O‘quv va tarbiyavuy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I. Tojiboyev
Download 1.99 Mb.
|
O`QUV MAJMUA Xasanboy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim nazaryasi va tarbiya metodlari
- : O‘zbekistonda ta’lim tizimidagi joriy etilayotgan islohotlar
- Psixologiyaning ilmiy – taqdiqot metodlari
- Ijtimoiy xulq motiv va motivasiyasi
- Sezgi, diqqat, xotira va ularning turlari
- : Idrok, tafakkur , nutq va xayol turlari
- : Xarakter, temperament va qobiliyatlarning bilishning ahamiyati
Tayanch tushunchalar: pedagogik antropologiya, individ, shaxs, individuallik, o‘sish, rivojlanish, ijtimoiylashuv, irsiyat, muhit, tarbiya, yosh davrlari.
“Shaxs” tushunchasi va shaxs rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subekti va obekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi. Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’ limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush taj-ribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo‘ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday? Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy- biologik omillarni yuqori qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘mini belgilab bergan, deydilar. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir ohim - bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan- naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.Dyui, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog‘laydilar. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar. Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblay- dilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’ -sirini aniqlashda ilg‘ or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi. Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar. Falsafiy-antropologik yondashuv o‘zining tadqiqotchilik va tarbiyaviy funksiyasiga ko‘ra o‘quvchining ma’naviy dunyosiga yo‘naltirilgandir. Ana shu sababli mazkur yondashuv pedagogikadagi mavjud boshqa ilmiy yoki gnoseologik yondashuvlardan farqli ravishda muloqot va o‘zaro bir-birini tushunish asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni talab etadi. Mazkur yondashuvning o‘ziga xosligi ta’lim-tarbiya jarayonining barcha sub’ektlariga nafaqat dunyoqarash ko‘rinishida, balki mavjudlik usuli tarzida qarashni talab etadi. Mazkur mavjudlik usulini birinchi navbatda borliqni anglab etish sifatida tushunish lozim. Ikkinchidan, mazkur mavjudlik usulini uzluksiz ravishda o‘z- o‘zi, boshqalar va boshqa madaniyatlar bilan muloqot tarzi sifatida aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir. Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga oshiriladi. Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs kamolga etadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’ sirini ham yo‘qotish mumkin. To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir. Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. Shaxs shakllanishiga oid turli yondashuvlar. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt yondashuv qaror topgan: Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xatti- harakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi. Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi. Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi - qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi. Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o‘ ynaydi. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt - bilologik, ijtimoiy, psixologik va yaxlit yondashuv qaror topgan. 4.Rivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo‘ladi. Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o‘sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘ tganlar. Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayrasizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, palapartish va chala ishlaydigan, yig‘inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. Bolaning individual - o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘ rganish, metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. “temperamentum” “qismlarning bir-biriga munosabati” ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo‘linadi: Go‘daklik davri - chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo‘lgan davr. Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3.Maktabgacha bo‘lgan yosh davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar (bolalar) -7 yoshdan 11-12 yoshgacha. O‘rta va kata maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar, ilk o‘spirinlar) - 12-17 yosh. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga bo‘linadi: Go‘daklik (1 yoshgacha); Ilk yosh (1-2 yosh); Ilk yosh guruhi (2-3 yosh); Kichik yosh (3-4 yosh); O‘rta yosh (4-5 yosh); Katta yosh (5-6 yosh); Maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta’lim). Kichik maktab yoshida o‘yin faoliyatining o‘rnini endi o‘qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o‘tish davri bo‘lib, bolaning bo‘yi, og‘irligi jihatdan uning tashqi ko‘rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o‘sishi tufayli serharakat bo‘ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi. Jismoniy o‘sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o‘rganishga qiziquvchan bo‘ladi. O‘rta va katta maktab yoshi (o‘smirlik, ilk o‘spirinlik 12-17 yosh). O‘smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Bolaning o‘sishi tezlashadi. Bu davrni o‘tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir etadi. O‘smir hayotida mehnat, o‘yin, sport va jamoat ishlari katta rol o‘ynaydi. Ba’zilarining o‘zlashtirishi pasayadi, intizomi bo‘shashadi. Bu davr o‘spirinlarning ilk balog‘atga etgan davridir. Mazkur davrda jinsiy etilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O‘spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, his-tuyg‘ularida ham o‘zgarish yuz beradi. O‘z- o‘zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda, ular o‘rtasida munozaralar o‘tkazish yaxshi natija beradi. O‘spirinlar o‘z guruhiga intiladi. Shuning uchun ham o‘spirinning barcha intilishlari ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Ularda o‘quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi. O‘spirinlik - bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o‘z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislat-larini namoyish eta boshlaydilar. Shunda o‘qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g‘o‘r fikrlari va dunyoqarashlarini to‘g‘ri yo‘naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o‘z-o‘zini anglash, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi. Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o‘zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo‘ladi. O‘zini kattalardek his etish, o‘ziga xosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o‘ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o‘ z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o‘z qiziqishlari bilan o‘lchaydilar. Shu bois ularga katta yoshlilarning beg‘araz, to‘g‘ri yo‘nalish berishlari o‘ta muhim. Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala- muloqoti muhimdir. Albatta, bu borada, ta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar ijtimoiy harakati ta’siri katta ahamiyatga ega. Chunki o‘spirin-yoshlar mustahil hayot ostonasida bo‘lib, ularning bu hayotga to‘g‘ri qadam qo‘yishi uning jamiyatning faol fuqarosi bo‘lishining muhim shartidir. Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari. “Gender” atamasi 1968 yilda amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy iste’molga kiritilgan bo‘lib, “jins” ma’nosini bildiradi. Jinsiy munosabatlar ilgari ham psixologiyada faol o‘rganilgan bo‘lsa-da, yangi atamaning paydo bo‘lishi ijtimoiy fanlarda yangi oqimlarni yuzaga keltirdi. “Gender tarixi”, “Gender psixologiyasi”, “Falsafaning gender tomonlari”, “Gender antropologiyasi”, “Gender sosiologiyasi”, keyinchalik esa “Gender pedagogikasi” kabi fan tarmoqlari shakllandi. “Gender” tushunchasi, avvalo, erkak va ayol, o‘g‘il va qiz bolalar munosabatlarining ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi. Adabiyotlarda gender tushunchasining bir necha xil talqini mavjud. Jumladan, faylasuflar uni quyidagicha tavsiflaydilar: «Gender» inglizcha so‘z bo‘lib, jinsga mansublikning ijtimoiy jihatlari ma’nosini anglatadi. Bu tushuncha erkaklar va ayollar o‘rtasida nafaqat biologik farqni, balki jamiyatning jinsiy taqsimotida ijtimoiy va madaniy tavsiflarning butun majmuini hisobga oladi. Erkaklar va ayollarga tegishli ijtimoiy bog‘liqlik, xulq-atvor va kutilgan natijalarni ifodalaydi. Psixologlar ham gender tushunchasiga o‘ziga xos tarzda yondashganlar: psixikaning gender asoslari jins va u bilan bog‘liq ijtimoiy stereotiplar, shaxsning psixologik ko‘rinishidir. Olimlar orasida bu xususiyatlarning qaysi biri tug‘ma, qaysi biri esa ta’lim va tarbiya jarayonida rivojlanganligi to‘g‘risida keskin munozaralar bormoqda. O‘g‘il va qiz bolalarning har bir xalq madaniyatida har xil tarbiyalanishi tufayli, ular maktabga kelgan davrdan boshlab jinslarning psixologik farqlari ma’lum bo‘ladi. Bu farqlar orasida psixologlar (A.E.Taras, 2002) qizlar o‘g‘il bolalardan matematik va vizual qobiliyatlari bilan ustunroq deb ta’kidlashadi. O‘g‘il bolalarda qizlarga qaraganda o‘ziga ishonch hissi kuchliroqdir. Qiz bolalar bir xillikka asoslangan qiziqarsiz faoliyatni engilroq qabul qilishadi. O‘zgaruvchan muhitga tez moslashishadi. O‘g‘il bolalar har bir holatni umumiy tarzda baholashsa, qizlar yaxshilab tekshirib, o‘ rganib, keyin unga baho berishadi. Pedagogik ma’noda gender - o‘g‘il va qiz bolalarning murakkab ta’limiy sosiomadaniy birligi bo‘lib, ularning xatti-harakati, mentaliteti va emosional xususiyatlari, o‘quv faoliyatidagi o‘zaro teng va farqli jihatlarini o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda o‘g‘il va qiz bolalarning rivojlanishidagi fiziologik, axloqiy, emosional, xulq-atvorga oid farqlar to‘liq o‘rganilgan. Ana shu asosdan kelib chiqib, o‘quvchilarning rivojlanishida hisobga olish lozim bo‘lgan quyidagi gender xususiyatlarni sanab o‘tish mumkin: qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ikki marta ko‘proq savol berishadi; qizlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining istaklari haqida gapirmaydi, lekin tezda kelishib ketadi; o‘g‘il bolalar esa, hal qiluvchi fikrni ayta olishadi va o‘z Huqtai nazarida qolishni afzal ko‘rishadi; mustaqil hal etish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda o‘g‘il bolalar sifati, qiz bolalar esa hajmini hisobga olishadi; o‘g‘il bolalar ko‘proq falsafiy fikr yuritadi, fikrning mantig‘iga e’tibor berishadi; qizlarga ko‘proq psixologiya, adabiyot yoqadi; o‘g‘il bolalar dialog, munozarani afzal ko‘rishadi; qiz bolalar monologlikka moyil, eshitishni va o‘zida aks ettirishni yoqtiradi; o‘g‘il bolalar ko‘proq virtual(mo‘jiza)likka, xayolotga qiziqishadi; qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda rasional va pragmatik. Ular o‘z tanlovlarini foydalilik nuqtai nazaridan, ya’ni tanlanayotgan narsa qanchalik maqsadga erishishga imkon berishiga qarab amalga oshirishadi; o‘g‘il bolalar o‘z tuyg‘ularini ochiq bayon etishadi; qiz bolalar o‘z xohish va istaklarini yashirishadi, aytish uchun uzoq vaqt kutishadi. Shaxs ijtimoiylashuvi. Ijtimoiylashuv insonning madaniyat, kommunikasiya ta’siri ostida shakllanish jarayoni, bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishlarini ifodalasa, ijtimoiylashtirish tushunchasi esa, jamiyatning muvafaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan namunali xulq, psixologik mexanizm, sosial norma va qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiy- falsafiy, psixologik va pedagogik tadqiqotlar jarayonida shaxs ijtimoiylashuviga xos bo‘lgan quyidagi holatlar aniqlangan: shaxsning ijtimoiylashuvida ayrim davrlarning va bir davrdan ikkinchi davrga o‘tish jarayonida ro‘y beruvchi ijtimoiy omillar (mega omillar, makro omillar, mezo omillar, mikro omillar), voqeliklar hamda ularning ta’siri etakchi o‘rin tutadi; bolaning kamol topishi, shaxs bo‘lib shakllanishida ijtimoiy, xususan, ota- onalar va bola o‘rtasidagi munosabatlar, ularning o‘ zaro hissiy birligi muhim ahamiyatga ega; shaxs muayyan sxemalar hamda kognitiv tuzilmalar yordamida boshqariladi; shu sababli uning ana shu sxema va kognitiv tuzilmalarga moslashuvi ijtimoiylashuv mohiyatini anglatadi; shaxs ijtimoiy ta’sirlar yordamida ilmiy bilimlar hamda kishilik madaniyati unsurlarini o‘zlashtiradi, ularning negizida esa u aqliy jihatdan kamol topadi va axloqiy sifatlarga ega bo‘ladi - mazkur holat shaxs ijtimoiylashuvining ustuvor jihati hisoblanadi; shaxsning ijtimoiylashuvi turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyat rivojining muayyan davrlarida bir xil kechmaydi; har bir davri shaxsning ijtimoiylashuvida o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi; ijtimoiylashuv bolalikkagina xos xususiyat bo‘lmay, shaxs hayotining barcha davrlarini qamrab oladi. Ma’lumki, ijtimoiylashuv shaxsning jamiyatdagi qadriyatlarni qabul qilishi va zaruriy darajada ijtimoiy, fuqaroviy va shaxsiy etuklikka erishishi asosida jamiyatga kirib borishidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa, inson o‘zini jamiyatda shaxs sifatida anglab borishi jarayonidir. Bu tarbiya, ta’lim, o‘z- o‘zini tarbiyalash jarayonida yuzaga kelib, inson qachonki, o‘z maqsadlarini mustaqil aniqlay olsa va ularga erishish yo‘llarini belgilay olganida, o‘z qadr- qimmatini anglab etganida, jamiyatdagi o‘z o‘rniga ishonch hosil qilgan taqdirda amalga oshadi. Shaxsning ijtimoiylashuvi - ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixologik funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yor va qoidalarining o‘zlashtirilishi, dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi. Ijtimoiylashuv jarayoni o‘zining sifat xususiyatlariga, tarkibiga, qonuniyatlariga, omillariga, shart-sharoitlariga, boshqarilishiga va ijtimoiylashgan insonda namoyon bo‘lishiga (uning xususiyatlari, sifatlari, o‘ziga xosliklari) ko‘ra murakkabdir. Ana shu sababli u o‘zida turli fanlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ijtimoiylashuvning xilma-xil - madaniy, axloqiy, xuquqiy, mehnat, psixologik ko‘rinishlarini aks ettiradi. Pedagogika haqida gap ketganda esa, bu sohadagi ijtimoiylashuv jarayoni pedagogikaning predmeti, sohasi va ehtiyojlarining o‘ziga xosligini hisobga olib, pedagogik ijtimoiylashuv turi sifatida alohida e’tibor bilan qarab o‘tiladi. Bu insonning dunyoga kelgan vaqtidan boshlab ijtimoiy belgilangan va muhim pedagogik yangidan shakllanuvchi tajribalarni - tarbiyalanganlik, ta’lim olganlik, ma’lumotlilik va rivojlanganlik hamda ularning kelgusidagi butun umri mobaynida muttasil o‘zgarib borishi (mukammallashuvi) jarayoni va yuzaga kelish natijasidir. Bu holda shaxsga nisbatan sust ravishda yondashuv kuzatilmaydi, balki u ijtimoiy munosabatlarning va pedagogik tizimning sub’yekti sifatida, tajriba egallashda faollik va mustaqillikni namoyon qiluvchi hamda o‘z-o‘zini shakllantiruvchi, shu bilan birga o‘z hayot yo‘li uchun javobgarlikni his etuvchi sub’yekt sifatida qaraladi. Pedagogikaning vazifasi - insonga fikrlovchi shaxs, ijtimoiy faol fuqaro bo‘lib yetishishiga, jamiyatda o‘z o‘rnini va xulq-atvorini, o‘z istak-maqsadlarini yo‘nalishini anglaydigan, pedagoglar va jamiyatdagi pedagogik tizim bilan birgalikda umuminsoniy qadriyatlarni saqlash va mustahkamlashga yo‘nalgan shaxs bo‘lishiga yordam berishdir. Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud: ana’naviy - oila va yaqin muhit orqali o‘quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb etish, faoliyat va muloqotda maqbul shar-sharoitlarni yaratish; institusional - ijtimoiy institutlar va ta’ lim muassasalari tomonidan o‘quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish; shaxslararo - o‘quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish; O‘quvchilarni ijtimoiylashtirishning muhim sharti ularda ijtimoiy kompetentlikni qaror toptirishdir. Ijtimoiy kompetentlik insondan ijtimoiy vaziyatlarga yo‘nalganlik va boshqarish qobiliyatini talab etuvchi boshqa kishilar bilan kommunikasiyani yo‘lga qo‘yishda o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy kompetentlikning asosiy funksiyalariga moslashuv, ijtimoiy oriyentasiya, shaxs integrasiyasi va umumijtimoiy tajribani kabilar kiradi. Ijtimoiy tajriba o‘quvchilami ijtimoiylashtirishning integral natijaviy tavsifini o‘zida aks ettirib, faoliyatga yo‘naltirilgan va aksiologik yondashuvlarga asoslanishni talab etadi. Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv nuqtai nazaridan ijtimoiy tajriba o‘quvchining boshqa kishilar, atrof-muhit bilan o‘zaro harakati natijasida yuzaga keluvchi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va ustanovkalar yig‘indisini o‘zida aks ettiradi. Ana shu sababli shaxsda o‘z-o‘zini tashkillashtirish va o‘z- o‘zini korreksiyalash madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan “o‘z-o‘zini boshqarish tajribasi”ni ijtimoiy tajribaning komponenti sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. O‘z-o‘zini boshqarish tajribasini shakllantirishning asosiy ijtimoiy sohalari sifatida individni sub’yekt-sub’yekt munosabatlariga jalb etish; sub’yektda tashabbuskorlikni shakllantirish; hayotiy faoliyat jarayonida o‘z- o‘zini tashkillashning universal namunalarini qabul qilish kabilarni kiritish mumkin. Aksiologik yondashuv nuqtai nazaridan shaxsda ijtimoiy tajribani shakllantirish ikkita o‘zaro aloqador yo‘nalishda amalga oshadi. Birinchidan, inson hayotining mazmuni, shaxslararo munosabatda ma’naviy-axloqiy me’yor va qoidalar sifatida individda qadriyatga yo‘naltirilgan oriyentasiyani shakllantirish, ikkinchi tomondan shaxsiy nuqtai nazardan yuqori mavqega ega o‘z-o‘zini boshqarishda aks etuvchi o‘zaro birgalikdagi faoliyat jarayonidagi xatti-harakatlar, ijtimoiy va hayotiy ahamiyat kasb etuvchi xulq- atvor me’yorlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liqlikni o‘zida aks ettiradi. O‘quvchilarni o‘z-o‘zini boshqarishga yo‘naltirish pedagogik hodisa sifatida shaxs salohiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq intellektual, emosional- hissiy va faoliyatga yo‘naltirilgan sohalar uyg‘unligini talab etadi hamda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini yuqori darajada rivojlantirish asosida ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. O‘quvchilarning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim: ijtimoiy moslashuv: ijtimoiy vaziyatlarda o‘zining rolini aniqlay olish, vaziyatga moslashuvchanlik va safarbarlik; loyihaviy: ijtimoiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini anglash, individual xulq- atvor strategiyalarini tanlay olish; interiorizasiya: ijtimoiy faoliyatning asosiy me’yorlarini qabul qilish va faoliyatda namoyon etish. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR Individ” tushunchasi nimani ifoda etadi? Odamning shaxs sifatida shakllanishining asosini nima tashkil etadi? Shaxsning rivojlanishi tushunchasiga izoh bering. Shaxs rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? Shaxs rivojlanishiga doir zamonaviy yondashuvlarni izohlang Shaxs rivojlanishining yosh davrlariga tavsib bering. Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari deganda nima tushuniladi? Shaxs ijtimoiylashuvining mazmun-mohiyatini yoritib bering. ADABIYOTLAR O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 1998. O‘zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 1998 Pedagogika. Toxtaxodjayeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010. Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, fan va texnologiya. 2010 Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. –Toshkent, 2007. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va varovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-T.: O‘zbekiston, 2017. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjayev.-Toshkent, “Sano-standart” nashriyoti, 2017. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar Ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni. 2018 yil 3-Mavzu: Ta’lim nazaryasi va tarbiya metodlari Reja: 1. Tarbiya haqida tushuncha, maqsadi va vazifalari 2. Tarbiyaning umumiy usullari va uning tavsifi 3. Tarbiyaning metodlari haqida tushuncha. 4. Tarbiya metodlarning vazifasi. O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil e’tish masalalarini o‘rganadi. Tarbiya nazariyasi markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagoglarining tarbiya borasida boy tajribalariga tayanadi. U o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya, fanlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning tashqi bilimlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan uzviy bog‘langandir. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy rivojlanadi. Bola o‘sgan sari bu faoliyatlar takomillashadi, mustahkamlashadi. Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil etish masalalarini o‘rganadi. Tarbiya nazariyasi markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagoglarining tarbiya borasida boy tajribalariga tayanadi. U o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sosiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya, fanlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning tashqi bilimlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan uzviy bog‘langandir. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy, ahloqiy, irodaviy estetik hislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy rivojlanadi. Bola o‘sgan sari bu faoliyatlar takomillashadi, mustahkamlashadi. Tarbiya qoidalari pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanaladigan boshlang‘ich holat, rahbarlik asosidir. Ta’lim qoidalari o‘qituvchi, tarbiyachilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari sharq va markaziy Osiyo faylasuf donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogikada erishgan yutuqlarga asoslanadi.Tarbiyaning mazmuni, tashkil etishi, usullari va ularga qo‘yiladigan talablar shu qoidalarda o‘z ifodasini topadi. Tarbiya qoidalari pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanaladigan boshlang‘ich holat, rahbarlik asosidir. Ta’lim qoidalari o‘qituvchi, tarbiyachilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari sharq va markaziy Osiyo faylasuf donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogikada erishgan yutuqlarga asoslanadi.Tarbiyaning mazmuni, tashkil etishi, usullari va ularga qo‘yiladigan talablar shu qoidalarda o‘z ifodasini topadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin: -tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi -tarbiyaning insonparvarligi va demokratligi -tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi -tarbiyada milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning usivorligi -o‘qituvchining yoshini va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish -izchillik, tizimchilik, uzluksizligi. Tarbiya usullarini o‘rganish, taxlil qilish , bu usullardan pedagog jarayonda foydalanish, ko‘nikma va malakalarni e’gallashni osonlashtirish uchun ularni shartli ravishda bir necha guruxga bo‘lib olamiz: -Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar. -O‘z o‘zini tarbiyalovchi usullar. -Rag‘batlantirish usullari. -Jazolash usullari Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar. Bu guruhda o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodni, ma’naviy va siyosiy g‘oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi, hislari va irodasiga ta’sir e’tish usullari kiradi: -suhbat va hikoya -hikoya -namuna (qush uyasida ko‘rganini qiladi) Mashq o‘rgatish usullari. Mashq muayyan xatti harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashq va odatlanish o‘quvchi uchun ongli, ijodiy jarayondir. Mashq natijasida ko‘nikma odat, yangi bilimlar hosil qiladi. O‘quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi. Axloqiy tajribasi kengayadi. O‘rgatish ijtimoiy xulq atvorni odatiy shaklga aylantirish maqsadida tarbiyalanuvchilarning bajarilishlari uchun rejali va izchil tarzda tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir. O‘rganish bir necha izchil harakatlar yig‘indisidir Pedagogik talab tarbiyaning e’ng muhim usullaridan biridir. Talab–bu -o‘quvchining turli vazifalarini bajarishi -ijtimoiy xulq atvor mezonlarini ifodalashi -u yoki bu faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur bo‘lgan aniq bir vazifa sifatida namoyon bo‘lishi. -turli ko‘rsatma sifatida namoyon bo‘lishi u yoki bu harakatlar Rag‘batlantiruvchi yoki uni to‘xtatuvchi bo‘lishi. -oqilona harakatlarga undovchi bo‘lishi. O‘z- o‘zini tarbiyalash usullari. O‘z o‘zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo‘lganda, u o‘zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarda mutsaqillik ko‘rsata boshlagan vaqtdan boshlanadi. O‘z o‘zini tarbiyalashda (axloqiy, jinsiy, intementual, xissiy-irodaviy) maslaxat va ko‘nikma lar berilishi lozim. -o‘z o‘zini tahlil qilish -o‘z o‘zini baholash o‘z o‘ziga xolisona berish, qoniqish hosil qilish va x . Rag‘batlantirish va jazolash usullari. O‘quvchi bolalarning har biri o‘sib, ulg‘ayib, kamol topib borayotganidan xursand bo‘lganini sezishi kerak. Shundagina bola o‘zining olg‘a siljib borayotganini ko‘ra biladi, o‘z kuchiga ishonadi. Rag‘batlantirish quyidagi turlarga bo‘linadi: (maktablarda) 1)O‘quvchining kuchi etadigan, ma’suliyatli topshiriq berish orqali bolaga ishonch bildirish: bunda bola o‘z qadr qimmati bilan faxrlanadi. 2) maktab (majlislarda) 3) estalik sovg‘alar berish. 4) maqtov yorlig‘i berish 5) stipendiya bilan ta’minlash. 6) hurmat taxtasiga rasmini osish 7) qo‘llab quvvatlash 8) ma’suliyat va jamoaning minnatdorchiligi 9) sinfda birinchi o‘rinda turish 10) musobaqalarda bayroq ko‘tarish gazeta, radioda, televizorda e’lon va x. Jazolash bu tarbiyalanuvchining harakat va faoliyatiga salbiy baho berish, bu oxirgi tarbiya usuli, (urish, kaltaqlash, jismoniy jazo mumkin e’mas) Turlari. -tanbeh berish - xayfsand e’lon qilish -uyaltirish. Jazo yaxshi o‘ylab qo‘llanishi lozim, qiziq ustida tinimsiz jazolash mumkin emas. Jazo yakka tartibda bo‘lishi kerak ya’ni bitta jazo aybiga mos. Pedagogik mahorat ta’lim va tarbiya berish sa’nati deyiladi. Pedagogik maxoratga quyidagilar kiradi: 1.Nutq madaniyati 2.O‘qituvchining muomila va munosabati 3. Kommunikativ munosabat (aloqa o‘rnatish) insonning qalbiga kirish qobiliyati. 4.Pedagogik odob (o‘qituvchi ichki va tashqi olami) 5.Pedagogik texnika: -mimika (yuz ko‘z ifodasi) -jets (gavda va qo‘l harakati) -pantomimika (so‘zsiz harakatlari) 6.Nutq texnikasi. -nafas -ovoz -intonasiya (tovushni o‘zgartirish qobiliyati) -diksiya -pauza -ritm -tamp (sur’at) Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlardir. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlardir. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi. Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari. Xalq pedagogikasi o‘zbekona axloq, odob va tarbiyaning barcha qirralarini o‘zida mujassamlashtirgan. Xalq pedagogikasida turlicha tarbiya metodlari hamda vositalaridan foydalaniladi. Bu metod va vositalar nihoyatda rang-barang bo‘lib, ko‘p jihatlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. Binobarin, ushbu metodlar ilmiy pedagogikaning shakllanishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Xalq pedagogikasida qo‘llanilgan xilma-xil tarbiya metodlarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin. Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi Tarbiya metodlari: -Tushuntirish (hikoya qilish, o‘rgatish). -Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish). -Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar haqida so‘rash, o‘rnak bo‘lish). -Nasihat qilish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash va hokazolar). qoralash va jazo (ta’kidlash, ta’na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo‘rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar). Xalq pedagogikasi namunalari, tarbiya metodlari va tarbiyaviy ta’sirlar muayyan vositalar yordamida qo‘llanilgan. Mehmon kutish, mehmonga borish, turli mehnat jarayonlari, hasharlar, turli gurunglar (choyxona, to‘y marosimlari), sayillar, oilaviy an’analar (tug‘ilgan kun, fuqarolik pasporti, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda oliy ma’lumotga egalik to‘g‘risidagi attestat va diplom, shuningdek, davlat mukofotlarini olish kabi holatlarni nishonlash) va musobaqalar o‘ziga xos tarbiya vositasisanaladi. Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqati nazaridan baholash mumkin. Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘lik. Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi va irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari sanaladi. Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali o‘quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy g‘oya va maqsadlar singdiriladi. Yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo‘llaniladi. O‘quvchilarda g‘oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichik va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash lozim. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan usuldir. Tushuntirishning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g‘urur tuyg‘usiga ega bo‘lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat. Tushuntirishda o‘quvchilarga mamlakat fuqarosining davlatga nisbatan muayyan huquq va burchlar asosida bog‘langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitusiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitusiyasining mohiyati tushuntiriladi. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR Tarbiyaning maqsadi va vazifalari haqida so`zlab bering. Tarbiyaning umumiy usullari qaysilar? Tarbiyaning metodlari haqida nimalarni bilasiz? Tarbiya metodlarning vazifasi va o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari haqida gapirib bering. ADABIYOTLAR O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 1998. O‘zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 1998 Pedagogika. Toxtaxodjayeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010. Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, fan va texnologiya. 2010 Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. –Toshkent, 2007. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. 4-Mavzu: O‘zbekistonda ta’lim tizimidagi joriy etilayotgan islohotlar Reja: 1. Mustaqillik yillarida ta’lim tizimining tubdan isloh qilinishi. 2. Ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad va yo‘nalishlari. 3. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan keyingi islohotlar. 4. Ta’lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. 5. Ta’lim taraqqiyotini yuksaltirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o‘rni. 6. Yangi pedagogik texnologiyalarning ta’lim tizimida joriy etish tartibi Mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi islohotlar. Mustaqillik yillarida ta’lim tizimining tubdan isloh qilinishi. Mamlakatimiz istiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tuzimini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uy’gunlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasigaolib chiqish maqsadlariga favqulodda katta ahamiyat berildi. Bu o‘rinda istiqlolimizning ilk yillari ta’limida amalga oshirilgan ayrim ishlarni ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Eng avvalo, 1992 yilda mustaqil respublikamizda ta’limni o‘rni, vazifasi, huquqiy kafolatlarini belgilaydigan birinchi Ta’lim to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Maxsus qonun respublikamizda ta’lim mustaqilligini ta’minlab berish, kelajakda uni milliylashtirishga, ta’lim taraqqiyotiga to‘liq bo‘ladigan barcha vositalarni oradan olib tashlash bo‘yicha ta’lim boshqaruvi organlari rahbarlari uchun to‘la huquqiy kafolatlar barish, ta’limda demokratik va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirishi, ta’lim bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan mustaqil tarzda hamkorlik qilish yo‘llarini ochib berishi, ta’lim muassasalari uchun o‘quv dasturlari rejalarini tanlab olishda muayyan erkinliklar berishi, tajriba-sinovlar o‘tkazishni rag‘batlantirish, ta’limning noan’anaviy turlarini yaratish va ularni rivojlantirishga, eng asosiysi, ta’limdagi tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng shart-sharoitlar yaratishi kerak edi. Ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad va yo‘nalishlari. Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, O‘zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omil – fan-texnika, madaniyat, ma’rifat, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng ko‘lamda o‘rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir. Ilm-fan, madaniyat va ma’rifat har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko‘taradi, uning taraqqiyotini ta’minlaydi, kelajagini oldindan ko‘rsatib beradi. Ilm- ma’rifat e’zozlangan, ta’lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berilgan mamlakatda turish nizolar, urush to‘g‘risida o‘ylash hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Chunki ilm-ma’rifat insonni yuksaklikka ko‘taradi. Ta’lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berish, bu haqda qayg‘urish mamlakat va xalq istiqbolini o‘ylash demakdir. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan keyingi islohotlar. Respublikada Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ishlay boshlaganimizga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Shu davr ichida mazkur qonun va dasturni joriy etish uchun nimalar qilinadi? Respublika ta’limida nimalar o‘zgardi? Shu masalalarni tahlil qilishga harakat qilamiz. Avvalo, ta’lim taraqqiyotining...adhalarida ko‘zalagan bosh maqsad Respublika ta’limini o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasini milliy istiqlol g‘oyalari, talablari asosida tashkil etish; jamiyatimiz qadam qo‘yayotgan XXI asr ta’limini taraqqiyot, ma’naviy-madaniy qarashlar ruhida bo‘lishini, eng muhimi, jahon andozalariga javob bera oladigan darajada bo‘lishini ta’minlashdir. Shu maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida bajaradigan dastlabki tshkiliy tadbirlarning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Avvalam bor, bu ikki Qonunni ta’lim muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish maqsadida alohida istiqbol dasturi ishlab chiqilib, Vazirlik hay’ati majlisida tasdiqlandi. Bu xujjatlarning maqsad va mohiyati barcha vositalar orqali ta’lim muassasalarida, ota-onalar, aholi o‘rtasida keng tushuntirildi. Ta’limga oid me’yoriy xujjatlar: konsepsiyalar, davlat ta’lim standartlari, talablari, o‘quv rejalari va dasturlari Nizomlar va boshqa me’yoriy xujjatlar yuqoridagi ichki qonun moddalariga muvofiqlashtirildi. Respublikada uzliksiz ta’lim tizimi uzil-kesil shakllantirildi. Ta’lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Ta’lim taraqqiyotini yuksaltirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o‘rni. Barkamol avlod, komil insonni tarbiyalash bu jamiyatimiz oldida turgan eng muhim, muqaddas vazifadir. Bu muammoni bajarmasdan na iqtisodiy, na ijtimoiy va ma’naviy sohada qo‘yilgan maqsadlarga erishib bo‘lmasligini chuqur anglagan mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov islohotlarni aytgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqishdan va hayotga tatbiq etishdan boshladilar. 12 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi Uzluksiz ta’lim tuzimi uchun davlat ta’lim standartlarini shlab chiqish va joriy etish to‘g‘risidagi hamda 1998 yil 13 maydagi O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim tajriba-tayanch o‘quv rejasi, maktablari uchun Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib, ular 24 ta shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, barcha viloyatlar, Toshkent shaxar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan 322 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv yilida tajriba- sinovdan o‘tkazildi. Bu jarayonda davlat ta’limi standartlari asosida yaratilgan sinov dasturlari bo‘yicha har bir dars mavzusi o‘quvchilarning yoshi, psixoriziologik hususiyatlariga mosligi, o‘zlashtirishdagi sifat ko‘rsatkichlari, mavzularning uzishligi, siddadan murakkabga yo‘naltirilganligi, bir-birini to‘ldirishi o‘rganib borildi. Yangi pedagogik texnologiyalarning ta’lim tizimida joriy etish tartibi. Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta’kidlaganlaridek, biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishishga, farzandlarimizning hayotda nechog‘i faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak. Shu sababli ham birinchhi navbatda, ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish, chuqurlashtirish, takomillashtirish, xususan, ta’lim mazmuniga nafaqat bilim, ko‘nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil etuvchi – ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak atrofga munosabatlarni kirishish g‘oyasi kun tatibiga ko‘ndalang qilib qo‘yildi. Ta’lim mazmuni, uning komponentlari, tarkibi, vazifalari haqida so‘z ketganda, dalillar bilan qonuniyatlar, yaqqollik bilan mavxumlik, bilimlar bilan haqiqatni mustaqil bilish metodlari o‘rtasidagi maqbul keladigan munosabatlarni aniqlash zarur. Lekin bu ishlar o‘z yechimini topganicha yo‘q. Ochiqchasiga aytmaylik: Qaysi darsliklardan Prezidentimizning O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida... yoki O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda kabi asarlarida ko‘tarilgan g‘oyalar o‘rin olgan? Javob yo‘q. Endichi vazifa darsliklarning keyingi nashrlarida bunday namchiliklarini tuzatishdan iborat. Dars jarayonida ta’lim-tarbiyada o‘quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta’lim jarayonining sub’yekti bo‘lishi kerak, ya’ni oqish, o‘rganish, muomala qilish o‘quvchi zimmasiga o‘tishi kerak. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan keyingi islohotlarni sanab bering. 2. Ta’lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish qanday samara beryapti? 3. Ta’lim taraqqiyotini yuksaltirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning o‘rni nimalarda deb bilasiz? 4. Yangi pedagogik texnologiyalarning ta’lim tizimida joriy etish tartibi qanday? ADABIYOTLAR 1. Karimov I. A. O‘zbekiston: miliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 2. Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. O‘zbekiston 3. Karimov I. A. Bunyodkorlik yo‘lidan. T. O‘zbekiston 4. Karimov I. A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. O‘zbekiston 5. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T. O‘zbekiston 6. J. Gʻ. Yo‘ldoshev. Ta’lim yangilanish yo‘lida. T O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar jurnali Tarix shoxidligi va saboqlari. T Xalq so‘zi gazetasi 1998.yil 17 iyun. Go‘xishev B. Bilim – ezgulik yo‘li. T 5-Mavzu: Psixologiyaning ilmiy – taqdiqot metodlari Reja: Psixologiyaning tuzilishi, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni. Psixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning o‘ziga xosligi. Psixologiyaning asosiy tamoyillari Psixologiyaning tadqiqot metodlari Hozirgi zamon psixologiyasi yaxlit fanning o‘zidan emas, balki mustaqil fan bo‘lishga da’vogarlik qiluvchi ilmiy fanlar majmuasidan iborat. Bu majmuadan psixologiyaning ta’lim bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy va amaliy, umumiy va maxsus sohalari o‘rin olgan. psixologiya fanining asosiy sohalari odamlarning aniq bir faoliyat bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar, odamlarning hulq-atvor psixologiyasini bilish va tushuntirib berishda umumiy ahamiyatga ega. fanning bu sohalari odam hulq-atvori va psixologiyasi bilan qiziquvchilarga birday zarur bo‘lgan bilimlarni berishlari kerak. ba’zida umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ular «umumiy psixologiya» atamasi bilan umumlashtiriladi. umumiy psixologiya sohasidagi tadqiqotlar natijalari psixologiya fanining barcha soha va bo‘limlarining rivojlanishi uchun asos bo‘lib hisoblanadi. (2.1 rasm). Psixikani o‘rganish qator boshlang‘ich boshqaruv nizomlariga asoslangan tamoyillarga tayanadi, bu tamoyillar tadqiq etilayotgan ob’ektni mazmunli bayon etish, tajriba ma’lumotlariga ega bo‘lish muolajalarini rejalashtirish, ularni umumlashtirib, izohlash, shuningdek, ilmiy farazlarni ilgari surib, ularni tekshirish imkonini beradi. Psixologiyaning asosiy metodli tamoyillari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan: 1. Determinizm tamoyili. Bu tamoyilga asosan, barcha mavjudliklar ma’lum sabab, qonuniyatga ko‘ra paydo bo‘ladi, o‘zgaradi va nobud bo‘ladi. Psixologik tadqiqotda psixika hayot tarzidan kelib chiqib, mavjudlikning turli tashqi sharoitlari ta’sirida o‘zgarishini bildiradi. Hayvonlar psixikasi haqida so‘z yuritilganda, uning rivojlanishi biologik qonun sifatidagi tabiiy tanlanish bilan belgilanishini ta’kidlash lozim. Odam psixikasini oladigan bo‘lsak, inson ongi kelib chiqishining shakllari va rivojlanishi oxir-oqibat hayot uchun zarur moddiy vositalarni ishlab chiqish usulining rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi. Determinizm tamoyilidan kelib chiquvchi xulosa sifatida inson ongining ijtimoiy-tarixiy xususiyatini tushunish xizmat qiladi. 2. Ong va faoliyat birligi tamoyili. Ong va faoliyat uzviy birlikni tashkil etadi, lekin ular bir-biriga aynan o‘xshash emas. Ong va faoliyat birligi tamoyili. Ong va faoliyat uzviy birlikni tashkil etadi, lekin ular bir-biriga aynan o‘xshash emas. ong faoliyat jarayonida uning ichki rejasini, dasturini hosil qilgan holda shakllanadi. aynan, ongda voqelikning harakatchan ko‘rinishlari yuzaga keladi, ular yordamida inson atrof muhitda o‘z yo‘nalishini aniqlay oladi. Ong va faoliyatning birligi tamoyili ruhshunoslarga hulq-atvor, faoliyatni o‘rgangan holda, samarali maqsadga muvofiq harakatlarning ichki psixologik mexanizmlarini aniqlash, ya’ni, psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochib berish imkonini beradi. 3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanish tamoyili. Ushbu tamoyil psixika haqida uning faoliyat jarayoni va natijasi sifatida uzluksiz rivojlanishda ko‘rib chiqilgandagina to‘g‘ri tushuncha hosil bo‘lishini bildiradi. Har bir psixik hodisaning tadqiq etilishi shu hodisaning aynan hozirgi vaqtga tegishli bo‘lgan xususiyatlarining ta’rifini, yuzaga kelish va shakllanish tarixini, shuningdek, rivojlanish istiqbollarini o’z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Olimlar inson psixologiyasi va hulq-atvorini o‘rganishda ularni bir tomondan, organizmning biologik tuzilishi va faoliyati nuqtai nazaridan, ikkinchi tomondan, nazaridan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy rivojlanish qonunlari yordamida tushuntirib berishga harakat qiladilar. Har bir fan aniq ma’lumotlarga asoslanadi. ob’ektiv voqelikning bunday hodisalarini to‘plab, solishtirib, guruhlarga ajratib va umumlashtirib, fan yaratilishi kabi eng muhim zaruriyatni, aynan, irodamiz va ongimizdan mustaqil ravishda mavjud olamning ob’ektiv qonunlarini ochib beradi. bu ma’lumotlarga ega bo‘lish usullari ilmiy-tadqiqot metodlari yoki bilim, nazariya, ta’limot deb ataladi. shunday qilib, metod – ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi yoki biror-bir reallikni bilish usuli. ilmiy metod o‘z tuzilishiga ko‘ra, yondoshuvlar va muolajalar yig‘indisidan iborat. ilmiy tadqiqotlarning metodlari yordamida olimlar keyinchalik ilmiy nazariyalar tuzish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun ishonchli ma’lumotlar oladilar. Har qanday fanga o‘xshash psixologiya ham o‘zining tadqiqot metodlariga ega. psixologik tadqiqotda qo‘llaniladigan metodlarning barchasini to‘rt guruhga ajratish mumkin: 1) tashkiliy metodlar; 2) tajriba metodlari; 3) ma’lumotlarni qayta ishlab chiqish metodlari; 4) izohlash metodlari. birinchi guruhga qiyosiy, longityud va majmua metodlari kiradi. ma’lumotlar olishning tajriba metodlari kuzatish va o‘zini kuzatish (introspeksiya), tajriba metodlari (laboratoriya, tabiiy, shakllantiruvchi), psixologik tashhislash metodlari (testlar, anketalar, so‘rovnomalar, sosiometriya, suhbat, intervyu), faoliyat mahsuli tahlili (xronometriya, kasbiy ta’riflar, mahsulot va bajarilgan ishlarni baholash va boshqalar), tarjimai hol va egizaklar metodlarini o‘z ichiga oladi. ma’lumotlarni qayta ishlash metodlariga miqdoriy (statistika) va sifat (materialni guruhlarga ajratish, tahlil) metodlari kiradi. izohlash metodlariga turli xildagi irsiy (materilning rivojlanishdagi alohida davrlar, bosqichlar, xavfli vaziyatlar va boshqalarni ajratib ko‘rsatgan holda tahlili) va tarkibiy (psixika barcha xususiyatlarining tuzilishlari o‘rtasidagi aloqani o‘rnatish) metodlar kiradi. Endi esa psixologik tadqiqotning asosiy metodlarini birmuncha to‘liqroq holatda ko‘rib chiqamiz. Qiyosiy metod («ko‘ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko‘ra taqqoslashdan iborat. masalan, yoshi va jinsi bir xil bo‘lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o‘zaro solishtiriladi. Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. masalan, talabalarni oliygohda ta’lim olish vaqti davomida ko‘plab marta tekshirish. Qiyosiy va longityud metodlari o‘z afzalliklariga ega. Kesimlar metodi qisqa vaqt ichida ko‘p sonli sinaluvchilarni tadqiqot bilan qamrab olish imkonini beradi. Longityud metodi kesimlar metodi e’tiboridan chetda qolgan nozik farqlar, xususiy rivojlanish turlarini qayd etishga imkon yaratadi. Amaliyotda bu ikki metod bir-birini to‘ldiradi. Majmuiy metod – tadqiqotda turli fan vakillarining ishtiroki turli hodisalar, masalan, shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy taraqqiyoti o‘rtasidagi aloqalar va bog‘liqliklarni o‘rnatish imkonini beruvchi o‘rganish usuli. Kuzatish – psixika tashqi alomatlarini oldindan belgilangan, tizimli, maqsadga muvofiq va qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo‘lgan metod. Bu metod ilmiyligining asosiy sharti bo‘lib uning ob’ektivligi, ya’ni, qayta kuzatuv yoki tadqiqotning boshqa usullarini, masalan, tajribalarni qo‘llagan holda nazorat olib borish imkoniyati xizmat qiladi. Kuzatish bir necha xil: standartlashtirilgan belgilangan dasturga qat’iyan mos ravishda o‘tkazilgan), erkin (oldindan o‘rnatilgan chegaralarga ega bo‘lmagan), kiritilgan (tadqiqotchi o‘zi kuzatayotgan jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanadi), yashirin bo‘ladi. O‘tkazilish joyiga asosan kuzatishlar dala va laboratoriya kuzatishlariga bo‘linadi. Dala kuzatishlari tabiiy sharoitlarda, laboratoriya kuzatishlari esa sun’iy, ya’ni, oldindan yaratilgan sharoitlarda o‘tkaziladi. Olib borish muntazamligiga ko‘ra kuzatishlar tizimli (ma’lum vaqt davomida ob’ektni o‘rganish uchun ishlab chiqilgan reja bo‘yicha) va tizimsiz (noma’lum vaqt davomida rejaga asoslanmagan) bo‘ladi. O‘rganilayotgan hodisaning o‘tkazilish davomiyligi, vazifalari va ko‘lamiga ko‘ra kuzatishlar qisqa vaqtli (farazlarni ifodalash yoki boshqa metodlar yordamida olingan ma’lumotlarni nazorat qilish va to‘ldirish uchun tadqiqotning boshlang‘ich bosqichida o‘tkaziladi) va, uzoq oylar va yillar davomida keng ko‘lamli yoki murakkab tuzilmali ijtimoiy jarayonlarning kechishini kuzatishga xizmat qiluvchi uzoq vaqtli kuzatishlarga bo‘linadi. Kuzatish metodini qo‘llash uchun quyidagi shartlar qo‘yiladi: - sinaluvchining hulq-atvori uning ko‘pgina ko‘rinishlari va turli vaziyatlarda vaziyatlarda har tomonlama baholanishi lozim; - kuzatuvchi sinaluvchi bilan juda ko‘p vaqt birga bo‘lishi kerak (kamida 2-3 oy davomida). Seanslar haftasiga 3-4 marta o‘tkazilishi kerak, ularning davomiyligi kuzatish maqsadidan kelib chiqib o‘rnatiladi; - kuzatish jarayoni boshlanmasdan avval sinaluvchi hulq-atvorining qayd etiladigan xususiyatlari aniqlab olinishi, va xulq-atvorning bunday belgilari bilan tadqiqotchi bu metodni qo‘llagan holda baholamoqchi bo‘lgan psixologik xususiyatlar o‘rtasidagi aloqa oldindan o‘rnatilishi kerak; - tadqiqotchi avvaldan kuzatish olib borish mashqini olgan bo‘lishi zarur; - muammoni xolisona hal etish maqsadida sinaluvchi va tadqiqotchi o‘rtasidagi rolli munosabatlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak; - sinaluvchi bir vaqtning o‘zida kamida 10 ta ruhshunos kuzatuvida bo‘lishi va olingan baho har bir ruhshunos belgilagan balldan o‘rtachasini tashkil etgan bo‘lishi kerak. Barcha ruhshunoslar bir-biriga bog‘langan bo‘lmasliga zarur. Bunday holat natijalar samarasini oshiradi (baholash metodi). O‘zini kuzatish metodi, yoki introspeksiya ( lot.dan – ichkariga qarayman) – insonning o‘zining shaxsiy psixik hodisalarini kuzatishi. Bu psixikani bilishning eng eng qulay vositasidir. Uning kashf etilishiga fransiyalik faylasuf Rene Dekartning fikricha, ong – alohida tuzilgan, moddiy va tarqoq bo‘lmagan substansiya bo‘lib, sub’ektning mulohaza yuritganida ichida qanday hodisalar ro‘y berishi haqidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita bilimlari to‘g‘risidagi dohiyona yorqin g‘oyalari turtki bo‘ldi. O‘ziga va ongiga nazar tashlash introspeksiyaning mohiyatini tashkil etadi. O‘zini kuzatish orqali ichki kechinmalar, sirli xayollar, xotiradan ko‘tarilgan tasvirlar, jamiyat qarashlariga zid istaklar va irodaviy jarayonlar ochib beriladi. Bunda o‘zini kuzatish bilan olimning o‘zi ham, uning mijozi – sinaluvchi ham mashg‘ul bo‘lishi mumkin. Sinaluvchilarga alohida ko‘rish yoki eshitish ta’sirlovchilari, jismlar tasviri, so‘zlar, jumlalar namoyish etiladi; ular qabul etilib, o‘zaro solishtirilib, hosil bo‘lgan tasavvurlar haqida ma’lumot berilishi kerak. Bunda sinaluvchilar o‘z javoblarida tashqi ob’ektlarni tasvirlovchi atamalarni qo‘llamay, bu ob’ektlar sababli yuzaga kelgan o‘z his-tuyg‘ulari va ularning sifatlari haqida so‘z yuritishlari kerak. Hozirgi zamon psixologiyasining yangi yo‘nalishi – psixosintezning asoschisi – italiyalik shifokor-faylasuf Roberto Assadjioli fikricha, ongimizning bosh rejissyori oliy «Men» bo‘lib, uning qo‘l ostidagi aktyorlar esa – bu «Men»imizning ajralgan qismlari. Inson o‘zining ichki olamini ko‘zdan kechirishi, unga quloq tutishi bilan ikkilamchi, uchlamchi, to‘rtlamchi va boshqa «Men»larning xushqad yoki unchalik bo‘lmagan jo‘rovozi mavjudligi ma’lum bo‘ladi. Bilish va yangi nazariy istiqbollarni kashf etish metodi sifatida o‘zini kuzatish asosiy o‘rin egallaydi. Jismoniy va ruhiy hodisa deb nomlangan psychophysics o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganish bilan shug‘ullanadi psixologiya filiali. Shu ma’noda, muddatli psixo-jismoniy usullari urinishlar vazn his, yorqinligi, hajmi, va boshqa shunga o‘xshash o‘zgaruvchilar sifatida ma’lum psixologik tajribalar ilmiy o‘lchovlar uchun jismoniy qurilmalar foydalanish ashyodan barcha usullarini ulanishi mumkin. va hokazo uyqu oralig‘ida yoki xotira kabi boshqa murakkab psixologik hodisalar, shuningdek, psixo-jismoniy usullarini foydalanish o‘rganib mumkin. Nemis fiziolog va fizik Fechner (1801-1887) tomonidan ishlab chiqilgan uch klassik psixofizik usullari, haligacha psixofizika otasi. Ular: (I) usullari yoki cheklashlarni minimal o‘zgarishlar usuli. (II)doimiy rag‘batlantirishning yoki to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar usuli. (III) O‘rtacha yoki o‘rtacha xato usuli. Bu usullar, birinchi navbatda, mutlaq arafasida va arafasida o‘rtasidagi farqni o‘lchash uchun ishlatiladi. Va mutlaq, pol va pol farqlar statistik tushunchalar va ham deyarli bir xil tarzda o‘lchanadi. Mutlaq, pol ishonchli hissi ishlab chiqaradi jismoniy rag‘bat, minimal qiymati sifatida belgilanishi mumkin. Mutlaq chegara Shunday qilib, biz, biz, nur yorqinligi, biz nima mumkin emas va shuning uchun ko‘rish mumkin olmaydi kishilardan hidlarni hidi mumkin olmaydi o‘sha eshitasiz tovushlarni ajratib turadi. O‘zlari esa farq mavzu orqali idrok qilinishi mumkin, ikki rag‘batlantirishning o‘rtasida qiymati eng kam farq sifatida belgilangan bo‘lishi mumkin. Bir kishi uning qo‘lini qo‘yish uchun ma’lum bir og‘irlik kechirmoqda qachon umumiy birinchi ajratib bo‘lmaydigan bo‘lib, masalan, eng kam vazn, pol farq, unga ilova qilinadi. Keling, endi yuqorida aytib o‘tilgan uch psixofizik usullarini qisqacha fikr berish chiqaylik. Minimal o‘zgarishlar yoki cheklashlar usuli usuli. Bu usul mutlaq ostonasini va chegara (porog) farqini aniqlash uchun foydalanish mumkin. quyidagicha tartibi tasvirlangan: 1. Shaxs his duchor bo‘ladi. Misol uchun, u bir ob’ekt (80 sm, masalan), ma’lum bir masofada yotgan yoki yo‘q ko‘rishni ega yoki yo‘qligini so‘rang mumkin. Psixologiyaning asosiy metodi bo‘lib tajriba hisoblanadi. Tajriba metodi tadqiq etilayotgan hodisalar, ijtimoiy yoki psixologik jarayonlar, qarashlar, qonuniyatlar, yangi bilimlarga erishishdagi xossalari o‘rtasida mavjud bo‘lgan sababiy-oqibat aloqalari haqida aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida qo‘llaniladi. Kuzatishdan farqli ravishda tajribada tasviriy ma’lumotdan tashqari, aloqalar, munosabatlar, jarayonlar haqida tushuncha beriladi. Tajriba o‘rganilayotgan hodisaning xususiyatlari o‘rtasida mavjud aloqalar to‘g‘risidagi nazariy tasavvurlarga asoslangan farazni isbotlash uchun tekshirish metodi sifatida shakllangan va mavjuddir. Metodologik rejaga ko‘ra, tadqiqot ob’ektini tahlil qilish birinchi bosqich bo‘lib, ikkinchi bosqich – o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarning xususiyati yoki yo‘nalishi, mavjudligi haqidagi farazlarning shakllanishi, uchinchi bosqich – o‘zgaruvchilarni mustaqil va mustaqil o‘zgaruvchilarni mustaqil va mustaqil bo‘lmagan turlariga ajratish hisoblanadi. Tajribadagi o‘zgaruvchilarni ajratish – ob’ektni dastlabki nazariy tahlil qilish natijasi. Tadqiqotchining ta’siri yo‘naltirilganlari nazoratdagilar va mustaqil o‘zgaruvchilar deb ataladi. Shundan so‘ng tajribaning metodik qismi boshlanadi. Tadqiqotning maqsadi aniqlanib, dasturi tayyorlangandan so‘ng esa ikki guruh – tajriba va nazorat guruhlari tuziladi. Nizom bo‘yicha tajribaga qo‘yiladigan muhim talablardan psixologlar quyidagilarni sanab o‘tadilar: tadqiqot farazlariga ko‘ra aniq yo‘nalganlik; tadqiqot ob’ektini yuqori darajada bilish va to‘liq ta’riflash; tajriba muolajalarini olib borishni qat’iy nazorat qilish, ularning aniqligini ta’minlash; qayta ishlab chiqish, takrorlash imkoniyati; ijtimoiy ob’ektga mos keluvchi metodlar, kuzatish va o‘lchash vositalarining mavjudligi. Tajriba tadqiqotlarini olib borishda quyidagilarni bilish lozim. Tajriba predmeti – o‘rganilayotgan ob’ekt xossalari va uning ijtimoiy faoliyati va hulq-atvorini belgilab beruvchi omillar tizimi o‘rtasidagi munosabatlar va aloqalar. Tajribadagi o‘zgaruvchi – o‘rganilayotgan ob’ekt holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita ta’sir etuvchi nazorat ostidagi va nazoratga olinmaydigan omillar. O‘zgaruvchilar tizimi tajribadagi vaziyatda etakchilik qiladi va bu vaziyat xuddi shu tizim orqali ta’riflanadi. Asosiy o‘zgaruvchilar mustaqil va bog‘langan bo‘lishi mumkin. Mustaqil o‘zgaruvchi – tadqiqotchi tomonidan o‘zgartiriladigan va tajriba guruhi faoliyatiga kiritiladigan omil. Bog‘langan o‘zgaruvchi – mustaqil o‘zgaruvchi ta’sirida o‘zgaradigan omil. Tajribaviy vaziyat – tajriba o‘tkazilayotgan sharoitlar yig‘indisi. U dala va laboratoriya sharoitida o‘tkazilishi mumkin. Tajriba ob’ekti – ijtimoiy guruh, jamoa, shaxs (tajriba ishtirokchilari). Tajribada ikki xil ob’ekt: nazorat va tajriba guruhlari ajratiladi. Ikki guruhning tuzilishi tafovutlarni aniqlashga va kutilgan o‘zgarishlar ro‘y bergani yoki bermagani haqida mulohaza yuritish imkonini beradi. Tajriba ishtirokchilarining soni, odatda, unchalik ko‘p bo‘lmaydi, aksariyat hollarda 10-15 kishidan oshmaydi. Tajriba guruhi tajriba omili (mustaqil o‘zgaruvchi) ta’sir ettiriladigan guruht. Nazorat guruhi tajriba omillarining ta’sirini sezmaydi. Agar tajriba guruhida nazorat ostidagi (mustaqil) o‘zgaruvchilar o‘zgartirilsa, nazorat guruhidagi mustaqil o‘zgaruvchilar o‘zgarishlarsiz sqlanib qoladi. Tajriba guruhi tajriba omili (mustaqil o‘zgaruvchi) ta’sir ettiriladigan guruht. Nazorat guruhi tajriba omillarining ta’sirini sezmaydi. Agar tajriba guruhida nazorat ostidagi (mustaqil) o‘zgaruvchilar o‘zgartirilsa, nazorat guruhidagi mustaqil o‘zgaruvchilar o‘zgarishlarsiz sqlanib qoladi. Nazorat guruhi qiyosiy birlik bo‘lib xizmat qiladi. Kengroq tarqalgan tajriba metodlarini ko‘rib chiqamiz. Laboratoriya tajribasi sun’iy shroitlarda maxsus asboblarni qo‘llagan holda ta’sir etuvchi omillarning qat’iy nazorati yordamida amalga oshiriladi. Masalan, inson tafakkuri xususiyatlarini o‘rganish. Sinaluvchiga ajratilgan vaqt ichida echishi lozim bo‘lgan aqliy vazifalar qatori taklif etiladi. Har bir vazifani bajarish ma’lum ballar miqdori bilan baholanadi, ballar yig‘indisi esa aqliy rivojlanish darajasining ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Tabiiy tajriba – sinaluvchiga sezilarsiz tarzda uning faoliyati yoki muloqotiga kiritilgan psixologik tajriba, u tabiiy sharoitlarda tadqiqotchining aralashuvisiz o‘tkaziladi. Tabiiy tajribani hayotning o‘zi qo‘yadi, tajribaviy vaziyat esa tadqiqotchining faol ishtirokisiz yuzaga keladi. Masalan, odam to‘satdan kasal bo‘lib qoldi, bunda kasallik uning psixikasi va hulq-atvoriga nisbatan uning psixikasi va hulq-atvoriga nisbatan biror-bir ta’sirga ega bo‘lishi ma’lum. Qanday qilib? Bu savolga tajribadan javob topish mumkin, tajriba davomida bemor psixolog tomonidan kuzatiladi va u bemorning kasalikkacha va kasallikdan so‘nggi holatlarini qiyoslaydi. Shakllantiruvchi (ta’limiy) tajriba – psixik jarayon, shaxs holati yoki sifatini tadqiq etish va shakllantirish metodi. Masalan, bolalarda ma’lum sinf masalalarini echa olish qobiliyatini shakllantirish. Sinaluvchilar tegishli masalalar bilan tanishtirilib, ularni echish tartibi tushuntiriladi. So‘ngra ularga zarur malaka va ko‘nikmalarni orttirishga ko‘mak beriladi. Tajriba yakunida olingan natijalar baholanadi. Dala tajribasi o‘z xususiyati bilan laboratoriyadagi bilan o‘xshashdir, faqat u insonning real hayotidagi voqelikda o‘tkazilishi bilan farq qiladi. Masalan, oliy o‘quv yurtida ta’limning yangi dasturini kiritish bo‘yicha tajriba olib boriladi, buning ustiga, dastur o‘quv jarayoniga real tartibda kiritiladi. Tadqiqotchilarni tajriba natijasida talabalar bilimining yaxshilanashi yoki ularning avvalgidek saqlanib qolishi qiziqtiradi. Buning uchun ular tajribagacha va tajribadan so‘ng talabalar bilimini tekshiruvdan o‘tkazadilar va tajribaning samaradorligi yuzasidan xulosa yasaydilar. Keyingi yillarda psixologik tashhislash metodlari, test sinovlari keng ko‘lamda olib borilmoqda. Psixologiyaning ob’ektiv metodlariga, shuningdek, psixologik tashxislash, aniq shaxs, odamlar guruhi, u yoki bu psixik vazifaning holatlari, xususiyatlarini baholash yoki aniqlash maqsadida qo‘llaniladigan test sinovlari ham kiradi. Test deb, bir xil shaklda tuzilgan, qisqa, vaqt bo‘yicha chegaralangan, miqdoriy kattalik bilan ifodalangan individual tafovutlarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan psixologik tashhislash sinoviga aytiladi. Testlar yordamida odamlarni o‘zaro bir-biri bilan solishtirgan holda o‘rganish, ular psixologiyasi va hulq-atvoriga baho berish mumkin. Test sinaluvchining o‘zini tutishini belgilovchi qat’iy qoida bo‘yicha sinaluvchilar bajarishi zarur bo‘lgan vazifalar to‘rlamidan iborat. Testlarning bajarilishi javoblarning to‘g‘riligi mezoni bo‘yicha baholanadi. To‘g‘ri bajarilgan vazifalar uchun ballar belgilab qo‘yilgan. Testning rag‘bat materiali barcha sinaluvchilar tomonidan bir xilda qabul qilinishi kerak. Testlarga berilgan javoblarni ishlab chiqishning ma’nosi shundan iboratki, olingan ma’lumotlar kalit yordamida baholashning ma’lum ko‘rsatkichlari, masalan, shaxsning xususiyatlari bilan solishtiriladi. Aniqlashning so‘nggi natijalari test ko‘rsatkichlarida o‘z ifodasini topadi. Ularning tashhislashdagi ahamiyati, odatda, ko‘p sonli sinaluvchilarda statistik hisoblash yo‘li bilan olingan ko‘rsatkichlar bilan qiyoslash orqali aniqlanadi. Testlar bir necha mezonlarga ko‘ra tasniflanadi. Maqsadga ko‘ra, tanlash, ajratish, tasniflash teslariga bo‘linadi. Mazmuniga ko‘ra,: a) umumiy qobiliyatlar uchun (intellektual va kreativ); b) maxsus qobiliyatlar: shaxs testlari, yutuqlarga erishish testlari, mezonli-yo‘naltirilgan testlarga ajratiladi. Shakliga ko‘ra testlar individual va guruhli bo‘lib, quyidagi turlarga bo‘linadi: - verbal va noverbal (taqdim etilgan vazifalarning shakliga ko‘ra); - blankli testlar («qalam va qog‘ozli») – sinaluvchiga taqdim etilish shakliga ko‘ra; - asbobli testlar (maxsus asboblar yordamida); - kompyuter testlari. Texnika usullari nuqtai nazaridan testlar to‘rt turga bo‘linadi: 1) ob’ektiv, ko‘pchilik hollarda asbobli, psixofiziologik sinovlar, masalan, emosional holatni belgilab beruvchi teri-galvanik refleksini o‘lchash; 2) so‘rov metodikalari yoki sub’ektiv testlar, masalan, G. Ayzenk va R. Kettelning umumshaxsiy testlari; 3) «qalam va qog‘ozli» testlar, masalan, diqqatni tashhislash uchun – matndagi ma’lum harflarni o‘chirish yoki labirintdan eng yaqin chiqish yo‘lini chizish va boshqalar; 4) sinaluvchilar hulq-atvori ifodalanishini baholashga asoslangan testlar, masalan, shaxsning guruh tomonidan baholanishi metodikasi (SHGB). Psixologiyada testlar bilish jarayonlari, hissiy-irodaviy soha, shaxsning psixologik xossalari, shaxslararo munosabatlarni tadqiq etish uchun qo‘llaniladi. Masalan, Ayzenkning verbal matni aqliy qobiliyatlarni baholashga, Teylor testi esa xavotirlanish darajasini aniqlashga mo‘ljallangan. Klinik metod eksperimental va differensial usullari odatda xatti umumiy faktlarni o‘rganish uchun ishlatiladigan bo‘lsa, klinik usul individual xususiyatlarini o‘rganish uchun qaratilgan. klinik sozlama yoki jismoniy va ruhiy kasalliklar maslahat va davolash uchun kelgan odamlar parvarishlash va davolash tufayli atrof-muhit. Shu ma’noda, klinik usullari muammo yoki favqulodda xulq tub sabablarini tergov va taklif va tegishli shart-sharoit va imkon muolajalar ta’minlash vazifa bilan yengish barcha usullarini eslatadi: Yaxshi klinik usuli tushunchasi sifatida ta’riflash mumkin klinik psixologiya juda tushunchasi, mavjud: Klinik psixologiya san’at va texnologiya yechimlari shaxsiyati tuzatish muammolar bo‘ladi. Bu ta’rifga tahlili bizga tabiat va klinik usuli davolash haqida quyidagi xususiyatlarga ba’zi farq yordam mumkin: (I) klinik usul xususan holda tegishli. (II) shaxs ba’zi muammolar bor. (III) tashxis qo‘yish va davolash ikkalasi usullari Ushbu muammolarni hal qo‘llaniladi. (IV) klinik yondashuv barcha har bir bemorga nisbatan qo‘llanila olmaydi, degan ma’noni anglatadi, bir san’at, shuningdek, ilm-fan va texnologiya, deb, va u sog‘lom va insoniyat yaxshiroq yaratish zavq oladi. Shunday qilib, psixologik tashxis tadqiqot va ruhiy muammolar davolash yoki individual kasallik bu usulning asosiy elementlari. Testlar juda xilma-xil bo‘ladi. Quyida bulardan ba’zilari keltirilgan: 1. Yutuqlarga erishish testlari – sinaluvchining aniq bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish darajasini aniqlash imkonini beradigan psixologik tashhislash metodikalardan biri. 2. Idrok testlari – individning aqliy imkoniyatlarini aniqlovchi psixologik tashhislash metodikasi. 3. Ijodkorlik testlari – insonning ijodkorlik qobiliyatlarini o‘rganish va baholash metodikalarining jamlanmasi. 4. Shaxsni bilish testlari – individ shaxsining turli tomonlariga baho berish imkonini yaratuvchi psixologik tashhislash metodikasi. 5. Loyihalash testlari – psixologik izohlashga, ya’ni, sub’ekt tomonidan xususiy xossalari va holatlarining ustun bo‘lgan ehtiyojlar, mazmunlar va qadriyatlar ta’sirida ongli va ongsiz ravishda tashqi ob’ektlarga ko‘chirilishiga asoslangan shaxsni yaxlit o‘rganish uchun qo‘llaniladigan metodikalar jamlanmasi. Yuqorida keltirilgan testlar turlarining aniq qo‘llanilishi haqidagi ma’lumotlarga A.X. Yugayning «Obщaya psixologiya: laboratorno-prakticheskiye zanyatiya» (Tashkent, 2007) o‘quv qo‘llanmasi yordamida ega bo‘lish mumkin. 6. Suhbat metodi o‘rganilayotgan muammoni qo‘shimcha ravishda yoritib berish uchun yordamchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Suhbat – bu nutq muloqoti orqali psixologik axborotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita yo‘l bilan ega bo‘lishni ko‘zda tutuvchi metod. Suhbat sinaluvchi, uning harakatlari mayllari va motivlari, psixik holatlari va boshqalar haqida ma’lumot olishning asosiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. 7. Psixologik intervyu – insonning shaxsiy sifatlari, tasavvurlari, motivlari va boshqalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan intervyu. Psixologik metod sifatida intervyu o‘tkazilishi uchun katta kuch va vaqt talab qilgani hisobiga, asosan, individual tadqiqot ishida, ya’ni, shifoxona amaliyotida, maslahat berishda, shaxsiy psixologik korreksiya jarayonida qo‘llaniladi. Bu metodning afzalligi shundaki, etarlicha tayyorgarlikka ega bo‘lgan psixolog yordamida so‘z iboralari, mimika, holat, tovush sifati, tashqi ko‘rinish, harakatlarning o‘ziga xosligi, faollik darajasi, hissiy reaksiya va boshqa muloqotning barcha omillari kabi manbalardan inson haqida katta hajmli axborot olish mumkin. 8. Anketa – oldindan tuzilgan savollar tizimiga javoblar olish uchun so‘rovnoma varag‘idan iborat verbal kommunikasiya asosida birlamchi ijtimoiy-psixologik axborot olishda qo‘llaniladigan metodik vosita. 9. Sosiometriya – o‘zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlarni psixologik tadqiq etish metodi. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Psixologiya fanining asosiy sohalari haqida gapiring. 2. Longityud metodi qanday metod? 3. Anketa nima? 4. Tajriba ob`ektiga ta`rif bering. 5. Testlar maqsadga ko`ra qanday tavsiflanadi? ADABIYOTLAR 1. Gʻoziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob. 2. Yugay A.X., Mirashirova 6-Mavzu: Ijtimoiy xulq motiv va motivasiyasi Reja: 1. Ijtimoiy xulq 2. Ta’lim motivlari 3. Motivasiyalar va ta’lim jarayonini tashkil qilish Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivasiyasi. Yuqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday tutishi, egalagan mavqei ham sababsiz, o‘z-o‘zidan ro‘y bemaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs hulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «motiv» va «motivasiya» tushunchalari ishlatiladi. «Motivatsiya» tushunchasi «motiv» tushnchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega. Motivasiya – inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolliginitushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?» degan savollarga javob qidirish- motivasiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi. Shaxsning jamiyatda odamlar orasiidagi xulqi va o‘zini tuutishi sabablarini o‘rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa bo‘lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi: a) ichki sabablar, ya’ni hatti-harakat egasining sub’ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar, qiziqishlar va hakozolar); b) tashqi sabablar – faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan tashqi stimullardir. Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy dispozisiyalar ham deb ataaladi. Ular shaxs tomonidan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Ya’ni, ba’zan shunday bo‘ladiki, shaxs o‘zi amalga oshirgan ishi yoki o‘zidagi o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy sababini o‘zi tushunib yetmaydi, «Nega?» degan savolga «O‘zim ham bilmay qoldim, bilmayman», deb javob beradi. Bu anglanmagan dispozisiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo‘ladi, ya’ni, dispozisiya anglangan, ongli hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan motiv – konkrketroq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu hulq –atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o‘ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo‘ladi. Shunisi ajablanarliki, o‘sha bir konkret vaziyat xususidagi turli shaxslarning baholari ham turlicha bo‘ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o‘ziga ham o‘zidagi holat, kayfiyatga bog‘liq holda bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo‘larkan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real haarakatlarini o‘sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaksiyalari sifatida qaramay, balki unda shunga o‘xshash holatlarni idrok qilishga ichki bir hozirlik – dizposiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Shu ma’noda shaxs hulqining motivasiya turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar hattoki, ijtimoiy tajriba normalarining ta’siri shakllanadigan sabablar kompleksini o‘z ichiga oladi. Masalan, texnika oliygohlarida: «Materiallarning qarshiligi» nomli kurs bor deylik. Shu kursni o‘zlashtirish va unday sinovdan o‘tish ko‘pchilikka osonlikcha ro‘y bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanoq yosh talabalarga shu kurs va uning talablariga nisbatan shunday ustanovka shakllanadiki, albatta, bu kurs qiyin, uni olib boruvchi o‘qituvchi o‘ta talabchan, qattiqqo‘l va hokazo degan. Bunday motivasiya mana necha avlod talabalari boshdan kechirayotgan holat. Endi konkret shaxsning dars jarayoni boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o‘z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun (dangasaroq talaba uchun) bu darsdan keyin dars yo‘q va u qachon shu semetr tugashini kutib harakat qiladi. Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Ya’ni, maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo‘ladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bog‘liq tarzda hulq motivlari namoyon bo‘ladi. Misol uchun talabaning o‘quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyotning ma’lum bir davrida, masalan, bog‘cha yoshidan boshlab qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa o‘quv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan shart-sharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o‘zi, bola uchun motiv o‘rnini bosadi. Yana bir oddiy misol qo‘lingizda kitob bor. Siz holi uni o‘qishni boshlamadingiz. Lekin o‘qish istagi bor, bu istakning ortida esa o‘sha mazmunni bilish va uning tagiga yetish ehtiyoji turadi. Rus olimi R.Nemov. shaxsdagi motivasion soxasi quyidagicha tasavvur qiladi. Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: 1. Biologik ehtiyojlar- bu –fiziologik (tashnalik, ochlik, iyqu), jinsiy moslashuv, ehtiyojlari. Ijtimoiy ehtiyojlar- bu – mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiy –ma’naviy ehtiyojlar. Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo‘lganimiz bilan shu narsani ununmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo‘ladi, ya’ni, ular o‘sha jamiyat va mohiyatdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar harakteriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, eng tabiiy va tushunarli hisoblangan bizning yemishga, ovqatga bo‘lgan ehtiyojimizni olsak, u ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. yana misol uchun, to‘y marosimlari yoki juda tukin dasturxon atrofida o‘tirgan odam nima uchun shunchalik ko‘p ovqat iste’mol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu tabiat qo‘yni yoki paxta dalasidagi xashar bo‘lsa-chi, bir turda issiq non ham butun tanaga rohat baxsh etuvchi malham bo‘lib, ochlinni bilintirmaydi. Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o‘rgangan kishi oz-oz yeyishga o‘rgansa, yoshligidan normadan ortiq yeb o‘rgangan odam vrach oldiga borib, o‘zi uchun ozdiruvchi dori-darmon so‘rasa, so‘raydiki, lekin uyda o‘zi yemishini nazorat qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila muhitiga bevosita bog‘liq narsa ekan-da. Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi haqida gap ketganda, uning ikki tomoni yoki elementi ajratiladi: harakat dasturi va maqsad. Harakat dasturi maqsadga erishishing vositalariga aniqlik kiritadi. Shuning uchun ham dasturda nazarda tutilgan vositalar maqsadga erishishni oqloshi kerak, aks holda dasstur hech narsa bemaydi. Masalan, ba’zi ota-onalar farzandlarini yaxshi tarbiyalash va undan ideallaridagi shaxs yetishib chiqishini orzu qilib, uning oldiga juda og‘ir tarbiyaviy shartlarni qo‘yadilar, bola erkinligi bo‘g‘iladi, u qat’iy nazorat muhitida ushlanadi. Oqibatda bola keyinchalik boshqarib bo‘lmaydigan, qaysar, uncha-muncha tashqi ta’sirga berilmadigan bo‘lib, qolib, har qanday boshqa ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham motiv har doim anglangan, ehtiyojlar muvofiqlashtirilgan va maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo‘lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo‘ladi. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1.Motivatsiyaning motivdan farqi nimada? 2. Qaysi olim motivlar borasida keng ko`lamdagi ishlarni olib borgan? 3. Shaxsdagi mavjud ehtiyoj lar nechaga bo`linadi va ular qaysilar? ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 1998. 2. O‘zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 1998 3. Pedagogika. Toxtaxodjayeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010. 4. Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, fan va texnologiya. 2010 5. Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. –Toshkent, 2007. 6. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. 7-Mavzu: Sezgi, diqqat, xotira va ularning turlari Reja: 1. Psixik xodisalar, xolatlar, jarayonlar haqida tushuncha. 2. Bilish jarayonlari haqida tushuncha. 3. Diqqat va uning turlari 4. Sezgi, idrok, tafakkur, xayol jarayonlari, ularning o‘xshashligi va farqlari. 5. Xotira va uning funksiyasi, turlari. Psixik jarayonlar tashqi olamni ongda aks ettirish, unga javob reaksiyalarini berish bilan bog‘liq jarayonlarning barchasini o‘z ichiga oladi. Psixik jarayonlar ongning o‘zida paydo bo‘lib, ongning o‘zida tugallanadi degan fikrni Sechenov mutlako noto‘g‘ri fikr deb hisoblagan edi. Psixik xodisa xali yuzaga kelmagan natijadan ham darak beradi. Psixik jarayonlar signal yoki boshqaruv funksiyasini bajarib, sharoitga moslashtirishga yoki javob reaksiyasini berishga xizmat qiladi. Psixik jarayon, ma’lumki o‘ziga emas balki, miyaning mohiyati, uning tegishli bo‘lmalari funksiyasi sifatida olam haqidagi axborotlarning qayoqqa ketishi, qayerda saqlanishi va qayta ishlanishini ko‘rsatuvchi javob reaksiyasining boshqaruvchisidir. Psixik jarayonlar o‘z navbatida bilish jarayonlari, emosional jarayonlar, shaxsning irodaviy xolatlari va shaxsning individual xususiyatlari deb nomlangan qismlarga bo‘lib o‘rganiladi. Psixik xodisalar–bu faoliyatning hozir ta’sir etayotgan (sezgi, idrok) yoki qachonlardir, ya’ni turmush tajribada (xotira) yuz bergan qo‘zg‘oluvchiga javob tarzida ro‘y beradigan ana shu ta’sirni umumlashtiradigan, ular pirovard natijada olib keladigan natijalarni (tafakkur, xayol) oldindan ko‘ra olishga yordam beradigan, bir xil ta’sirlar natijasida faoliyatni (xis–tuyg‘u, iroda) kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, umuman faollashtirib yuboradigan va boshqa xildagi ta’sirlar oqibatida uni tormozlaydigan, odamlar xulq–atvoridagi (temperament, xarakter va b.) tafovutlarni aniqlaydigan doimiy boshqaruvchilaridir. Tashqi olamni aks ettirishda rol o‘ynaydigan jarayonlar deganda sezgi, idrok, tafakkur, xayolni tushunamiz. Biroq boshqa psixik jarayonlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Psixik jarayonlarda I signallar tizimi bilan bir qatorda odam uchun xos bo‘lgan II signallar tizimi ham ahamiyatlidir. Xoxlagan psixik jarayonning sodir bo‘lishi va davom etishi shunday bir ruhiy xodisaga bog‘liqki u barcha jarayonlarda ishtirok etadi, uning samaradorligiga ta’sir o‘tkazadi. Bu diqqatdir. Diqqat ongning bir nuqtaga qaratilishi bo‘lib, shaxsning aktivligini hamda uning ob’yektiv borliqdagi narsa va xodisalarga tanlovchi munosabatini xarakterlaydi. Diqqat bo‘lmasa, aniq maqsadga qaratilgan faoliyat ham bo‘lmaydi. Diqqatning uch turi bor: ixtiyorsiz, ixtiyoriy, ixtiyoriydan so‘nggi diqqat turi. Diqqatning quyidagi xususiyatlari bor: diqqat ko‘lami, davomiyligi, taqsimlanishi, chalg‘ishi, ko‘chishi, mazmuni va diqqat barcha kasb egalari uchun ham birday zarurdir. Ilm olish, kasb egallash, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, el–yurt xurmatiga sazovor bo‘lish uchun ongni bir nuqtaga to‘plab faoliyat ko‘rsatish zarur. Sezgilar. Tevarak atrofdagi olamning boyligi haqida, tovushlar va ranglar, xidlar va xarorat, miqdor va boshqa ko‘plab narsalar to‘g‘risida biz sezgi a’zolari vositachiligida axborotlarga ega bo‘lamiz. Sezgi deb sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa yoki xodisalarning ayrim sifat va xodisalarning ayrim sifat xossalarining ongimizga aks ettirilishiga aytamiz. Biz turli ranglarni, ta’mlarni, og‘ir–yengilni, issiq–sovuqni, tovushlarni sezamiz. Sezgi a’zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga yetkazib beradi. Sezgi a’zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona yo‘lidir. Sezgi a’zolari kishiga tevarak atrofdagi olamda mo‘ljal olish imkonini beradi. Sezgilar hosil bo‘lishi uchun quyidagi shartlar bo‘lishi kerak: Birinchidan, sezgi a’zolarimizdan birontasiga ta’sir etadigan narsa yoki xodisa bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, sezuvchi apparat soz bo‘lishi kerak. Bu apparat quyidagilardan iborat: 1. Sezuvchi organ (retseptor). 2. O‘tkazuvchi yo‘l (afferent nerv). 3. Bosh miya po`stlog‘idagi markaz 4. Miyadan javob impulslarini uzatuvchi yo‘l (efferent nerv). Bitta sezgi apparatini tashkil qiladigan qismlarni I. P. Pavlov analizator deb atagan. Sezgi mohiyatiga ko‘ra ob’yektiv olamning sub’yektiv siymosidir. Lekin sezgilarning hosil bo‘lishi uchun organizm moddiy kuzg‘atuvchining tegishli ta’siriga berilishi kifoya qilmaydi, balki organizmning o‘zi ham qandaydir ish bajarishi darkor. Sezgilar muayyan davr mobaynida retseptorga ta’sir o‘tkazayotgan qo‘zg‘otuvchining o‘ziga xos quvvatini nerv jarayonlari quvvatiga aylanish natijasida hosil bo‘ladi. Sezgilarning hosil bo‘lishida kuchli ta’sir qiladigan jarayonlarning ishtirokini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘plab va ko‘p qirrali tadqiqotlar olib borilgan. Sezgi a’zolari faqat moslashuvchanlik, ijro qilish funksiyalarini bajaribgina qolmasdan, balki axborot olish jarayonlarini bevosita ishtirok etadigan harakat organlari bilan mustahkam bog‘langandir. Analizator. Sezgi nerv sistemasining u yoki bu qo‘zg‘atuvchidan ta’sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo‘ladi va har qanday psixik xodisalar kabi reflektorlik xususiyatiga egadir. Qo‘zg‘atuvchining aynan o‘ziga o‘xshaydigan analizatorga ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan nerv jarayoni sezgining fiziologik negizi hisoblanadi. Analizator uch qismdan tarkib topadi: 1) tashqi kuvvatni nerv jarayoniga aylantiradigan maxsus transformator hisoblangan periferik bo‘lim (retseptor). 2) analizatorning periferik bo‘limini markaziy analizator bilan bog‘laydigan yo‘llarini ochadigan afferen nerv (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar. 3)Analizatorning periferik bo‘limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo‘ladigan qobiq osti va qobiq (miyaning o‘zi bilan tugaydigan) bo‘limlar. Analizator periferik bo‘limlarining muayyan xujayralari miya qobig‘idagi xujayralarning ayrim qismlariga mos bo‘ladi. Jumladan, ko‘z to‘r pardasining turli nuqtalarida hosil bo‘ladigan tasvir miya qobig‘ida ham xar xil nuqtalarda shuni aks ettiradi; eshitishda ham xuddi shu jarayonni kuzatishimiz mumkin: nog‘ora parda va miyadagi aks sado. Sezgining hosil bo‘lishi uchun hamma analizatorlar yaxlit bir narsa sifatida ishlashi darkor. Qo‘zg‘atuvchining retseptorga ta’siri qo‘zg‘alishning yuz berishiga olib keladi. Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo‘li manbai va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi retseptordan, ta’sirni miyaga olib boruvchi afferent nerv yo‘llari va efferent nervlardan tarkib topgandir. Reflektor yoyi elementlarining o‘zaro munosabati murakkab organizmning tevarak atrofdagi olamda to‘g‘ri mo‘ljal olishining, organizmning yashash sharoitlariga muvofiq tarzdagi faoliyatning negizini ta’minlaydi. Sezgilarning tasniflanishi. Aks etish xususiyatiga va retseptorlarning joylashgan o‘rniga qarab sezgilar odatda uch guruhga ajratiladi: 1. Tashqi muhitdan narsalar va xodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan hamda retseptorlari tananing yuzasida joylashgan ekstrotseptiv sezgilar; 2. Tananing ichki a’zolarida va to‘qimalarida joylashgan hamda ichki a’zolarining xolatini aks ettiradigan interotseptiv sezgilar; 3.Retseptorlari mushaklarda va paylarda o‘rnashgan propriotseptiv sezgilar; ular gavdamizning harakati va xolati haqida axborot berib turadi. Harakatni sezadigan propriotseptiv sezgi turi, shuningdek, kinesteziya deb ham atalib, uning retseptorlari kinestezik yoki kinestetik retseptorlar deb ham ataladi. Ekstrotseptorlarni ikki guruhga: kontakt va distant retseptorlarga ajratish mumkin. Teri orqali paypaslab ko‘rishga asoslangan sezgilarni taktil sezgilar deyiladi, bular ham o‘z funksiyasiga ko‘ra bir necha xil bo‘lishi mumkin, masalan, xaroratni sezish, silliq yoki g‘adir budirni, qattiq yoki yumshoqni sezish va xokazo. Sezgilarning umumiy qonuniyatlari. Sezgilar aynan bir xil qo‘zg‘aluvchilarning aks ettirish shakllaridan iboratdir. Jumladan, elektro magnit nurlanishi ko‘rish sezgisining qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi. Bu nurlanish to‘lqini uzunligi 380 dan 770 millimikron doirasida bo‘ladi va ko‘rish analizatorida nerv jarayoniga aylanadi. Eshitish sezgilari–retseptorlarga tebranish tezligi (chastotasi) 16 dan 20 ming gertsgacha bo‘lgan tovush to‘lqinlari ta’sirining aks etish natijasidir. Ta’sir kuchi shundan past bo‘lsa ham, baland bo‘lsa ham sezgi paydo bo‘lmaydi. Taktil sezgilar mexaniq qo‘zg‘atuvchining teri yuzasiga ta’siri natijasida hosil bo‘ladi.Sezgilarning sifat, jadalligi, davomiyligi, joylarda yuz berish kabi xususiyatlari bor. Sifat–mazkur sezgining asosiy xususiyati bo‘lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi va ayni shu sezgi turi doirasida o‘zgartirib turadi. Jumladan eshitish sezgisi past–balandligi, mayinligi, zo‘rligi bilan, ko‘rish sezgisi boyligi, ranglarning tusi bilan farq qiladi va xokazo. Sezgining jadalligi–uning miqdorini ifoda etadigan xususiyati bo‘lib, ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchining kuchi retseptorning funktsional xolati bilan belgilanadi.Sezgining davomiyligi uning vaqtinchalik xususiyati hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchi sezgi a’zosiga ta’sir qilishi bilanoq hosil bo‘lmaydi, balki, bir oz vaqt o‘tgach hosil bo‘ladi. Bu sezgining latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent davri har xil sezgi turi uchun har xil: masalan, taktil sezgilar uchun 130 millisekund bo‘lsa, og‘riq sezgisi uchun 370 millisekunddir. Ta’m bilish sezgisi esa tilning ustiga kimyoviy qo‘zg‘atuvchi surtilgandan keyin 50 millisekund o‘tgach hosil bo‘ladi. Sezgi qo‘zg‘atuvchi ta’sir qila boshlashi bilan bir paytda hosil bo‘maganidek, ta’sir to‘xtashi bilan birdan yuqolmaydi. Sezgining bu xildagi sustligi oqibat deb atalgan xodisada namoyon bo‘ladi. Ko`rish sezgisi bir muncha sust bo‘lib, uni qo‘zg‘algan qo‘zg‘atuvchi ta’sir qilishni to‘xtatishi bilanoq darxol yo‘qolib ketmaydi.(Kinematograf shunga asoslangan). Nihoyat, sezgilar qo‘zg‘atuvchining muayyan joylarda yuz berishi xususiyatiga egadir. Distant retseptorlar tomonidan amalga oshiriladigan fazoviy tahlil qo‘zg‘atuvchining muayyan joyda yuz berishi haqida axborot beradi. Taktil sezgilar tananing qo‘zg‘atuvchi ta’sir qiladigan qismi bilan munosabatga kirishadi. Sezuvchanlik va uning o‘lchovi. Sezgi a’zolarining sezuvchanligi muayyan sharoitlarda sezgini hosil qilishga layoqatli bo‘lgan eng kuchsiz qo‘zg‘atuvchi yordamida aniqlanadi. Bilinar bilinmas sezgi hosil qiladigan qo‘zg‘atuvchining eng kam kuchi sezuvchanlikning quyi absolyut chegarasi deb ataladi. Eng kam kuchga ega bo‘lgan va kuyi chegaradagi qo‘zg‘atuvchilar sezgi hosil qilmaydi va ular haqidagi signallarni bosh miya qobig‘iga o‘tkazmaydi. Sezgilarning quyi chegarasi mutlaq sezuvchanligi darajasini belgilaydi. Mutlaq (absolyut) sezuvchanlik bilan quyi chegara o‘lchami o‘rtasida teskari bog‘lanish mavjud: quyi chegara o‘lchami qanchalik kichik bo‘lsa, muayyan analizatorning sezuvchanligi shunchalik yuqori bo‘ladi.; Ye–sezuvchanlik, R– qo‘zg‘atuvchining ta’sir chegarasi me’yori. Bizning analizatorlarimiz har xil sezuvchanlikka egadir. Kishining birgina xid bilish xujayrasining chegarasi tegishli xid tarqatuvchi moddalar uchun 8 molekuladan oshmaydi. Ta’m sezgisini hosil qilish uchun xid bilish sezgisini hosil qilishga sarflanadiganiga qaraganda kamida 25 ming marta ko‘p molekula talab qilinadi. Ko‘rish va eshitish analizatorlarining sezuvchanligi juda yuksakdir. S. I. Vavilov (1891–1951) ning tajribalari ko‘rsatganidek, kishining ko‘zlari to‘rpardaga bor–yo‘g‘i 2–8 kvant atrofida nur tushgan taqdirda ham yorug‘likni seza oladi. Buning ma’nosi shuki, biz tim qorong‘uda 27 km masofada yonib turgan shamni ko‘rish qobiliyatiga egamiz. Ayni paytda biz badanimizga biror narsa tekkanini sezishimiz uchun ko‘rish va eshitish sezgilari hosil bo‘lishiga sarflanadiganiga nisbatan 100–xatto 10 mln baravar ziyod quvvat talab qiladi. Sezgining mutlaq yuqori sezuvchanligi deb, qo‘zg‘atuvchining eng ko‘p kuch bilan ta’sir qilishiga aytiladi. Bunda ta’sir ko‘rsatayotgan qo‘zg‘atuvchiga aynan o‘xshaydigan sezgi hosil bo‘ladi. (Masalan, qattiq tovush, kuchli yorug‘lik og‘riq paydo qiladi). Sezgilar o‘rtasida bilinar bilinmas farqni hosil qiluvchi 2 ta qo‘zg‘atuvchi o‘rtasida mavjud bo‘lgan minimal farq–farq ajratish chegarasi deb ataladi. Ajratish chegara sezuvchanligi yoxud farq ajratish sezuvchanligi ham farqlanish chegarasining o‘lchamiga nisbatan teskari bog‘lanishda bo‘ladi: farqlanish chegarasi qanchalik katta bo‘lsa, ayirma sezuvchanlik shunchalik kam bo‘ladi. (Yuk 100 gr bo‘lganda farq 3,4 gr, 1000 gr bo‘lganda 33,3 gr bo‘ladi). Adaptatsiya. Sezgi chegarasining absolyut me’yori bilan belgilanadigan analizatorlarning sezgirligi barqaror bo‘lmasdan qator fiziologik va psixologik shart–sharoitlar ta’siri ostida o‘zgarib turadi. Ushbu shart-sharoitlar orasida adaptasiya (moslashish) xodisasi alohida rol o‘ynaydi. Adaptatsiya yoxud moslashuv–sezgi organlari sezgirligining qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida o‘zgarishi demakdir. Adaptasiya xodisasining 3 turini alohida ko‘rsatish mumkin: 1.Qo‘zg‘atuvchining uzoq muddat davomida ta’sir etishi jarayonida sezgining tamomila yo‘qolib qolishiga o‘xshaydigan turi. Masalan, terining ustiga qo‘yilgan yengilgina yuk tezdayoq sezilmay qoladi. Xid bilish sezgilari atrof muhitga yoqimsiz xid yoyilganidan ko‘p o‘tmay batamom yo‘qolib qolishi ham oddiy bir xodisadir (qorong‘udan yorug‘likka va aksincha). 2.Adaptasiya deb shuningdek, yuqorida bayon etilgan xodisalarga yaqinroq bo‘lgan kuchli qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgining zaiflashib qolishiga ifodalanadigan yana bitta xodisaga ham aytiladi. Masalan, sovuq qo‘zg‘atuvchi hosil qiladigan sezgining jadalligi qo‘lni sovuq suvga solganda susayadi. Biz yarim qorong‘u xonadan yorqin yoritilgan joyga chiqqanimizda oldiniga ko‘zlarimiz qamashadi va tevarak atrofdagi biror narsaning farqiga yeta olmaydigan bo‘lib qolamiz. Adaptasiya–bu analizatorning sezuvchanligi susayib ketishi hamdir. 3.Nihoyat kuchsiz qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgirlikning ortishi ham adaptasiya deb aytiladi. Ayrim sezgi turlariga xos bo‘lgan adaptasiyaning bu turini pozitiv adaptasiya deb ta’riflash mumkin. Masalan, qorong‘ulikda uzoq vaqt bo‘lganlik ta’siri ostida ko‘zning sezuvchanlik ta’siri ortadi. Eshitish ko‘nikmasining shunga o‘xshaydigan shakli sokinlik adaptasiyasi hisoblanadi. Masalan, shovqin sexda ishlaydiganlar bir birlari bilan bemalol gaplashaveradilar. Sezgilarning o‘zaro munosabati. Sezgilarning jadalligi faqat qo‘zg‘atuvchining kuchi va retseptorning adaptasiyalanish darajasiga emas, balki muayyan paytda boshqa sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatadigan ko‘zg‘alishlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Analizator sezuvchanligining boshqa sezgi a’zolarining qo‘zg‘alishi ta’siri ostida o‘zgarishi sezgilarning o‘zaro munosabati deb ataladi. Buning ta’sirida uning sezuvchanligi o‘zgaradi. Jumladan kurish analizatorining sezuvchanligi eshitish kuzatuvchisining ta’sirida o‘zgaradi. S. V. Kravkov (1893–1951) bu o‘zgarishni eshitish qo‘zg‘atuvchilarining balandligiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatib bergan edi. Yoki ko‘rish sezuvchanligi xid qo‘zg‘atuvchilari ta’sirida ham oshadi. Sensibilizasiya. Analizatorlarning o‘zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezuvchanlikning ortishi sensibilizasiya deb ataladi. Ko‘zg‘alish jarayonining tarqalishi (irriradiasiyalashuvi) natijasida boshqa analizatorning sezuvchanligi oshadi. Kuchli qo‘zg‘atuvchi ta’sir qilganda qo‘zg‘alishning aksincha to‘planish xususiyatiga ega bo‘lgan jarayoni yuzaga keladi. O‘zaro induksiya qonuniga binoan bu markaziy bo‘lmalarda boshqa analizatorning tormozlanishiga va ular sezuvchanligining susayib qolishiga olib keladi. Analizatorlarning sezuvchanligi ikkinchi sezgilarga mansub qo‘zg‘atuvchilar ta’siri ostida ham o‘zgarishi mumkin. Jumladan sinaluvchilarga eshittirib «limon kabi nordon» degan so‘zlarga javoban kuzlarning elektr sezuvchanligini o‘zgartirib yuborgani kuzatiladi. Sezgi a’zolari sezuvchanligining o‘zgarishi qonuniyatlarini bilgan xolda maxsus tanlangan qo‘shimcha qo‘zg‘atuvchilarni qo‘llanish yo‘li bilan u yoki bu retseptorni sensibillashtirish, ya’ni uning sezuvchanligini oshirish mumkin. Sensibillashtirishga mashq qilish natijasida ham erishish mumkin. Masalan, Musiqa bilan shug‘ullanadigan bolalarga past baland oxanglarni eshitish qobiliyati qanday rivojlana borishini bilamiz. Sinesteziya. Sezgilarning o‘zaro munosabati sinesteziya deb ataladigan yana bir xodisada namoyon bo‘ladi. Sinesteziya–bir analizatorning qo‘zg‘alishi ta’siri ostida boshqa analizatorga xos sezgini hosil bo‘lishidir. Sinesteziya sezgilarning har xil turlarida kuzatiladi. Tovush qo‘zg‘atuvchilari ta’sir qilganda sub’yektda ko‘rish obrazlari paydo bo‘lganida ko‘pincha ko‘rish-eshitish sinesteziyasi uchraydi. N. A. Rimskiy–Korsakov, A.N. Skryabin va boshqalar «Rangni eshitish qobiliyatiga ega edilar». Keyingi paytlarda tovush obrazini rang obraziga aylantiradigan rang–musiqaviy (tsvetomuzika) sozlarining yaratilayotganligi va rang–musiqaning jadal tadqiq qilinayotganligi sinesteziya xodisasiga asoslangandir. Sinesteziya xodisalari kishi organizmidagi analizator sistemalarga o‘zaro doimiy bog‘langanligidan, ob’yektiv olamni xissiy aks ettirishning yaxlitligidan yana bir dalolatdir. Sezuvchanlik va mashqlar. Sezgi a’zolari birgina qo‘shimcha qo‘zg‘atuvchilarni qo‘llanish yo‘li bilangina emas, balki mashqlar qilish yo‘li bilan ham sensibillashuvi mumkin. Sezgi a’zolari sezuvchanligining oshishiga olib boradigan 2 sohani ajratib ko‘rsatish mumkin: 1)sensor nuqsonlar (ko‘rlik, qarlik)ning o‘rnini to‘ldirish zaruratidan stixiyali tarzda kelib chiqadigan sensibilizasiya; 2) sub’yekt faoliyati tufayli kasbiga xos talablardan kelib chiqadigan sensibilizasiya (tokar sezgirligi, sinovchi–degustator sezgirligi va xokazo). Ko‘rish va eshitish sezgisining yo‘qotilishi ma’lum darajada sezuvchanlikning boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga to‘ldiriladi. (Ko‘rlarda tuyish sezgisi rivojlanishi, barmoqlari bilan o‘qishi, pulni ajrata olishi, xaykaltaroshlikka moyilligi; karlar xavo tebranishidan ma’no anglay olishlari; Olga Skoroxodova (ko‘r va qar) qo‘lini hamsuhbati tomog‘iga yaqin keltirib, gapni «eshitishi» va xokazo) SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1.Sezgi apparatini kim “analizator” deb atagan? 2.Kinesteziya nima? 3. Ekstrotseptorlarni necha guruhga ajratishimiz mumkin? 4. Sezgilarning umumiy qonuniyatlari haqida so`zlab bering. 5. Absolut chegarasiga ta`rif bering ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 1998. 2. O‘zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 1998 3. Pedagogika. Toxtaxodjayeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010. 4. Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, fan va texnologiya. 2010 5. Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. –Toshkent, 2007. 6. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. 8-Mavzu: Idrok, tafakkur , nutq va xayol turlari Reja: 1. Idrokning ta`rifi va uning xususiyatlari. 2. Taffakkur va uning ko`rinishi 3. Nutq va uning turlari 4. Xayol turlari Idrok. Idrokning ta’rifi va uning xususiyatlari. Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa va xodisalarning kishi ongida butunligicha aks etishi idrok deyiladi. Idrokning sezgidan farqi, narsalarni umumlashgan xolda, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettirilishidir. Idrokning muhim xususiyatlari uning predmetliligi, yaxlitligi, strukturaliligi, doimiyligi (konstantligi) va anglashilganligidir. Idrokning predmetliligi ob’yektivlashtirish xodisasi deb atalgan xodisada, ya’ni tashqi olamdan olinadigan axborotlarning o‘sha narsaga mansubligida ifoda qilinadi. Predmetlilik idrokning belgisi sifatida hatti-harakatni boshqarishda alohida rol o‘ynaydi. Biz narsalarga ularning ko‘rinishiga qarab emas balki ularni amaliyotda qay tarzda ishlatishimizga muvofiq xolda, yoki ularning asosiy xususiyatlariga qarab ham baholaymiz. Predmetlilik pertsevtiv jarayonlarning o‘zini ya’ni idrok jarayonlarning bundan keyingi shakllanishida ham rol o‘ynaydi. Idrokning yana bir xususiyati uning yaxlitliligidadir. Sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan narsaning ayrim xususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farqli ularoq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblanadi. Yaxlit obraz narsaning ayrim xususiyatlari va belgilari haqida turli xil sezgilar tarzida olinadigan bilimlarni umumlashtirish negizida tarkib topadi. Idrokning yaxlitligi uning strukturaligi bilan bog‘langandir. Idrok ma’lum darajada bizning bir laxzalik sezgilarimizga javob bermaydi va ularning shunchaki oddiy yig‘indisi ham emas. Biz ana shu sezgilardan amalda mavhumlashgan va bir muncha vaqt davomida shakllanadigan umumlashgan strukturani idrok etamiz. Agar kishi biror ko‘yni tinglayotgan bo‘lsa, oldinroq eshitgan oxangi yangisi eshittirila boshlagandan keyin ham uning kulog‘iga chalinayotganday tuyulaveradi. Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi manbalari, bir tomondan, aks ettiriladigan ob’yektlarning o‘ziga xos xususiyat–laridir, va ikkinchi tomondan insonning konkret faoliyatida gavdalanadi, ya’ni analizatorlarning reflektor faoliyati natijasidir. Idroknnig doimiyligi, konstantligi narsani idrok qilish sharoitlari o‘zgarishiga qaramay, narsaga xos bo‘lgan kattalik, shakl, rang va boshqa xususiyatlarning idrokimizga nisbatan bir xilda aks etishidir. Masalan, yoritish darajsi o‘zgarishiga qaramay, biz qorni oq, ko‘mirni qora narsa sifatida idrok qilaveramiz. Qizil chiroq ostida kitob saxifasi qizil bo‘lib ko‘rinsa ham uni oq deb, samolyotdan qaraganda yerdagi odamlar va narsalar kichkina bo‘lib ko‘rinsa ham ularni odatdagiday kattalikda deb idrok qilaveramiz. Kitob qanday ko‘rinsa ham uni to‘rtburchak deb, stakandagi qoshiq siniq ko‘rinsa ham uni butun deb idrok qilamiz. Idrok yaxlitligi va konstantligi kishining o‘tmish tajribasiga bog‘liq bo‘lib, bu xususiyat appertsepsiya deyiladi. Demak, idrok faqat narsa emas, idrok etayotgan sub’yektning o‘ziga ham bog‘liqdir. Idrokda hamisha idrok etuvchi kishi shaxsining xislatlari, uning idrok etilayotgan narsalarga munosabati, kishining ehtiyojlari, qiziqishlari, intilishlari, istaklari va xis-tuyg‘ulari u yoki bu tarzda aks etadi (qandaydir shakllarni «uchburchak», «aylana», «krujka» deb idrok qilish). Shunday qilib, idrokning yaxlitligi va konstantligi uning teskari aloqa mexanizmi mavjud bo‘lgan va idrok etilayotgan ob’yektning xususiyatlariga hamda uning hayot sharoitlariga moslashadigan, o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi o‘ziga xos xodisa ekanligi bilan ham izohlanadi. Idrok ham sezgi kabi reflektor jarayondir. Shartli reflekslar, miya pustlog‘idagi muvaqqat bog fiziologik asosini tashkil etadi. Bosh miya pustida eng kuchli, dominant qo‘zg‘alish uchastkalarining yuzaga kelishi shaxsning xususiyatlari yoki xolati bilan bog‘liq bo‘lgan idrok yo‘nalishining fiziologik asosini tashkil etadi. Idrokning fiziologik asosi nerv bog‘lanishlarining ikkita turidan-bitta analizator doirasida hosil bo‘ladigan bog‘lanishlardan va analizatorlar aro bog‘lanishlardan tarkib topadi. (Bitta retseptor va bir necha retseptor bilan idrok qilish). Idrokni klassifikasiya qilinishida ham sezgilardagi kabi idrok etishda ishtirok etuvchi analizatorlardagi mavjud farqlarga asoslanadi. Idrok etishda qaysi analizator ustunroq kelganiga muvofiq ko‘rish-eshitish, paypaslab ko‘rish, kinestezik, xidlash va ta’m bilish yo‘li bilan idrok qilinishi farqlanadi. Idrok qilish jarayoni odatda o‘zaro birgalikda bir qancha analizatorlar vositasida sodir bo‘ladi. Harakat sezgilari u yoki bu darajada idrokning barcha turlarida ishtirok etadi. Fazoni idrok qilish. Fazoni idrok qilinishi kishining o‘zini kurshab turgan muhitni chamalashining mukarrar shartlaridan bo‘lib, uning ushbu muhit bilan o‘zaro birgalikdagi harakatida katta rol o‘ynaydi. Fazoni idrok qilish ob’yektlarning shakli, xajmi va o‘zaro birgalikda joylashuvi, ularning satxi, olisligi va yo‘nalishlarining idrok etilishini o‘z ichiga oladi. Fazoni chamalashda harakat analizatori alohida rol o‘ynaydi. Fazoni chamalashning maxsus qurollari qatoriga analizatorlar faoliyatida har ikkala yarim sharlar o‘rtasidagi nerv bog‘lanishlarini: binokulyar ko‘rishni, binoural eshitishni, terining bimanual to‘yishini, dirinik xid bilishni va shu kabilarni kiritish lozim. Ko‘zlarning turli olislikdagi narsalarini aniq ravshan ko‘rishga moslashuvi 2 ta mexanizm-akkomodasiya va konvergensiya yordamida yuz beradi. Akkomidatsiya-ko‘z gavharining egriligini o‘zgartirish yo‘li bilan uning aksini sindirib qaytarish qobiliyatini o‘zgartirish demakdir. Akkomodasiya, odatda konvergensiya bilan ya’ni ko‘rish o‘qlarini qayd qilinayotgan narsaga yo‘naltirilishi bilan bog‘liqdir. Konvergensiya burchagi bevosita masofa indikatori ya’ni o‘ziga xos masofa o‘lchagich (dalnomer) sifatida foydalaniladi Ta’lim jarayonida o‘quvchilar idrok «texnikasini» egallaydilar: narsani sinchiklab ko‘zdan kechirishga, tinglashga, narsaning asosiy va muhim xususiyatlarini ajrata olishga o‘rganadilar, idrok maqsadga yo‘nalgan, boshqariladigan, ongli jarayonga aylana boradi. O‘quvchining yoshi o‘lgaygan sari, uning idroki yanada mazmunli bo‘lib boradi. O‘quvchi idrokining ko‘lami kengayadi, o‘quvchi narsalarni rejali, izchil, ixtiyoriy ravishda va har tomonlama idrok qilishga o‘rganib boradi. O‘smirlar o‘zlariga yoqadigan narsalarni qunt va sabot bilan idrok qiladilar. O‘smirlar bir narsaning o‘zini ko‘p marta idrok qilishni uncha yoqtirmaydilar - bu xol ham o‘smirlar idrokiga xos bo‘lgan xususiyatlardan hisoblanadi. Ammo maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalar yoqtirgan narsalarini qayta–qayta eshitib yoki ko‘rib roxatlanaveradilar. O‘smirga narsa va xodisalarning yangi tomonlarini mustaqil ochish juda yoqib tushadi. O‘smirlar hamisha narsa va xodislarning aql va xayolni maftun etuvchi qandaydir yangi, g‘alati tomonlarini izlaydilar. Bu yoshdagi bolalarni qaxramonlar jasorati, buyuk voqealar, o‘lkan kashfityolar haqidagi va shu kabi xikoyalarni zo‘r e’tibor bilan tignlashlariga qaxramonona ishlar, sarguzashtlar haqidagi hamda ilmiy–fantastik adabiyotlarni sevib o‘qishlariga sabab ham shundadir. O‘smirlar amalda ishlatib ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalarni zo‘r qiziqish bilan idrok qiladilar. Shu sababli ular tajribalar ko‘rsatilishini juda yoktiradilar. Yuqori sinf o‘quvchilarining idroki maqsadga ko‘proq yo‘nalgan bo‘ladi va ular idroklarini o‘zlari idora qila biladilar. Tafakkur. Sezgi, idrok orqali narsa va xodisalarning sezgi organlari orqaligina bilish mumkin bo‘lgan xususiyatlari aks etsa, bu bilan bilish doirasi cheklandi degani emas. Narsa va xodisalar bevosita bilib bo‘lmaydigan xususiyatlarga, o‘zaro aloqaga, rivojlanish qonuniyatiga ega. Masalan, yer bilan quyoshgacha, yulduz va oygacha bo‘lgan masofani bevosita aniqlash mumkin emas; elektr tokining simdan o‘tishini, atom tuzilishini, yorug‘lik tezligini, uzoq tarixiy jarayonlar rivojlanishini va shunga o‘xshashlarini bevosita kurish mumkin emas. Shunga qaramay, inson o‘lchaydi, aniqlaydi, bilib oladi. Shunday qilib, vositali aks ettirish tafakkur jarayonining xususiyalaridan biridir. Tafakkurning yana bir xususiyati–bu voqelikni umumlashtirilgan xolda aks ettirilishidir. Tafakkur voqelikni umumlashtirilgan xolda, qonuniy bog‘lanishlarni so‘z va tajriba vositasida aks ettirishdir. Narsa va xodisalar rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash bilan odam, tabiat va kishilik jamiyati taraqqiyotini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Odam tafakkuri til bilan chambarchas bog‘liqdir. Tafakkur, barcha psixik jarayonlardek, miya faoliyatining natijasidir. Odam fikr yuritayotganda miyada murakkab jarayonlar sodir bo‘ladi, miya pustlogida markazlar o‘rtasida bog‘lanishlar yuzaga keladi. Xilma-xil muvaqqat nerv bog‘lanishlari (assosiasiyalar)ni hosil qilish miya pustlog‘ining murakkab sintetik faoliyatidir. Fikrlar muvaqqat nerv bog‘lanishlari differensirovka qilinishi, ya’ni ayrim nerv bog‘lanishlarini mustahkamlashi, boshqalarining tarmoqlanishi natijasida mukammallashadi va aniqlanib boradi. Miya po`stining bunday faoliyati analitik faoliyat deyiladi. Nutq turlari va Nutq turlari Spiker kim ? Bu ommaviy nutq tinglovchilariga rejalashtirilgan ta'sir ko'rsatadi. Bunday insonlar xizmatda ham, do'stlikda ham qadrlanadi. Biroq, yaxshi hikoya qiluvchi yaxshi ma'ruzachi emas. Uy-ro'zg'or nutqi - bu jamoatchilik bilan aloqaning faqat bitta turi. So'ng, biz turli xil tasnifdagi so'z turlarini va ushbu turlarning har biriga qo'yiladigan talablarni ko'rib chiqamiz. Bu bizga qaysi oratorik nutqning qanday bo'lishi kerakligi haqida savol berishimizga yordam beradi. Nutqning turlari va vazifalari. -Ishtirokchilar soni bo'yicha: Suhbatdagi ishtirokchilar soniga (bir yoki undan ko'p) qarab, nutq monolog va dialogiy bo'lishi mumkin. Suhbat "boshlang'ich - asosiy qism - oxir" sxemasiga asosan quriladi. Ishtirokchilarning nusxalari o'zaro bog'liq bo'lib, bir-biridan chiqishadi. Bunday nutq o'z-o'zidan paydo bo'ladi, chunki suhbatdoshning reaktsiyasi aniq ma'lum emas. Monologdan keladigan asosiy farq. Dialog kundalik muloqot, biznes suhbati va boshqalar uchun xizmat qilishi mumkin. Monolog ham o'z-o'zidan bo'lishi mumkin va ehtimol hatto tayyorlangan bo'lishi mumkin. Jamoatga yuborilgan monolog izchil, tuzilgan bo'lishi kerak. Buning uchun yuqorida keltirilgan ma'noni ta'kidlaydigan va tinglovchining e'tiborini tortadigan (intonatsiya, imo-ishoralar, pauzalar) qo'shimcha tilni qo'llamaslik kerak. Nutqning turlari (monologik) uning maqsadiga qarab farqlanadi: rag'batlantiruvchi, ma'lumot beruvchi yoki ishonchli. -Yo'nalish bo'yicha: Nutq turlari ichki va tashqi jihatdan ajralib turadi. Tashqi qismda allaqachon yuqorida aytib o'tilgan turlarni (suhbat va monolog, jumladan, yozma) o'z ichiga oladi. Ichki nutq - bu faoliyat uchun tayyorgarlik, u qisman va tashqaridagi dialogiy nutqqa o'xshash, vaziyatga tayyor emas. Uning o'ziga xos tomoni shundaki, suhbatdosh tomonidan noto'g'ri tushunishning imkoni yo'q va bu so'zlarni mustahkamlash uchun qo'shimcha vositalardan foydalanishning hojati yo'q. Shuningdek, oraliq nuqtai nazar - egozentrik nutq, ya'ni u etarlicha rivojlangan, o'ziga qaratilgan va boshqalarning reaktsiyasi uchun hisoblanmaydi. Agar vaziyatni diqqat bilan ko'rib chiqishni talab qilsa, u ko'pincha bolalar va hatto katta yoshdagilarda kuzatilishi mumkin. - Shaklga muvofiq: Bu og'zaki va yozma. Agar oratorik nutq haqida gapiradigan bo'lsak, biz, albatta, og'zaki shaklga qiziqishdamiz. Ochiq nutqning xususiyatlari va turlari: Nutq tinglovchilarga ta'sir qilish uchun mo'ljallangan monolog shaklidagi tashqi nutqdir. Nutqning maqsadiga erishish uchun ishonchli axborot manbalariga asoslangan holda yaxshi tayyorlanish kerak; Barkamol qilib yaratilgan, mantiqqa emas, balki tinglovchilarning his-tuyg'ulariga ham e'tibor qaratadigan jiddiy dalillar mavjud. Nutqning mazmuni vaziyat bilan bog'liq bo'lishi kerak. Yuqorida aytib o'tilgan tilga xos bo'lmagan vositalar alohida ahamiyatga ega: bu nutqlarda pauzalardan to'g'ri foydalanish, muhim qismlarni intonal tarzda taqsimlash, og'zaki bo'lmagan signallar: imo-ishora, durust. Nutqda nutq turlari uning funktsiyalari, nutqning maqsadlari bilan bog'liq. Shunday qilib, ommaviy axborot vositalari: 1. Ijtimoiy-siyosiy Bu tashviqot nutqi, parlamentdagi nutqlar, mitinglarda. Ularning ikkalasi ham loyiha, ham tushunarli bo'lishi mumkin, ular haqiqatga tayanadi va, odatda, noaniq. Ularda iqtisodiy va siyosiy so'zlar mavjud. Agar biz mitingda nutq so'zlayotgan bo'lsak, unda u hissiy rangga bo'yaladi, gaplashadi. 2. Akademik Ular konferentsiyada ma'ruzalar, ma'ruzalar va nutqlardir. Odatda ular ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan, lekin ko'proq ta'sirga erishish uchun hissiy rangli so'zlar ham paydo bo'lishi mumkin. Hisobotlar va ma'ruzalar yaxshi tuzilgan bo'lishi kerak va ma'ruzalar mavzuga rioya qilishlari va e'tibor qaratishlari kerak. 3. Sud Bu ayblov va mudofaa nutqi. Ular tergov ma'lumotlari, guvohlarning ko'rsatmalari bo'lishi kerak va ularning maqsadi ayblanuvchining aybini isbotlashdir (emas). 4. Ijtimoiy va ma`naviy Ular tantanali, tabrik va marosim nutqlari bo'lib, unda "bayramni tabriklari” bo`ladi. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Idrok nima va uning xususiyatlarini aytib bering. 2. Akkomidatsiyaga ta`rif bering. 3. Ekstrotseptorlarni necha guruhga ajratishimiz mumkin? 4. Nutq va uning ko`rinishi haqida gapirib bering. ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 1998. 2. O‘zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 1998 3. Pedagogika. Toxtaxodjayeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010. 4. Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, fan va texnologiya. 2010 5. Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. –Toshkent, 2007. 6. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. 9-Mavzu: Xarakter, temperament va qobiliyatlarning bilishning ahamiyati Reja:.1. Xarakter haqida tushuncha. 2. Temperament va uning tiplari. 3. Qobiliyat va uning xuxusiyatlari. Xarakter-(yunoncha belgi, nishon, xislat degan manoni bildiradi.) – xarakter; ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofidagi voqealikka va o‘z - o‘ziga bo‘lgan munosabatda ifodalanadigan, uning muayyan sharoitlardagi xatti - harakatlarni belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig‘indisidir.Xarakter strukturasi – odam xarakterining strukturasi turli xususiyatlarning tasodifiy yig‘indisidan iborat emas. xarakterning ayrim xususiyatlari bir – biriga bog‘liq, bir – biriga tobe yaxlit organizmni hosil qiladi. mana shunday yaxlit organizmi xarakter sistemasi deb ataladi.Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling