O’quv yili uchun ~ 1 ~


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/48
Sana21.11.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1791702
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
1675167563 BIOLOGIYADAN MURAKKAB MASALALAR JUMAYEV

2022-2023-O’QUV YILI UCHUN 
~ 61 ~ 
 
Bu jarayonni quyidagi rasm orqali yanada osonroq tushunish mumkin. 
 
Mavzuga doir masalalar yechish. 
 
1-masala.
Agar aa gomozigotali individlar populyasiyaning 1 foizini tashkil qilsa, u holda AA va 
Aa genotiplarga ega bo‗lgan individlarning uchrash chastotalarini aniqlang.
Yechilishi: Agar aa gomozigotali individlar populyasiyaning 1 foizini tashkil qilsa, u 
holda AA va Aa genotiplarga ega bo‗lgan individlarning uchrash chastotalarini aniqlang.
Masalaning echilishi: 
masala shartiga ko‗ra, retsessiv gomozigotali aa genotipli individlar populyasiyada 1 %
yoki 0,01 holida uchraydi. SHunga ko‗ra, a allelning chastotasi (q) topiladi: a = q = √q
2

√0,01 = 0,1 yoki q = 0,1. Bunday holda dominant A allelining uchrash chastotasi p = 1 – 


2022-2023-O’QUV YILI UCHUN 
~ 62 ~ 
 
q = 1 – 0,1 = 0,9 yoki p = 0,9 bo‗ladi. AA genotipli individlarning uchrash chastotasi esa 
0,81 ga teng bo‗ladi, ya‘ni AA = p
2
= 0,9
2
= 0,81. Aa genotipli individlarning chastotasini 
quyidagicha topamiz: Aa = 2 pq = 2 (0,9 x 0,1) = 0,18 
Shunday qilib, o‗rganilayotgan populyasiya 81% AA genotipli, 18% Aa genotipli va 1%
aa genotipli individlardan tashkil topgan.
2-masala.
Populyatsiyada A va a genlarining nisbati mos ravishda 0,8 va 0,2 ga teng. Shu 
populyatsiyada ikki geterozigotali organizm chatishtirildi va 1800 ta organizm olindi. 
Gomozigota va geterozigota organizmlarning o‘zaro nisbatini toping. 
A) AA-1200; Aa=400; aa-200 B) AA-450; Aa-900; aa-450
C) AA-1100; Aa-500; aa-200 D) AA-1152; Aa-576; aa-72 
Yechilishi: Genlarning uchrash chastotasi Xardi-Vaynberg qonuni tenglamasi bo‘yicha
topiladi:p2+2pq+q2=1. Bu yerda p – dominant gen chastotasi; q – resessiv gen chastotasi. 
Berilgan masalada A=0,8; a=0,2 ga. Yuqoridagi tenglama bo‘yicha: 0,82+2*0,8*0,2+0,22 
yoki 0,64+0,32+0,04=1 
Demak, AA=0,64 (64 %); Aa=0,32 (32 %); aa=0,04 (4 %). 
1800 ta avlodni 100 % deb oladigan bo‘lsak, quyidagi nisbat chiqadi: 
100 % -------------1800 
64 % -------------x=1152 (AA)
100 % -------------1800 
32 % -------------x=576 (Aa) 
100 % -------------1800 
4 % -------------x=72 (aa) 
3-masala.
Dengiz cho‘chqalarida junining kaltaligi (A) uzunligi (a) ustidan dominantlik qiladi. 
Dengiz cho‘chqalarining populyatsiyasida A gen uchrash chastotasi 60 %, a genniki esa 40
%. Populyatsiyada 3600 ta individ bo‘lsa, nechtasining juni kalta gomozigota(l), 
nechtasining juni uzun (2), nechtasining juni kalta geterozigota (3) ? 
A) 1-1296; 2-576; 3-1728 B) 1-800; 2-1200; 3-1600 
C) 1-1728; 2-1296; 3-576 D) 1-2304; 2-648; 3-648 
Yechilishi: Bu masalada ham Xardi-Vaynber qonuni formulasidan foydalanib,
quyidagi tenglikni chiqaramiz: 0,62+ 2*0,6*0,4+0,42= 1 
Bundan 0,36+0,48+0,16=1 chiqadi. Demak, AA=36 %; Aa=48 %; aa=16 %. 3600
ta individni 100 % deb olsak, masalani sharti bo‘yicha quyidagi natija chiqadi : 
1. juni kalta gomozigotali individlar(AA)-1296 ta ; 
2. juni uzun individlar(aa) – 576 ta ; 
3. juni kalta geterozigota individlar(Aa) – 1728 ta. 
To‘g‘ri javob – A. 



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling