O’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayonida oquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Download 141.5 Kb.
|
O\'quvchilarning darsdan tashqari tarbiyaviy jarayonlarda ma\'naviy ishlarni tashk
2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayonida oquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Biz ishimizning birinchi bobida vatanparvarlik tarbiyasining mohiyati, maqsadi, vazifalari haqida batafsil toxtagan edik. Malumki, vatanparvarlik shaxsni, jumladan oquvchilar shaxsini axloqiy-manaviy, mafkurviy madaniyatini shakllantirishning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Shuning uchun maktabda har bir oquvchida quyidagi xususiyatlarni shakllantirish maqsadga muvofiq. - oquvchilarni milliy istiqlol mafkurasiga cheksiz sadoqat, Vatanga mehr-muhabbat, obod va ozod Vatan barpo etishdek ulug va olijanob maqsadga etiqod, jasurlik va fidoiylikka qaratilgan ishlarni tashkil etish; - mustaqil davlatimiz qolga kiritgan yutuqlarni himoya qilish zarurligi hissini uygotish; - oquvchilarning oz hayotiy rejalarida vatanparvarlik faoliyatiga ajratgan diqqat-etiborini kuchaytirish; - vatanparvarlik tarbiyasida ozbek xalqining ulug mutafakkirlari merosidan foydalanish; - mustaqillikka mehr-muhabbat his-tuygusini shakllantirish. Vatanparvarlik hissini tarbiyalashda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning orni katta. Ozbekiston Ozbekiston Respublikasining «Talim togrisida»gi Qonunida maktabdan tashqari ishlar haqida quyidagilar aytib otilgan: «Bolalar va osmirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bosh vaqti va dam olishlarini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, madaniy-estetik, texnikaviy, sport va boshqa yonalishlardagi maktabdan tashqari talim muassasalarini tashki etishlari mumkin. Maktabdan tashqari talim muassasalarida bolalar, osmirlar ijodiyot saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-osmirlar sport maktablari, sanat maktablari, musiqa maktablari, stadionlar, kutubxonalar, soglomlashtirish muassasalari va boshqalar kiradi. Maktabdan tashqari talim muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyat korsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qoyiladi». Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning muvaffaqiyati kop jihatdan uning rejalashtirilishiga bogliq. Barcha tarbiyaviy ishlar oquv yilining boshida maktab direktorining manaviy-marifiy ishlar boyicha muovini tomonidan hamma sinf rahbarlari bilan maslahatlashgan holda rejalashtiriladi. Rejada ushbu masalalar kozda tutiladi: Togaraklar royxati va ularning rahbarlari Togaraklarni jihozlash, asboblar va qolyozmalar bilan taminlash Togaraklar faoliyati jadvali Sinfdan va maktabdan tashqari ommaviy tadbirlar grafigi. ommaviy madaniy tadbirlarda ishtirok etuvchilar hayati va masul kishilar. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni hayotga tatbiq etish jarayonida pedagoglar bolalarning mustaqilligini taminlashlari zarur. Oquvchilarning mustaqilligi turli darajalarda bolishi mumkin. Ayrim oquvchilar topshiriq va vazifalarni faol va mustaqil holda bajaradilar, yani pedagoglarning ushbu ishga aralashishi shart emas. Bolalar pedagog yordamisiz ishlaydilar. Bu yerda oqituvchining aralashuvi maqbul emas, chunki bunday munosabat bolalarning mehnatsevarligi, tashabbuskorligini shakllantirishda imkoniyatlarni cheklaydilar. Oquvchi mustaqil harakat qilib, lekin oz ishini tarbiyachining fikriga bogliq qilib qoygan paytda tobe mustaqil holat vujudga keladi. Ish zor ishtiyoq bilan bajarilsa ham, mustaqil ishni bajarayotgan bolaning harakatlarida ishonsizlik jihatlari kozga korinadi. Pedagogning tola rahbarligi va nazorati ostida harakat qiladigan oquvchilar toifasida majburiy bajarish holati paydo boladi. Bunda oquvchilar ishga unchalik qiziqmaydilar. Ular kopincha oqituvchidan yordam sorab murojaat qiladilar. Mustaqil tayyorgarlikning nazoratsiz ijro holati rasmiy ijrochilik bilan, ishtiyoq va havas bilan mehnat qilishni istamasligini yashirishga intilayotgan oquvchilar kuzatiladi. Bunday holatni uzoq vaqt saqlash mumkin emas, chunki bunday holat ularda faollik va tashabbuskorlik xususiyatlarini barham toptiradi. Maktab oquvchilarining mustaqilligi ikki tomonlama xususiyatga ega. Oquvchilar faoliyatida mustaqillik darajasi, oqituvchi faoliyatida yordam berish darajasi. Mustaqillik darajasi deganda biz oquvchilarning pedagog yordamiga bolgan ehtiyojini nazarda tutamiz. Yordamga muhtojlik qanchalik yuqori bolsa, oquvchilarning mustaqillik darajasi shuncha past boladi. Pedagoglarning mustaqillikni tarbiyalash vazifalarini hal qilishga sarflangan kuch-gayrati va mehnati oquvchilarning ruhiy faoliyatiga mutanosibdir. Agar bolalar mustaqil tayyorgarlikni oz faoliyati darajasining tabiiy holat sifatida qilsalar, ham pedagog, ham oquvchi tomonidan kop zahmat talab etilmaydi. Aksincha, mashgulotga yomon tayyorgarlik korish hamma uchun qoshimcha qiyinchiliklar tugdiradi. Oqituvchilar va sinf rahbarlari sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish jarayonida oquvchilarning mustaqillik darajasini hisobga olishlari va shu asosda oz shogirdlarini turli tadbirlarga jalb etishlari lozim. Shuni ham qayd etish lozimki, maktabning ish rejasiga ota-onalar va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar, oqituvchilarning ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning turli shakllari, ota-onalar majlisi, individual suhbat, konsultasiyalar, mahalla va aholi yashaydigan qishloqlarda, zavod va fabrika, qurilish tashkilotlarida olib boriladigan turli tarbiyaviy mavzulardagi pedagogik tashviqot, targibot ishlari hamda jamoatchilik va ota-onalarning maktabga qanday yordam berishi kabi masalalar korsatiladi. Pedagogika fanida sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar muammosi muhim orin tutadi, zero bunday ishlar oquvchilarning bilim olishlari bilan birga axloqiy, jismoniy, estetik tarbiyasini yaxshilaydi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning asosiy belgisi shundan iboratki, ular asosan ijtimoiy foydali maqsadga ega. Oquvchilar ushbu ishlar jarayonida oz istak va havas ham turli qobiliyatlarini rivojlantirish bilan birga maktabning ijtimoiy hayotida qatnashib, maktabga foyda keltiradilar. Maktabda turli togaraklar mavjud. Oquvchilar pedagoglar rahbarligida togarak faoliyatida ishtirok etib, oz bilimlarini kengaytirib, maruza qilishni, shuningdek muomala va munosabat odobini organadilar hamda har tomonlama yetuk inson bolishga intiladilar. Misol uchun adabiyot togaragini olaylik. Oquvchilar ushbu togarakda qatnashib hikoya, sher oqishni organadilar va adiblar ijodi bilan yaqindan tanishadilar, shuningdek devoriy gazeta, jurnal chiqaradilar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar otkazadilar. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning yana bir ijobiy xususiyati shundan iboratki, oquvchilar bu ishlarda qatnashib, mustaqillikni, mustaqil ravishda kopgina topshiriqlarni bajarishni organadilar. Ular olgan bilim, konikma va tajribalarini ortoqlari bilan baham koradilar va bu holat oquvchilar dostligini mustahkamlaydi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning turlari kop. Bulardan bir maktablarda tashkil etiladigan ijtimoiy foydali mehnat hisoblanadi. Malumki, aqliy va jismoniy mehnat insonlarni tarbiyalaydi va yanada kamol topishida muhim rol oynaydi. Shu yol orqali oquvchilar mehnat jarayoni, ishchilar, dehqonlar, fermerlar faoliyati bilan tanishadilar hamda moddiy boyliklar qanday yaratilishi haqida malumotga ega boladilar. Har bir kishi ishda ilgor bolishi uchun manaviy barkamol, goyaviy-axloqiy jihatdan yetuk bolishi zarur. Respublikamizning mustaqilligini mustahkamlash uchun yoshlarimiz mehnatsevar, yetuk vatanparvar bolishlari lozim. Download 141.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling