O‘quv yili davomida bo‘lib o‘tadigan 4+2 amaliyot rejasi Maktabgacha ta’lim kafedrasi 1‒ sonli yig‘ilishida tasdiqlangan
MALAKAVIY AMALIYOTNI O‘TKAZISH BO‘YICHA
Download 19.64 Kb.
|
Amaliyot 4 2 rejasi Asror
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4+2 amaliyoti davomidagi maqsad va vazifalar
MALAKAVIY AMALIYOTNI O‘TKAZISH BO‘YICHA
TAVSIYALAR O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi va mazmunini qayta tashkil etishini zarur qilib qo‘ydi va qator chora-tadbirlar qurishni: “Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’minotini ishlab chiqishni taqazo etadi. Bilimlarning yangi tarmoqlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy maktabni ko‘p bosqichli tizimga o‘tkazish amalga oshirilmoqda. Abiturientlar va talabalarning bilim darajasi test va reyting asosida baholashning ilg‘or usllari joriy etilmoqda. Oliy malakali ilmiy pedogogik kadrlar sifatiga talablar oshirilmoqda. Umuman olganda “Yuqori malakali kadrlar tayyorlash” ta’limning yangicha tizimi va mazmunini shakllantirishda zaruriy shart – sharoit qilib qo‘yilgan. 4+2 amaliyoti davomidagi maqsad va vazifalar 4+2 amaliyotida bo‘lajak tarbiyachi mutaxassislik fanlaridan olgan ilmiy- nazariy bilimlarini qanchalik o‘zlashtirganlik darajasi, kasbiy mahorati, tarbiyachilik san’ati, tarbiyachilik salohiyati odobini aniqlash maqsadida ko‘zda tutiladi. Maktabgacha ta’limda o‘qitiladigan fanlarga doir va uni o‘qitish metodikasi yo‘nalishi bo‘yicha 4+2 amaliyotning vazifalariga quyidagilar kiradi; 1. Maktabgacha ta`lim tashkiloti dasturini o‘rganish; 2. Fanlardan ishchi dasturlarni tuzishni o‘rganish; 3. Mashg`ulot ishlanmalarini tuzishni o‘rganish; 4. Mashg`ulotning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiuvchi maqsadlarini to‘g‘ri qo‘yish; 5. Mashg`ulot maqsadlariga rioya qilgan holda mashg`ulotni tashkil etishni o‘rganishni yo‘lga qo‘yish; 6. Mashg`ulot etaplariga rioya qilgan holda tashkil etishni tahlil qila olish 7. Tarbiyachi nutq madaniyatiga e’tibor berish; 8. Amaliyotchi talabaninig bolalar bilan muomala madaniyatini shakllantirish; 9. Bolalar bilan mashg`ulotdan tashqari ishlarni tashkil etishni o‘rganish; 10. Fanga qiziqtirish maqsadida turl xildagi kechalarni tashkil etish va uni uyushtirish (“zakovat”, “kim, nima, qayerda?”, “Komandalar bahsi” kabi kechalar) va ssenariylar tuzish. Bunda mashg`ulot uchun mashg`ulot ishlanmalarini yaratishning dastlabki bosqichlarini o‘rganish, unda mashg`ulot ishlanmalarini aniq belgilay olishga e’tibor beriladi. Download 19.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling