O’quv yili bilish jarayonida o’Z


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana22.06.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1650411
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1 IIQTIDORLI O\'QUCHULAR BILAN ISHLASH 2021 2022 YIL UCHUN



IQTIDORLI 
O’QUVCHILAR
BILAN ISHLASH
1-SINF
MATEMATIKA 
ONA TILI VA 
O’QISH 
SAVODXONLIGI 
FANLARIDAN 
2021-2022-o’quv yili 


BILISH JARAYONIDA O’Z 
TENGQURLARIDAN O’ZIB 
KETISHI
Iqtidorli va iste’dodli bolalar bilish jarayonida o’z tengqurlaridan o’zib ketishi 
quyidagi belgilarda ko’rinadi: 
 
1. IDROKNING KENGLIGI
Atrof voqealarga juda sezgir va qiziquvchan, ular uchun dunyo nimadan tarkib 
topganligini bilish va kuzatish juda qiziqarli.
 
2. KUCHLI XOTIRA VA NUTQ 
Xotiraning kuchli bo’lishi va nutqning erta rivojlanganligi iqtidorli bolaning o’zib 
ketishida qo’l keladi.
 
3. LUG’AT BOYLIGI 
Iste’dodli bolalar juda kata lug’at boyligiga ega bo’ladilar va ular yangi – yangi 
so’zlar ixtiro qilishga qiziqadilar.
 
4. MURAKKABLIKKA INTILISH
O’z qobiliyati bilan eng murakkab masalalarni ishlashni yoqtiradilar, tayyor 
javoblarni olishni yoqtirmaydilar
 
5. MATEMATIK QOBILIYAT
Ba’zi iste’dodli bolalar matematik qobiliyatiga ega bo’lib, hisoblashni yaxshi 
ko’rishadi. Ular chuqur mantiqqa ham ega bo’ladilar.
 
 
MUTAXASSISLAR TAVSIYA QILADI: 
 
Karne, Shvedal va Linnemay 1982 yilda iste’dodli bolalar bilan ishlash me’zonlarini ishlab 
chiqqan.
 
❖ 
Har bir bolaning iste’dodi av qiziqishiga qarab maxsus reja 
va mukammal dastur ishlab chiqish lozim.
 
❖ 
Bolaning atrofidagi yaqinlari, oila, maktabning e’tibori juda 
muhim.
 
❖ 
Iste’dodli bolalar oddiy bolalar bilan o’qiyotgan taqdirda 
ham, boshqa iste’dodli bolalar bilan muloqot qilish 
imkoniyatini yaratish kerak
 
❖ 
Iste’dodli bolalar bilan ishlashda talantli tarbiyachi
o’qituvchilarni jalb qilish maqsadga muvofiqdir.
 


 
 
 
IQTIDORLI O’QUVCHILAR BILAN ISHLASH 
REJASI 
№ 
Bajariladigan ishlar 
Izoh 

Iqtidorli o’quvchilarni aniqlash. Ularning shaxsiy 
anketalarini tuzish. 
 

Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash bo’yicha 
maxsus reja va mukammal dastur ishlab chiqish 
 

Iqtidorli o’quvchilarni to’garak va klublarga jalb 
qilish 
 

Iqtidorli o’quvchilarni fan olimpiadalariga 
biriktirish 
 

Fan olimpiadalari, konsepsiyalar, 
musobaqalarga jalb qilish 
 

Iqtidorli o’quvchilarning qiziqishlariga qarab, 
kichik ilmiy, ijodiy ishlarga yo’naltirish 
 

Iqtidorli o’quvchilarni “Kamolot”, “Kamalak”, 
“Kelajak ovozi” jamg’armalari faoliyatiga, 
klublariga jalb qilish 
 

Iqtidorli o’quvchilar haqidagi materiallarni, 
shuningdek, iste’dodli bolalarning ijod 
namunalarini matbuotda chiqarishga 
ko’maklashish 
 

Iqtidorli o’quvchilar ijod namunalari 
ko’rgazmasini tashkil etish 
 
10 
Iqtidorli o’quvchilar faoliyatining monitoring 
natijalari asosida ularni rag’batlantirish. (faxriy 
yorliqlar berish, ota – onalariga 
tashakkurnomalar yuborish, jamoa oldida e’tirof 
etish va boshqalar) 
 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling