O’quvchi ifоdali o’qishga o’rga. Abdullayeva. S
Sharq tillari o’qitishda kitobning o‘qituvchi oldidagi asosiy vazifasi
Download 58.36 Kb.
|
Talabalarni kitob o'qishga o'rgatish
Sharq tillari o’qitishda kitobning o‘qituvchi oldidagi asosiy vazifasiKitobning o‘qituvchi oldidagi asosiy vazifasi uning oldiga talabalar kitobida bayon etilgan barcha o‘quv vazifalarni to‘g‘ri hal etish va maqsadni yanada tushununishga yo‘naltirilgan konkret metodik tavsiyalar qo‘yish, o‘qituvchiga darslarni, alohida darslarni metodik savodli ravishda (gramotno) qurishda yordam qilishdan iboratdir. Hozirgi kunda O‘zbekistonning o‘zbek tilli maktablarida 6 sharq tillarini o‘qitish muvaffaqiyatli tarzda olib borilmoqda. 1. bular arab, turk, urdu, fors, xitoy va hind tillaridir. Tillarni o‘qitish o‘rta maktablar (uchun mo‘ljallangan) dasturlarga muvofiq travishda olib boriladi. Talabalar barcha lozim bilim va ko‘nikmalarni mazkur dasturlarga ko‘ra tizimli tarzda o‘zlashtiradilar. Quyidagi sxemani sharq tillarini o‘qitish metodikasining tutash fanlar bilan bog‘liqligini ifodalovchi ko‘rsatkich sifatida keltirish mumkn. Mamlakat adabiyoti / lingvistika Mamlakat geografiyasi / aloqa nazariyasi Mamlakat tarixi / informatsiya nazariyasi Sharq tillarini o‘qitish metodikasi Pedagogika psixologiya lingvistika Fiziologiya psixolingvistika Pedagogika, psixologiya va lingvistika sharq tillarini o‘qitish va o‘qitish amaliyotining rivojlanishiga bevosita va sezilarli ta’sir ko‘rsatadilar. O‘z navbatida pedagogika va psixologiya uchun ilmiy asos bo‘lib fiziologiya, psixologiya va lingvistikaning bir qator kordinal qoida (polojenie) ni birlashtiruvchi, yaxlit holga keltirvchi fan bo‘lib psixolingvistika hisoblanadi. Nimaga aynan mazkur fanlar birinchi o‘rinda o‘qitish metodikasiga ta’sir ko‘rsatadi va ular bilan bevosita bog‘liq? Bu holat metodik fan mohiyati bilan (ga ko‘ra) tushuntiriladi. So‘z metodika haqida bo‘lsa, bizning diqqat nuqtamiz o‘qitish jarayonida jamlanadi. Zero o‘qitish jarayoni o‘quv faoliyati to‘g‘riligining sharti bo‘lgan pedagogik va psixologik qonunlarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Lingvistika esa chet tili materialida tabiatni va uning qonunlarini ochishda yordam beradi. Shuning uchun faqatgina o‘zaro bog‘liq fanlar tizimining yutuqlarini to‘g‘ri qo‘llasa, kelgusida metodikaning nazariy va amaliy rivojlanishiga layoqat hosil qilishi mumkin O‘rganilayotgan tilning adabiyoti, geografiyasi va tarixi – katta o‘lkashunoslik klmpnnenti bilan zamonaviy metodik fanlar asosiy muammolarni qayta ishlashga kichik ta’sir ko‘rsatadi. Lingvostatistiika kabi fanlar, kommunikatsiya nazariyasi, informatsiya nazariyasi o‘qitishning o‘quv jarayoni uchun (mo‘ljallangan) materiallarni qo‘ymaydi, ko‘proq esa sharq tillarini o‘qitish nazariyasini takomillashtirish va analiz qilishda ishlatiladi. Metodikaning pedagogika bilan bog‘liqligi haqida to‘liqroq: Pedagogika – yetishib kelayotgan avlodning tarbiyasi, ta’limi va o‘qitish qonunlari haqidagi fan.didaktika pedagogikaning bo‘limi sifatida o‘quv jarayoniing mohiyatini, zamonaviy dars nazariyasini qayta ishlashning didaktik prinsiplplarining shartlari (dalillari)ni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Lekin umumdidaktik prinsiplar (tarbiyalanuvchini o‘qitish anglash, faolligi, ko‘rgazmalilik, )”chet tili” predmetining spesifikligini yetarli darajada uchitqvat qilaolmaydi. Masalan, ongli ravishda tushunish prinsipini olsak, chet tili darslarida amalga oshirilishi “ongli o‘qitish” vazifasini bajarish xisoblanadi. Ongli o‘qitishni avvalgi tushunchasi (o‘quv nazariy darajasida) o‘rganilayotgan chet tili ko‘rinishlarini izchil qiyoslash mazkur prinsipning mohiyatini tashkil qilinadi, deb hisoblangan. Hozirgi kunda ona tili va o‘ganilayotgan chet tilidagi ko‘rinishlar qiyoslanishi o‘qitshning amaliy yo‘nalganligida o‘ttkazilishi mumkin, lekin qoida o‘laroq talabalar tomonidan emas, birinchi galda o‘qituvchi va kitoblar orqali boshqacha aytganda, izchil analiz o‘tkaziilgandan keyin kitob muallifi yoki o‘qituvchi ona tili vakillarining mazkur auditoriyasi uchun butunlay spesifik bo‘lgan o‘rganilayotgan til ko‘rinishlarini bilish uchun mashqlar hajmini va chastotasini oshiradi. Masalan, o‘zbek, rus yoki ukrain millatidagilar uchun chet tilida mavjud artikl (tushunchasi)ni bilish uchun ingliz, arab, moldavan millatidagilarga nisbatan ko‘proq mashqlar bajarish lozim. zero bu tilda artikl tushunchasi mavjud. Chet tilini ongli ravishda bilish har bir talabaning o‘z nutq faoliyati strukturasini bilishi lozimligini, boshqa tarafdan esa, til materialidan adekvat foydalanishni ta’minlovchi qonunlarni bilish lozimligini bildiradi (mas.ingliz tilida o‘tgan zamondagi ish-harakat haqida savol berish uchun ega oldidan to do ning o‘tgan zamondagi ko‘rinishi “did”ni qo‘yish kerak. Arab tilida “murojaat”ni yasash uchun يا, ايتها, يا ايها, ايها kabi yuklamalarni qo‘yish lozim) Fors tilida است (hast) fe’l bog‘lamasini vazifasini bilmay turib, ismiy jumla strukturasini buzib ko‘satish mumkin. Chet tili materialida ko‘rgazmali o‘qitish prinsipini ko‘rib chiqamiz. Agar bu prinsipni aksar (asosiy ko‘pchilik) predmetni ko‘rsatilgan holda amalga oshirish bilan gavdalantirilsa, sharq tillaini o‘qitish prinsplarida birinchi o‘rinda eshittirish vositalari deb nomlanuvchi shakllarda namoyon bo‘ladi. Bu - tilni ko‘rgazmali o‘qitishda eshitiluvchi nutq namunalarini namoyon qilish (shakli) ustun keluvchi shakl ekanligini bildiradi. Didaktika va tarbiya nazariyasining asosiy qoidalariga tayanmagan xolda sharq tillarini o‘qitish amaliyoti va nazariyasini qayta ishlash imkonsiz bo‘lardi. Quyida psixologiyaning sharq tillararini o‘qitish metodikasining rivojlanishidagi roli haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Psixologiya fanining bir necha mustaqil tarmoqlari mavjud bo‘lib, biz uchun ularning eng qizig‘i pedagogik psixologiya hisoblanadi. Pedagogik psixologiya – bu talaba (individi, shaxsi)ningpsixologik faoliyati qonunlari haqidagi fandir. U o‘z tadqiqotlari doirasiga talabaga nisbatan (tegishli) barcha asosiy psixologik kategoriyalarni oladi. Tafakkur va nutq, qabul qilish va tasavur qilish, xotira va iroda, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, bir qator boshqa kategoriyalar shular jumlasidandir. Psixologiyada asosiy o‘rinni metodikada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ohzaki va yozma shakldagi nutqiy faoliyatni taraqqiy ettirishdagi tafakkur jarayonlarini o‘rganish oladi. Psixologiya (mavjudligi) natijasida (psixologiya sharofati bilan) nutqiy faoliyatda uning reseptiv va reduktiv jihatlari farqlanadi. Audirovka va o‘qish (reseptiv); gapirish va yozuv (reproduktiv) (jig‘atlar) psixologiya natijasida doimoongli va ongsiz ravishda mos kelish farqlanadi. Metodikaga o‘qitish qayta ishlovida asosiy rolni psixologiyaning uzun va qisqa muddatli xotirani o‘rganish (uchenie)o‘ynaydi. Kishi xotirasining imkoniyat va rezervlarini bilmay turib, o‘quv nutqiy birliklarni to‘g‘ri tanlash va ularning optimal takroriyligiini o‘rnatish mumkin bo‘lmaydi, umuman o‘quv materialni tizim va reja asosida takrorlashni yaxshilab tashkil etish imkonsiz bo‘ladi. Ilk marta psixolog B. V. Belyaev tomonidan o‘rtaga qo‘yilgan masala katta qiziqish uyg‘otdi, uning chet tilidagi tafakkurni o‘qitish zarurligi. Bu masala tajriba asosida (sinalganda) o‘zining to‘liq yechimini topmadi. Turli turdagi tafakkur yo‘q, faqatgina tilga oid bilimlarning strukturalaga solishning turli usullari mavjud degan nuqtai nazar ham bor. Tafakkur jarayonlari esa (tahlil, sintez, qiyoslash, umulashtirish, generalizatsiya) barchasi uchun birdek qo‘llaniladi. Endi lingvistika nima asosida sharq tillarini o‘qitish metodikasi bilan tutash fanlar qatoriga kirishini o‘rganamiz. Strukturali lingvistikaning rivojlanishi audiolingval metodning hosil qilinishiga olib keldi. uning asosiy tarkibi nutqiy namunalar, grammatik strukturalar, nutqiy modellar ustida ishlangan ishlardan iborat bo‘lib, ular L. Blumfild, Ch. Friz, N. Xomskiy, e. French va boshqalarning nashshrlarida o‘z aksini topgan. Metodikani o‘qitish tilshunosligidagi yutuqlar natijasida til materialini o‘qitish va nutqiy faoliyatga turlicha yondashish ko‘rina boshladi; mashqlarning tizimi motirovkali, talabalarning turli kotingenti bilan(ga ko‘ra desa bo‘ladimi?) o‘qitishning turli shartlari uchun mo‘lajallangan ko‘rinishda bo‘la bordi. Rejada sharq tillarini o‘qitishni rasion(al)lashtirish turli darajadagi o‘quv materialini : ovoz, so‘z, gap – namunalar, tekst tipi.. ularni tanlash muammosi dolzarb bo‘lgan va shundayligicha qolmoqda. leksik, fonetik, grammatik minimumni tanlash maxsus prinsip asosida olib boradi, ularning katta qismi lingvistik kategoriyalar (mas., sinonimlarni istisno qilish, basavlatlik prinsipi, qo‘llash chastotasi (tezkorligi desa bo‘ladimi?)va boshqa) aks ettiradi. Tutash fanlar o‘qitish nazariyasi va fan sifatida metodikaning yanada tezroq rivojlanishini ta’minlaydi deb xulosa chiqarish mumkin Metodikada zamonaviy chet tili darsligiga qo‘yilgan 7 ta asosiy talablar ko‘rsatiladi: tizimlilik va bekamlilik o‘qitish bosqichlari xususiyatlarni hisobga olish zaruriyati darslik materialining ... ona tili xususiyatlarining hisobga olinishi darslik materialini tanlashga ilmiy asoslangan holda yondashish darslik materialining nutqiy yo‘nalganligi konsentrik va siklik tuzilish Darslik talaba uchun o‘ziga xos do‘st, o‘zgacha hisoblanadi. darslik asosiy tarkibi mashqlar tashkil qiladi. Darsliklar o‘qitishga to‘liq yondashuvni aks ettiradi, bu amaliyotda nutq faoliyatining barcha to‘rt ko‘rinishini bilan paralel ravishda o‘qitishni bildiradi, to‘rt ko‘rinish audirovka, gapirish, o‘qish va yozishlardir. Lekin qo‘llanma sifatidagi chet tilini o‘qituvchi (o‘rgatuvchi) darslik eshitiluvchi nutqni yetkazib bermaydi. Shuning uchun darslikka tamosha qilinadigan va eshitiladigan informatsiyalar sinxron tarzda yozilgan videofilm, videokassetalarni ilova qilish lozim.
Download 58.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling