O’quv yili uchun ~ 1 ~
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
1675167563 BIOLOGIYADAN MURAKKAB MASALALAR JUMAYEV
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2022-2023-O’QUV YILI UCHUN 62
2022-2023-O’QUV YILI UCHUN
~ 61 ~ Bu jarayonni quyidagi rasm orqali yanada osonroq tushunish mumkin. Mavzuga doir masalalar yechish. 1-masala. Agar aa gomozigotali individlar populyasiyaning 1 foizini tashkil qilsa, u holda AA va Aa genotiplarga ega bo‗lgan individlarning uchrash chastotalarini aniqlang. Yechilishi: Agar aa gomozigotali individlar populyasiyaning 1 foizini tashkil qilsa, u holda AA va Aa genotiplarga ega bo‗lgan individlarning uchrash chastotalarini aniqlang. Masalaning echilishi: masala shartiga ko‗ra, retsessiv gomozigotali aa genotipli individlar populyasiyada 1 % yoki 0,01 holida uchraydi. SHunga ko‗ra, a allelning chastotasi (q) topiladi: a = q = √q 2 = √0,01 = 0,1 yoki q = 0,1. Bunday holda dominant A allelining uchrash chastotasi p = 1 – 2022-2023-O’QUV YILI UCHUN ~ 62 ~ q = 1 – 0,1 = 0,9 yoki p = 0,9 bo‗ladi. AA genotipli individlarning uchrash chastotasi esa 0,81 ga teng bo‗ladi, ya‘ni AA = p 2 = 0,9 2 = 0,81. Aa genotipli individlarning chastotasini quyidagicha topamiz: Aa = 2 pq = 2 (0,9 x 0,1) = 0,18 Shunday qilib, o‗rganilayotgan populyasiya 81% AA genotipli, 18% Aa genotipli va 1% aa genotipli individlardan tashkil topgan. 2-masala. Populyatsiyada A va a genlarining nisbati mos ravishda 0,8 va 0,2 ga teng. Shu populyatsiyada ikki geterozigotali organizm chatishtirildi va 1800 ta organizm olindi. Gomozigota va geterozigota organizmlarning o‘zaro nisbatini toping. A) AA-1200; Aa=400; aa-200 B) AA-450; Aa-900; aa-450 C) AA-1100; Aa-500; aa-200 D) AA-1152; Aa-576; aa-72 Yechilishi: Genlarning uchrash chastotasi Xardi-Vaynberg qonuni tenglamasi bo‘yicha topiladi:p2+2pq+q2=1. Bu yerda p – dominant gen chastotasi; q – resessiv gen chastotasi. Berilgan masalada A=0,8; a=0,2 ga. Yuqoridagi tenglama bo‘yicha: 0,82+2*0,8*0,2+0,22 yoki 0,64+0,32+0,04=1 Demak, AA=0,64 (64 %); Aa=0,32 (32 %); aa=0,04 (4 %). 1800 ta avlodni 100 % deb oladigan bo‘lsak, quyidagi nisbat chiqadi: 100 % -------------1800 64 % -------------x=1152 (AA) 100 % -------------1800 32 % -------------x=576 (Aa) 100 % -------------1800 4 % -------------x=72 (aa) 3-masala. Dengiz cho‘chqalarida junining kaltaligi (A) uzunligi (a) ustidan dominantlik qiladi. Dengiz cho‘chqalarining populyatsiyasida A gen uchrash chastotasi 60 %, a genniki esa 40 %. Populyatsiyada 3600 ta individ bo‘lsa, nechtasining juni kalta gomozigota(l), nechtasining juni uzun (2), nechtasining juni kalta geterozigota (3) ? A) 1-1296; 2-576; 3-1728 B) 1-800; 2-1200; 3-1600 C) 1-1728; 2-1296; 3-576 D) 1-2304; 2-648; 3-648 Yechilishi: Bu masalada ham Xardi-Vaynber qonuni formulasidan foydalanib, quyidagi tenglikni chiqaramiz: 0,62+ 2*0,6*0,4+0,42= 1 Bundan 0,36+0,48+0,16=1 chiqadi. Demak, AA=36 %; Aa=48 %; aa=16 %. 3600 ta individni 100 % deb olsak, masalani sharti bo‘yicha quyidagi natija chiqadi : 1. juni kalta gomozigotali individlar(AA)-1296 ta ; 2. juni uzun individlar(aa) – 576 ta ; 3. juni kalta geterozigota individlar(Aa) – 1728 ta. To‘g‘ri javob – A. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling