O‘quv va tarbiyavuy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I. Tojiboyev
Download 1.99 Mb.
|
O`QUV MAJMUA Xasanboy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kadrlar bilan ta’minlanish
Sirtqi ta’lim
Fransiyada sirtqi ta’lim 1 mln kishini qamrab olishi mumkin. Sirtqi ta’lim xususiy yoki davlat ta’lim shoxobchalarida amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda milliy sirtqi ta’lim markazi faoliyat ko‘rsatmoqda, u 500 turdagi o‘rta, oliy professional ma’lumot berishni tavsiya eta oladi. Odatda ta’limning bu turi oilaviy sharoit, iqtisodiy sharoitlar tufayli maktabda o‘qishni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan kishilar uchun mo‘ljallangan. Sirtqi ta’lim katta yoshlilar uzluksiz ta’limining muhim shoxobchasi bo‘lib qolgan. Ular o‘z ixtiyorlari bilan, o‘z mablag‘lariga yoki korxonalar mablag‘i hisobiga o‘qiydilar. Kadrlar bilan ta’minlanish. Fransiyada maktab rahbarlari lavozimiga erishmoq uchun ta’limga rahbarlik qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o‘qiydilar. Bu yerda ular rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta’limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni o‘rganadilar. O‘qish yakunida suhbat, test imtixonlari o‘tkaziladi. direktor dars bermaydi. Uning ish faoliyati 2 yil davomida kuzatib boriladi. Ko‘p hollarda ular maktab qoshidagi uyda yashaydilar. Sinovdan o‘tmasa qaytib o‘qituvchilikka tushuriladi. Direktor 65 yoshdan so‘ng umuman ishlamaydi. O‘qituvchilarni direktor ishdan bo‘shatmaydi. Ta’lim inspeksiyasi tomonidan taftish o‘tkazilib, o‘qituvchi bo‘shatilishi mumkin. O‘qituvchilarga, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga qattiq talab qo‘yiladi. Malaka oshirib turiladi. Fransiya ta’lim tizimlarida maktabdan va sinfdan tashqari muassasalar ko‘zda tutilmagan, biroq maktab va litseylarda turli to‘garaklar mavjud. Sport seksiyalari, ushrashuvlar. Sayohatlar o‘quv muassasalarida tashkil etiladi. Fransiya ta’lim tizimidagi : - maktabgacha tarbiyadanoq o‘quvni predmetlashtirib tashkil etish; - boshlang‘ich ta’limni uch bosqichda puxta tashkil etish va amalga oshirish; - o‘quvchilarni didaktik materiallar bilan ta’minlashga katta e’tibor berish; - o‘quv muassasalarining turli firmalar, konsernlar, korxonalar bilan mustahkam aloqalari va boshqa ibratli jihatlar bizning ta’limga ham ko‘chsa, bizning pedagogikamiz olg‘a qarab dadil qadam bosgan bo‘lar edi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling