O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna
Download 363.44 Kb.
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Profilaktikasi.
- REOVIRUS INFEKSIYaSI (ESNO – 10t)
Adenovirus infekstiyasi. Adenovirus infekstiyasida kasallik sekin asta boshlanadi. Isitma va intoksikastiya belgilari kundan-kun ko’paya boradi. Isitma kasallikning birinchi kunlari 370S, keyinchalik 37.80S va avj olgan davrida 380S va undan ortiq ko’tariladi. Bemorlarda ko’z shilliq pardasi yallig‘lanishi (kon’yunktivit, keratokon’yunktivit) limfa tugunlarning yallig‘lanishi, nafas yo’llarida yallig‘lanish (traxeit, bronxit, bronxeolit, pnevmoniya) kuzatiladi. Oshqozon-ichak tizimida ҳam o’zgarishlar kuzatiladi. Bemorlarda gepatomegaliya, splenomegaliya, mezadenit yallig‘lanishi kuzatiladi. Adenovirus infekstiyasida jaroҳatlanish barcha organ va tizimlarda kuzatiladi. Ushbu infekstiya 12-17 kun davom etadi.
RS – infekstiyasi rinovirus xastaligi, reovirus ESNO – (tip 10), pnevmokokk pnevmoniyasi xastaliklari bilan qiyosiy tashxis qilinadi. Profilaktikasi. RS – infekstiyasining profilaktikasi boshqa o’tkir respirator virusli infekstiyalardan farq qilmaydi. Bemorlar uyda davolanadi va aloҳidalanadi. Uyda bemorlar aloҳida xonaga yotqiziladi. Bemor yotgan xona kuniga 2-3 marta dezinfekstiya moddalari bilan tozalanib turiladi. Bemorlar oila a’zolari gigienik ҳimoya niqoblari taqib yuradi. Bemorlarning idish-tovoqlari aloҳida bo’lishi maqsadga muvofiq. Bemor qo’llari bir marta ishlatiladigan gigienik salfetkalar bilan tozalanishi maqsadga muvofiq. Bolalar muassasalari va maktablarda isitmasi chiqqan bemorlar kuzatilsa, kasallar izolyatorga yotqizilib, birinchi yordam ko’rsatiladi, so’ng oilaviy shifokorga va ҳududiy sanitariya-epidemiologiya markaziga xabar beriladi. Bemorlar qayd etilgan bolalar bog‘chalari va maktablar xonalari dezinfekstiya moddalari bilan tozalanadi. Bog‘cha tarbiyachilari, maktab o’qituvchilari va sog‘lom bolalar qo’llarini tez-tez sovunlab yuviladi va dezinfekstiya moddalari bilan tozalanadi. Bemor bolalar 7 kun ichida uyda davolanadi. REOVIRUS INFEKSIYaSI (ESNO – 10t) Reovirus infekstiyasi (ESNO – 10t) o’tkir respirator virusli infekstiyalar guruҳiga mansub bo’lib, yuqori nafas yo’llarining yallig‘lanishi, intoksikastiya, kuchli bo’lmagan isitma kabi klinik belgilar bilan kechadigan kasallik. Etiologiyasi. Reovirus ESNO-10t. 1959 yilda virusolog Seybin tomonidan kashf etilgan. Reovirus ESNO-10t juda kichik o’lchamga ega (70-80 nm). Tarkibida RNK (ribonuklein kislotasi) tutadi. Tashqi qobig‘ida lipid va gemagglyutinin antigeniga ega. viruslar tashqi muҳitga ancha chidamli, past ҳaroratda, namgarchilikda uzoq muddat saqlanib turadi (8-10 kun). Yuqori ҳaroratda (600 va undan yuqori) tez nobud bo’ladi. Dezinfekstiya moddalariga (1% xloramin, xlor ishqori) chidamsiz. Ҳozirgi kunda reovirus ESNO-10t 3 ta antigen tiplari mavjud. ESNO-10t virusi epiteliotrop xarakterga ega bo’lib, yuqori nafas yo’llaridagi epitelial ҳujayralarni jaroҳatlash xususiyatiga ega. Epiteliy ҳujayralariga kirishni ta’minlaydigan omil viruslarning tashqi qobig‘idagi lipidlar, ҳamda gemagglyutinastiya qobiliyatiga ega antigenlar ҳisoblanadi. ESNO-10t virusi epiteliy ҳujayralarining stitoplazmasi, endoplazmatik to’ri, metoxondriyalarini jaroҳatlaydi. Virus RNK si epiteliy ҳujayralar yadrosining o’z tarkibiy qismlarini ishlab chiqarishini vujudga keltiradi. Jaroҳatlangan epiteliy ҳujayralari keyinchalik destruktiv, deskvomatik, nekrotik jarayonlarni keltirib chiqaradi. Download 363.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling