Savollarga javob yozing


Download 12.01 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi12.01 Kb.
#145031
Bog'liq
topshiriq tasviriy faoliyat


Topshiriq-1

(Savollarga javob yozing.)



  1. Amaliy san’at haqida umumiy tushuncha bering?

  2. Xalq amaliy san’ati nimalardan iborat?

  3. O’zbekistondagi amaliy san’at muzeylari qayerlarda bor?

4. Xalq amaliy bezak san'ati turlari haqida ma`lumot yozing?


Javoblar:

1.Amaliy san’at, amaliy bezak san’ati – bezak san’ati sohasi; ijtimoiy va shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik turmush ashyolari (asbob-anjomlar, mebel, mato, mehnat qurollari, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, o‘yinchoqlar va boshqalar)ni badiiy ishlash bilan bog‘liq ijodiy meh-nat sohalarini o‘z ichiga oladi. Amaliy sanʼat asarlari ko‘z bilan ko‘rish, his etish va anglashga mo‘ljallangan. Amaliy sanʼat asarlari va bu-yumlari insonning moddiy muhitini go‘zallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda o‘zining ko‘rinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga ta’sir etadi, bezatilgan narsalar hayotda foydalanilishidan tashqari badiiy qimmati bo‘lgani uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun xom ashyoning go‘zalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga ishlov berish mahorati va usullarining ko‘pligi Amaliy sanʼat da estetik ta’sirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalar-dir. Amaliy sanʼat da narsalarning nafisliligiga ikki usul bilan erishiladi: 1) shakli od-diy, jo‘n buyumlarga bezak ishlab badiiy qimmati oshiriladi; 2) shakli chiroyli qilib ishlanadi.

2.O‘zbеk xalqi ajdodlari tasviriy san'at sohasida ibtidoiy jamiyat davridan boshlab ajoyib asarlar yaratganligini arxеolog kashfiyotlar tasdiqlaydi. Rеspublikamizning juda ko‘p joylarida, ayniqsa, Boysun, Qurama tog‘ tizmalari, Samarqand tеvaragidagi tog‘larda topilgan qoya toshlarga bitilgan ibtidoiy rasmlar o‘zining rеalligi va rang-barangligi bilan hozirgacha kishilarni hayratda qoldiradi. Moddiy va ma'naviy madaniyat bilan bеvosita bog‘liq bo‘lgan san'at namunalari, ibtidoiy chizma rasmlarda antik davr va o‘rta asrlarda yaratilgan monumеntal badiiy obidalar mintaqada yashagan turli elat va qabilalar tomonidan ijod qilingan. O‘zbеk etnogеnеzida ishtirok qilgan elatlarning ko‘p asrlar davomida shakllanib kеlgan madaniy mеrosning umumiy ijodkorlari sifatida namoyon bo‘lishi O‘rta Osiyoliklarning ma'naviy zamini ham bir bo‘lganligining dalilidir. Ayniqsa antik davrda yaratilgan turli xildagi amaliy bеzak san'ati namunalari qadimiy xorazmliklar, baqtriyaliklar, sug‘diylar, marg‘iyonaliklarning yuksak madaniyatga ega ekanligidan namoyon qiladi.

O‘rta Osiyoliklarning mazkur ajdodlari yaratgan ajoyib obidalar bizlargacha yеtibgina qolmay, ularning ishlab chiqarish an'analari avloddan-avlodga o‘tib mohir ustalar tomonidan rivojlantirilgan. Hozirgacha saqlanib kеlgan o‘zbеk, tojik, turkman, qir­g‘iz, qozoq ustalarining ganch, yog‘och va marmardan yara­tilgan chiroyli o‘ymakorlik buyumlari, naqshli sopol idishlari, rang-barang to‘qimachilik va kashtachilik mahsulotlari, misgarlar va zargarlar yaratgan ajoyib buyumlar va bеzaklar umumiy xaraktеrga ega bo‘lib, har bir etnosning o‘ziga xos xususiyatlarini ham namoyon qiladi.



3. Toshkent, Buxoro, Xorazm va Samarqandda.

4.Oʻzbekiston hududidan mezolit davriga oid qad. sanʼat yodgorliklari topilgan. Neolit davri sopol idishlari qoʻlda yasalib, chiziqcha, nuqta va ilonizi tasvirlar (tirnoq, qoʻl bilan chizib) tushirib bezatilgan. Fargʻona vodiysidan mil. av. 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillikka oid jez davri quyma badiiy buyumlari (jez va kumush buyumlar xazinasi) topilgan. Sopol idishlarga keyinchalik handasiy bezaklar ishlana boshlangan. Fargʻona vodiysi, Surxondaryo viloyati oʻtroq dehqon aholisi idishlari shu davrda uchburchak, rombsimon yoki kataqsimon qizil-qora chiziqchalar b-n bezalgan; Amudaryo boʻyi vohasidan topilgan buyumlarda ham shunday tasvirlar jigarrang, oq za-minga chizilgan. Jez davri dasht qabilalari foydalangan sopol idishlardagi uchburchak, ilonizi, archasimon yoki yoʻl-yoʻl tasvirlar qolip bilan bosilgan (Xorazmdagi Tozabogʻyop madaniyati, Buxoro vohasidagi Qizilqir qabristoni). Mil. av. 4 — 2 – a. lar yodgorliklariga oid sopol idish va haykalchalarga hayvonlar shakli ishlangan (Qovunchi madaniyati idish dastasidagi hayvon shakli; Afrosiyob va Xolchayondan topilgan taqinchoqlardagi boʻrtma tasvirlar). Ilk oʻrta asr (5 — 8 – a. lar) amaliy bezak sanʼati Sugʻd, Toxariston, Xorazm va Fargʻonadagi davlatlar madaniyati bilan bogʻliq ravishda rivojlangan. Ganch oʻymakorligi (Samarqand, Varaxsha) va yogʻoch oʻymakorligi (Surxondaryo viloyati)da naqshga mavzuli mujassamotlar aralashtirib berilgan, yassi boʻrtma bezaklar oʻrnini hajmli shakllar egallagan. Handasiy va uslublashtirilgan oʻsimliksimon naqsh asoslari yanada mukammallashtirilgan. Afrosiyob, Bolaliktepa va Varaxsha rasmlarida tasvirlangan rangbarang kiyimlar shu davrda badiiy toʻqimachilik taraqqiy etganidan darak beradi. Surxondaryo viloyatining Termiz sh. yaqinida joylashgan qabristondan, Pop tumani Munchoqtepa manzilgohidan 4 — 6-alarga ovd qad. ajoyib kiyimlarning oʻziga xos namunalari topilgan, bundan qad. fargʻonaliklar kiyimi ancha murakkab qilib tiqilganligi maʼlum boʻladi. Samarqand viloyatidan qad. mahsi, Fargʻona vodiysidan qolip va charm kesadigan maxsus pichoq topilishi Oʻzbekistonda, umuman butun Turkistonda deyarli bir vaqtda, yaʼni 5 — 6-a. larda bu oyoq kiyimning urf boʻlganini koʻrsatadi. Fargʻona vodiysi, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent, Surxondaryo va Qashqadaryoda pichoqchilikning qad. markazlari boʻlgan. Pichoqlar faqat uy-roʻzgʻor buyumi emas, balki harbiy qurol, hunarmandlik asbobi sifatida qoʻllanilib kelingan. 6 — 12 – a. larga oid pichoq namunalari metall tarkibining, pichoq yasash usuli va bezaklarining oʻzgarib, taraqqiy eta borganini tasdiqlaydi. Navoiy, Bobur asarlariga ishlangan miniatyuralarda (15 — 17 – a. lar) yonga osib yuriladigan pichoklarning turli xil namunalari tasvirlangan. 7 — 9 – a. larda toʻqimachilik taraqqiy etgan, ip, ipak matolardan tashqari qimmatbaho parchalar ham ishlab chiqarilgan. Oʻsimlik va handasiy naqsh-bezaklariga boy, jonzodlar tasviri tushirilgan «zandonachi» matosi bizgacha saqlanib kelingan. Zandonachi matosining mujassamoti taqsim usulida tushirilgan; bir meʼyorda almashinib turgan turunj bezaklari ichiga bir juft qarama-qarshi turgan arslon, fil va b. hayvonlar tasviri joylashtirilgan.
Download 12.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling