O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna
Laboratoriya tekshiruvlari. Umumiy qon taҳlili
Download 363.44 Kb.
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy peshob analizida
Laboratoriya tekshiruvlari. Umumiy qon taҳlili: Qonda normastitoz yoki leykostitoz, neytrofilez eritrostitlar cho’kish tezligining oshishi (SOE) kuzatiladi.
Ushbu ko’rsatkichlarning oshishi RS – infekstiyasi bilan kasallangan bemor bolalarda asoratlar kuzatilayotganligi uchun xarakterlidir. Umumiy peshob analizida: RS – infekstiyasida aytarlik jiddiy o’zgarishlar kuzatilmaydi. Og‘ir va asoratli kechgan bemorlarda siydikda oqsil paydo bo’ladi, ya’ni siydikdaepiteliylar leykostitlar oshishi mumkin, siydikda oqsil paydo bo’ladi. Serologik uslublar. RS – infekstiyasini tasdiqlash maqsadida serologik uslublardan foydalanadi. RS – infekstiyasiga qarshi antitelolarni aniqlash maqsadida komplement bog‘lash uslubi (RSK) va RPGA passiv gemagglyutinastiya uslubidan foydalaniladi. RPGA bajarish uchun eritrostitar antigen diagnostikumi ishlatiladi. Bemor qonida maxsus RS – virusiga qarshi antitelolar aniqlanadi va ushbu antitelolar titri 2-4 marta oshishi mumkin. RS – virusini burun kataklarida va og‘iz bo’shlig‘ida aniqlash maqsadida immunoflyuoresstent uslubidan foydalaniladi. Ushbu uslubni bajarish uchun flyuoresstent antitelolari ishlatiladi (diagnostikum), maxsus flyuoresstent mikroskoplar orqali viruslarni surtmalarda flyuoresstent yorig‘ligi bo’lganda musbat ҳisoblanadi (ekspress-uslub ҳisoblanadi). Davolash. RS – infekstiyasi bilan kasallangan bemorlar uy sharoitida davolanadi. RS – infekstiyasi og‘ir va asoratli kechsa shifoxonada davolanish maqsadga muvofiq. RS – infekstiyasi subklinik va engil kechganda maxsus dori-darmonlar qo’llash va davolash shart emas. Bemorlarga suyuqlik ichish, vitaminga boy ovqatlar berish maqsadga muvofiq. Engil kechayotgan bemorlarda tumov alomati va yo’tal kuzatilsa, virusga qarshi preparatlar: astiklovir, aflubin preparatlari tavsiya qilinadi. Ushbu preparatlarni bemor vazniga qarab 2-3 maҳal ichish maqsadga muvofiq. Bemor bolalar 1 yoshdan katta bo’lsa vitaminlar: pikovit, vitrum, askorbin kislotasi, vitamin “A”, Aievit vitaminlar 10-15 kun mobaynida beriladi. Bemorlar burnidan suvli-seroz suyuqlik oqa boshlasa burunning bitishi kuzatilsa, burun kataklariga oksalin mazi 2 maҳal 4-5 kun. Burun kataklariga naftizin, nazoferon, rinazolin, glazolin, protargol tomchilarini 1-2 tomchi x 2-3 maҳal 5 kun mobaynida berish maqsadga muvofiq. RS – infekstiyasi o’rta og‘ir kechishida bemorlarga ko’p suyuqlikichish tavsiya qilinadi (mineral suv, namatak damlamasi, limonli choy va boshqalar). Vitaminga boy suyuq ovqatlar, tovuq go’shtli qaynatma, mol go’shtli qaynatma, sholg‘om qo’shilgan suyuq sho’rvalar beriladi. Bemorlarga simptomatik dori-darmonlar isitma, intoksikastiya belgilariga qarab beriladi. Bolalarga antigrippin 1/2 tab x 3 maҳal 5 kun. Askorutin 1/2 tab x 3 maҳal 5 kun. Imudon kattalarga 1 tab x 3 maҳal 5 kun, bolalarga 1/2 tab x 3 maҳal 5 kun til ostiga shimish tavsiya etiladi. Bemor bolalarda allergiya alomatlari va obstruktiv bronxit alomatlari kuzatilsa, diazolin, zodak, fenistil preparatlari bemor vazniga qarab 2 maҳal 3-5 kun mobaynida beriladi. RS – infekstiyasi bilan kasallangan engil, o’rta og‘ir va og‘ir shakldagi bemorlarga virusga qarshi preparatlar tavsiya qilinadi. Bemorlarga astiklovir, aflubin, leykostitar interferon preparatlari tavsiya qilinadi. Astiklovir 200 preparatini bolalarga 2-3 maҳal 5 kun mobaynida ichish tavsiya qilinadi. Kattalarga astiklovir 400 preparati 1 tab 2 maҳal 5 kun mobaynida ichishga beriladi. Aflubin bolalarga 5-8 tomchidan 3 maҳal, kattalarga 15-20 tomchidan 3 maҳal 5 kun mobaynida ichishga beriladi. RS – infekstiyasida virusga qarshi preparatlar viruslarning o’sish qobiliyatini kamaytiradi, yallig‘lanish jarayonining oldini oladi, bemor immunitetini ko’taradi. RS – infekstiyasining og‘ir va asoratli kechishini davolash kompleks ravishda olib boriladi. Bemor bolalar shifoxonada davolanadi. Bemor bolalarni virus-bakterial asoratlarning oldini olish maqsadida antibiotiklar bilan davolash maqsadga muvofiq (steftriakson, stefotoksin stefod, rostefin, PEO, penistillin guruҳi, merkastin va boshqa antibiotiklar). Download 363.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling