O’quv yili bilish jarayonida o’Z
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
1 IIQTIDORLI O\'QUCHULAR BILAN ISHLASH 2021 2022 YIL UCHUN
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. IDROKNING KENGLIGI
- 3. LUG’AT BOYLIGI
- 5. MATEMATIK QOBILIYAT
IQTIDORLI O’QUVCHILAR BILAN ISHLASH 1-SINF MATEMATIKA ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI FANLARIDAN 2021-2022-o’quv yili BILISH JARAYONIDA O’Z TENGQURLARIDAN O’ZIB KETISHI Iqtidorli va iste’dodli bolalar bilish jarayonida o’z tengqurlaridan o’zib ketishi quyidagi belgilarda ko’rinadi: 1. IDROKNING KENGLIGI Atrof voqealarga juda sezgir va qiziquvchan, ular uchun dunyo nimadan tarkib topganligini bilish va kuzatish juda qiziqarli. 2. KUCHLI XOTIRA VA NUTQ Xotiraning kuchli bo’lishi va nutqning erta rivojlanganligi iqtidorli bolaning o’zib ketishida qo’l keladi. 3. LUG’AT BOYLIGI Iste’dodli bolalar juda kata lug’at boyligiga ega bo’ladilar va ular yangi – yangi so’zlar ixtiro qilishga qiziqadilar. 4. MURAKKABLIKKA INTILISH O’z qobiliyati bilan eng murakkab masalalarni ishlashni yoqtiradilar, tayyor javoblarni olishni yoqtirmaydilar 5. MATEMATIK QOBILIYAT Ba’zi iste’dodli bolalar matematik qobiliyatiga ega bo’lib, hisoblashni yaxshi ko’rishadi. Ular chuqur mantiqqa ham ega bo’ladilar. MUTAXASSISLAR TAVSIYA QILADI: Karne, Shvedal va Linnemay 1982 yilda iste’dodli bolalar bilan ishlash me’zonlarini ishlab chiqqan. ❖ Har bir bolaning iste’dodi av qiziqishiga qarab maxsus reja va mukammal dastur ishlab chiqish lozim. ❖ Bolaning atrofidagi yaqinlari, oila, maktabning e’tibori juda muhim. ❖ Iste’dodli bolalar oddiy bolalar bilan o’qiyotgan taqdirda ham, boshqa iste’dodli bolalar bilan muloqot qilish imkoniyatini yaratish kerak ❖ Iste’dodli bolalar bilan ishlashda talantli tarbiyachi, o’qituvchilarni jalb qilish maqsadga muvofiqdir. IQTIDORLI O’QUVCHILAR BILAN ISHLASH REJASI № Bajariladigan ishlar Izoh 1 Iqtidorli o’quvchilarni aniqlash. Ularning shaxsiy anketalarini tuzish. 2 Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash bo’yicha maxsus reja va mukammal dastur ishlab chiqish 3 Iqtidorli o’quvchilarni to’garak va klublarga jalb qilish 4 Iqtidorli o’quvchilarni fan olimpiadalariga biriktirish 5 Fan olimpiadalari, konsepsiyalar, musobaqalarga jalb qilish 6 Iqtidorli o’quvchilarning qiziqishlariga qarab, kichik ilmiy, ijodiy ishlarga yo’naltirish 7 Iqtidorli o’quvchilarni “Kamolot”, “Kamalak”, “Kelajak ovozi” jamg’armalari faoliyatiga, klublariga jalb qilish 8 Iqtidorli o’quvchilar haqidagi materiallarni, shuningdek, iste’dodli bolalarning ijod namunalarini matbuotda chiqarishga ko’maklashish 9 Iqtidorli o’quvchilar ijod namunalari ko’rgazmasini tashkil etish 10 Iqtidorli o’quvchilar faoliyatining monitoring natijalari asosida ularni rag’batlantirish. (faxriy yorliqlar berish, ota – onalariga tashakkurnomalar yuborish, jamoa oldida e’tirof etish va boshqalar) Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling