O’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar
Download 141.5 Kb.
|
O\'quvchilarning darsdan tashqari tarbiyaviy jarayonlarda ma\'naviy ishlarni tashk
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
O'quvchilarning darsdan tashqari tarbiyaviy jarayonlarda ma'naviy ishlarni tashkil etish REJA: KIRISH ASOSIY QISM 1. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning mohiyati va vazifalari 2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayonida oquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash 3. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakllari XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Ozbekiston Respublikasida istiqlol tufayli barcha sohalarda katta ozgarishlar roy bermoqda. Ushbu ozgarishlar talim-tarbiya tizimini ham qamrab olgan. Ozbekistonimiz istiqlolga erishganidan keyin xalq talimi tizimini rivojlantirish muammosiga katta etibor qaratilmoqda. Bunga hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qator qonun va meyoriy hujjatlarni misol qilib korsatish mumkin. Ozbekiston Respublikasining «Talim togrisida»gi Qonuni (1997 yil 29 avgust)ning 10-moddasida shunday deyilgan: «Ozbekistonda talim quyidagi turlarda amalga oshiriladi: maktabgacha talim, umumiy orta talim, kasb-hunar talimi, oliy talim, oliy oquv yurtidan keyingi talim, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, maktabdan tashqari talim». Ushbu qonunda umumiy talim maktablarining vazifalari ham belgilangan. Jumladan, boshlangich talim (I-IV sinflar) haqida shunday deyiladi: «Umumtalim maktabi talimida boshlangich talimning ahamiyati muhimdir. Chunki boshlangich maktab umumiy orta talim olish uchun zarur bolgan bilim, oquv konikmalari bilan qurollantiradi». Umumiy orta talim maktablari (V-IX sinflar) haqida shunday deyiladi: «Umumiy orta talim maktablari orta malumot olishni taminlaydi. Zamonaviy bilimlar beradi. Bolalarning fikrlash qobiliyatini ostirib, olgan nazariy bilimlarini amalda qollashga orgatadi. Bu esa oz navbatida kasb-tanlashga yonaltiradi, biror-bir kasbni egallash imkoniyatini beradi». Umumiy orta talim maktablari oquvchilarni fan asoslarini berish bilan birga ularni tarbiyalaydi. Tarbiya vazifalari kop qirralidir. Tarbiya jarayonida u\oquvchilarning jamiyatimizda qabul qilingan axloq-odob meyorlariga mos keladigan etiqodini, axloqiy malaka va konikmalarini tarkib toptiradi. Umuman olganda, tarbiya yoshlarning ruhiyatiga malum sifatlarni singdirish uchun maqsadga muvofiq holda va muntazam ravishda tasir etishdir. Maktab sharoitida tarbiya vazifalari oqituvchilar, sinf rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Shu bilan birga oquvchilar tarbiyasida butun jamiyat, jumladan ota-onalar, axborot vositalari, mahallar ahli ham ishtirok etishadi. Tarbiya oz-ozini tarbiyalash va qayta tarbiyalash bilan mustahkamlanadi. Tarbiyaning kop turlari mavjud. Jumladan, aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va boshqa turdagi tarbiyalardir. Har bir tarbiya turining oz maqsadi va vazifalari mavjud. Tarbiyaning eng muhim qismlaridan biri axloqiy tarbiyadir. Malumki, «axloq» sozi arab tilidan olingan bolib, xulq manosini bildiradi. Axloq kishilarning bir-birlariga, jamiyatga, davlatga, oilaga va shu kabilarga bolgan munosabatini tartibga soladi. Maktabda tarbiyaviy ishlar o’z vaqtida va mazmunli rejalashtirilsa, yaxshi tarbiyaviy natija berishi aniq. Shuning uchun sinf rahbarining sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirishi katta ahamiyatga egadir. Bu borada sinfda otkaziladigan tarbiyaviy soatlar, adabiyot kechalar, kitobxonlar konferensiyalari, uchrashuvlar, sayohatlarning ahamiyati beqiyosdir. Kurs ishimizning mazmuni va mohiyatini otkazilgan tarbiyaviy chora-tadbirlarni umumlashtirish tashkil etdi. Biz qolga kiritilgan malumotlar, xulosalarni ishimizning xulosasida qayd etdik. Ana shu fikr-mulohazalar tufayli sinf rahbarlariga, bolalar yetakchilariga, maktab kutubxona mudiriga malum tavsiyalarni ishlab chiqdik. Download 141.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling