O`quvchilar bilim va ko`nikmalarini baholashda innovatsion yondashuv: Matematik savodxonlik va pisa topshiriqlari tahlili


PISA tadqiqotlarini amalga oshirish uchun kim haq to’laydi?


Download 319.63 Kb.
bet5/10
Sana08.01.2022
Hajmi319.63 Kb.
#253572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
PISA tadqiqotlarini amalga oshirish uchun kim haq to’laydi?

PISA unda ishtirok etayotgan davlatlarning badallari hisobidan moliyalashtiriladi.



Nima uchun hamma o’quvchilar bir xil test savollariga javob bermaydilar?

PISA tadqiqotlarida qo’llaniladigan test savollari odatda mamlakat ta’lim tizimi samaradorligini baxolash uchun ishlab chiqiladi. Tadqiqot savollari o’quvchilarni individual baholash uchun mo’ljallanmagan. SHu sababli har bir o’quvchiga bir xil namunadagi savollar to’plami tarqatilishi talab etilmaydi. SHunday qilib, PISA test materiallari to’plami testda qatnashgan o’quvchilar orasida tasodifiy tanlov tarzida taqsimlanadi.



PISA - 2015 tadqiqoti kompyuter tizimidan foydalangan holda o’tkazildi. Buning o’ziga xos ahamiyati nimada?

Kompyuter va kompyuter texnologiyalari kundalik xayotimizning bir qismiga aylanib ulgurgan. PISA xalqaro baholash dasturini kompyuterda o’tkazish an’anasi ham ijobiy ma’noda yaxshi yo’lga qo’yilgan. 2015 yilda PISA xalqaro baholash dasturida qatnashish istagini bildirgan ko’plab davlatlarda ilk marta kompyuter yordamida test jarayonlari o’tkazilgan. Faqatgina kompyuterda o’tkazishga tayyor bo’lmagan ayrim davlatlardagina test sinovlari qog’oz ko’rinishida o’tkazilgan.



PISA tadqiqotlarida ishtirok etish uchun mamlakatlarda maktablar qanday tanlab olinadi?

PISA tadqiqotda ishtirok etuvchi maktablarni tanlab olish uchun qat’iy texnik standartlarni qo’llaydi. Maktablarni tanlab olish jarayoni sifati ta’minlanadi va erishilgan namunalar va tegishli javob stavkalari belgilangan normalarga rioya qilganligini tasdiqlaydigan qaror qabul qilish jarayoniga bog’liq. Agar biron-bir davlatning javob darajasi belgilangan chegaradan pastga tushsa, bu xabar qilinadi.




Download 319.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling