Oʻquv va kasbiy faoliyat mativatsiyasi
Download 6.56 Kb.
|
umumiy psixologiya esse
Oʻquv va kasbiy faoliyat mativatsiyasi Esse Psixologiya fanida shaxsni aqliy, amaliy harakatga va xulq — atvorini amalga oshirishga undovchi, muayyan ehtiyojlarni qondirish bilan uzviy bog’liq sababiyat motivlar deb ataladi. Ta’rifdan ko’rinib turibdiki, ularning asosiy funktsiyasi insonni harakatga, xulq — atvorni amalga oshirishga undovchi sabablar (omillar), ichki turtkilar vazifasini o’tashdan iboratdir. Bu holatni o’quv faoliyatiga ko’chirish uchun quyidagi voqelikni izohlab berish ayni muddaodir: matematika darsi borayapdi deb tasavvur qilaylik, bu jarayonda barcha talabalarning diqqati — e’tibori daftarga, berilgan topshiriqni bajarishga yo’naltirilgan, unga to’plangan va markazlashtirilgandir. Ularning barchasining maqsadi yagona, u ham bo’lsa qo’yilgan topshiriq (masala)ni yechishdir. Lekin maqsadning umumiy bo’lishiga qaramay, ularda o’quv faoliyatining motivlari turli —tuman ko’rinishga egadir, chunonchi: 1) "a`lo" yoki "yaxshi" baho olish; 2) ota —onasini o’zi erishgan yutuqlari bilan xursand qilish; 3) o’qituvchining maqtoviga, tahsiniga sazovor bo’lish; 4) qo’yilgan topshiriq (masala) unda qiziqish uyg’otganligi; 5) savodxon bo’lish istagining mavjudligi; 6) o’quv predmetining ijtimoiy va amaliy ahamiyatga molikligi; 7) kasbiy xislatlarni shakllantirishdagi o’rni; 8) topshiriqni yechishga rayi yo’q, lekin uni bajarishdan boshqa iloji yo’qligi va boshqalar. Xuddi shunga o’xshagan holatlar o’quv predmeti materiallarini o’zlashtirish faoliyatining har qaysisida uchrashi ehtimoldan Xoli emas. O’qitish samaradorligini oshirishni bosh maqsad qilib qo’ygan o’qituvchi uchun talabalarning o’quv motivlariga nisbatan befarqlik hukm surishi aslo mumkin emas, chunki har qaysi saboq oluvchining his — tuyg’usi, ichki ruhiy kechinmalari, xohish va istaklari to’g’risida muayyan o’qish motivlari muammosini tadqiqot qilgan jahon psixologlari ularni ikki kategoriyaga yoki guruhga ajratib tekshirishni lozim topadilar. Birinchi kategoriyaga taalluqli motivlar o’quv faoliyatining mazmuni, mohiyati hamda uning jarayonlari, sharoitlari bilan bevosita uyg’unlashgandir. Ikkinchi kategoriyaga kiruvchi motivlar tizimi talabalarning atrof —muhit bilan keng ko’lamdagi o’zaro munosabatlariga, ularning begona, o’zga kishilar bilan muomalaga kirishish ehtiyojiga, ijtimoiy turmush voqeligiga nisbatan shaxsiy qarashiga bog’liqdir. Kasbiy motiv va motivasiya muammosi xorij psixologlari tomonidan keng doirada tadqiq qilingan. Jumladan, kasbiy motivlar borasida YE.A.Klimov, V.A.Kruteskiy, A.N.Vasilkova, E.Disi, V.Vrum, M.V.Dmitriy va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Shaxsning ish faoliyati bilan bog‘liq motivasiyalarni 3 guruhga ajratish mumkin; birinchisi - mehnat faoliyati motivlari, ikkinchisi - kasb tanlash motivlari va uchinchisi-ish joyini tanlash motivlari. Aniq faoliyat esa barchasini jamlangan holda izohlanadi, ya‘ni, bunda mehnat faoliyati motivlari, kasb tanlash motivlarining shakllanishi, shuningdek, qolgan ikkita motiv orqali esa ish joyini tanlash motivlari ham yuzaga keladi. Mehnat faoliyati motivlari xilma-xil bo‘lib, ular o‘ziga xos omillar bilan belgilanadi. Birinchi guruh omillariga jamoaviy xarakterning uyg‘onishi bilan bog‘liqlari kiritilib, bunda jamoaga foyda tegishini anglash, boshqa insonlarga yordam berish istagi, mehnat faoliyatida ijtimoiy ustanovkaning zarurligi va boshqalarga nisbatan tobelikni hohlamaslik kabi motivlar hisoblanadi. Ikkinchi guruh omillari o‘zi va oilasi uchun moddiy mablag‘ning orttirilishi, moddiy va ma'naviy ehtiyojlarning qondirilishi uchun pul ishlab topish motivlaridir. Uchinchi guruhga o‘zini o‘zi faollashtirish, rivojlantirish, o‘zini namoyon qilish ehtiyojlarining qondirilishi va boshqalar kiradi. Ma‘lumki, insonlar tabiatdan biror-bir faoliyat bilan shug‘ullanmasdan turolmaydilar. Inson nafaqat iste‘molchi balki yaratuvchi bo‘lib, yaratish jarayonida u ijoddan ilhom oladi. Bu guruhga mansub motiv jamiyat tomonidan ehtiyojlarning qondirilishi va boshqalarning hurmatini qozonish bilan bog‘liq. Xulosa qilib aytganda bizning hayotimizning har bir onda mativatsiyadan foydalanamiz bazıda undan foydalanayotganimizni bilamiz bazıda esa sezmay ham qolamiz. Ayniqsa mehnat, kasbiy faoliyat va oʻqishdan koʻproq foydalanamiz chunki bu faoliyatlar hayotimizning har bir jabhasida bizga duch keladi. Oʻqish va mehnat faoliyati bizdan irodali boʻlishni talab qiladi iroda esa mativatsiya bilan uzviy bogʻliqdir. Agar irodamiz sustlik qilsa quyidagi faoliyatlarni ohirigacha yetkazmasdan yarım yoʻlda tshlab ketamiz. Mehnat oʻqish kabi faoliyatlarni amalga oshirish va rivojlantirish uchun mativatsiya muhum hisoblanadi. Download 6.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling