B) Og‘irligi:
1. Engil.
2. O’rta og‘ir.
3. Og‘ir (asoratli kechishi).
4. Subklinik.
V) Asoratlar:
1) sinusit
2) gaymorit
3) otit
4) pnevmoniya, angina
Laboratoriya diagnostikasi. Rinovirus infekstiyasi bilan kasallangan bemorlarda umumiy qon analizi, umumiy peshob analizi, umumiy axlat analizlarida o’zgarishlar kuzatilmaydi. Ammo rinovirusli infekstiya asoratlar bilan kechganda, leykostitoz, neytrofilez, eozinofilez, limfostitopeniya, eritrostitlar cho’kish tezligining oshishi kuzatiladi.
Rinovirus infekstiyasining etiologik omilini aniqlash maqsadida serologik, immunologik uslublardan foydalaniladi.
Rinovirusning maxsus antitelolarini aniqlash maqsadida RPGA uslubidan foydalaniladi. Antitelolarni aniqlash uchun eritrostitar rinovirus antigenlaridan foydalaniladi. Bemor qonida maxsus rinovirus antitelolari titri 2-4 marta oshishiga e’tibor beriladi. Agar maxsus rinovirus antitelolari titri bemorda 2-4 marta oshsa rinovirus infekstiyasi tashxisi qo’yiladi.
Immunoflyuoresstenstiya uslubi. Bemorlarda rinovirus borligini aniqlash maqsadida immunoflyuoresstenstiya uslubidan foydalaniladi.
Ushbu uslubni bajarish uchun flyuoresstentlangan maxsus rinovirus antitelolari va flyuoresstent mikroskop ishlatiladi.
Rinovirus infekstiyasi bilan kasallangan bemorlarning burun suyuqligi va tomoq surtmasi olinib flyuoresstentlangan maxsus antitelolar surtmaga aralashtiriladi va mikroskopda rinoviruslar flyuoresstenstiya yorig‘i beradi, ya’ni rinoviruslar borligidan darak beradi.
Davolash. Rinovirus infekstiyasi bilan kasallangan bemorlar uy sharoitida davolanadi. Og‘ir va asoratli bo’lgan bemorlar esa shifoxonaga yotqiziladi.
Rinovirus infekstiyasining subklinik va engil kechishida dori-darmonlar bilan davolash shart emas. Ushbu bemorlarga ko’p suyuqlik ichish, vitaminga boy taomlar iste’mol qilish maqsadga muvofiq. Shunday bemorlarda tomoq og‘rig‘i boshlansa, virusga qarshi preparatlar: astiklovir 1 tab x 3 maҳal 5 kun, askorutin 2 tab x 3 maҳal 5 kun, undevit, geksavit polivitaminlar 1 dr x 2 maҳal 10 kun davomida tavsiya qilinadi. Burundan seroz suyuqlik oqa boshlasa, oksalin mazi 2 maҳal 3-5 kun, naftizin, nazoferon, rinozalin, glazolin, protargol tomchilari: 2 tomchidan x 2-3 maҳal 4-5 kun mobaynida tomiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |