O’quv yili uchun ~ 1 ~


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/48
Sana21.11.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1791702
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48
Bog'liq
1675167563 BIOLOGIYADAN MURAKKAB MASALALAR JUMAYEV

2022-2023-O’QUV YILI UCHUN 
~ 56 ~ 
 
suvo‘tlarida hujayra markazi yo‘q, shuning uchun ularda interfazaning uchta davrida
ham 0 ga teng deb olinadi. Kaputsin hayvon bo‘lgani uchun uning hujayrasida bitta 
hujayra markazi mavjud. Interfazaning G1 davrida 18 ta triplet bog‘lam, S davrida 36
ta, G2 davrida ham 36 ta bo‘ladi. Qalampir o‘simlik bo‘lgani uchun unda yo‘q, ya‘ni 0 ga 
teng deb olamiz. To‘g‘ri javob -B. 
4-masala.
Shimpanzening somatik hujayrasida interfazaning sintez davridagi sentriola
mikronaychalari (a) va autosoma xromosomalari tarkibidagi DNK (b) sonini ko‘rsating.
A) a-54; b-96 B) a-108; b-48 C) a-54; b-46 D) a-108; b-92 
Yechilishi:
Interfazaning sintez davrida sentriolalar soni ikki hissa ortadi, shuning uchun sentriola 
mikronaychalari soni 108 ta bo‘ladi. Shimpanzening somatik hujayrasida
xromosomalar soni 48 ta bo‘lib, sintez davrida DNK reduplikatsiyasi natijasida DNK 
soni ikki hissaga ortadi, bunda 96 taga yetadi. Ammo autosoma xromosomalari 
tarkibidagi DNK sonini topish uchun 48 ta xromosomadan 46 tasi autosoma ekanligini 
aniqlab, undagi DNK soni ikki hissa ko‘p deb olamiz, shunda 92 ta DNK borligi ma‘lum 
bo‘ladi.
To‘g‘ri javob-D. 
5-masala.
Qalampirning somatik hujayrasida interfazaning G2 davrida xromosomalar (a),
DNK (b) va triplet bog‘lamlar (c) sonini ko‘rsating. 
1) 24; 2) 48; 3) 96; 4) 18; 5) 36; 6) 0.
A) a-2; b-3; c-5 B) a-1; b-2; c-4 C) a-2; b-3; c-6 D) a-2; b-2; c-6 
Yechilishi:
Qalampirning somatik hujayrasida 48 ta xromosoma mavjud bo‘lib, interfazaning G2 
davrida xromosomalar soni 48 ta, DNK ikki hissa ortishi hisobiga 96 ta, triplet 
bog‘lamlar soni 0 ta bo‘ladi, chunki o‘simliklarda hujayra markazi bo‘lmaydi. 
 
 
HUJAYRA SIKLI, MITOZ VA MEYOZ SIKLI, GAMETOGENEZ ga oid 
mustaqil bajarish uchun masala va mashqlar. 
 
1. 
Agar meyoz natijasida hosil bo‗lgan hujayrada 12 ta xromosoma bo‗lsa, shu jarayon 
interfaza bosqichining G2 davrida hujayrada nechta xromatidalar bo‗lgan? 
2. 
Uy tovug‗ining somatik hujayrasida 78 tadan xromosoma bo‗lsa, uning tuxum 
hujayralarda xromosoma holati qanday bo‗ladi? 
3. 
Tez kaltakesak tuxum hujayrasida 19 ta xromosoma uchraydi. Erkak kaltakesakning 
spermatozoidida va teri hujayrasida xromosomalar holati qanday bo‗ladi? 



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling