O’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar
Download 141.5 Kb.
|
O\'quvchilarning darsdan tashqari tarbiyaviy jarayonlarda ma\'naviy ishlarni tashk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning metodologik asosi: O’
- 1. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning mohiyati va vazifalari
Kurs ishining asosiy maqsadi sinfdan va maktabdan tashqari ishlar ishlarning ornini aniqlash va shu orqali oquvchilar tarbiyasini amalga oshirish shakllarini aniqlash.
Tadqiqotimizning obyekti sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayoni. Tadqiqot predmeti sinfdan va maktabdan tashqari ishlar mazmuni va shakllari Bizning asosiy vazifamiz sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar orqali maktab oquvchilarining tarbiyasining ahamiyatini korsatish va yol-yoriqlar, vositalar, omillarni aniqlash va boshqalardan iboratdir. Tadqiqotning metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining mazmunini belgilab beruvchi direktiv-me’yoriy hujjatlar, xususan, O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Boshlangich talimda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar mazmunini yorituvchi darslik va oquv qollanmalar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ta’lim sohasida ilgari surilgan vatanparvarlik tarbiyasiga oid g’oyalar; Tadqiqotchi olimlarning ilmiy asarlaridan iborat. ASOSIY QISM 1. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning mohiyati va vazifalari Orta umumtalim maktab oquvchilari talim-tarbiya sifatini yaxshilash uchun oqituvchi va tarbiyachilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlar imkoniyatidan keng ravishda foydalanadilar. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga turli anjumanlar, kechalar, otkir zehnlilar musobaqasi, ekskursiyalar otkazish, kino-teatrlarga borish, zavod va fabrikalarga ekskursiya tashkil etish, devoriy gazetalar chiqarish va boshqalar kiradi. Sinfdan tashqari ishlar ikki turga bolinadi: talimiy va tarbiyaviy. Sinfdan tashqari talim ishlariga maktabda malum fan yuzasidan tashkil etiladigan ishlar: togaraklar, olimpiadalar kiradi. Biz ushbu kurs ishimizda mavzuimiz muammosi yuzasidan sinfdan tashqari tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlarga koproq toxtalamiz. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning asosiy maqsadi va vazifasi oquvchilarning axloqiy, mehnat, estetik tarbiyasini yaxshilashdir. Sinfdan tashqari ishlar ouvchilar qobiliyatini rivojlantiradi, oqishga bolgan havasini oshiradi va ular shaxsini har tomonlama rivojlantirish uchun imkoniyat tugdiradi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ular maktab bilan hayot aloqasini mustahkamlaydi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish sanatkorlar, ishchilar, olimlar, dehqonlar hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi. Oquvchilar turli sohalarda ishlayotgan kishilar bilan tanishib, ular kabi Vatanga, xalqqa xizmat qilish istagi paydo boladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar ixtiyoriy xarakterga ega. Bolalar bunday ishlarga oz hohishlari bilan ishtirok etishadilar. Bir kishi bir necha tadbirlarda ham qatnashishi mumkin. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda oquvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish togri emas. Ular oz hohishlari va qobiliyatlari asosida chora tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin. Sinfdan tashqari ishlar oldiga bir necha talablar qoyiladi: 1) Barcha tarbiyaviy ishlar istiqlol, milliy goyaga qaratilishi lozim; 2) Sinfdan tashqari ishlar oquvchilar bilimini mustahkamlashi, jismoniy jihatdan soglomlashtirishga yordam berishi lozim. 3) Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar talimiy ishlar bilan mustahkam aloqada olib borilishi lozim. Maktabda oquvchilarga talim-tarbiya berish sifatini yaxshilash uchun maktabdan tashqari ishlar ham olib boriladi. Ularga madaniy-marifiy, talimiy-tarbiyaviy, soglomlashtirish kabi tadbirni kiritish mumkin. Ushbu chora-tadbirlar bolalar tashkiloti tomonidan reja asosida otkaziladi. Sinfdan va maktabdan tashqari talimiy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish vazifalari davlat qonun qoidalarida bayon etilgan. Darsdan va maktabdan tashqari talimiy va tarbiyaviy ishlar maktab oquvchilari hayotida katta orin egallaydi. Shuning uchun bunday ishlarni togri va mazmunli tashkil etish maqsadga muvofiqdir, chunki oquvchilar bosh vaqtlaridan dam olish, sevimli ishlari bilan shugullanish, aqliy, axloqiy, estetik sifatlarini yanada rivojlantirish uchun tola foydalansinlar. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar majburiy mashgulotdan tashqari otkaziladigan tadbirlar kiradi. Maktabdan tashqari ishlarni asosan bolalar va osmirlar tashkilotlari otkazadilar. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar oquvchilar darsda hamma uchun majburiy bolgan oquv dasturiga muvofiq ravishda otkaziladigan talim va tarbiya ishlarining davomi va yanada rivojlantirilishidir. Shu asosda sinfdan va maktabdan tashqariishlar oziga xos xususiyatga ega bolib, oquvchilarning darsdagi ishlari takrorlanmaydi. Ozbekistonning oziga xos yoli bilan rivojlanishi, fan va texnikani taraqqiyoti tasirida oquvchilarda oquv dasturi talablari chegarasidan tashqariga chiquvchi xilma-xil qiziqishlar paydo boladi. Bu qiziqishlarni oquv mashgulotlari jarayonida qondirish mumkin bolmaydi. Buning uchun oquvchilar bilan darsdan tashqari vaqtlarda ularning qiziqishlariga qarab har xil mashgulotlar tashkil etish zarur. Sinfdan tashqari mashgulotlar oquvchilar bilan ularni ham aqliy, ham jismoniy va axloqiy mashq qildiruvchi xilma-xil ish turlarini koproq otkazishga imkon beradi. Ular oquvchilarda fan va texnikaga qiziqish, ijodiy mehnatga muhabbatni tarbiyalashga, manaviyat va axloqni shakllantirishga yordam beradi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning asosiy vazifalaridan biri oquvchilarning umummilliy va maxsus bilimlarini kengaytirish, turli xil ijodiy qobiliyatlarini, istedodlarini aniqlash va privojlantirishga yordam beradi, ularda tashabbuskorlik va mustaqillik sifatlarini tarbiyalaydi. Maktablarda oquvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ishlari oz xarakteri va mazmuniga kora juda ham xilma-xildir. Ularni bir necha guruhga ajratish mumkin. 1) Talim xarakteridagi mashgulotlar. Bu mashgulotlarning asosiy maqsadi ayrim fanlarni chuqurroq organish, oquvchilarda ilm-fanga qiziqish uygotishdir. Oquvchilar darsdan tashqari vaqtlarida ilmiy va ommabop kitoblarni mutolaa qiladilar. Oquvchilar olkashunoslik ishlarida ham qatnashadilar. Ular jonajon olkamiz boylab ekskursiyalarda ishtirok etadilar. Bunday yurishlar ularda vatanparvarlik fazilatlarini tarbiyalaydi. Turli xil mutaxassis va odamlar bilan muomalada bolib, axloq-odob qoidalariga qilishni organadilar. 2) Texnikaviy togaraklarda shugullanish. Bularning maqsadi oquvchilarni hozirgi zamon texnikasi bilan tanishtirish, mehnat qilish xususiyatlarini rivojlantiradi. 3) Siyosiy-tarbiyaviy xarakterdagi mashgulotlar. Bularga siyosiy tadbirlar, shanbaliklar, slyotlar, kechalar, sanat festivali, tarbiyaviy soatlar va boshqa tadbirlarni kiritish mumkin. 4) Maktabda sinfdan tashqari ishlarning asosiy bolimlaridan biri oquvchilarning badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni oqish uchun foydalanish yolga qoyishdir. Har bir bosh vaqtidan oqish uchun foydalanish odatga aylanishi kerak. Bu odatni esa tarbiyalash lozim. Bu ishlar asosan kutubxona mudirasi va sinf rahbarlari, maktab tashkilotchisi va bolalar yetakchisi ishtirokida otkaziladi. Bazi oquvchilar kitob oqish bilan birga badiiy ijod bilan ham shugullanadilar. Oqituvchilar, sinf rahbarlari bunday ijodkorlikni har tomonlama va muntazam ragbatlantirishi kerak. Yosh qalamkashlarning eng yaxshi asarlarini devoriy gazeta elon qilish va maktab radiosi orqali eshittirishi maqsadga muvofiqdir. Oquvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tarbiyaning umumiy tamoyillari asosida quriladi. Shu bilan birga turli xil mashgulot va tadbirlarni tashkil etishda oziga xos tamoyillar mavjud. Bu tamoyillarni korib chiqamiz. 1) Oquvchilar bilan olib boriladigan barcha sinfdan va maktabdan tashqari ishlar milliy istiqlol goyasi asosida bolishi lozim. 2) Oquvchilarning sinfdan tashqari ishlarining malum bir bolimini, shakllari va mazmunini qiziqish va qobiliyatlarni hisobga olgan holda ixtiyoriy tanlashi kerak. 3) Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar ommaviy xarakterga egadir. 4) Togaraklarni tashkil etishda va sinfdan tashqari tadbirlarni otkazishda oquvchilarning mustaqilligi va tashabbuskorligiga tayanish lozim. 5) Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar ijtimoiy foydali yonalishda va ijodiy xarakterga ega bolishi lozim. 6) Sinfdan va maktabdan tashqari barcha tadbirlar maktab talim-tarbiya ishlarining vazifalariga boysunishi shart. Ana shu tamoyillarni hisobga olib sinfdan va maktabdan tashqari tashkil etilganda ularning samarasi va natijasi koproq boladi. Yuqorida qarab chiqilgan har bir qismga taalluqli sinfdan va maktabdan tashqari ishlar turli togaraklarda, klublarda jamiyatlarda, ommaviy tadbirlarni otkazish jarayonida amalga oshiriladi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning barcha shakllarini uch guruhga bolish mumkin: Oquvchilarning individual ishlari; Togaraklar, ulardan har biri konkret faoliyat turi bilan qiziquvchi nisbatan oz sonli oquvchilarni qamrab oladi; Kopchilik oquvchilar uchun tashkil etiladigan ommaviy tadbirlar. Individual (yakkama-yakka) ish togaraklari tashkil etishda dastlabki bosqich hisoblanadi. U shundan iboratki, ayrim oquvchilar oqituvchi rahbarligida fanni chuqurroq organish bilan shugullanadilar. Maktabda tashkil etiladigan sinfdan va maktabdan tashqari ishlar oquvchilarning bilim saviyasini oshirish bilan birga, ularni axloq-odob, estetik ruhda tarbiyalaydi, manaviyatini shakllantiradi. Download 141.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling