari proporsional va ritmik bo‘lib, u odamga va atrofdagi bo‘limlarga mos plastik bo‘ladi, rangi ko‘zni quvontiradi.

Nazorat savollari.

  1. Texnikada ishlatiladigan modellar necha tipga bo‘linadi?

  2. Konstruktorlik xujjatlarga qanday shakldagi xujjatlar kiradi?

  3. Ishlab chiqarish sharitlarida yangi mashinalarni yaratish jarayoni ham, o‘quv ustaxonalarda texnik modellarni yasash jarayoni qanday jixatlarni qamrab oladi.?

11. Ishlab chiqariladigan buyumlarning texnik va estetik xususiyatlari mutanosibligi



Reja: (2 soat)

1. Dastgoh va qurilmalarning tashqi shakli, nisbatlari va materiallarning ahamiyati

2.Dizayn va kompozitsiya uyg‘unligi tushunchalari
Tayanch iboralar: Estetik faoliyat, dizayn nazariyasi, obyekt shakli, kompozitsiya, insoniylik, his tuyg‘u.
1. Dastgoh va qurilmalarning tashqi shakli, nisbatlari va materiallarning ahamiyati. Dizayn nazariyasi hozirgi kunda texnik estetika deb nomlanib, u o‘z ichiga ijtimoiy, iqtisodiy, ergonomik masalalarni oladi.

Yaratilayotgan har qanday obyekt ma’lum vazifani (funksiyani) bajarishga qaratilgan. Obyektning shakli, o‘lchami uning funksiyasiga shakl mazmuni va tashkiliy qiyofasiga mos kelishi kerak. Agar buyumning eni va balandligi chuqurligidan nihoyatda katta bo‘lsa, bunday tuzilishi frontal, agar buyumning chuqurligi yuqorida aytilgan tartibda bo‘lsa, u holda bunday tuzilishni fazoviy tuzilish deyiladi. Dizaynda kompozitsiya deganda ba’zan tugallangan obyektni xarakterlovchi sifat bahosi tushuniladi.

Estetik faoliyat asosini insonning muayyan talab va ehtiyojlari tashkil etadi. Inson faoliyatining xususiyati ana shu talab va ehtiyoj tabiati bilan belgilanadi.

Estetik faoliyatning asosiy xususiyatlari ham estetik ehtiyojlar bilan belgilanadi. Inson faoliyatining barcha turlari ijtimoiy hayot jabhalarida namoyon bo‘ladi. Estetik faoliyat inson moddiy yoki ma’naviy faoliyatining o‘zagi bo‘lib, uning barcha shakllari inson kuch-qudrati mohiyatining yorqin ifodasi bo‘lib borgan sari estetik mazmun kasb etaveradi. Shunday qilib, estetik faoliyat inson faoliyati boshqa shakllarining «insoniylik» mezoniga aylanadi.

Estetik faoliyat ilmiy ijodning ham estetik tomonini tashkil qiladi. Lekin estetik omillar ilmiy ijodga tarkiban xos bo‘lib, unga yordamchi omil vazifasini o‘taydi. Juda ko‘p ilmiy tadqiqotlar va atoqli olimlar guvohlik berishlaricha, olimning salohiyati, ijodiy mehnati natijalari va samaradorligi uning estetik madaniyati darajasiga bevosita bog‘liq ekan.

Estetik faoliyat ilmiy izlanishlarning hamma bosqichlarida ilmiy muammolarning qo‘yilishi, ularning yechimi, olingan ilmiy natijalarni baholash jarayonida katta ahamiyat kasb etadi.

Eng yaxshi san’at asarlari insonlarda xayol-farazni vujudga keltiradi va yaxlitlik, nafosat his-tuyg‘usini uyg‘unlashtiradi, tafakkur qilish qobiliyatini oshiradi, erkin dunyoqarash baxsh etadi, yuksak muloqot madaniyatini shakllantiradi, hozirgi fan ravnaqi uchun juda muhim ahamiyat kasb etadigan barcha qobiliyat imkoniyatlarini safarbar qilishga undaydi.

Estetik ong oddiy his-tuyg‘u emas, balki muayyan axloqiy, huquqiy, ilmiy-mafkuraviy qadriyatlarga asoslangan e’tiqoddir.

Demak, estetik ongning mohiyati, mazmuni insonning o‘zini anglash darajasi bilan bog‘liq. Estetik ong shakllangan e’tiqodlar, maqsad va manfaatlar tizimi, o‘z-o‘zini anglash esa shu tizimning shakllanish jarayonidir.

Estetik faoliyat nisbatan badiiy faoliyatda, ya’ni san’atda eng sof holda ko‘rinadi. Shu bois san’at estetik faoliyatning ixtisoslashgan ko‘rinishidir. Inson faoliyatining asl xususiyatlarini anglash uchun san’atga murojaat qilish maqsadga muvofiq keladi. Chunki san’at o‘z tabiatiga ko‘ra ijodiy maqsadga qaratilgan, «nafosat qonunlariga rioya qilingan» bo‘lib, undan inson faoliyatining eng muhim belgilari ko‘rinadi.

Estetik faoliyat moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini - mehnat sharoitlarini ham, mehnat samaralarini ham qamrab oladi. Mehnat insonning jismoniy va ma’naviy kuch-qudratining mohiyatini ko‘proq ifodalasa, uning estetik ahamiyati ham shunchalik ko‘proq ortib boradi.

Mehnatning estetik jihatdan to‘laqonli bo‘lishi, birinchi navbatda, obyektiv omillarga, qolaversa, ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilarining umumiy va estetik madaniyati darajasiga bog‘liqdir. Bu yerda mehnat sharoitlari ham muhim o‘rin tutadi.

Ishlab chiqarish muhitining estetik jihatlarini vujudga keltirish, unga «ma’naviy qadriyat» maqomini berish dizayn (sanoat estetikasi)ga oid rasm chizmalar, modellar, bezaklar vositasida ham amalga oshiriladi. Hozircha estetik adabiyotda dizaynning yagona hammabop yaxlit qoidaga aylangan ilmiy ta’rifi yaratilmagan. Lekin ko‘pchilik tadqiqotlar dizayn badiiy-texnik faoliyat turidir, deb qarashga moyildirlar.

Texnik estetika o‘zining tabiiy tomoni bilan bevosita texnika bilan qorishib ketadi. Dizayn dunyoqarashga ham taalluqli bo‘lib, u umumiy estetik nazariya oqimiga kelib quyiladi. Bu yerda dizaynning maxsus faoliyat turi sifatidagi xususiyatlarini, dizayn va san’atning o‘zaro munosabatlari, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda badiiy ijod ishtiroki, ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlar, texnikaning estetik jihozlanishi va estetik qiymati kabi muammolar tahlili estetik faoliyat uchun ko‘p samaralar berishi mumkin.

Dizayn muhandislik, ilmiy va badiiy faoliyat qorishiq holda namoyon bo‘ladi, lekin dizayn ularning birontasiga aylanib qolmadi. Dizayn san’atdan bahra oladi. San’at bilan dizayn o‘rtasida umumiylik bo‘lsa-da, ular estetik faoliyatning ikki xil turlaridir. Dizayn san’atdan qanday farq qiladi? Ayonki, badiiy faoliyat u yoki bu ko‘rinishida faqat g‘oyalargina emas, balki narsalar ishlab chiqarish bilan bog‘liq. San’at, avvalo, ma’naviy ishlab chiqarish turi, ong va bilish sohasidir. U san’atning tub mohiyatini ifodalaydi.

San’at estetik qadriyati ma’lum darajada «foyda» qadriyatlariga ziddir, ya’ni san’at asari moddiylikdan ko‘ra ko‘proq ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Dizayn mahsulotlari mashinalar, binolar va boshqalarda moddiy «foyda» xususiyati bo‘rtib turadi.

Bu yerda narsaning burch-vazifasi uning ijtimoiy ahamiyati, inson ehtiyojini qondirish qobiliyati bilan aniqlanadi.

San’at bilan dizayn o‘rtasidagi farq haqida gapirganda, san’at mansubligidan asari qaysi moddiy tizimga, qaysi muhitda vujudga kelganligidan qat’iy nazar, mustaqil qiymatga ega ekanini ta’kidlash kerak.

Dizayn mahsuloti esa narsalar tizimining ajralmas qismi bo‘lib, undan tashqarida amal qila olmaydi. Uning estetik qiymati muayyan narsalar «tizimi»ga anchalik mos kelishi bilan o‘lchanadi, ya’ni dizayn faoliyatining obyektini alohida olingan mashina emas, balki o‘zining barcha jihozlari, tashqi va ichki bezaklari ko‘rinishi va hokazo shakllari bilan birgalikda yaxlit olingan «mashinalar tizimi»ni tashkil etishi shart.

Hozirgi sharoitda dizayn tobora umumbashariyat muammolari bo‘lgan tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, inson salomatligini va uni qurshab turgan muhitni himoya qilish vazifalarini bajarishda faol ishtirok etmoqda.

Dizayn – jismlar muhitini shakllantiruvchi loyihalash bo‘yicha badiiy-texnik sohalarda faoliyat yurituvchi fanlararo sohadir. Dizaynning asl mohiyati insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to‘la-to‘kisroq qondirishga qaratilgan jismlar dunyosini garmonik ravishda yaratishdir. Dizaynning eng muhim ikki komponentlari bu – funksionallik va estetiklik sifatidir.

Dizaynning klassik turlari:


  1. Grafikaviy dizayn: Uning loyihalash obyekti quyidagicha: Shriftlar, piktogrammalar, firma stili, turli nishonlar va hokazolar. (Bular qog‘oz va boshqa tekislik yuzalarida ishlanadigan tur)

  2. Ishlab chiqarish dizayni loyihalash obyekti: turli mashinalar, priborlar, jihozlar, mebel, idish buyumlari, kiyim. Umuman olganda obyemlar ustida ishlaydigan soha.

  3. Arxitekturaviy dizayn. Uning loyihalash obyekti: Bino va inshootlar va ularning komplekslari. Interyer loyihasi. Arxitekturaviy dizayn asosan fazoviylik bilan bog‘lik soha.

  4. Me’moriy muhit dizayni. Loyihalash obyekti quyidagicha: Inson istiqomat qiladigan muhitdagi murakkab dinamik tizim bo‘lib, jismiy – fazoviylikni optimal tashkillashtiradigan va turli muhitlarni obrazli yechimi ustida ishlaydigan soha.

Dizaynning yangi turlari

Bularni ikki guruhga ajratish mumkin.

Sfera dizayni: Ekodizayn, ergodizayn (bu turning bosh maqsadi ergonomik talabalarga javob berish), Futurodizayn (kelajak loyihalari ustida ishlash – qaysiki bugungi kunda uni qo‘llashni iloji yo‘q), Amaliy dizayn, Ekspozitsiya dizayni (ko‘rgazmalar); injenerlik dizayni (turli texnik qurilmalar, masalan ko‘priklar)

2) Ishning natijasiga mo‘ljallangan dizayn: art dizayn (san’at obyektlari bilan bog‘lik ayrim dizayn obyektlari. Masalan amaliy san’at bilan omo‘xtalashgan monumental uslubdagi bajariladigan ishlar. Shtrixli, kompyuter dizayni va eng zamonaviy Web dizayni)

* 1- obyem – Hajmiy narsalar ko‘zda tutiladi

Dizayn kompozitsiyasi

Dizayn kompozitsiyasiga asosiy talablari quyidagicha: Kompanovka talablaridan kelib chiqqan holda qismlarini o‘zaro muvofiqlashgan va bog‘langan holda joylashuvi: Texnika g‘oyasiga va uning bajaradigan vazifasiga mosligi, xaridorning emotsional–hissiy istaklari-talablariga javob beradigan, badiiy obrazli ko‘rinishga ega bo‘lgan dizayn mahsuloti: kompozitsion vositalardan ustakorlik bilan foydalanilgan. Kompleksli yechim birligiga va tartibga erishilganlik kabilar.

Dizaynning turlari ko‘p bulganligi sababli badiiy obrazli yechimiga qo‘yiladigan talablar ham keng mikyosda bo‘ladi: Masalan yagona buyum, jihoz kompozitsiyasi yechimi yoki butun interyerning barcha qismlarini o‘zaro uyg‘unlashtirilgan yechimi. Bularning har ikkalasining kompozitsion yechimlari o‘z vazifalariga ko‘ra yuo‘ori sifat darajasi talabini qo‘yadi.

Garmoniya tushunchasi va uning mohiyati

Garmoniya (uyg‘unlik) yunon tilidan olingan bo‘lib, betartiblikka qarama-qarshi bo‘lgan hamohanglik, mutanosiblikni anglatadi. Garmoniya yuksaklik va go‘zallik kabi estetik kriteriyalarga hamda yuqori darajada tartibga keltirilgan degan tushunchalarga javob beradi. Kompozitsiyada garmoniya uning formaviy tuzilishini xarakterlaydi.



Kompozitsiyada formaviylik tushunchasining mohiyati

Kompozitsiyada forma mazmun bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lib, ba’zan uning real obyektdan olingan ayrim formalari «formal» (yoki abstrakt) tarzda kiritilishi mumkin. Bu kompozitsiya mazmunidan chetlashgan bo‘lsada buning «formallik» da uning g‘oyasi va badiiy obrazlilik jihatdan ifodaliligi undagi elementlari mohiyati va strukturaviy tashkillashganligi bilan xarakterlanadi.

Tasviriy san’atda va arxitekturada kompozitsiya asosan uch ko‘rinishli bo‘ladi: frontal, obyomli, obyomli-fazoviy.

Frontal kompozitsiya – bu elementlarning ikki taraflama-vertikal va gorizontal joylashuvi bilan xarakterli bo‘lib kupincha yassi kompozitsiya va relyeflarga taalluqlidir. (Arxitekturada qurilmaning faqat oldi ya’ni, frontal qismiga aytiladi).

Obyomli kompozitsiya – Elementlarni yuqoriga, yon tomonlarga va uzunasiga bo‘lgan koordinatlar bo‘yicha joylashganligi bilan belgilanadi. (Arxitekturada dizayn va haykaltaroshlikda yakka bo‘lgan obyomli elementlarni ko‘rsatish mumkin). Obyomli fazoviy kompozitsiya bu – fazoda ma’lum intervalda joylashgan bir necha elementli kompozitsiyalardan tashkil topgan obyomli predmetlar guruhiga aytiladi.

Kompozitsiya turlari

3 ta asosiy elementga ega: Nuqta, chiziq, dog‘ (pyatno)

Nuqta va chiziqni xususiylik alomati bo‘lmaydi. Faqat nuqtani kattalashtiraversa u dog‘ga aylanadi yoki uning teskarisi.

Dog‘lar xususiyatlarining klassifikatsiyalari:

Jismiy: Kattaligi (o‘lchamlari va proporsiyalari), plastikligi1 (forma va strukturasi), dog‘ yuzasi xususiyligi (rangi, fakturasi, teksturasi)

Subyektivligi: (Jismoniyligi kombinatsiyalaridan tarkib topadi): Bu-ifodalilik, jonlik (virazitelnost), mujmallik, statiklik2, dinamiklik3.



Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

1. Loyihalash ishlarining xususiyatlari.

2. Model va modellashtirish.

3. Texnik modellar klassifikastiyasi.

4. Texnik va badiiy modellashtirish umumiy jarayon sifatida.

5. Badiiy modellashtirishning mazmuni.

6. Ishlab chiqariladigan buyumlarning texnik va estetik xususiyatlari mutanosibligi.

12.MAVZU. Loyihalash mazmuni va bosqichlari.



Reja: (2 soat)

1.Badiiy loyixalash jarayoni.

2.Loyihalash bosqichlari.

Tayanch iboralar: grafika-tasviriy chizma, komponovka-maxsulot, variant-chizma, kasbiy-dizayner,maxorat-dizayner, soya-dizayner



1. Badiiy loyixalash jarayoni. Xozirgi vaktda badiiy loyixalash soxasida ishlayetgan olim, rassom, muxandis, texnolog va boshka mutaxassislar orasida bu atamalar va ularning moxiyatini aniklashda karama-karshi fikrlar mavjud.

Dizayner faoliyatida turli xil yunalishlar mavjud bulib, ulardan kuprok kuyidagilari keng tarkalgan: asbobsozlik, mashinasozlik, transport vositalari, yengil sanoat maxsuloti, asboblar sanoati, chiziklar bilan rasm solish va xokazo.

Sanoat ishlab chikarish maxsuloti va texnik tizimlarni badiiy loyixalash jarayeni yuksak darajada murakkabdir.

Uslubiy jixatdan bu jarayen kupincha me’moriy loyixalashtirishga teng keladi, ba’zan esa undan xam murakkabrokdir.

Sanoat san’ati atamasi bilan bir katorda ingliz atamasi dizayn (inglizcha desing niyat, muljal, loyixa) keng tarkalgan, u rassom loyixalovchining dizaynning ijodiyetini, mexnatning usullari va natijalarini ishlab chikarishga tatbik kilish shart-sharoitlarini uz ichiga oladi.

Dizaynning maksadi-jamoat manfaatlari, ishlatish kulayligi, guzallik talablariga javob beradigan maxsulotning yangi turlari va xillarini yaratishdir.

Yukoridagilardan shu narsa ma’lum buldiki,sanoat san’ati va dizayn atamalari ma’lum darajada xar xil ma’noga ega bulib, ularning ikkalasi xam tula xukuklidir.

Texnikaviy estetika uzining uslubiy asosiga ega,yangi jamiyat estetikasining umumiy tamoyillariga tayanadi, shuningdek, texnika, ruxshunoslik, fizikaviy, tozalik va boshka fanlarning yutuklaridan xam foydalanadi.

Badiiy loyixalash atamasi muakmmal emasligiga karamasdan, kabul kilindi va xamma unga kunikib ketdi. Ammo tabiat konuniyatlaridan kelib chikadigan tamoyillar va mavjudot konuniyatlar borki,ular texnik va badiiy ijodning eng xilma-xil soxalari uchun,shu jumladan dizayn uchun xam ma’lum darajada bir xildir.

Endi badiiy loyixalashda shu tamoyillarni kurib chikamiz. Moskva Oliy Badiiy Ukuv yurti olimlari sanoat ishlab chikarishi buyumlarini loyixalashning uch asosiy tamoyilini ishlab chikganlar.

1.Manfaatdorlik ishga oidlik loyixalashtirish-texnolog, iktisodiy masalalar majmui, bir vaktda xal etish.

2.Atrof-muxit va anik shart-sharoitlarni xisobga olish.

3.Shakl va mazmun birligi (jonlilik).

Birinchi tamoyilga tegishli boshka masalalarni uziga tobe kilib olgan xal kiluvchi masala manfaat va ishga oidlik masalasi bulib xisoblanadi. Xakikatan xam turmush ashelari, asboblar, ishlab chikarish uskunalirining ishga yarokliligi axamiyati isbotni talab kilmaydi.

Me’morchilik,amaliy san’at va dizayn sang’atning boshka turlariga karaganda moddiy ishlab chikarishga yakinrok turadi. Ular insonga va uning kundalik turmushiga zarur bulgan kupgina buyumlarni nafakat foydali sifatlarga ega bulgan, balki badiiy kiymatga ega bulgan inson xis-tuygulariga ta’sir etadigan maxsulotlarga aylantiradi.

Shakl va mazmun birligi (obrazlilik).

Badiiy loyixalashda tamoyil badiiy-estetik, goya nuktai nazaridan eng murakkab va mas’uliyatli bulib xisoblanadi. Ma’lumki, asrlar davomida turli bino va inshootlarning shakli ularning mazmuniga mos ravishda uz ifodasini topgan. Tarixiy jarayenda me’morchilik turlari ilm, texnika, san’at,kishilar turmushi ijtimoiy sharoitlarining ilgor tarakkiyeti bilan birga uzgarib kelgan.Manfaatdorlik san’atda bu shakl va kurinishlar, ayniksa, yangi buyumlar va loyixalar, jamiyat ishlab chikarish kuchlari rivojlanishida yangi iktisodiy, maishiy shart-sharoitlar paydo bulgan vaktda yuzaga keladi.

Dizaynda turli xil bino va buyumlar kurinishi asosiy tamoyillar, shu jumldan, shakl va mazmun birligi tamoyilini xisobga olingan xolda ijodiy jarayenda shakllanadi.

Texnik loyixalar yasash soxasidagi yangi estetik yulning burilishi va yunalishilarini fakat dizayner seza oladi. Muljallanayetgan tanlash, yangi buyumning ma’kul deb topilishi, xaridorning afzal topishi deb xisoblanadi. Uni oldindan paykash uchun aloxida maxorat talab kilinadi.

Buyumning shakli, rangi, fazoviy tuzilishi buladi va biz yukorida aytib utganimizdek, u tasviriy san’atning rang-tasvir, xaykaltaroshlik, me’morchilikning ba’zi bir shakliy sifatlariga ega buladi. Bu buyum estetik kiymatning yaratuvchisidir.

Ishlarning tayyergarlik boskichini ikki tarkibiy kismga bulib chiksa buladi: loyixalashtirishga oid dastlabki topshirikni urganib chikish va loyixa mavzusi bilan batafsi tanishib chikish. Bu urganish kuyidagilarni kuzda tutadi: belgilangan shartlar asosida maksad va vazifalarni aniklash: bulajak maxsulot (yeki muxit) ulchamlarini, ularning asosiy tavsilotlarini uzlashtirish, muxim xizmatga oidlik alokalarini ochib tashlash, maxsus adabiyetlarni kurib chikish, urganish, loyixa tarkibi bilan tanishish,nazorat ishining muddatlari,loyixani topshirishning eng oxirgi vaktini aniklash. Ish, xarakat (ishlab turish) taxlili birinchi darajali axamiyatga ega, buyum kanday xarakat kilayapti yeki xarakat kilishi kerakligini uning xususiyatlarini, ulardan foydalanish tajribasini va kaysi amaliy vazifalarni xal kilish kerakligini kursatish kerak.

Analog (uxshash, uxshashlik) yeki prototipni (timsol) badiiy-loyixalovchi nuktai nzaridan taxlil etish aloxida axamiyatga ega: agar shu taxlil amalga oshirilsa, loyixalashtirish xam timsol asosida olib briladi. Bu yerda xunarmandchilik ishlab chikarilishi davridagidek, buyumning uzi axborotning asosiy manbaidir.

Bu shaklning kuz bilan kilingan taxlili, loyixaning ishga oidlik taxlili, foydalanilayetgan matolarning kabul kilingan ishlov berish usullari, iktisodiy kursatkichlari taxlili, shuningdek undan foydalanish masalalarining xam taxlilidir.

Ishga oidlik taxlili bir tomonlama, allakachon mavjud bulgan tajribaga, maxsulotning iste’molchilar tomonidan baxolanishiga tayanadi, ammo bu taxlilda asosiy narsa loyixalashtiruvchi zarur paytda mutaxassislarni uzi topib maxsulotni chukur tekshirishi bulib xisoblanadi.

Ishga oidlik taxlili odatda bitta emas, balki buyumdagi bir necha anik xizmatlarni uz ichiga oladi. Ular asosiy va ikkinchi darajali, kupincha, bir-biriga karama-karshi va loyixalashtiruvchini murosa yulini topishga majbur etuvchi bulishi mumkin. Bunday karama-karshilik oshxonaga oid idish-tovoklarni loyixalashtirganda uchrab turadi.

Loyixalash boskichlari. Taxlil bu buyumlar, xodisalar, tushunchalarni ilmiy tekshirishning usuli va badiiy loyixalashning eng bosh tarkibiy kismidir.

U buyumlar va ular xakida mukammal tushunchalarni xar tomonlama kurib chikishni uz ichiga oladi. Dizayner ijodiy ishlarining barcha buyumlarini taxlil kilib chikishga majbur, unga kuyidagilar kiradi: loyixalashni boshlashdan oldin umumiy dastlabki muloxazalar, maxsulotni ishlab chikarishga va xatto chikailgandan keyin xam, tayyerlab berishning barcha boskichlarini uz ichiga oladi.

Loyixalashning ayrim boskichlarida yetarli bulmagan taxlil, loyixada buyum kiymati deb ataladi. Loyixalash vaktida buyumning asoslangan badiiy-loyixalovchilik taxlili mavjud emasligi uni ma’naviy eskirishga va xali ishlab chikarish boshlanmasdan norasolikka olib kelishi mumkin.

Chukur taxlil turli xil omillar, talablar, shart-sharoitlar, karashlar birlashuvini kuzda tutadi. Masalan, fakat xizmatga oid xususiyatlarni kurib chikib, matosiga, tayyerlash usullariga, loyixa va shakl tanlanishiga axamiyat bermasdan, narsa tugrisida tulik tushuncha xosil kilib bulmaydi.Shuningdek, buyumning xizmatga oid vazifasini bilmasdan buyumning shaklini taxlil kilish, shuningdek, buyumlarni joy-joyiga joylashtirishga, guzalligiga baxo berish kiyin. Shunday kilib taxlil bu belgi majmui, yaxlit va kup kirrali jarayendir. Buyumni taxlil kilganda, uni izchil va xar tomonlama kurib chikib, buyumning benuksonligi, barkamolligiga baxo bermok zarur, unga xizmatga oidlik, loyixachilik, texnologik jixatdan maksadga muvofiklik, foydalanishda kulaylik, tejamlilik, ergonomika talablariga, tugri joylashtirish va estetik talablarga javob berishi kiradi. Sanoat maxsulotlarini taxlil etish uning sifatini tula va xar tomonlama aniklashning muxim dastlabki shartidir.

Butun sanoat maxsuloti vazifasiga, joyiga karab turt gurxga bulinadi:

1.Insonga bevosita xizmat kiladigan buyumlar, maxsulotlar (maishiy turmush, kundalik xayet maxsulotlari, ya’ni kiyim-kechak, poyafzal, mebel va x.k.).

2.Insonga bevosita xizmat kiladigan va texnikaviy vazifalarini bajaradigan buyumlar (maishiy asboblar, elektroarmatura va x. k.).

3.Mexnat vazifasini bajaradigan va kisman insonga xizmat kiladigan sanoat buyumlari (dastgoxlar, asbob-anjomlar, mashinalar, transport vositalari).

4.Fakat mexnat vazifasini bajaradigan sanoat buyumlari (avtomatlashtirilgan tizimlar, mashina mexanizmlarining kismlari avtomatlashgan tizimlar).

Bunday guruxlashda buyumlar katta guruxlarga bulinadi va xar bir gurux uchun taxlil usulini ishlab chikish imkoni tugiladi.

Maxsulotning iste’mol sifatlarini aniklash uchun badiiy-loyixalash taxlilining izchilligi (birin-ketinligi) kuyidagicha bulishi mumkin:

1.Maxsulotni loyixalashtirishgva berilgan topshirikning uxshashliklariga alokador turli manbalar, ilmiy mavzular, mutaxassislik buyicha kitoblar va suratlar, yangiliklar buyicha axborot tuplash.

2.Loyixalashtirilayetgan buyumning mavjud uxshashligini izlab topish va undan foydalanish jarayenining barcha boskichlari yeki tomonlarining batafsil tasvirini tuzib chikish.

3."Inson0maxsulot", "inson-muxit" alokalarini aniklash bilan birga xizmatga oid talablarni taxlil etish va ishlatishda bulgan texnika xavfsizligi.

4.Loyixaning asos shakli moslashuvini aniklash, loyixaviy mantik va shaklining uzaro joylashish tartib xususiyatlari.

5.Matolarning bir-biriga mos kelishini taxlil etish, loyixaning xizmatga oidligiga moslashuv, matoning dekorativ (manzaraviy) sifatlari.

6.Aloxida kismlari buyicha va umumiy tarzda maxsulotning kulayligini taxlil etish.

7.Shakl tuzilishini taxlil etish, shakl yaxlitligi, barcha kismlar xususiyatlarining birligi va shaklning uslub bilan mos kelishi.

Badiiy-loyixachi taxlilning sanab utilgan tarmoklari uzaro boglangan, ammo asosiy talabni belgilab olish uchun xizmatga oid va yaxlit taxlilning ikki asosiy kismini kurib chikamiz.

Bu boskichning mazmuni-tasdiklangan badiiy loyixalovchi takliflarni rivojlantirish va chukurlashtirish bulib xisoblanadi, pirovard maksad esa badiiy loyixalovchi loyixani topshirikda belgilangan xajmda bajarishidir. Asosiy tuzilish mavzusi allakachon aniklangan va agar sanoat san’ati asarlarining kurinishi xakida gapirish mumkin bulsa, uning paydo bulishi tulaligicha badiiy-takliflar boskichiga taalluklidir.

Badiiy-loyixalovchi loyixalarning umumiy xajmi buyum xususiyati va katta kichikligiga boglik. Mayda buyum tugri burchakli fazoviy va ularning kesimlari, uzlarining asl (natural) xajmlarida, ba’zan xatto xomaki nusxa boskichida ijro etiladi.

Agar gap loyixa varaklariga tugri kelmaydigan yirik buyumlar xakida borsa, tasvir kichraytiriladi. Ba’zan juda muxim axamiyatga ega bulgan mavzuni ochish uchun tabiiy kurinishda tasvirlanadi. Masalan, xona yerugligini loyixalashtirishda chirok asl ulchamida chiziladi. Yul mashinasi yeki biror boshka xil transport vositasi ustida ishlaganda, xaydovchining utiradigan joyini, maxsus kreslosi va boshkarish jixozlarini asl ulchovlarda chizib chikish maksadga muvofik buladi.

Sanoat maxsulotlarini loyixalashtirish, topshirikni tuzib chikish va topshirik berish vaktidan boshlanadi. Topshirikni tuzishda bulajak mualliflar - dizaynerlar ishtirok etishlari maksadga muvofikdir. Topshirik buyurtmasi yezma tarzda beriladi, ba’zan esa loyixa chiziklar bilan tuldiriladi va ularda loyixaga tushgan buyumning asosiy ulchovlari kursatiladi. Topshirikda xizmatga oid vazifalar, chamalangan loyixaviy tavsiya karorlar, badiiy loyixa ishlab chikarish jarayenida kuyiladigan maxsus talablar kiskagina bayen etiladi.

Loyixalashda, topshirik mavjud maxsulotni zamonaviylashtirish va istikbolli loyixalashga karatilgan bulishi mumkin.

Rassom - loyixachi muxandis - loyixachi bilan birga, ayrim xollarda texnologi va boshka mutaxassislar bilan maxsulotga kuyilgan topshirik va talablarni atroflicha urganib chikadi.

Buyurmachining topshirigini urganish va taxlil etishda kuyidagi asosiy talablar aniklanishi lozim:

1. Ish tartibi va kulayligi, ta’mirlash va tekshirish kulayligi va xokazolardan kelib chikadigan xizmatga oid foydalanish talablari.

2. Maxsulotdan foydalanish jarayenida insonning xis-tuygu a’zolari, markaziy asab xolati, mushak-xarakatlantiruvchi tizimiga ta’sirini kuzda tutuvchi ruxiy-fizikaviy talablar.

3.Maxsulotda foydalanishi mumkin bulgan atrofdagi muxit va anik sharoitlar tomonidan kuyilgan talablar.

4.Ma’lum ishlab chikarish bazasi, maxsulot tayyerlash imkonlari va xokazolar mavjudligi bilan boglangan tavsiyaviy talablar.

5.Anik narsalarni kullash, maxsulot tuzilishi, maxsulot tayyerlash va ishlov berish usullari va xokazolar shart-sharoitidan kelib chikadigan loyixa talablari.

6.Maxsulotning iktisodiy samaradorligiga karatilgan va maxsulotni tayyerlash narxini xamda mexnat unumdorligi, chidamliligi, pishikligi va boshka shunga uxshash ishchanlik kursatkichlarini xisobga oladigan iktisodiy talablar.

7.Badiiy-estetik talablar.

Kup xollarda namuna (maket) sanoat maxsuloti xakida badiiy-asarning tuzilishi karorni izlashda asosiy vosita bulib koladi, ammo rasm solish (grafik) vositalar xam inkor etilmaydi, balki aksincha, asosiy bulib xisoblanadi.

Shunday kilib, badiiy loyixalashning birinchi boskichida kuyidagilar daxldor: tasviriy chizmalar, loyixani xomaki nusxadagi rasmlarini ishlab chikish va namuna tayyerlash. Loyixalashning shu boskichida izoxli tushuntirish xati tayyerlanadi, unda kabul kilingan karor, pardozlash usullari va asosiy kursatkichlar bilan birga kayd kilinadi.

Loyixalashning birinchi boskichi eng mas’uliyatli va xal kiluvchidir, chunki unda xajm xakida karor kabul kilinadi, buyum kismlarining joylashishi (komponovkasi), kurinishi va boshka sifatlari belgilanadi. Xomaki nusxadagi loyixaga namoyish kilinadigan matolarning yuksak sifat xamrox bulishi lozim.

Loyixalashning birinchi boskichi loyixalashning tegishli badiiy texnik kengashlarida tasdiklovchi idoralarda kurilishi bilan tugallanadi.

Loyixalashning ikkinchi boskichi andoza va koliplar tayyerlashni, ish uchun zarur bulgan chizmalarni bajarishni uz ichiga oladi. Unga tugri burchakli fazoviy shakllarda buyumning umumiy kurinishi, loyixalovchi kesimlar, kism va detallarning tarixi, turli koliplar va boshkalar, ya’ni maxsulot ishlab chikarish uchun barcha loyixa matolari kiradi. Ba’zan loyixalashning ikkinchi boskichi loyixa mualliflari nazoratida tajribaviy namuna yaratish bilan tugallanadi.Bu xolatda ommaviy tarzda maxsulot ishlab chikarish uchun tayyerlangan chizmalar tajribaviy namuna sinovdan utgandan sung ijro etiladi.

Ayrim xollarda juda murakkab maxsulotlarni tayyerlashda texnik loyixani ishlab chikarish loyixalashtirishning ikkinchi boskichiga kiradi. Unda ishdagi loyixa uchinchi boskichga taalukli buladi. Agar uzlashtirilgan yeki uzlashtirilayetgan sanoat ma’suloti uchun topshirik berilsa, u topshirik zamonaviylashtirish topshirigi bilan muvofiklashib keladi.

Demak, dizayner badiiy loyixalashda loyixani ishlab chikishning barcha boskichlarida ishtirok kilmaydi.

Maxsulotning umumiy kurinishi tugri burchakli fazoviy shakllar va istikbolda soyalar sifatida tozalanib, ijro etiladi.

Istikbolli va soyalar tuzish usullari chizma geometriya koidalari yeki elektronika yerdamida amalga oshiriladi.

Loyixa mavzusi juda keng ma’noda urganib chikiladi,ya’ni kuyidagilarga e’tibor beriladi:

-mashina yeki jixoz kanday va kay sharoitda ishlashi.

-bu mashina bajaradigan ishning samarasi yeki loyixalashtirilayetgan buyum nima uchun xizmat kilishi.

-loyixalashning kanday kurinishlari bulishi mumkinligi.

-kanday iktisodiy talablar kuyilishini bilish zarur.

Xronometraj utkazib, xar bir ishga kancha vakt sarflanishini aniklash kerak, birok bu xam yetarli emas. Boshka mashinada ishlash tajribasiga va xech bulmaganda uz xolatida turib takkoslash imkoniyatiga ega bulgan kombaynchining uzi nimalar deyishini eshitish muximdir. U boshkalarning nazari bilan karaganda, mutlako muxim bulmagan kup narsalarni kashf etishi mumkin: ma’lum bulishicha, tez-tez ishlatib turiladigan mashinalarning boshkarish kismlari nokulay joylashgan, kabinaga urnatilgan oyna urimni kuzatishga imkon bermaydi, u yeki bu kismlani burash kiyin va xokazo.

Nixoyat, mashinaning ichki estetik sifatlari:avvalo ishchining ish urni. Kabinaning butun xajmli-fazoviy tuzilishi unumli ishlashga imkon beradimi? Nimalar yetishmaydi va nimalar xalakit beradi? U chiroyli va shinammi?

Mashinaning sirtki va ichki rangi xam rassomning ixtiyerida buladi. Xavorang kombaynning rangi gallazor ichida kanday kurinish beradi? Kizil rangdagi kombayn-chi? Extimol,jaxzirama saxro joylarda sovuk rang,kuyesh xamisha yetishmaydigan shimoliy kengliklarda esa issik, sarik - zargaldok rang yaxshidir. Albatta, ba’zi bir narsalarni chizmachilik stolida xal kilish mumkindir. Lekin ish joyining uzida, tabiat kuynida javoblar tezrok va anikrok topilishi mumkin.



Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling