ZEND (parfiyoncha, «Sharhlangan matn») – milodiy III asrga oid qonunlardan iborat Avestoning Sharhi.
SHAURVA – Zardushtiylikda qo‘rqoqlik, pastkaShlik ma’budi, Axriman tarafdori.
SHIVA – oddiy xalq ommasi, kambag‘allar ilohiyoti hisoblanadi. U Rig Vedaning birinchi nusxalarida Rudra nomi bilan zikr etilgan. Atxarva Vedada Rudraning roli oShib boradi. YAjur Vedada Rudra Agni timsolida berilgan. U IShana, IShvara, Maxadeva (buYuk xudo) nomlari bilan ham ataladi.
SHIRK - arabcha Allohning Sherigi bor deb biliSh, ko‘pxudolilik. Islomga ko‘ra, Allohdan boShqa "iloh"larga, Shuningdek, butlar va odamlarga sig‘iniSh katta gunoh, kufr hisoblanadi. Allohdan o‘zgaga topinuvchilar muShrikdirlar. Qur’onga ko‘ra, SH. kechirilmaydigan gunoh hisoblanadi. Iste’molda kofirni muShrik, muShrikni kofir, deb atab kelinadi.
SHOMONLIK - SHomon tungus tilidan olingan so‘z bo‘lib, u “o‘ta hayajonlangan”, jazavali kiShi” degan ma’noni bildiradi. SHomonizm turkiy xalqlarda “ qam ” dini deb ham atalgan. SHomonlar odamlar bilan ruhlar o‘rtasida vositachilik qiliSh qudratiga ega bo‘lgan kiShilar bo‘lib, Shomonizmga e’tiqod qiluvchilarning fikriga ko‘ra, Shomonlar kelajakni oldindan aytib, uzoq joylardagi voqea-xodisalarni biliSh, kasalliklarni davolaSh, tabiat xodisalarini o‘zgartiriSh, vafot etganlarni narigi dunyoga kuzatib boriSh, yovuz ruhlar bilan jang qiliSh imkoniyatiga ega bo‘lgan kiShilar bo‘lib hisoblanar edilar.
V. Ilovalar.
Mavzular yuzasidan test topshiriqlari
1. Quyidagi fikrlar kimga tegishli. «Bu kitob bahs-munozara kitobi emas, tarix kitobidir. Hindlarning dinlarini ularning o‘zlaridan o‘rganib, fikrlarini tanqid qilmay bayon qilaman».
A) Abu Mansur Abdulqodir Bag‘dodiy
|
B) Abu Muhammad Ali Ibn Hazm
|
C) Imom G‘azzoliy
|
D) Abu Rayhon Beruniy
|
Do'stlaringiz bilan baham: |