Qiyosiy tashxisot:
Koronavirus Covid-19 infekstiyasi. Koronavirus Covid-19 infekstiyasi juda tez tarqalish xususiyatiga ega bo’lgan, yuqori isitma, respirator belgilari bilan kechadigan yuqumli kasallikdir. Koronavirus Covid-19 infekstiyasi o’tkir boshlanadi, bemorlarda yuqori isitma, respirator belgilar: yo’tal, aksirish, burun va og‘iz bo’shlig‘ining yallig‘lanishi, mushaklarda, belda og‘riq, titrash, og‘izda maza bilmaslik, ҳid bilish qobiliyatining yo’qolishi alomatlari paydo bo’ladi. Yoshi ulug‘ va 65 yoshdan katta bemorlarda kasallik og‘ir o’tishi, pnevmaniya asoratlarining tez va shiddatli paydo bo’lishi bilan muҳim qiyosiy diagnostik aҳamiyatga ega.
RS – infekstiyasini respirator virusli infekstiyalari (O’RVI) bilan qiyosiy tashxislash maqsadga muvofiq. Qiyosiy tashxis gripp, paragripp, adenovirus infekstiyasi, rinovirus infekstiyalari bilan qilinadi.
Rinovirus infekstiyasi. Rinovirus infekstiyasida asosiy klinik belgilar tumov, yo’tal, ҳid bilish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Ushbu klinik belgilar xastalikning birinchi kunidan boshlab kuzatiladi. Bemorlarda kardinal simptom rinoreya – burundan tez-tez suv ketishi.Isitma, intoksikastiya deyarli bo’lmaydi.
Allergik tumovda – qo’zg‘atuvchi virus bo’lmaydi. RS – infekstiyasiga juda o’xshab ketadi.
Allergik tumov mavsumiy kasallik bo’lib, asosan turli allergenlar ta’sirida sodir bo’ladi. Ko’pincha baҳor gullari, terak guli (pux), parrandalar pati, ҳayvonlar yungi, gilam changi, o’tkir ҳidli garimdori va boshqalar allergik xususiyatga ega.
Allergik tumovda isitma, intoksikastiya belgilari kuzatilmaydi.
Allergik tumovda bemorlarda uzoq muddatda aksirish, burun kataklari, og‘iz shilliq qavatida qichishish, burun ҳid bilish qobiliyatining yo’qolishi kabi klinik belgilar kuzatiladi.
Mavsum o’tishi va allergik omillar yo’qotilishi natijasida allergik tumov alomatlari yo’qoladi.
Gripp va paragripp xastaligida yuqori isitma, intoksikastiya, nafas yo’llarida yallig‘lanish alomatlari kasallikning birinchi kunidan namoyon bo’ladi. Gripp va paragripp xastaligida laringit, bronxit, traxeit, glossit va pnevmoniya alomatlari kuzatiladi. Gripp infekstiyasi keng tarqalish xususiyatiga ega. Ayrim ҳollarda epidemiya va pandemiya tarzida tarqalishi kuzatiladi. Paragrippda laringit, soxta krupp, obstruktiv bronxit alomatlari kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |