O‘quv yili uchun ects kredit-modul tizimining joriy etilishi haqida ma’lumot


Download 326.97 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi326.97 Kb.
#1436513
Bog'liq
KREDIT-MODUL TIZIMI


KREDIT-MODUL TIZIMI
2021/2022-o‘quv yili uchun ECTS kredit-modul tizimining joriy etilishi haqida
MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi»ga ko‘ra, mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan. Ushbu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 30-iyundagi qarori bilan 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizdagi 35 ta OTM kredit-modul tizimiga o‘tishi belgilandi. Ushbu qaror ijrosi natijasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining ta’lim jarayoniga ham ECTS kredit-modul tizimi joriy etilmoqda.
Ta’limning kredit-modul tizimi nima?
Kredit-modul o‘qitish tizimi har bir o‘quv moduli tarkibini tuzishga asoslangan modulning o‘quv natijalari va yakuniy nazoratni kuzatib borish orqali ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini muntazam ravishda baholab boruvchi o‘quv dasturini o‘zlashtirish jarayonini tashkil etish tizimi hisoblanadi. Bu tizimda talabalar uchun majburiy va tanlov fanlarning hajmi o‘zaro muvofiqligidir ya’ni talaba o‘z yo‘nalishi bo‘yicha fanlarni tanlab o‘rganishi mumkin bo‘lgan fanlar soni ko‘p bo‘ladi.
Akademik modul - yaxlit, muayyan o‘quv natijalariga erishishga qaratilgan, o‘zining baholash mezonlariga ega bulgan tizimli, izchil o‘qish va o‘rganish harakatlari jamlanmasi. U odatda bir semestr davom etadi, lekin ayrim hollarda bir necha soatdan iborat bo‘lishi ham mumkin. ECTS tizimida har bir modul o‘zida muayyan miqdordagi kreditlarni aks ettiradi.

Akademik kredit - oliy ta’limning muayyan bosqichida ushbu ta’lim darajasini qo‘lga kiritish maqsadida talaba tomonidan muntazam ravishda to‘plab boriladigan ramziy o‘lchov birligi. Bu birlik talaba ma’lum miqdordagi o‘qish yuklamasini bajarganligi va muayyan o‘qish natijalarini muvaffaqiyatli tarzda egallaganligini anglatadi.
Ta’limning kredit-modul tizimining o‘qitish jarayoni qanday?
Mazkur o‘qitish tizimi ma’ruza, amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va malakaviy amaliyot kurs loyihasi (ishi), shuningdek ta’lim oluvchilarning mustaqil mashg‘ulotlari bo‘yicha haftalik soat yuklamasi va ta’lim oluvchilarning faoliyatini baholash mezonlarini aks ettiradi.
Kredit birliklari tizimiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu kredit dasturlarini uning tarkibiy qismlari, ya’ni modullar, modullar bloklari, kurslar va boshqalarga biriktirish orqali ta’lim dasturlarini tavsiflashning tizimli usulidir.
Kredit-modul tizimida o‘qish yuklamasi

ECTS kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori 60 tani tashkil etadi. Bir o‘quv yili 2 semestrdan iborat ekanligini hisobga olsak, talaba o‘qishi davomida har semestr 30 kredit to‘plab borishi zarur. Bakalavr dasturi 4 yil ekanligini hisobga olsak, talaba ushbu darajani qo’lga kiritish uchun jami 240 kredit, magistratura dasturini tugallash uchun esa 120 kredit to‘plashi kerak bo‘ladi. Talabalar tomonidan barcha majburiy faoliyat turlari bajarilgandan va ular baholangandan so‘ng kreditlarni to‘plash mumkin.

  • 1 kredit uchun 30 soatlik o‘qish yuklamasi belgilangan, undan 13 soati (30*43%=13) auditoriya soatlari, 17 soati (30*57%=17) esa talabaning mustaqil o‘qish soatlariga to‘g‘ri keladi. Natijada, haftalik auditoriya soatlari 26 soat qilib belgilangan. Natijada 1 o‘quv semestrda talaba 900 soat o‘quv yuklamasidan 390 soat auditorida va 510 soat mustaqil tarzda ta’lim olishi belgilangan.

  • 1 o‘quv semestrda talaba 30 kredit olishi belgilangan. Majburiy fanlarga 15 kredit va tanlov fanlariga 15 kredit ajratilgan.

Download 326.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling