O‘quv yili davomida bo‘lib o‘tadigan 4+2 amaliyot rejasi Maktabgacha ta’lim kafedrasi 1‒ sonli yig‘ilishida tasdiqlangan
Download 19.64 Kb.
|
Amaliyot 4 2 rejasi Asror
4+2 amaliyoti davrida:
a) talabalarning huquqlari: Taklif va fikr mulohazalar bilan universitetning o‘quv bo‘limiga, fakultet, kafedralar va maktab rahbarlari, tarbiyachilariga murojaat qilish. Talabalar metodist-rahbarlardan uslubiy maslahatlar, yo‘l yo‘riqlar olishi. Kafedralar va o‘quv muassasalarining o‘quv moddiy-texnikaviy bazasidan foydalanish. Ijodiy faoliyatlari doirasida 4+2 amaliyotidagi faoliyatlarini kengaytirish. b) talabaning burchlari: 1. 4+2 amaliyotida 6 soat ish kuni davomiyligida amaliyotni o‘tayotgan xizmat manzilida bo‘lishi. 2. Amaliyotchi talaba “4+2 amaliyot dasturi”da ko‘rsatilgan ishlarni o‘z vaqtida bajarishi. 3. Muassasalarning ichki tartib-qoidalariga va amaliyot rahbarlari topshiriqlariga to‘la rioya qilishlari ularni bajarishlari kerak. 4. Amaliyot davrida talabalardan biri shu guruh sardori qilib tayinlanadi. U 4+2 amaliyoti ishlarini tashkillash, uslubiy rahbarlar tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bajarishda tashkilotchilik qiladi. d) talabalarning vazifalari: 1. Talaba amaliyot davrida ichki mehnat intizomini buzsa, mazkur muassasa rahbariyati unga ma’muriy chora ko‘radi va bu haqida universitet rahbariyatiga ma’lumot beradi. 2. Amaliyot rahbarlari tomonidan o‘quv, tarbiyaviy, jamoatchilik topshiriqlarini bajarmagan, tartib-qoidalarni buzgan talabani amaliyotdan chetlashtirishga tavsiya berishi mumkin. 3. Talaba amaliyot davridagi malakaviy faoliyatini va kuzatishlarni qayd etish uchun kundalik yuritadi. 4. Amaliyot davrida talaba rasmiylashtirish uchun beriladigan barcha hujjat, ma’lumot daftarlari talabada bo‘lishi zarur. Institut ma’muriyati va nazorat organlari tomonidan so‘ralganda ko‘rsatilishi shart. Agar tekshirish uchun talab qilingan vaqtda ish daftari yo‘q bo‘lsa, o‘sha daftar yoki hujjat yuritilmagan, deb hisoblanadi. 5. 4+2 amaliyotga borib-kelish, xavfsizlik texnikasi qoidasiga rioya qilish, har bir talabaning o‘z zimmasida bo‘ladi. II. Talaba agar 4+2 amaliyotini o‘tasa; U mashg`ulotga kirishdan avval mashg`ulotning reja konspektini tuzadi, uni metodist va fan tarbiyachisiga tasdiqlatib oladi. Shuningdek, tarbiyaviy ishlar dasturi, tarbiyaviy soat konspektini tayyorlab, pedagogik rahbar, sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor muoviniga tasdiqlatib oladi. Har bir talaba kamida 3 ta ochiq mashg`ulot o‘tishi shart va sheriklari olib borgan 3 ta mashg`ulotni tahlil etib, bayonnoma yozishi kerak; Amaliyotchi talaba ixtisosligi bo‘yicha va boshqa fan tarbiyachilari, guruhdoshlarining mashg`ulotlarini uslubiyot rahbari tomonidan berilgan sxema bo‘yicha tahlil qiladi. Mashg`ulot va tarbiyaviy soatlarning tahlili maxsus daftarlarida aks ettirib boriladi. Talaba amaliyot davrida tarbiyachilarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarini kuzatadi. Tarbiyachilarning yosh va individual xususiyatlarini o‘rganadi. Sinf tarbiyaviy soatlarini, mashg`ulotlarning ayrim qismlarini mustaqil o‘taydi, ko‘rgazmali qurollar tayyorlaydi, fotomontajlar chiqaradi. To‘garak, fakultativ mashg‘ulotlar, tematik kechalar o‘tkazishda qatnashadi yoki uyushtiradi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, targ‘ib etishda faol ishtirok etadi. Amaliyot tugagach, bir hafta davomida amaliyotchi talaba yozma hisobotga quyidagi hujjatlarni qo‘shib topshiradi. Kundalik daftar; Amaliyot davomida tayyorlagan ko‘rgazmali qurollar yoki yo‘nalishning xususiyatidan kelib chiqib tayyorlagan ma HYPERLINK "https://fayllar.org/nuqtadan-olingan-namunalar-yigindisi.html"h HYPERLINK "https://fayllar.org/nuqtadan-olingan-namunalar-yigindisi.html"sulotlaridan namunalar; Amaliyot o‘tagan muassasadan berilgan tavsifnoma; Taqvimiy reja; Har bir o‘tgan mashg`uloti uchun konspekt; Ochiq mashg`ulot konspekti; O‘zaro tahlil qilish daftari; Ota-onalar yoki bolalar bilan o‘tkazgan ma’ruzalarning yozma bayoni; Amaliyotchi talabaga biriktirilgan guruh uchun tuzilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi; Guruhdagi 2 ta bolaga psixologik tavsifnoma. Talaba amaliyot davridagi faoliyatini institut direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlangan komissiya oldida himoya qiladi va reyting tizimi bo‘yicha baholanadi. Download 19.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling