O‘quv-uslubiy
Download 1.36 Mb.
|
Dinshunoslik
Jaynizm - dinning asoschisi sifatida e’tiqod qilinadigan yarim afsonaviy payg‘ambar - Jina nomi bilan atalgan bo‘lib, eramizdan oldingi VI asrda paydo bo‘lgan. Jaynizm braxmanizmdagi kiShilarni tabaqalarga ajratiSh sistemasiga qarShi paydo bo‘lgan. Uning ta’limotida 24 payg‘ambarga, ayniqsa oxirgi payg‘ambar - Vardxamana Maxaviraga sig‘iniSh talab etiladi. Jaynizmda jonning o‘lmasligiga, uning bir moddiy Shakldan ikkinchisiga ko‘chib YuriShiga iShoniSh markaziy o‘rinni egallaysi.
Inson er Yuzida qiladigan har qanday harakat va iSh ana Shu jon bilan tan birligida sodir bo‘ladi deb qaraSh. Jonni gunohdan saqlaSh uchun hayotda to‘g‘ri yo‘lni tutmoq, ya’ni din targ‘ib qiladigan barcha ta’limotlarga, talablarga so‘zsiz itoat etish va e’tiqod qiliSh zarur. Jaynizmda digambarlar va Shvetambarlar nomli yo‘naliShi ham mavjud. Sikxizm - (sikx - o‘quvchi demakdir) XV asrning oxiri va XVI asrning boShlarida Shimoliy-G‘arbiy Xindistonda hinduizmga qarShi yo‘naliSh sifatida paydo bo‘lgan. U mayda hunarmand va savdogarlarning feodal zulm va jamiyatning tabaqalaniShiga qarShiligini o‘zida aks ettirgan. XVI asrga kelib sikxlar jamoasiga dehqonlar ham qo‘Shila boShlaganlar va bu antifeodal harakatni quvvatlaganlar. Sikxizm monoteistik din hisoblanib, jamoa bo‘lib birgalikda ibodat qiliShni inkor etadi, ruhoniylikni tan olmaydi. Moddiy olamdagi barcha hodisalar sikxizm ta’limoticha, yagona xudo - oliy kuchning ijodi, insonlar esa xudo oldida teng, deb hisoblanadi. Bu din ta’limoti "Grantx Sohib" (Janob kitob) nomli kitobda izohlangan. Sikxizm ta’limotiga e’tiqod qiladiganlar hozirgi kunda kam uchraydi. Daosizm - eramizdan oldingi IV-III asrlarda Xitoyda paydo bo‘lgan yarim falsafiy, yarim diniy, sinkretik ta’limot. Uning tub goyasi moddiy olamdagi buYum va hodisalar turli-tumanligining mohiyatini ta’minlovchi, ularning mavjudlik sababi va manbaini tashkil etuvchi "dao" to‘g‘risidagi tasavvurlardan iborat. Eramizning II asriga kelib bu ta’limot asosida diniy qaraShlar ham Shakllangan va u daosizm nominn olgan. Bu din qadimgi dune faylasufi Dao Szi nomi bilan bog‘liq "Dao de szin" kitobidagi ta’limotga asoslangan. Daosizmda moddiy olam haqida sodda dialektika elementlari ham mavjud. U dunyodagi barcha buYum va hodisalar o‘zgariShda, xarakatda, ba’zi narsalar tiklansa, boShkalari so‘nadi, deb g‘oyat to‘g‘ri ta’lim beradi. Ammo kohinlar bu ta’limot asosiga diniy g‘oyalarni qo‘yib, g‘oyat ko‘p ruh va xudolarga ibodat qiliShdan iborat diniy tizimni yaratdilar. Bu din kohinlari "daos" nomi bilan Yuritilgan. Ular uchun rohiblik, darveShlik qiliShdan taShqari, oila quriSh ham man etilmagan. Shu tariqa daosizmda olamni boShqaruvchi uch xudolikdan iborat xudolar pantioni - qarorgohi (Shandi, Daoszi, Pangu) paydo bo‘lgan. Daosizm dastlab mulkdorlar hokimiyatiga qarShi bo‘lib, kambag‘allar manfaatini himoya qilgan . Keyinchalik esa u hukmron sinflarning g‘oyaviy quroliga aylangan. Man’chjurlar sulolasi Sin hukmronligi davrida (1644-1911) daosizm diniy ta’limoti inqirozga uchragan. Hozirgi vaqtda daosizm diniga e’tiqod qiluvchilar juda kamchilikni tashkil etadi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling