O’quv yili uchun ~ 1 ~
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
1675167563 BIOLOGIYADAN MURAKKAB MASALALAR JUMAYEV
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yechimi: Bu yerda p2 + 2pq + q2 = 1
- Javob: a - 81; b - 18; c -1. 2022-2023-O’QUV YILI UCHUN 65
2022-2023-O’QUV YILI UCHUN
~ 64 ~ Yechimi : Bu masalada Xardi-Vaynberg formulasidan (p²+2pq+q²) foydalanamiz: 0,6² + 2 • 0,6•0,4 + 0,4² = 1 Bundan: 0,36 + 0,48 + 0,16=1 Aa x Aa | A 0,6 | a 0,4 ------------------------------------- A 0,6 | AA 0,36 | Aa 0,24 ------------------------------------- a 0,4 | Aa 0,24 | aa 0,16 ------------------------------------- Foizda olsa 100% ichidan 36; 48; 16% qilinadi. Ulushda esa 0,36; 0,48; 016 qilib olamiz. Geterozigotalar (Aa) 48% yoki 0,48. 100% ------------ 8000 48% ---------- x = 3840 Javob: A 6-masala. Tulkilar populatsiyasida 1000 ta sariq tulkiga 10 ta oq tulki to‗g‗ri keladi. Yuqoridagi ma‘lumotdan foydalanib ushbu populatsiyadagi sariq gomozigotali(a), sariq geterozigotali(b) va oq(c) tulkilar necha foizdan uchrashini aniqlang ? Yechimi: Bu yerda p2 + 2pq + q2 = 1 tenglama bo‗yicha ishlash uchun dastlab q2 ni topib olamiz: q2 = 10/1000 = 0,01; Bundan q = 0,1. Keyin p ni topamiz, p + q = 1 bo‗lganligi uchun p = 1 - 0,1 = 0,9. Demak 0,92 + 2 × 0,9 × 0,1 + 0,12 = 1. Bundan 0,81 + 0,18 + 0,01 = 1. Foiz nisbatda esa a = 81 %; b = 18 %; c = 1 %. Javob: a - 81; b - 18; c -1. 2022-2023-O’QUV YILI UCHUN ~ 65 ~ XARDI-VAYBERG QONUNI ga oid masala va mashqlar. 1. Makkajo‘xorida kraxmalli endosperm dominant, mumsimon endosperm retsessiv bo‘lib, ular A va a genlar ta‘sirida rivojlanadi. Endospermda kraxmal bor navning doni tekshirilganda, ularning 16 % mumsimon endospermga ega ekanligi ma‘lum bo‘lgan. Mazkur makkajo‘xori populyatsiyasining urug‘i ekilsa kelgusi bo‘g‘inda: a) retsessiv allel genning takrorlanish darajasi; b) dominant genning takrorlanish darajasi qanday bo‘ladi? d) necha foiz o‘simliklar dominant gomozigota? e) necha foiz o‘simliklar dominant geterozigota bo‘ladi? 2. Odamda kar va soqovlik belgisi autosomada joylashgan bo‘lib, retsessiv holda nasldannaslga o‘tadi. Mazkur kasallikning uchrash darajasi 2:10000. 8000000 aholisi bo‘lgan shaharda mazkur belgi bo‘yicha geterozigota va kar-soqov odamlarning soni qancha? 3. Makkajo‘xori kraxmalli endosperm dominant A mutatsion , endosperm aa genotiplari orqali irsiylanadi. Makkajo‘xorining bir populatsdiyasida ushbu genlar mos ravishda 80% , 20% ni tashkil qiladi. Agar degetrazigotali organizmlar o‘zaro chatishtirilganda 4800 ta o‘simlik olingan bo‘lsa ulardan nechtasi gomozigota formadagi kraxmalli endosperimga ega ekanligini aniqlang? 4. Makkajo‘xori kraxmalli endosperim dominant A mutatsion , endosperm aa genotiplari orqali irsiylanadi. Makkajo‘xorining bir populatsdiyasida ushbu genlar mos ravishda 70% , 30% ni tashkil qiladi. Agar degetrazigotali organizmlar o‘zaro chatishtirilganda 4800 ta o‘simlik olingan bo‘lsa ulardan nechtasi don mumsimon endosperimga ega ekanligini aniqlang? 5.. Dengiz cho‘chqalarida yungning kaltaligi A, uzun aa ustidan dominantlik qiladi. Dengiz cho‘chqalarining 1 populatsiyasida ushbu genlar mos ravishda 60%, 40% ni tashkil etadi. Agar degetrazegotali organizmlar o‘zaro chatishtirilganda 1800 ta individ olinganbo‘lsa shulardan nechtasini yungi uzun ekanligini aniqlang? 6. Dengiz cho‘chqalarida yungning kaltaligi A, uzun aa ustidan dominantlik qiladi. Dengiz cho‘chqalarining 1 populatsiyasida ushbu genlar mos ravishda 90%, 10% ni tashkil etadi. Agar degetrazegotali organizmlar o‘zaro chatishtirilganda 1800 ta individ olinganbo‘lsa shulardan nechtasini yungi getrazigotali kalta ekanligini aniqlang? 7. Dengiz cho‘chqalarida yungning kaltaligi A, uzun aa ustidan dominantlik qiladi. Dengiz cho‘chqalarining 1 populatsiyasida ushbu genlar mos ravishda 85%, 15% ni tashkil etadi. Agar degetrazegotali organizmlar o‘zaro chatishtirilganda 1800 ta individ olinganbo‘lsa shulardan nechtasini yungi gomozigotali ekanligini aniqlang? 8. Dengiz cho‘chqalarida yungning kaltaligi A, uzun aa ustidan dominantlik qiladi. Dengiz cho‘chqalarining 1 populatsiyasida ushbu genlar mos ravishda 70%, 30% ni tashkil etadi. Agar degetrazegotali organizmlar o‘zaro chatishtirilganda 1800 ta individ olinganbo‘lsa shulardan nechtasini yungi kalta ekanligini aniqlang? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling