O’quv yili uchun ~ 1 ~


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/48
Sana21.11.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1791702
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48
Bog'liq
1675167563 BIOLOGIYADAN MURAKKAB MASALALAR JUMAYEV

2022-2023-O’QUV YILI UCHUN 
~ 44 ~ 
 
360 ------ 100 % 
180 ------ x = 50 % 
360 + 180 = 540 ATF 
Javob: A) 50% 
15-masala. 
Agar maxsar organizmida glukoza kunduz kuni 2 soat davomida faqat tòliq usulda 
parchalansa, shu vaqt ichida sitoplazmada hosil bòlgan ATF 18 molni tashkil qilsa, u holda 
shu vaqt davomida xloroplastlarda hosil boʻlgan ATF ni molini aniqlang? 
A) 540 
B) 9720 
C) 324 
D) 30 
#YECHIMI
1) Glukoza sitoplazmada tòliqsiz usulda parchalanadi. 
1 ------- 2 ATF 
x ------- 18
x=9 
2) Tôliq parchalanish mitoxondriyada ketadi. 
1 -------- 36 
9 -------- x= 324 ATF 
3) Xloroplastlarda mitoxondriyaga nisbatan 30 marta kòp ATF sintezlanadi. 
324·30=9720 
Javob: B) 9720
 
 
 
 
 
 
 


2022-2023-O’QUV YILI UCHUN 
~ 45 ~ 
 
ENERGIYA ALMASHINUVI, ATF, FOTOSINTEZ ga 
oid mustaqil bajarish uchun masala va mashqlar. 
1. 
Anaerob parchalanish reaksiyasida glukozaning sut kislotasigacha parchalanishi 
natijasida ajralib chiqayotgan energiyaning necha foizi issiqlik energiyasi sifatida tarqalib 
ketadi? 
2. 
Energetik almashinuvning aerob (a) va anaerob (b) bosqichlarida hosil bo‘lgan 
energiyaning necha foizi ATF molekulalariga bog‘lanadi? 
3. 
Energetik almashinuvning aerob bosqichida issiqlik tarzida tarqalgan energiya (a) 
miqdori va ATF molekulasiga bog‘lanadigan energiya (b) miqdorini aniqlang. 
4. 
660 gr glukoza sintezlanishi uchun sarflanadigan ATF energiyasi miqdorini 
aniqlang? 
5. 
Dissimilatsiya jarayonida 4 molekula glukoza ishtirok etgan bo‘lib, ularning 1 
molekulasi to‘liq parchalangan. Natijada necha molekula CO2 (a) va necha molekula ATF 
(b) hosil bo‘lganligini aniqlang. 
6. 
Dissimlatsiya jarayonida 7 mol glukoza parchalanganda. Agar 2 mol glukoza to‘liq 
parchalangan bo‘lsa,qancha (mol) ATF sintezlangan? 
7. 
756 g glukoza fermentlar ishtirokida aerob sharoitda bosqichma-bosqich parchalansa 
qancha energiya (kJ) hosil bo‘ladi? 
8. 
450 g glukoza dissimilatsiya jarayonida to‗liq parchalandi. Sintezlangan ATF (a) va 
hosil bo‗lgan CO2 (b) miqdorini aniqlang. 
9. 
1800 g glyukoza hosil bo‗lishi uchun qancha molekula H2, CO2 va ATF kerak 
bo‗ladi? 
10. 
Necha gramm glukoza parchalanganda 8 mol sut kislota hosil bo‘ladi? 
11. 
380 g glukozaning aerob sharoitda parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan 
energiyaning qancha miqdori (kJ) issiqlik energiyasi tarzida tarqalib ketadi? 
12. 
Besh molekula sut kislotasining aerob parchalanishi tufayli ATF molekulalariga 
bog‘lanadigan energiyaning miqdorini aniqlang. 
13. 
To‘rt molekula sut kislotasining aerob parchalanishidan hosil bo‘lgan energiyaning 
necha foizi issiqlik tarzida tarqalib ketadi? 
14. 
Dissimlatsiya jarayonida bir necha molekula glukoza anaerob parchalanishi 
natijasida 38 molekula ATF sintezlandi. Parchalangan glukoza miqdorini aniqlang. 
15. 
Dissimlatsiya jarayonida 9 mol glukoza parchalangan. Agar 5 mol glukoza to‘liq 
parchalangan bo‘lsa, qancha (kj) ATF sintezlangan? 
16. 
Uch molekula sut kislotaning aerob sharoitda parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan 
energiyaning qanchasi (kj) ATF molekulalarida to‘planadi(a), qanchasi (kj) issiqlik 
energiyasi (b) tarzida tarqalib ketadi? 
17. 
Dissimlatsiya jarayonida 7mol glukoza parchalangan. Agar shundan 2 mol glukoza 
to‘liq parchalangan bo‘lsa, qancha (mol) sut kislota hosil bo‘ladi? 



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling