O`quv yili 2022-2023- o`quv yili


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1596327
  1   2   3   4
Bog'liq
xalqaro baholash mustaqil ish Shamiyeva D



2022-2023- o`quv yili 


2022-2023- o`quv yili 
 
 
 
 
 


2022-2023- o`quv yili 
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar 
natijasidaulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha 
sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada 
oshirmoqda.Bu o‘z-o‘zidano‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi har tomonlama 
e’tiborni kuchaytiradi.Mamlakatimizinnovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan 
rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarni 
ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, 
ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro 
mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro 
tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli 
yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot 
muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir. Shu 
maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi 
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish 
choratadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat 
qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro 
tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, ta’lim 
sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi: 
PIRLS– boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va 
tushunishdarajasini baholash; 
TIMSS– 4- va 8-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy yo‘nalishdagi 
fanlardansavodxonligini baholash; 
TALIS– rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta taʼlim 
muassasalaridao‘qitish va taʼlim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish 
sharoitlarini o‘rganish; 
PISA– 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy 
yo‘nalishdagifanlardan savodxonlik darajasini baholash.EGRA va EGMAesa 
boshlang‘ich sinflarda o‘qish hamda matematikabo‘yicha ko‘nikmalariga baho 
beradi. Baholash natijalariga ko‘ra yangi o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi va 
yondashuvlar O‘zbekiston yoshlarining yaxshi natija ko‘rsatishi uchun 
moslashtiriladi240.Bu loyihalar o‘quvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlash 
ko‘nikmalari,egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatiga turli xil 
topshiriqlar orqali baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalar rivojlanishiga turtki 
berishga xizmat qiladi.240Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni 


2022-2023- o`quv yili 
amalga oshirish Milliy markazi Globallashuv davrida tilshunoslik va 
adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari Hozirgi kunga qadar 
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vaIqtisodiy hamkorlik va 
taraqqiyot tashkiloti hamda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro 
assotsiatsiyasi o‘rtasida imzolangan kelishuvlarga muvofiq 2021-yilda PISA va 
PIRLS xalqaro dasturlarida ishtirok etish rejalashtirilgan.PISA (inglizcha – 
Programme for International Student Assessment) – turlidavlatlarda 15 yoshli 
o‘quvchilarning (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) savodxonligini hamda 
bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur. 
Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Unda o‘quvchilarning bilim sifati 
o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha monitoring qilinadi va 1000 ballik 
tizimda baholanadi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi 
marta qo‘llanilgan.PISA – o‘quvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash 
bo‘yicha xalqarodastur bo‘lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab 
o‘quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo‘llay olish mahoratini baholaydi. 
Dasturning asosiy maqsadi – 15yoshli o‘quvchilar ta’lim dargohida olayotan bilim 
va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil 
hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. 
Ushbu sinov har uch yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi 
o‘smirlar ishtirok etadi. 
Maktabdagi ta’lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi 
asosiy uch yo‘nalishda: o‘qish, matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo‘yicha 
olib boriladi241.PIRLS – (inglizcha – Progress in International Reading Literacy 
Study – matnnio‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot ) 
mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo‘lgan 
davlatlarni boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish 
bo‘yicha tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab 
bo‘luvchi ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan 
iborat.PIRLS yosh o‘quvchilarning sinfda va sinfdan tashqari o‘qishining ikkita 
kengqamrovli maqsadiga qaratilgan. Bular badiiy tajriba orttirish hamda ma’lumot 
olish va ulardan foydalanish uchun o‘qishdir. Bundan tashqari, PIRLS o‘qish 
maqsadlarining har birida to‘rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular: 
diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotlarni topish, to‘g‘ridan to‘g‘ri 
xulosalar chiqarish, g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish, kontent 
va matn elementlarini baholash va tanqid qilish.O‘qish savodxonligining maqsadi:- 
badiiy tajriba orttirish;
- axborotni olish va undan foydalanish.Tushunish jarayoni:- diqqatni 
jamlash va aniq ko‘rsatilgan mа’lumotlarni topish; 


2022-2023- o`quv yili 
- to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish; 
- g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish; 
- kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish. 
TIMSS – (Trends in International Mathematics and Science Study) 
maktabdamatematika va tabiiy fanlarni o‘qitish sifatining xalqaro monitoringi 
bo‘lib, ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil 
etiladi. Mazkur dastur 4-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha 
egallagan bilim darajasi, sifatini solishtirish hamda milliy ta’lim tizimidagi 
farqlarni aniqlashga yordam beradi. Mazkur dasturning o‘ziga xosligi shundaki, u 
dunyodagi maktablarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha berilayotgan ta’lim 
mazmuni, o‘quv jarayoni, o‘quv muassasasi imkoniyati, o‘qituvchilarning bilim 
darajasi, tehsil oluvchilarning oilaviy muhiti bilan bog‘liq omillarni o‘rganadi. 
Ko‘rsatib o‘tilgan omillar matematika fanlarini o‘zlashtirish holatini ko‘rsatishda 
asos bo‘lib xizmat qiladi.PISA va TIMSS o‘rtasidagi asosiy farq. PISA va TIMSS 
dasturlarining asosiyfarqi eng avvalo ularning turli xil yosh va sinflar toifasida 
o‘tkazilishidan iboratdir. Masalan, PISA 15 yoshli o‘quvchilarning bilimlarini 
baholashga qaratilgan bo‘lsa, TIMSS esa muayyan yoshdagi o‘quvchilarning emas, 
balki to‘rtinchi va sakkizinchi sinf o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini 
baholaydi. Shu bilan birga, TIMSS baholashlari o‘quv dasturlariga asoslangan 
bo‘lsa, PISA esa, o‘quvchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarini real muammolarni 
hal qila olishlarini baholashga qaratiladi. 
TIMSS aynan maktab bilimlarni o‘zlashtirish darajalarini baholasa, PISA 
bilim va ko‘nikmalarni maktabda, uyda va jamoatchilik orasida qo‘llay olish 
darajalariga alohida e’tibor qaratadi.Ta’limdagi bunday o‘zgarishlar o‘quv dasturi 
va o‘quv adabiyotlari mazmuninio‘zgartirishga undadi. Ona tili, matematika va 
tabiiy fanlardan PISA baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar milliy bazasini 
yaratildi va o‘quv dasturlariga kiritildi.
PISA baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar singdirilgan o‘quv dasturlari 
asosida qo‘shimcha qo‘llanma hamda adabiyotlar yaratish va amaliyotga joriy 
etildi. 5- sinfdan 11-sinfgacha o‘quv darsliklarida buni ko‘rish mumkin. PISA ona 
tili, matematika va tabiiy fanlarni o‘qitishning shakl, metod, texnologiyalarini 
yangilanib o‘qituvchilarning bu boradagi bilimini oshirilmoqda. Bu fanlardan 
o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini yaratilib, 2019-2021-
yillarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishni baholashga qaratilgan sinovlarni 
tizimli ravishda o‘tkazish niyatida. PISA testlaridan ona tili darslarida foydalansa, 
o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, matn bilan ishlash ko‘nikmasini 
rivojlantirish va sinchkovlik talab etiladigan topshiriqlarni qo‘llash o‘quvchining 


2022-2023- o`quv yili 
hayotiy va intellektual ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, 7-sinf ona 
tili dasturida berilgan “Biriktiruv bog‘lovchilari” mavzusini o‘tishda o‘qituvchi 
mavzuni mustahkamlash maqsadida darslikdan tashqari quyidagi matn asosida 
PISA topshiriqlari tuzishi mumkin:“Aljabr” matni asosida mantiqiy 
topshiriqlar:Riyoziyot olimi al-Xorazmiydan inson haqida so‘rashdi. Olim shunday 
dedi:-Agar inson yaxshi xulq sohibi bo‘lsa, u 1 ga teng. -Agar inson husn sohibi 
bo‘lsa, birning yoniga nolni qo‘shamiz, 10 bo‘ladi. -Agar inson boy bo‘lsa, yana bir 
nolni qo‘shamiz – 100 bo‘ladi. -Agar nasl-nasabli bo‘lsa, yana bir nolni qo‘shamiz-
1000 bo‘ladi. -Agar 1 raqami yo‘q bo‘lib ketsa, insonning qiymati yo‘qqa chiqib, 
nollarning o‘zi qoladi. background imageGloballashuv davrida tilshunoslik va 
adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari: 
1-topshiriq: Javobi tanlanadigan test 
Al-Xorazmiy insonning qanday fazilatini 1 ga tenglashtiradi? 
A.Uning nasl-nasabini 
B.Yaxshi xulqini 
S.Husn sohibi ekanligini 
D. Boyligini 
2-topshiriq: Bir necha javobli test 
1Al-Xorazmiy insonni yaxshi xulqli, chiroyli va boy bo‘lishini uch xonali 
songa tenglashtiradi.HA-YO‘Q2Agar yaxshi xulq yo‘q bo‘lib ketsa, 3 xonali son 2 
xonali songa almashadi.HA-YO‘Q Xorazmiy ushbu ajoyib tenglamada insonning 
qiymati, avvalo, yaxshi xulqi bilan o‘lchanishini ta’kidlayapti.HA-YO‘Q 
3. Javobi yoziladigan test: 
RIYOZIYOT so‘zi hozirda qaysi fanni bildiradi? 
Javob: (Hozirgi matematika fani) 
4-topshiriq: Lingvistik topshiriq: 
Matn mazmunidan kelib chiqib, bir o‘rindavabog‘lovchisini, yana bir 
o‘rindaham bog‘lovchisini qo‘llang. Qo‘llangan bog‘lovchilar matn mazmuniga 
ta’sir ko‘rsatmasin.Javob:Agar inson yaxshi xulq sohibi va chiroyli bo‘lsa, uning 
qiymati10 ga teng. Agar inson ham yaxshi xulq sohibi bo‘lsa, ham chiroyli bo‘lsa, 
uning qiymati 10 ga teng.Ona tili darslarida bunday keng qamrovli topshiriqlarni 
qo‘llash matematikadano‘rgangan nazariy bilimlarini hayotiy ko‘nikmalar asosida 


2022-2023- o`quv yili 
idrok etishimkoniyatini beradi.Adabiyot darslarida ham matn mazmunini tinglab 
tushunish kompetensiyasinio‘stirish o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturiga 
tayyorlashda muhim omildir. 
Yangi avlod darsliklarida bu talablarga asosiy urg‘u berilayotgani hech 
kimga sir emas. 9-sinf adabiyot darsligida Xojaning “Kechadur” g‘azali 
keltirilgan242. G‘azalnio‘rganish jarayonida quyidagi mantiqiy savollar bilan 
ishlash o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga tayyorlashda dastlabki 
qadamdir:Kunduz avqotim sening hajringda nolon kechadur 
Kecha ham zulfing kabi holim parishon kechadur. 
Anbarin zulfung xayolidin ko‘zumga, ey pari, 
Yil-u oy-u soat-u kun bori yakson kechadur. 
1-topshiriq: Xojaning “Kechadur” g‘azalidagi 1-baytdagi “kechadur”so‘zlariga 
berilgan to‘g‘ri izohni toping.1.1-misradagi “Kechadur” so‘zi kunduz so‘ziga 
qarama-qarshi qo‘yilgan. HA-YO‘Q2.1 va 2-misradagi “kechadur” so‘zining 
ikkitadan ma’nosi mavjud. Ha-Yo‘q242Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A. 
Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. –
2-topshiriq: Geografik bilimlaringiz asosida oy, yil, soat, kun 
so‘zlarinixronologik tartibda yozing va ushbu atamalarga ta’rif bering.Xulosa qilib 
aytganda, ona tili va adabiyot darslarida aniq fanlar, tabiiy fanlarbilan fanlararo 
integratsiyani qo‘llash o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga tayyorlashning 
muhim omili hisoblanadi. 
Mamlakatimizda ta‟lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida 
e‟tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim 
va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma‟nan yetuk insonlar bo„lib Pedagogik 
ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems 
and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения 
Chirchik, Uzbekistan 1477 International Conference ulg„ayishi, ularning qobiliyat 
va iste‟dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida 
Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg„ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga 
oshirilmoqda. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 
7- fevraldagi “O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo„yicha 
Harakatlar strategiyasi to„g„risida”gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta‟lim va 
ilm-fan sohalarini takomillashtirish hamda 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga 
murojaatnomasida 2021-yildagi xalqaro baholash jarayonlariga munosib 
tayyorgarlik ko„rish vazifalari belgilab berildi. Bugungi kunda dunyo 


2022-2023- o`quv yili 
mamlakatlarining ta‟lim tizimidagi yutuqlarini baholash bo„yicha tadqiqotlar 
o„tkazuvchi hamda islohotlarni amalga oshirishda ko„maklashuvchi nufuzli 
xalqaro tashkilotlar mavjud. O„zbekistonning ushbu tadqiqotlardagi ishtiroki va 
natijalari dunyo hamjamiyatida umume‟tirof etilishi, yosh avlodni xalqaro 
tajribalardan kelib chiqqan holda yangi innovatsion usullarda ta‟lim olishini 
ta‟minlash hamda olgan bilimlarini amalda samarali qo„llay bilishi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) turli 
sohalarda yuzaga kelgan muammolarning yechimini topish ustida izlanishlar olib 
boradi. Jumladan, ushbu tashkilot negizida ta‟lim tizimining asosiy bo„g„ini 
bo„lgan umumiy o„rta ta‟limni rivojlantirish maqsadida PISA (The Programme for 
International Student Assessment) – O„quvchilar savodxonligini baholash 
bo„yicha xalqaro dastur ishlab chiqildi. Iqtisodiy tashkilotning ta‟lim sohasiga 
murojaat etishining boisi, har qanday soha uchun kadrlar avvalo maktablarda, 
oddiy sinfxonalarda ulg„ayishidir. Shu ma‟noda OECD tashkiloti a‟zo 
davlatlarning ta‟lim tizimiga qancha mablag„ sarflayotgani va ular nechog„li 
samara berayotgani reytingini tuzishni maqsad qildi. Keyinchalik bu tadqiqotga 
boshqa davlatlarning ham qiziqishi ortib, bugungi kunda tashkilotga a‟zo 
davlatlar soni ortib bormoqda. O„zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib, 
PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg„or mamlakatlari 
qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta‟limi tizimida ta‟lim sifatini baholash 
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni o„tkazish orqali o„quvchilarning o„qish, 
matematika va tabiiy fanlar bo„yicha savodxonlik darajasini baholashga 
yo„naltirilgan milliy tizimni yaratish vazifalari belgilangan. Xalq ta‟limi tizimini 
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida o„quvchilarning tanqidiy 
fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish malakalari va kompetensiyalarini 
rivojlantirishga alohida urg„u bergan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot 
talablariga javob beradigan umumta‟lim dasturlari va yangi davlat ta‟lim 
standartlarini joriy etish, Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar 
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического 
образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 1478 International 
Conference o„quvchilarning bilim darajasini baholashda ta‟lim sifatini baholash 
bo„yicha xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish 
nazarda tutilgan.Shu asosda o„quvchilar savodxonligini baholash bo„yicha xalqaro 
dastur (PISA), boshlang„ich sinf o„quvchilarining matnni o„qib tushunish 
darajasini baholash xalqaro dasturi (PIRLS), o„quvchilarning matematika va tabiiy 
yo„nalishdagi fanlardan o„zlashtirish darajasini baholash dasturi (TIMSS), rahbar 
va pedagog kadrlarning umumiy o„rta ta‟lim muassasalarida o„qitish va ta‟lim 
berish muhitini hamda ularning ish sharoitlarini o„rganish bo„yicha xalqaro 
baholash (TALIS) dasturlarida ishtirok etishga kirishildi. Ushbu maqsadda 


2022-2023- o`quv yili 
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta‟lim sifatini nazorat 
qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta‟lim sifatini baholash bo„yicha xalqaro 
tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etildi. Milliy markazga 
xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O„zbekiston 
Respublikasining vakili sifatida ishtirok etish, umumiy o„rta ta‟lim 
muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini 
ta‟minlash, xalqaro baholash dasturlarini ta‟lim jarayoniga joriy etish bo„yicha 
tizimli monitoring olib borish, o„qitishning innovatsion usullaridan foydalangan 
holda o„qish, matematika va tabiiy yo„nalishdagi fanlar bo„yicha pedagog 
kadrlarning malakasini oshirish bo„yicha o„quvuslubiy tavsiyalar tayyorlash kabi 
vazifalar yuklatildi. Ta‟lim sifatini baholashga yo„naltirilgan PISA singari xalqaro 
baholash dasturlari O„zbekistonda ilk marta o„tkazilayotganligi sababli ularni 
shaffof va obyektiv o„tkazish soha xodimlari zimmasiga katta mas‟uliyat yuklaydi. 
Bu borada pedagog kadrlarning xalqaro tadqiqotlar haqidagi tasavvurlarini 
boyitish, shu orqali ta‟lim sifatini oshirishga hissa qo„shish maqsadida avvalgi 
tayyorlangan metodik qo„llanmalar, topshiriqlar to„plami, mashq daftarlarining 
mantiqiy davomi sifatida axborotnoma tayyorlandi. PISA tadqiqoti quyidagi 
xususi yatlarga ega: – u butun dunyoda keng qamrovli va muntazam ravishda 
o„tkazib kelinayotgan dastur; – ta‟lim sohasidagi yirik, keng ko„lamli xalqaro 
monitoring tadqiqotlaridan biri; – tadqiqotda umumiy o„rta ta‟lim muassasalarida 
ta‟lim olayotgan «15 yoshli» (15 yosh 3 oydan 16 yosh 2 oygacha bo„lgan) 
o„quvchilar ishtirok etadi; – o„quvchilarning «mustaqil hayotga tayyorlik» darajasi, 
ya‟ni ularning maktabda egallagan bilim va ko„nikmalaridan hayot faoliyatida 
uchrashi Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar mumkin bo„lgan 
muammolarni hal etishda qay darajada foydalana olishlari baholanadi; – 
o„quvchilarning funksional savodxonligi, jumladan, o„qish (matnni tushunish), 
tabiiy va matematik savodxonligi, shuningdek, ushbu yo„nalishlardagi hayotiy 
muammolarni hal etish ko„nikmalari baholanadi; – tadqiqotda ishtirokchi 
mamlakatlar ta‟lim tizimining o„ziga xosligi bo„yicha ma‟lumot olish imkonini 
beradigan axborot to„planadi. Bundan tashqari, PISA – 15 yoshdagi 
o„quvchilarning bilim va ko„nikmalarini baholash bo„yicha yagona xalqaro 
tadqiqot dasturi hisoblanadi. Tadqiqotning 15 yoshli o„quvchi-yoshlar orasida 
o„tkazilishiga asosiy sabab, OECDga a‟zo bo„lgan aksariyat davlatlarda ushbu 
yosh majburiy ta‟lim bosqichining yakuniy davri hisoblanadi. Shu o„rinda, 
«O„zbekistonning ushbu tadqiqotlarda ishtirok etishi nima beradi?», degan savol 
tug„ilishi tabiiy. PISA tadqiqotida ishtirok etish quyidagilarga imkon yaratib 
beradi: – umumta‟lim maktablari o„quvchilarining ta‟limning keyingi bosqichini 
davom ettirishga, shuningdek mustaqil hayotga qay darajada tayyor ekanligini 
aniqlash; – umumiy o„rta ta‟limni takomillashtirishning ustuvor yo„nalishlarini 


2022-2023- o`quv yili 
aniqlash; – o„quvchilarning ta‟lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli 
mamlakatlarning ta‟lim tizimlari haqidagi qiyosiy ma‟lumotlarni olish. PISA 
tadqiqotlarida o„quvchilarning matematik tayyorgarligini baholash da quyidagi 
uch jihatga alohida e‟tibor qaratiladi: – topshiriqlar o„quvchilarning kundalik 
hayotdagi qiziqishlari va ehtiyojlariga mosligi; – muammo mazmuni 
(kontekst)ning hayotiyligi; – matematikani qo„llash bosqichlarining faqat 
ayrimlarini emas, balki barchasining to„liq qamrab olinganligi, ya‟ni bu 
jarayonning bir qisminigina bajarish (masalan, tenglamani yechish, algebraik 
ifodani soddalashtirish) emas, balki masalani tushunish bosqichidan boshlab, uni 
matematik tilda ifodalash, yechish va yechimni talqin qilishgacha bo„lgan barcha 
bosqichlarning hammasini qamrab olinganligi.Bu jihatlar o„quvchilarning 
matematik tayyorgarligini baholash mazmuni ya‟ni matematik savodxonlik 
tushunchasida o„z aksini topgan. Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar 
Matematik savodxonlik tushunchasi turli yillardagi tadqiqotlarda turlicha talqin 
qilingan. Oxirgi tadqiqot natijalariga ko„ra unga quyidagicha ta‟rif berish 
mumkin: 1.Tanqidiy fikrlash; 2.Ijodkorlik, kreativlik; 3.Tadqiqot va tahlil qilish; 
4.Mustaqillik, tashabbuskorlik va qat‟iylik; 5.Ma‟lumotlardan foydalanish; 
6.Tizimli fikrlash; 7.Muloqot qilish; 8.Mulohaza yuritish. Matematik savodxonlik 
– bu shaxsning turli hayotiy vaziyatlar (kontekstlar) va masalalar ustida 
matematik mulohaza yuritish, berilgan muammoni matematika yordamida 
ifodalay olish, muammoni yechishda matematikani qo„llay olish va olingan 
natijalardan muammoning yechimini talqin qilish va baholashda foydalana olish 
qobiliyatidir. U hodisalarni tavsiflash, tushuntirish va oldindan aytib berish uchun 
tushunchalar, algoritmlar, faktlar va vositalarni o„z ichiga oladi. U insonlarga 
matematikaning olamdagi o„rnini tushunishga hamda yaratuvchan, qiziquvchan 
va o„zini o„zi tahlil qiladigan XXI asr fuqarolariga zarur bo„lgan asoslangan hukm 
va qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Matematik savodxonlik har bir kishiga 
matematika olamini tushunishga, uning inson hayotida tutgan o„rni va 
ahamiyatini anglashga, faol, mulohazali va ishning ko„zini biladigan (konstruktiv) 
XXI asr fuqarosi uchun zarur bo„lgan, asosli mulohazalar yuritish orqali maqbul 
qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini o„zida shakllantirishga yordam beradi. 
PISA (The Programme for International Student Assesment) - 
O‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur 
bo‘lib, dasturning asosiy maqsadi – 15 yoshli o‘quvchi yoshlarning o‘qish 
savodxonligi, matematik savodxonlik va tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik 
darajalarini turli xil testlar ko‘rinishida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar 
o‘quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashiga, olgan bilimlarini hayotda 
qo‘llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalarni hosil 
qilishga undashdir. Ushbu dastur 1997 yilda joriy etilgan bo‘lib, xar uch yilda bir 


2022-2023- o`quv yili 
marta o‘tkazib kelinadi, birinchi marta 2000 yilda o‘tkazilgan. Har uch yilda bitta 
fan yo‘nalishiga afzallik berilib , ja’mi testlar majmuasining deyarli 50 % shu fanga 
mansub bo‘ladi. 2000 yilda ilk bor o‘qish savodxonligiga urg‘u berilgan. Aynan 15 
yoshli o‘quvchi yoshlar o‘rtasida dasturni amalga oshirilishi sababi ushbu yoshda 
aksar iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a’zo davlatlarning o‘quvchi 
yoshlari majburiy ta’limning oxirgi bosqichiga o‘tishadi. Dasturning asosiy 
maqsadi o‘quvchilarning maktabda olgan bilimini emas, balki olgan malaka, bilim 
va ko‘nikmalarni hayotda qullashni bilish va natijani tahlil qila olish, vaziyatdan 
chiqa olish, baholashni bilishni tekshirish. PISA - dasturi o‘quvchilarning katta 
hayotga tayyorgarlik darajalarini motivatsiyalash, ishontirish va bilimlarini 
mustahkamlashga asos bo‘lib xizmat qiluvchi dastur hisoblanadi. 2000-2015 yillar 
oralig‘ida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari bo‘yicha bugungi kunda Sharqiy Osiyoda 
– Xitoy, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada - Finlyandiya, Estoniya, 
Shveytsariya, Polsha va Niderlandiya kabi mamlakatlarning o‘rta ta’lim tizimi 
yaxshi rivojlangan. 
PISA tadqiqotining tabiiy fanlar yo‘nalishi PISA tadqiqotlarining asosiy 
yo‘nalishlaridan biri tabiiy fanlar savodxonligi . Tabiiy-ilmiy savodxonlik - bu 
shaxsning tabiiy fanlarga bog‘liq masalalar bo‘yicha faol fuqorolik pozitsiyasiga 
ega bo‘lishi va tabiiy g‘oyalarga qiziqishga tayyorgarlik qobiliyatidir. Tabiiy-ilmiy 
savodli inson tabiiy fanlar va texnologiyalarga oid muammolar muhokamasida 
ishtirok etishga intiladi va buning uchun quyidagi kompetensiyalarga ega bo‘lishi 
talab etiladi, hodisalarni ilmiy tushuntiradi, baholaydi va ilmiy tadqiqotlarni 
rejalashtiradi, ma’lumot va dalillarni ilmiy jihatdan sharhlaydi. Tabiiy - ilmiy 
savodxonlikning asosiy ko‘nikmalari Real holat, muammoni – 
1. Tushuntirish
2. O‘rganish
3. Hulosa qilish
PISA topshiriqlari PISA topshiriqlari bloki muammo bo‘lgan real holatlar 
ko‘rinishida bo‘ladi. Bunda har bir savol, topshiriq quyidagi kategoriyalar bo‘yicha 
klassifikatsiyalanadi: - kompetensiya - tabiiy-ilmiy bilimlar tipi - kontekst - 
kognitiv daraja Kompetensiyalar
1. Hodisalarni ilmiy tushuntira olish;
2. Tabiiy- ilmiy tadqiqotlar metodlarini qo‘llay olish;
3. Ilmiy dalillar asosida hulosa qila olish. 
Tabiiy - ilmiy bilimlar tipi


2022-2023- o`quv yili 
1. Mazmunli bilim: a) Tabiiy sistemalar b) Tirik sistemalar c) Yer va koinot 
ilmi
2. Imperativ bilim (jarayonga oid bilimlar) – ilmiy bilim olishda turli 
metodlarni qo‘llay bilish. Mazmunli bilim bo‘limida - “Tabiiy sistemalar” – bu 
asosan fizika va kimyo, “Tirik sistemalar”- biologiya, “Er va koinot ilmi” – 
geografiya, geologiya, astronomiya fani materiallari mavjud. Lekin, PISA dasturi 
topshiriqlari fanlararo xarakterga ega. - Kontekstlar Kontekst – savol yoki 
topshiriqqa tegishli muammoli holatning tematik bo‘limi 
PISA tadqiqotida quyidagi kontekstlar mavjud. - Salomatlik - Tabiiy 
resurslar - atrof muhit - havf va xaratlar - ilm – fan va texnologiyaning uzviyligi. 
Har bir kontekst 3 ta holatda kurinishi mumkin: - shaxsiy (o‘quvchining o‘zi, 
oilasi, do‘stlari bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar) - mahalliy, ilmiy - global Masalan - 
“Ilm- fan va texnologiyaning uzviyligi” kontekstini har xil darajada ko‘rinishi - 
shaxsiy darajada – elektr priborlari bilan ishlash; mahalliy yoki milliy – energiya 
tejamkor tomlar ishlatilishi; global darajada – atom yadrosining parchalanishi 
natijasida energiya olish orqali.
Topshiriq darajasi (kognitiv daraja) Quyidagi topshiriq darajalari ajratiladi 
1. Quyi daraja – bir bosqichli protseduralarni bajarish, masalan faktlarni, 
terminlarni, printsiplarni bilish.
2. O‘rta daraja - hodisalarni tushuntirishda kontseptual bilimlarni qo‘llay 
olish.
3. Yuqori daraja – murakkab ma’lumotlarni tahlil kilish, umumlashtirish, 
dalillarni baholay olish , hulosa qila olish Asalarilar oilasining nobud bo‘lish 
sindromi Material qisqa matnni o‘z ichiga oladi. Unda ushbu hodisa hamda 
tadqiqotlar natijasi mavjud. 
Asalarilar oilasining nobud bo‘lish sindromi Savol 1/5 Matnni o‘qing. 
javobingizni yozing. Asalarichilik bilan shug‘ullanadigan insonlar «Asalarilar 
oilasining nobud bo‘lish sindromi» tug‘risida tushunchaga ega bo‘lishlari kerak. 
Ushbu sindrom faqatgina asalarilar uchun emas, balki qushlarga xam ta’siri bor. 
Kungaboqar asalarilar va qushlar uchun xam oziq manbaidir. Asalarilar 
kungaboqarning nektari bilan, qushlar esa urug‘lari bilan oziqlanadi. Ushbu 
bog‘liqlikni inobatga olib, tushuncha bering. Nega asalarilarning qirilishi, qushlar 
populyatsiyasini kamayishiga olib keladi? 
Asalarilar oilasining nobud bo‘lish sindromi Ushbu sindrom quyidagicha 
namoyon bo‘ladi. Asalarilar uyalarini tark etadilar, uyadan ajralgan asalari 


2022-2023- o`quv yili 
oqibatda nobud bo‘ladi. Hozirgi kunda bu sindrom tufayli bir qancha asalarilar 
oilasi nobud bo‘lgan. Olimlar bu hodisaning bir qancha sababi borligini e’tirof 
etishadi. 
Asalarilar oilasining nobud bo‘lish sindromi Imidaklopridning ta’siri. 
Olimlar ushbu sindromning bir qancha sabablari bor deb o‘ylashadi.Ulardan 
biriinsektitsid – imidakloprid. Bu insektitsid tufayli asalarilar uyadan tashqarida 
orientatsiya qila olish xususiyatini yo‘qotadi. Olimlar bir qancha tajribalar olib 
bordilar. Ba’zi uyalar ozig‘iga 3 hafta davomida insektitsid qo‘shib turishdi.Turli 
uyalar ozig‘iga insektitsidning xar xil miqdori ta’sir ettirildi (mkg/kg). Oilalar tez 
muddatda nobud bo‘lishmadi, lekin 14chi haftada bir qancha uyalar bo‘sh bo‘lib 
qoldi. 
Asalarilar oilasining nobud bo‘lish sindromi Savol 3/5 Matnni o‘qing, to‘g‘ri 
javobni belgilang. Quyidagi hulosalardan qaysi biri grafik-da keltirilgan natijaga 
asoslangan? o imidaklopridning ko‘p miqdori ta’sir ettirilgan oilalar odatda tez 
nobud bo‘ladi. o imidakloprid ta’sir ettirilgan oilalar 10 hafta davomida nobud 
bo‘ladi. o imidaklopridning 20 mkg/kg dan kam miqdori oilalarga zarar 
ko‘rsatmaydi. o imidakloprid ta’sir ettirilgan oilalar 14 haftadan ortiq yashay 
olmaydi. 
Asalarilar oilasining nobud bo‘lish sindromi Imidaklopridning ta’siri. 
Olimlar ushbu sindromning bir qancha sabablari bor deb o‘ylashadi.Ulardan 
biriinsektitsid – imidakloprid. Bu insektitsid tufayli asalarilar uyadan tashqarida 
orientatsiya qila olish xususiyatini yo‘qotadi. Olimlar bir qancha tajribalar olib 
bordilar. Ba’zi uyalar ozig‘iga 3 hafta davomida insektitsid qo‘shib turishdi.Turli 
uyalar ozig‘iga insektitsidning xar xil miqdori ta’sir ettirildi (mkg/kg). Oilalar tez 
muddatda nobud bo‘lishmadi, lekin 14chi haftada bir qancha uyalar bo‘sh bo‘lib 
qoldi.
Asalarilar oilasining nobud bo‘lish sindromi Imidaklopridning ta’siri. 
Olimlar ushbu sindromning bir qancha sabablari bor deb o‘ylashadi. Ulardan 
biriinsektitsid – imidakloprid. Bu insektitsid tufayli asalarilar uyadan tashqarida 
orientatsiya qila olish xususiyatini yo‘qotadi. Olimlar bir qancha tajribalar olib 
bordilar. Ba’zi uyalar ozig‘iga 3 hafta davomida insektitsid qo‘shib turishdi.Turli 
uyalar ozig‘iga insektitsidning xar xil miqdori ta’sir ettirildi (mkg/kg). Oilalar tez 
muddatda nobud bo‘lishmadi, lekin 14chi haftada bir qancha uyalar bo‘sh bo‘lib 
qoldi 
Asalarilar oilasining nobud bo‘lish sindromi Savol 5/5. To‘g‘ri javobni 
belgilang. Olimlar asalarilar oilasining nobud bo‘lishining yana ikkita qo‘shimcha 
sabablarini taklif qilishadi:


2022-2023- o`quv yili 

asalarilarni nobud qiluvchi virus.

asalarilar tanasiga tuxum qo‘yuvchi parazit pashsha.
Qo‘yida keltirilgan tadqiqot natijalarining qaysi biri asalarilar nobud 
bo‘lishiga virus sababchi ekanligini tasdiqlaydi? o uyada boshqa organizmning 
tuxumi topilgan. o asalarilar hujayrasida insektitsid topilgan. o asalarilar 
hujayrasida asalari uchun tegishli bo‘lmagan DNK topilgan. o uyada nobud bo‘lgan 
asalarilar bo‘lgan. O‘quvchilar viruslarga doir bilimlarga asoslanib javob berishlari 
kerak. To‘g‘ri javob – 3 chi variant. 
2022 yilda O‘zbekistondagi ta’lim sifati xalqaro PISA dasturi doirasida 
baholanadi. Rossiyalik mutaxassis Galina Kovaleva O‘zbekiston ta’lim sifatini 
baholashga tayyorgarlik ko‘rishda qanday yordam ko‘rsatilayotgani, postsovet 
ta’lim tizimlari tomonidan olingan «o‘rtacha ko‘rsatkichdan past» natijalar va 
qanday baholash natijalarini kutish mumkinligi haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi. 
2022 yilda O‘zbekiston Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturida (Program 
for International Student Assessment, PISA) ishtirok etadi. O‘zbekistonni ushbu 
xalqaro dasturga tayyorgarlik ko‘rishiga Rossiya ta’lim akademiyasining Ta’limni 
rivojlantirish strategiyalari instituti Ta’lim sifatini baholash markazi 
ko‘maklashmoqda. 
24−25 avgust kunlari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 
tomonidan Jahon bankining READ dasturi doirasida Xalq ta’limi vazirligi 
va Rossiya Ta’lim strategiyalarini rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda 
«Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish — inson kapitalini rivojlantirish omili» 
mavzusida Rossiya ta’lim akademiyasi Ta’limni rivojlantirish strategiyalari 
instituti Rossiya ta’lim sifatini baholash markazi rahbari Galina Kovaleva 
ishtirokida xalqaro onlayn vebinar o‘tkazilgandi. 
Ma’lumot uchun, Galina Kovaleva 1993 yildan buyon Ta’lim sohasidagi 
yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)da, 2013 yildan boshlab PISA 
xalqaro tadqiqotlari boshqaruv kengashida Rossiyaning vakili hisoblanadi. 1989 
yildan 2018 yilgacha milliy koordinator sifatida Rossiyada umumiy ta’lim sifati 
bo‘yicha — IAEP, TIMSS, CIVIC, PIRLS, PISA xalqaro qiyosiy tadqiqotlarni 
tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan. 1994 yildan hozirgi paytgacha TIMSS 
xalqaro tadqiqot dasturi doirasida tabiiy fanlar bo‘yicha ta’lim yutuqlarini 
baholash vositalarini ishlab chiqadigan xalqaro ekspertlar guruhi ishida 


2022-2023- o`quv yili 
qatnashmoqda. Amalga oshirilgan ishlar rus va xorijiy nashrlarda (200 dan ortiq 
ishlari) e’lon qilingan. 
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish 
bo‘yicha O‘zbekiston bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida 
nimalar deya olasiz? 
— Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ushbu masalada aynan 
bizning institutga hamkorlik va yordam borasida murojaat qilib, tashabbus bilan 
chiqqanligi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Rossiya xalqaro tadqiqotlarda 1988 
yildan (30 yil) buyon, PISA xalqaro tadqiqot dasturlarida esa tadqiqotning ilk 
davri — 2000 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. Men 2000−2020 yillarda 
Rossiyaning PISA xalqaro tadqiqotlari bo‘yicha milliy koordinatori bo‘lganman. 
Shuningdek, hamkorligimiz dastlabki kunlardanoq juda yaxshi va samarali 
tashkil etilganini e’tirof etmoqchiman. Biz READ (Rossiya Moliya vazirligi 
va Jahon banki o‘rtasidagi Rossiya ta’limini rivojlantirish va ko‘maklashish 
dasturi) doirasidagi ilk seminarda ishtirok etish uchun Moskvaga kelgan 
delegatsiyani yaxshi eslaymiz. (2019 yil fevral). 
Mazkur loyiha doirasida o‘zbekistonlik hamkasblarimizga birinchi 
tayyorgarlik uchun Moskvada ilk seminarlar tashkil etilgan edi. Ushbu seminar 
uchun barcha viloyatlardan mutaxassislar tanlab olingani, ular bilan tayyorgarlik 
ishlari, suhbatlar olib borilgani va juda katta qiziqishga ega bo‘lgan mutaxassislar 
tashrif buyurgani bizni qoyil qoldirgan va xursand qilgan. Oldiga aniq maqsad 
qo‘yilgan mutaxassislar bilan ishlash biz uchun ham yaxshi maktab bo‘lgan edi. 
Zero, mamlakat xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishni o‘z oldiga aniq maqsad qilib 
qo‘ygan. 
Prezident va hukumat tomonidan ta’lim tizimi oldida aniq vazifalar 
qo‘yilgani, bu shunchaki ta’lim holatini nazorat qilish emas, balki таълим 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling