O’quv yili 2021-2022 Semestr 2-3 ects-kreditlar


II. Asosiy nazariy qism. (ma`ruza mashg`ulotlari)


Download 468.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana24.03.2023
Hajmi468.44 Kb.
#1292248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Filologiya ( o\'zbek tili)

 
II. Asosiy nazariy qism. (ma`ruza mashg`ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 
1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati 
Falsafa dunyoni anglash usuli. Falsafaning predmeti, tuzilishi, funksiyalari, 
yangi sohalari. Sharq va G‘arb mutafakkirlari falsafaning maqomi haqida. Falsafani 
siyosiylashtirishning oqibatlari. Falsafada shubhaning roli. Falsafaning jamiyatdagi roli 
yoki amaliy falsafa. Dunyoqarash olamni diniy, falsafiy, ilmiy bilish shakli. 
Dunyoqarashda sezgi, idrok, tushunishning mutanosibligi. Dunyoqarashda bilish, 
qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni tarbiyalashning roli. Dunyoqarashning 
shakllanish iga ijtimoiy muhitning ta’siri. Mifologiya, din, falsafa va fan dunyoqarash 
shakllari. Qadimgi miflarning tasnifi. Diniy dunyoqarashning mohiyati, Fan 
tushunchasining tavsifi, fan taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Falsafa tarixida fanlar 
tasnifiga oid qarashlar evolyusiyasi. Fan taraqqiyotiga oid yondashuvlar tasnifi. Falsafa 
va fanning mutanosibligi, farqi. Fanning obrazi. Fanlarning differensiyasiyasi va 
integratsiyasi. 
 
2-mavzu. Borliq falsafasi (Ontologiya) 
Ontologiya borliq haqidagi ta’limot. Falsafiy va fizik ontologiyaning birligi va 
farqi. Formal ontologiya, gen ontologiyasi va tibbiyot ontologiyasi. Ontologiya va 



muhandislik bilimi. Yangi amaliy ontologiya. Ontologik perspektivizm. Noklassik 
ontologiya. Din ontologiyasi. Obyektning ontologik modeli. Falsafa tarixida borliq 
haqidagi qarashlar evolyusiyasi. Ideal va real borliq. Borliqning sabablari va 
moduslari. Dunyo manzarasida borliq va yo‘qlik dialektikasi. Borliq shakllarining 
tasnifi. Energiya borliq shakli. Okkultizm va spiritualizm borliq hodisasi. Ezoterik 
bilim tabiati. Falsafa va fizikada substansiya, substrat va materiyaning o‘zaro aloqasi. 
Materiyaning substansional, substrat, genetik kontrast va atributiv konsepsiyalari. 
Olamning birinchi relyativistik modeli. Relyativistik kosmologiya. Geotsentrik va 
nogeotsentrik moddiy tizimlar. Kengayuvchi olam gipotezasi. Universal kosmik 
gologramma. Qizil siljish. Torsion maydonlar. In’ikos nazariyasi va uning Anoxin 
nazariyasidan farqi. Dunyoning chekliligi va cheksizligi. Aktual va potensial 
cheksizlik. Harakat borliqning mavjudlik sharti. Falsafa tarixida harakatning talqini. 
O‘zgarishlarning umumiy xususiyati. Harakat va harakatsizlikning o‘zaro nisbati. 
Harakat tiplari va shakllari. Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari. Falsafa 
tarixida makon va vaqtga substansional va relyasion yondashuvlar. Ijtimoiy makon va 
ijtimoiy vaqt. Davrning ruhi va ijtimoiy vaqtning uyg‘unligi. Tarix vaqti. Tabiatning 
ontologik maqomi. Falsafa tarixida tabiatga munosabat. Tabiat va jamiyatning o‘zaro 
aloqadorligi. Geografik muhit tushunchasi. Geografik muhit parametrlari. Ijtimoiy 
rivojlanish va geografik muhitning o‘zaro aloqadorligi. Geografik maktablar tasnifi. 
XX asrda ekologik tanglik. Ekologiyaning kelib chiqishi. Ekologik falokatlar tarixi va 
falsafiy ma’nosi. O‘zbekistonda ekologik vaziyat. Biosfera hakidagi J. Lavlok 
ta’limoti. Irsiy injeneriyaning biosferaga ta’siri. E. Lerua, P.Teyyar de Sharden va V. 
Vernadskiyning noosfera ta’limoti. Yangi borliqning shakllanishi. Koevolyusiya va 
envayronmentalizm nazariyasi. 

Download 468.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling