O‘zbek tili –Davlat tili
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramzigaaylandi. Ona tilimiz — o‘zbek tiliga 1989 yil 21 oktyabrda davlat tili maqomi berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Har yili 21 oktyabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sanaga bag’ishlangan tadbirlarda “Davlat tili haqida”gi Qonunning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil etilib, galdagi vazifalar belgilab olinishi yaxshi an’anaga aylangan.
O‘zbek adabiy tili turkiy tillar guruhiga mansub bo‘lib, u mustaqil til sifatida XI asrdan boshlab shakllana boshladi va to hozirgi kunimizgacha bu tilda ko‘plab ilmiy va badiiy asarlar yaratildi. Xususan, Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, shuningdek, Atoiy, Sakkokiy, Sayfi Saroiy, Mavlono, Lutfiy, Alisher Navoiylarning yaratgan boy ilmiy-adabiy meroslarini tilga olish mumkin.
Til — millatimiz faxri, g’ururidir. Shunday ekan, ona tilimizga doimo hurmat va e’tiborda bo‘lib, uning jamiyatimizdagi mavqeini yuksaltirishga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shaylik. Zero, til bor ekan millat barhayot, uning istiqboli nurli va charog‘ondir.
2022-2023 o‘quv yili
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI RАQАMLI TEXNOLOGIYALАR VАZIRLIGI
MUHАMMАD АL-XORАZMIY NOMIDАGI TOSHKENT АXBOROT TEXNOLOGIYALАRI UNIVERSITETI
“AKADEMIK YOZUV1” fanidan masofaviy ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun
yakuniy nazorat savollari
|
“O‘zbek va rus tillari” kafedrasi mudiri
_________________Abdullayeva S.X.
|
VARIANT-21
|
1. Akademik yozuv fanining maqsad va vazifalari.
2. Esse. Esse turlari.
3. Quyidagi matn asosida annotatsiya yozing.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |