O`quv yili uchun 2- sinf ona tili fanidan dars ishlanmani asl holida
Download 462.72 Kb.
|
ona tili 4 sinf III ch namunali dars ishlanma boshlang'ich
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.Uy vazifasini so`rash va baholash.
- Quchog‘ida
- V.Baholash
- Rivojlantiruvchi
I.Tashkiliy qism. Davomatni aniqlash. Navbatchi axboroti. Darsga hozirlikni tekshirish. II.Uy vazifasini so`rash va baholash. -Otlar gapda boshqa so‘zlar bilan nimalar yordamida bog‘lanadi? - Kelishiklarning nomi, so‘rog‘i va qo‘shimchasini tartib bilan ayta olasizmi? -Qaysi kelishik qo‘shimchasi otni otga, qaysilari otni fe’lga bog‘laydi? -Otlar gapda qaysi bo‘lak vazifasida keladi? -Qaysi qo‘shimchalar yordamida yangi otlar hosil qilinadi? III.Yangi mavzu bayoni.172- mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan otlarni ko‘chirib, asos va qo‘shimchalarga ajrating. ... Baxtli kunlar, rangin gullar Quchog‘ida tug‘ilding sen. Seni o‘ylab uzoq tunlar, Mijja qoqmas chegarachi. Senga ravon asfalt yo‘llar Qurayotir minglab ishchi. Senga atab maktab solar, Binokorlar marmarlardan... (Quddus Muhammadiy) Topshiriq: So‘zlar tarkibidagi qaysi qo‘shimchalar so‘z ma’nosini o‘zgartiryapti? Bu qo‘shimchalar qanday nomlanadi? IV Mustahkamlash. 173- mashq.Rasmda nimalar tasvirlangan? Bu sport turlari bilan shug‘ullanuvchilarni yozing. Futbolchi, bokschi, shaxmatchi, tennischi. V.Baholash.Darsdagi ishtiroklariga ko`ra baholanadilar. VI. Uyga vazifa.174–mashq. O‘qing. So‘zlarga mos so‘z yasovchi qo‘- shimchalarni qo‘shib ko‘chiring. Sinfdosh, tennischi, futbolchi, gulzor, soatsoz, binokor, uzumzor, partadosh. Sana______________2 Mavzu: Ot yasovchi qo`shimchalar 175 – 177 - mashqlar Maqsad: Ta`limiy:Mavzu yuzasidan bilimlarni mustahkamlash. Tarbiyaviy: O`quvchilarda insoniy sifatlarni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi:O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish. O`quv jarayoniga oid kompetensiya:TK2 axborot manbalaridan va darslik materiallaridan tashqari (kitob, lug‘at) manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish va foydalanish; TK3 mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish; TK5:maktabning ichki va tashqi qoidalariga rioya qilish; yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish; FK1: o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay oladi, og‘zaki nutqda so‘z va gaplar ohangiga rioya qila oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; FK 2:mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi, nutqda so‘zlarning grammatik shakllaridan to‘g‘ri foydalana oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. Darsning turi:umumlashtiruvchi,mustahkamlovchi Darsning metodi: savol-javob,amaliy,mustaqil ish metod. Darsning jihozi: rasm va jadvallar. Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. Davomatni aniqlash. Navbatchi axboroti. Darsga hozirlikni tekshirish. II.Uy vazifasini so`rash va baholash.Parta oralab ko`rib chiqiladi.Aytilgan o`quvchilar bittadan gap o`qib beradilar. III.Yangi mavzu bayoni.Darslik bilan ishlash.175-mashq. O'qing. So'zlarga ot yasovchi qo'shimchalarni qo'shib ko'chiring. ela — elak tara— taroq kura — kurak so'ra — so`roq tila — tilak buta — butoq beza — bezak bo'ya — bo`yoq Berilgan so'zlar qaysi so'z turkumiga xos? Hosil bo'lgan so'zlar-chi? Qaysi so'zlar tarkibida o'zgarish bo'ldi? Nima uchun? IV.Mustahkamlash.176-mashq. Ma’nodosh otlarni guruhlab yozing. Ular ishtirokida ikkita gap tuzing. Tilak, sovg'a, odam, bahor, kishi, orzu, tortiq,inson,niyat, istak, hadya, ko'klam, armug'on. Odam, kishi, inson: Tilak, orzu, istak: Sovg`a, tortiq, hadya, armug`on: Bahor, ko`klam: Shu so'zlar ishtirokida ikkita gap tuzing. V.Baholash.Darsdagi ishtiroklariga ko`ra baholanadilar. VI. Uyga vazifa.177-mashq. -chi, -zor, -dosh, -kor qo'shimchalari yasang va yozing. Yozgan so'zlaringizning ma'nosini tushuntiring suv—suvchi, tok - tokzor, sinf - sinfdosh, paxta - paxtakor -chi, -dosh, -kor qo'shimchalari qanday ma'noli so'zlar -zor qo'shimchasi-chi? Download 462.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling