O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet90/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Umumiy peshob analizi: ESNO-10t infekstiyasida siydik analizida aytarlik o’zgarishlar kuzatilmaydi. Bemorlarda tez-tez ich ketishi kuzatilganda siydik tarkibida oqsil paydo bo’ladi. Yassi epiteliylar soni oshadi, leykostitlar soni ҳam oshadi. Bemor axlatida o’zgarishlar kuzatiladi. Axlatda leykostitlar oshadi, eritrostitlar paydo bo’ladi.
Serologik uslublar: ESNO-10t infekstiyasini tasdiqlash maqsadida serologik uslublardan foydalaniladi. ESNO-10t infekstiyasiga qarshi antitelolarni aniqlash maqsadida serologik uslublardan foydalaniladi.
1. Komplement bog‘lash uslubi (RSK)
2. Passiv gemagglyutinastiya uslubi (RPGA).
Komplement bog‘lovchi serologik usulni bajarish uchun maxsus antigenlar yoki antitelolar va komplement ishlatiladi.
RPGA bajarish uchun eritrostitar ESNO-10t antigen diagnostikumi ishlatiladi. Bemor qonida maxsus ESNO-10t virusiga qarshi antitelolar aniqlanadi va ushbu antitelolar titri 2-4 marta oshishi xastalik borligidan darak beradi.
ESNO-10t virusini burun kataklaridan, og‘iz bo’shlig‘idan va bemor axlatidan aniqlash maqsadida immunoflyuoresstent uslubidan foydalaniladi. Ushbu uslub ekspress uslub ҳisoblanadi.
Ushbu uslubni bajarish uchun flyuoresstent ESNO-10t antitelolaridan foydalaniladi, ҳamda flyurosstent mikroskoplar qo’llaniladi.
Agar surtmalarda ESNO-10t viruslari mavjud bo’lsa, flyurosstent mikroskoplarda yorug‘lik paydo bo’ladi va sinama musbat ҳisoblanadi.
Davolash. ESNO-10t infekstiyasi bilan kasallangan bemorlar uy sharoitida davolanadi. Xastalik og‘ir va asoratli kechgan taqdirda bemorlar shifoxonalarda davolanadi.
ESNO-10t infekstiyasi subklinik va engil kechganda davolash maqsadida maxsus dori-darmonlar qo’llash shart emas. Bemorlarga ko’p suyuqlik ichish, vitaminga boy suyuq ovqatlar berish maqsadga muvofiq. Engil kechayotgan bemorlarda tumov alomatlari va yo’tal, aksirish kuzatilsa virusga qarshi preparatlar qo’llaniladi.
Virusga qarshi preparatlar: astiklovir, aflubin bemor vazniga, yoshiga qarab 2-3 maҳal 5 kun mobaynida beriladi. Bemorlarga kompleks vitaminlar (polivitaminlar) vitrum, pikovit, komplevit, revit, undevit, geksavit 10-15 kun mobaynida beriladi.
Bemorlar burnidan suvli-seroz suyuqlik oqa boshlasa, burun bitishi kuzatilsa burun kataklariga oksalin mazi 2 maҳal 4-5 kun surtiladi. Bemorlarning burun kataklariga naftizin, nazaferon, rinozalin, glazolin, protargol tomchilari 1-2 tomchidan 2-3 maҳal 3-5 kun mobaynida tomizish maqsadga muvofiq.
ESNO-10t infekstiyasi o’rta og‘ir kechganda ko’p suyuqlik ichish tavsiya qilinadi (mineral suv, namatak dimlamasi, limonli choy va boshqa suyuqliklar).
Vitaminga boy suyuq ovqatlar, tovuq go’shtli qaynatma, bulonlar, mol go’shtli qaynatma, sholg‘om qo’shilgan suyuq sho’rvalar tavsiya qilinadi.
O’rta og‘irlikda kechgan bemorlarga etiotrop, simptomatik dori-darmonlar isitma ko’rsatkichi, intoksikastiya belgilariga qarab tavsiya qilinadi. Bemorlarga virusga qarshi preparatlar astiklovir, aflubin preparatlari yoshiga, vazniga qarab 2-3 maҳal 5 kun mobaynida beriladi. Bemorlarga antigrippin 1 tab x 3 maҳal 3 kun, askorutin 1 tab x 3 maҳal 5 kun, imudon (septolet) 1 tab x 3 maҳal 5 kun til tagiga shimiladi.
Bemorlarda allergik alomatlar kuzatilsa, diazolin, zodak, fenistil preparatlar kuniga 2 maҳal 3-5 kun bemor vazniga va yoshiga qarab beriladi. Bemor burni bitib qolganda, tumov alomati kuzatilsa, burun kataklariga nazaferon, nazifin, glazolin, rinazolin preparatlarni kuniga 2-3 marta 2 tomchidan beriladi.
ESNO-10t infekstiyasi asoratli kechganda antibiotiklar qo’llaniladi. Asoratlarning oldini olish maqsadida keng ko’lamda qo’llaniladigan antibiotiklar (steftriakson, stefotoksin, stefod, rostefin PEO, penistillin guruҳiga mansub antibiotiklar va boshqa antibiotiklar) beriladi.
Bemorlarda ich ketish alomati kuzatilsa, regidron, ORSA, smekta, furazolidon, erstefuril, stop-diar, lakto “G” va boshqa preparatlar beriladi. Suv, tuz etishmasligida ringer 200,0, astesol 200,0, disol 200,0, reosorbilat 200,0 suyuqliklari tomir ichiga yuboriladi.
Bemorlarda ko’z shilliq pardasi yallig‘lansa, ko’z tomchilari tomiziladi. ESNO-10t infekstiyasi og‘ir va asoratli kechsa bemorlar shifoxonalarda davolanishi maqsadga muvofiq.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling