O`quv yili uchun 2- sinf ona tili fanidan dars ishlanmani asl holida
Jihozi: darslik, ko’rgazma,tarqatma Darsning borishi
Download 390.9 Kb.
|
2 sinf 3 chorak ona tili fanidan namunali dars ishlanma boshlang'ich
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
- Topshiriq
- V Baholash
- Ta’limiy
- Dars turi
- IV Yangi mavzuni mustahkamlash
Jihozi: darslik, ko’rgazma,tarqatma
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish. b) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ Kim bo’lsam ekan” mavzusida suhbat II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Tarqatmalar yordamida oquvchilarni darsga jalb etish. Uy vazifasini so’rash.O’quvchilarni dars mavzusi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o’quv topshitiqlarini bajarishga yo’llash. III Yangi mavzu bayoni 162 –mashq. O’qing. Bolalikda orzular mo‘l bo‘ladi. Kimdir shifokor, kimdir o‘qituvchi, kimdir kulol, yana kimdir san’atkor bo‘lgisi keladi. O‘z ajdodlari kasb-u korini e’zozlagan elda aziz bo‘ladi. Topshiriq: Yozing. Kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarning tagiga chizing. O’quvchilar javoblarini tinglash. Ularning fikrlarini to’ldirish. 163 –mashq. O’qing. QISHLOQLAR JAMOLI Mumtozbek dadasi bilan qishloqqa mehmonga bordi. Dadasining do‘sti oilasi bilan yangi uyga ko‘chib o‘tishibdi. Bu mahalladagi hamma uylar bir xilda ekan. Ularda barcha qulayliklar muhayyo. Qishloqda yangi maktab, poliklinika, sport saroyi ham bor. Mumtozbek qishloqning chiroyiga havas qildi. O’ylab ko’ring qaysi so’zlar nimalar? So’rog’iga javob bo’ladi? O’quvchilar javoblarini tinglash. Ularning fikrlarini to’ldirish.
, Fk-2: o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. TK-2: o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash; kun tartibiga amal qilish va badantarbiya bilan shug‘ullanish. TK-3: davlat ramzlarini bilish; sinfda va oilasida o‘z o‘rniga ega bo‘lish; o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish. Dars turi: Yangi bilim berish, o’tgan mavzuni mustahkamlash. Me’todi: tezkor savollar, savol-javob, guruhlarda ishlash. Jihozi: darslik, ko’rgazma,tarqatma Darsning borishi
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish. b) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ Kim bo’lsam ekan” mavzusida suhbat II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Tarqatmalar yordamida oquvchilarni darsga jalb etish. Uy vazifasini so’rash.O’quvchilarni dars mavzusi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o’quv topshitiqlarini bajarishga yo’llash. III Yangi mavzu bayoni 164-mashq. O‘qing. Gaplarning chegarasini aniqlang. Davronboy oltiga kirgan Omonboy yana bir oydan so‘ng to‘rtga to‘ladi bu ikki aka-uka to‘glar etagidagi qishloqchada yashashadi Xudoyberdi To‘xtaboyevdan Topshiriq: Yozing. Kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarning tagiga chizing. O’quvchilar javoblarini tinglash. Ularning fikrlarini to’ldirish.
HUNARMANDLAR Yurtimizda hunarmandlar juda ko‘p. Gilamdo‘zlar go‘zal gilamlar to‘qiydilar. Kulollar chiroyli idishlar yaratadilar. Zargarlar nafis taqinchoqlar yasaydilar. Ularning mehnati qadrlanadi. Topshiriq: Yozing. Gap kimlar haqida aytilganini bildirgan so‘zlarning tagiga chizing. V Baholash Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi. VI. Uyga vazifa. 166-mashq. Download 390.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling