O’quvchi ifоdali o’qishga o’rga. Abdullayeva. S
Download 58.36 Kb.
|
Talabalarni kitob o'qishga o'rgatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
3. Grammatikani o‘qitishSharq tillarida grammatikani yaxshi bilish maktab va oliy o‘quv yurtlari (oldiga qo‘yilgan) vazifalariga erishish (amalga oshirish), ya’ni talabani matndagi asl (nusha)ni o‘qish va tushunish uchun zaruriy shartlardan biri hisoblanadi. Grammatikani o‘rganish til bo‘yicha bo‘lgan barcha ishlar bilan, ya’ni o‘qish, tarjima qilish, og‘zaki va yozma nutq bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. O‘rta maktab va oliy o‘quv yurtlari dasturlari har bir talaba darsga tayyor bo‘lish uchun grammatikani aniq o‘zlashtirishni talab qiladi: gap mazmunini tushunish, grammatik shakl va konstruksiyalarni o‘zlashtirish ularni aniqlash va ta’lim qonunlarini tushuntirish V) notanish leksikani ham o‘z ichiga olgan holda rasmiy belgilarni va ularni aniqlash G) chet tilidan ona tiliga tarjima qilishda bu bilimlarni qo‘llash D) o‘qituvchi nutqini tushunish va savol-javoblarni tuzish uchun o‘rganilgan grammatikadan foydalanish Bu grammatik qoidalarni mustahkamlash lozim. Grammatik materialni birlamchi mustahkamlashning keng yoyilgan metodi quyidagilardan iborat: talabalar tekstda yoki o‘qituvchi tomonidan berilgan maxsus misollardagi grammatik ko‘rinishlarni kuzatadilar. O‘qituvchi tomonidan beriladigan qator oddiy savollarga muntazam javob berish yo‘li bilan talabalar o‘zlari ta’lim qoidalariga nisbatan xulosa chiqaradilar. avval talabalar o‘zlari qoidalarni shakllantiradilar, keyin esa o‘qituvchi (to‘ldiradi). talabalar berilgan qoidaga misollar keltiradilar yoki kitoblarda ko‘rsatilgan namunalarni topib tushuntiradilar. qoidalarni qaytarish va ularni ona tili bilan qiyoslash asosida tushuntirish Grammatik qoidani tushuntirishda o‘qituvchi qo‘shimcha qiyinchiliklarni tug‘dirmaslik uchun faqat yaxshi o‘zlashtirilgan leksik materialdan foydalanishi lozim. Grammatik materialni tushuntirish va mustahkamlashda sxema va jadvalni keng qo‘llash lozim. Bu grammatik materialni o‘zlashtirish va yaxshi tushunish layoqatini hosil qiladi. Grammatik material o‘zlashtiriladi va analitik o‘qish jarayonida hamda o‘tilgan materialni mustahkamlashdagi maxsus mashqlarni bajarishda qaytariladi. Grammatik materialni mustahkamlash Grammatik materialni mashq va analiz qilish grammatik shakl va ko‘rinishni mustahkam o‘zlashtirishda katta ahamiyat kasb etadi. mustahkamlash va qaytarish uchun mashqlar (tuzish)ni o‘qitishning turli bosqichlarida fikrlash va xotiraning yosh xususiyatni hisobga olgan holda tanlash lozim bo‘ladi. Materialni mustahkamlash va qaytarish jarayonida qabul qilish usulini turla(b turi)sh, ya’ni uni eshittirish va hkz. Usullarni umumlashtirish mustahkam o‘zlashtirish layoqatini oshiradi. Grammatik tahlil Sharq tillari grammatikasini o‘qitishda o‘qituvchi talabani faqatgina grammatik qoidalarni o‘rgatishga emas, balki bu bilimlarni amalda qo‘llay olishga ham o‘rgatishi lozim. Talabalar grammatikani shunday egallashi lozimki, faqatgina o‘ziga tushunarli bo‘lgan mashqlarnigina emas, balki yetarli tushunarli bo‘lmagan leksik tarkib ma’nolariga qaramay tarjima qila olish bilimiga ega bo‘lishi lozim. Buning uchun grammatik analizning 2 turini qo‘llaydilar: (qo‘llanadi)
tushuntirilgan gapning grammatik analizi noma’lum tekst yoki gapning grammatik tahlili Ikkala tur grammatik qoidani o‘rganish va o‘zlashtirishdan keyin o‘tkaziladi. Bu grammatikani amalda qo‘llash imkoniyatini beradi. Tahlil morfologik bo‘lganidek, sintaktik (ko‘rinishda) ham bo‘ladi. To‘liq grammatik tahlil o‘tkazilganiday, qismlarga bo‘lib ham o‘tkaziladi. Qandaydir grammatik mavzu o‘tilish jarayonida grammatik tahlil qismlarga ajratib o‘tkaziladi. Bunday tahlil ko‘p vaqttni olmaydi, shu bilan birga o‘rganilayotgan mavzuni yaxshi o‘zlashtirishda yaxshi natija beradi. Analitik o‘qish jarayonida. savol-javob o‘tkazayotganda va hokazolarda qismlarga ajratilgan tahlilni o‘tkazish mumkin. To‘laqonli grammatik tahlil grammatik bir yoki bir necha grammatik mavzuni o‘tgandan keyin o‘tkaziladi. Bu butun gapning sintaktik va morfolgik tahlilidan iborat bo‘ladi va shuning uchun uni o‘tkazish ko‘proq vaqtni oladi. Alohida gaplar va keltirilgan parchalarning grammatik tahlili shuningdek, uy vazifasi predmeti bo‘lib xizmat qilishi lozim. Tahlil qilishda talaba bu gapning qay turga kirishini aniqlab olishlari kerak, murakkab gapmi yoki sodda gap, qo‘shma yoki ergash gapmi, shundan keyingina gapning to‘liq grammatik tahlilga o‘tishlari mumkin. ikkala tur grammatik tahlil ham talabalarning ona tilida olib borish maqsadga muvofiqdir. Grammatik tahlil talabada chet tilida berilgan tekstlarni o‘qish va yozishni ongli ravishda amalga oshirish layoqatini oshiradi. Grammatikani o‘qitishdan maqsad talabalarda og‘zaki va yozma munosabatlar (nutq)da foydalanish (qo‘llash) uchun grammatik malakaga ega bo‘lishni shakllantirishdir. Ma’lumki, tilning barcha resurs boyliklarida. Psixologlarning qayd etishlaricha, nutq kommunikatsiyaning maqsad va vazifalariga muvofiq tarzda sezilarli kompressiyaga yo‘l ochib beradi, shuning uchun maqsadga muvofiq tarzda material hajmini, xususan, chet tili o‘qitishning konkret shartlarini hisobga olgan holda grammatik materialni cheklash mutlaqo mumkin. Grammatik materialni cheklash foydasiga keltiruvchi muhim argument bo‘lib grammatik ko‘rinishlarga bilish malakasini shakllantirishda til bilan muntazam shug‘ullanish, salmoqli mashqlarni bajarish va o‘z navbatida ko‘p vaqtni bunga sarflash xizmat qiladi. Leksikada bo‘lganidek, grammatikani o‘qitishda aktiv va passiv minimum deb nomlangan tur farqlanadi. Aktiv grammatik minimum atamasi ostida og‘zaki va yozma nutqda qo‘llash uchun mo‘ljallangan grammatik ko‘rinishlar tushuniladi. Passiv minimumga kam uchraydigan yoki og‘zaki nutq uchun xarakterli bo‘lmagan, lekin badiiy, texnik yoki umumsiyosiy adabiyotlarda qo‘llaniladigan grammatik ko‘rinishlar kiradi. Talabalar tekstda uchragan bu ko‘rinishlarni aniqlay olishlari va va ularni tushunishlari lozim bo‘ladi. Chet tili grammatik ko‘rinishlarni o‘qitishda yanada effektiv natijalarga erishish maqsadida, grammatikada metodik tipologiyani ham ko‘zda tutish lozim. Grammatik materialni qayta ko‘rib chiqishda grammatikani o‘qitish maqsadlarini aniqlab olish zarur, ya’ni og‘zaki yoki yozma nutqda grammatika bizga qanchalik kerak bo‘lishini bilish lozim. Tanlash kriteriyasi bo‘lib grammatik ko‘rinishning yozma va og‘zaki nutqda qanchalik keng qo‘llanishi xizmat qiladi. Grammatik materialning o‘zlashtirishda uchraydigan qiyinchiliklar ham ko‘zdan qochirilmaydi. Bular bir qator faktorlardan tashkil topishi qoida qilib qo‘yilgan: Grammatik ko‘rinishning o‘zida uchraydigan qiyinchiliklar Ona tilining interferurik ta’siri, unda mavjud bo‘lgan yoki uchramaydigan o‘hshash yoki yaqin bo‘lgan ko‘rinishlar fikriy amaliyot (operatsiya) qiyinchiligi, grammatik ko‘rinishni aniqlash yoki qo‘llash uchun zarur bo‘lgan ongli ravishda ko‘rsatilgan harakat(umstvennqe deystviya)larning miqdor va xarakteri. O‘qish uchun lozim bo‘lgan grammatik ko‘rinishlar bilish shakldan mazmunga qalar ko‘rinishidagi prinsip bo‘yicha yasaladi. Avval chet tilidagi material qabul qilinadi va undagi berilgan shaklni xarakterlaydigan belgilar ajratiladi. Grammatikani o‘qitish turli xildagi nutqni struktural to‘g‘ri shakllantiilgan va o‘qishda grammatik shakllarni aniqlay oladigan ko‘nikmali gaplarni qurish mexanizmiga ega bo‘lishni taqozo etadi. Gaplarni qurish mexanizmini bilish deganda nimani tushunish lozim? Bu talaba muayyan vaziyatda o‘z fikrini to‘g‘ri gap shaklida ifodalay olishi lozimligini bildiradi. Aynan nutqning minimal birligi bo‘lmish gaplar asosida talaba o‘z fikrini to‘g‘ri va tez ifodalay oladi. Shuning uchun ham o‘qituvchi vazifalari sirasiga chet tilidagi gaplarni qurish mexanizmini, strukturasi (morfologik va sintaktik) turli bo‘lgan va tarkibi bo‘yicha (po glubne), ya’ni undagi bog‘lanishoar miqdorini o‘rgatish kiradi. Nutqni to‘g‘ri struktura bilan tuzishni yaxshi egallash turli bir tillik va nutqiy mashqlarni bajarish sharoiti mavjulligin taqozo qiladi. Talabaning mashqlarining maxsusligii gapdagi tarkibiy tuzilish mexanizmining uzluksiz shakllanishi hisrbiga qurilishini o‘z ichiga oladi. Talabalar o‘rganilgan grammatik ko‘rinishlarni o‘zlarning ikki, uch va to‘rt jumladan iborat bo‘lgan fikrini elementar bayon etish orqali ifodalashni o‘rganadilar. Talabalarga tayanch vositasi sifatida muayyan vaziyat va bajarish namunasi beriladi.o‘qituvvchi tomonidan tayyorlangan namunalar kommunikativ yo‘nalishi va olib borilayotgan muloqot vaziyat bilan muvofiq kelishi lozim. Talabalar gramatik shakllarni to‘g‘ri qo‘llash uchun nutqiy mashqlar, xususan, lozim shakllardan foydalanishga rag‘batlantiruvchi o‘quv vaziyatlarni ham qo‘shish taqozo etiladi. XULOSAHozirgi kunda ona tili va o‘ganilayotgan chet tilidagi ko‘rinishlar qiyoslanishi o‘qitshning amaliy yo‘nalganligida o‘ttkazilishi mumkin, lekin qoida o‘laroq o‘quvchilar tomonidan emas, birinchi galda o‘qituvchi va kitoblar orqali boshqacha aytganda, izchil analiz o‘tkaziilgandan keyin kitob muallifi yoki o‘qituvchi ona tili vakillarining mazkur auditoriyasi uchun butunlay spesifik bo‘lgan o‘rganilayotgan til ko‘rinishlarini bilish uchun mashqlar hajmini va chastotasini oshiradi. Masalan, o‘zbek, rus yoki ukrain millatidagilar uchun chet tilida mavjud artikl (tushunchasi)ni bilish uchun ingliz, arab, moldavan millatidagilarga nisbatan ko‘proq mashqlar bajarish lozim. zero bu tilda artikl tushunchasi mavjud. Kitob o‘qish mashg‘ulotlari badiiy asarni tahlil qilishga, yozuvchi yoki shoirning g‘oyaviy-badiiy niyatini to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish bilan bir qatorda talaba- talaba yoshlarni nasriy yoki she’riy asarlarning jozibador ohanglaridan zavqlanishga, ezgu va go‘zal tuyg‘ularning qaror topishiga ham yordam beradi. Zero, ifodali o‘qish san’atining mohiyati ham insonda hayotga estetik munosabatda bo‘lish hissini tarbiyalash va o‘stirish myammosi bilan bog‘liqdir. Urg‘u ifodali o‘qishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib, ta'kidlash alohida e'tibor qaratish uchun xizmat qiladi. Urg‘u so‘zlarni to‘g‘ri tallaffuz etishga, ma'noni to‘g‘ri va to‘la anglashga yordam bеradi. Urg‘u ilmiy adabiyotlarda lеksik urg‘u, dinamik urg‘u, ritmik urg‘u, mantiqiy urg‘u, psixologik urg‘u kabi bir nеcha turga bo‘linib o‘rganiladi. Agar talaba gapni noto‘g‘ri o‘qisa, unga yangi savol bеrish lozim. Savoljavob mеtodi unga oldiga qo‘yilgan vazifaning uddasidan chiqishga yordam bеradi. Badiiy asarda ohang orqali qahramonlarning turli kayfiyati, ichki kеchinmalari ifodalinadi. Ayniqsa, poetik asarlar ritmik ohangdorligining tinglovchiga еtkazilishida ohang katta va muhim ahamiyat kasb etadi. Ohang nutqning ritmik va ohangdor tuzilishidir. Ohang kеng tushuncha bo‘lib, nutq ohangi, tеmp, pauza, urg‘u kabi hodisalarni o‘z ichiga oladi. Download 58.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling