O`quvchilar mehnat ta`limi faniga oid quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarni egallashlari shart


Download 137.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana08.03.2023
Hajmi137.11 Kb.
#1248634
  1   2
Bog'liq
Choriyeva



O`quvchilar mehnat ta`limi faniga oid quyidagi bilim, 
ko`nikma 
va 
malakalarni 
egallashlari 
shart: 
5-sinf 
(o’gil 
bolalar) 
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar 
quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: Metallga ishlov 
berish texnologiyasi: metallga ishlov berish ustaxonasining 
tuzilishi; metalga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi 
qoidalari; metallning turmushda va xalq xo`jaligidagi 
ahamiyati, 
tuzilishi, 
turlari, 
ishlatilish 
sohalari; 
metallarning tashqi ko`rinishi va o`ziga xos belgilari; 
metallga 
ishlov 
berishda 
qo`l 
asbobuskunalari, 
moslamalarning tuzilishi va turlari, vazifalari, foydalanish 
qoidalari; chilangarlik dastgohi; o`lchash va rejalash 
asboblari; arralar va freza turlari; vazifalari, foydalanish 
qoidalari; o`lchash va rejalash asboblari: chizg`ichlar, 
buklama metr, metall qalam va boshqalar; metallga ishlov 
berish stanoklari va ular haqida tushuncha; mashinalarning 
asosiy qismlari; stanokda parmalash; metallarga ishlov 
berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlari; yupqa 
tunuka va simdan buyumlar tayyorlash; metall buyumlarni 
harakatsiz va yarim harakatchan biriktirish turlari; 
metallarga 
ishlov 
berishda 
qo`llaniladigan 
xalq 
hunarmandchiligi va dizayn elementlari; metallga ishlov 
berishga oid kasb-hunarlar haqidagi bilimlarni bilish. 
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`ochning 


turmushda va xalq xo`jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, 
turlari, ishlatilish sohalari; yog`ochlarning tashqi ko`rinishi 
va 
o`ziga 
xos 
belgilari; 
yog`ochning 
yaroqlilik 
va 
yaroqsizlik 
belgilari; 
duradgorlikda 
ishlatiladigan yog`ochlar; duradgorlik dastgohi, qo`l 
asboblarining tuzilishi va turlari, ulardan foydalanish 
qoidalari; o`lchash va rejalash asboblari; arralar va randalar 
turlari; iskanalar, bolta va teshalar; bolg`alar va ularning 
turlari; egov va jilvir qog`ozlar tuzilishi hamda turlari; 
yog`ochga ishlov berish stanoklari; mashinalarning asosiy 
qismlari; stanokda parmalash; duradgorlik buyumlaridan 
detallarini tayyorlash; duradgorlik birikmalari to`g`risida 
ma`lumotlar; yelimlash, mixlar, burama mixlar va boshqa 
vositalar bilan biriktirish; buyumlar yuzasiga qoplamalar 
yopishtirish; 
duradgorlik 
buyumlarining 
sirtini 
pardozlash 
va 
detallarni 
konstruktsiyalash; yog`ochdan uy-ro`zg`or buyumlari 
tayyorlashda foydalanish; yog`ochga ishlov berishda 
qo`llaniladigan 
xalq 
hunarmandchiligi 
elementlari; 
yog`ochga ishlov berishga oid kasb-hunarlar haqidagi 
bilimlarni bilish. Elektrotexnika ishlari: elektr montaj 
ishlarida ish o`rnini tashkil qilishni, elektr o`tkazish 
simlarining turlarini elektr o`tkazgichlarni montaj qilish 
izolyatsiyalash ishlarini, elektr asboblarini, sohaga oid 
kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumotni, elektr o`tkazish 
simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash 
usullarini bilish. Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: pol 


qoplamalari va mebellarning loklangan hamda qoplamali 
yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash ishlarini, 
oyna romlarini kichik ta`mirlash, qishda issiqlikni saqlash 
usullarini, xizmat ko`rsatish sohalariga oid kasb-hunar 
turlarini bilish. "Texnologiya va dizayn" yo`nalishi 
bo`yicha 
o`quvchilar 
quyidagi 
ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: Metallga ishlov 
berish texnologiyasi: metallarning turlari, xossalari, 
sifatlari, shakllari, o`lchamlari, qo`llanilishi va ishlatilish 
texnologiyalari bo`yicha ma`lumotlar asosida laboratoriya 
ishlarini; metallga ishlov berishda ishlatiladigan qo`l 
asboblarini turlarga ajratish va ularning ishga yaroqliligini 
aniqlay olish; asboblarni ishga tayyorlash hamda ishlay 
olish; metallga ishlov berish stanoklarining tuzilishi, 
qismlaridagi kuchharakatning uzatilish yo`li, stanokni 
ishga tayyorlay olish; detallar va buyumlar konstruktiv 
yechimlarini topa olish; metallarga ishlov berish 
jarayonlari 
bilan 
uyg`unlashtirilgan 
xalq 
hunarmandchiligiga oid ish usullarini bajara olish. 
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: mahalliy hududda 
o`sadigan daraxtlar va ulardan olinadigan yog`och turlarini 
farqlay olish; yog`ochlarning sifati, nuqsonlarini ajrata 
olish; asbob-uskuna va moslamalarni ishga tayyorlash, 
foydalanish hamda ta`mirlay olish;yog`ochga ishlov berish 
stanoklarining tuzilishi, qismlaridagi kuchharakatning 
uzatilish 
yo`li, 
stanokni 
ishga 
tayyorlay 
olish;tayyorlanmaning eskizi va texnologik xaritasini tuza 
olish, 
tanlash, 
rejalash 


va tayyorlash; yog`ochga ishlov berish jarayonlari bilan 
uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchiligiga oid ish 
usullarini bajara olish. Elektrotexnika ishlari: elektr montaj 
ishlarida ish o`rnini tashkil qilishni, elektr o`tkazish 
simlarining turlarini, elektr o`tkazgichlarni montaj qilish, 
izolyatsiyalash ishlarini, elektr asboblarini, elektr o`tkazish 
simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash 
usullarini amaliy mashg`ulotda qo`llay olish. Uy-ro`zg`or 
buyumlarini ta`mirlash: pol qoplamalari va mebellarning 
hamda loklangan qoplamali yuzalarini saqlash va kichik 
ta`mirlash ishlarini, oyna romlarini kichik ta`mirlash 
hamda qishda issiqlikni saqlash usullarini qo`llay olish. 
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar 
quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: Metallga 
ishlov berish texnologiyasi: metalldan buyum va 
mahsulotlar tayyorlashda ularning turlari, xossalari, 
sifatlari, shakllari, o`lchamlari, qo`llanilishi va ishlatilish 
texnologiyalarini to`g`ri qo`llay olish; metallga ishlov 
berishda qo`l asboblaridan bajariladigan mehnat jarayoni 
xususiyatidan kelib chiqib to`g`ri foydalanish; asboblarni 
ishga tayyorlash va saqlash qoidalariga rioya qilish; 
metallga ishlov berish stanoklarini bajariladigan jarayoni 
xususiyatiga ko`ra ishga tayyorlash; metallarga ishlov 
berishda xalq hunarmandchiligi elementlarini qo`llash. 
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: mahalliy hududda 
o`sadigan daraxtlar va ulardan olinadigan yog`och turlarini 
farqlash; yog`ochlarning sifatini va ularning nuqsonlarini 
aniqlash; asbob-uskuna va moslamalarni ishga tayyorlash, 


foydalanish va ta`mirlash; tayyorlanmaning eskizi va 
texnologik xaritasini tuzish, tanlash, rejalash va tayyorlash; 
yog`ochga 
ishlov 
berish 
jarayonlari 
bilan 
uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchiligiga oid ish 
usullarini bajarish. Elektrotexnika ishlari: elektr o`tkazish 
simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash 
usullarini o`rganish. Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: 
pol qoplamalari va mebellarning hamda loklangan 
qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash 
usullarini o`rganish. "Servis xizmati" bo`yicha o`quvchilar 
quyidagi 
bilimlarga 
ega 
bo`lishlari 
kerak: 
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar 
quyidagi 
bilimlarga ega bo`lishlari kerak: Metallga ishlov berish 
texnologiyasi: qora metall qotishmalari cho`yan va 
po`latning asosiy mexanik xossalari; tayyorlanadigan 
buyumlar; metallarni o`lchash va rejalash asboblaridan 
foydalanish; shtangensirkul bilan o`lchash usullari; 
tokarlik-vint qirqish stanogining vazifasi, qo`llanilishi, 
tuzilishi, asosiy qismlari va ularning vazifasi; tokar va 
chilangarning ish o`rnini tashkil qilish; tokarlik ishlarida 
moslamalardan foydalanish; metallga issiqlik va sovuqlik 
ishlov berishning mohiyati; texnika va konstruksiyalash 
elementlari; buyumlarni tayyorlash: loyihalash, o`lchash, 
rejalash, biriktirish, pardozlash, rejalash, arra bilan kesish, 
egovlash, zubilo bilan ishlash usullari, bir necha detal va 


tayyorlanmaga ishlov berish, metallarga ishlov berishga 
oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini 
bilish. 
Yog`ochga 
ishlov 
berish 
texnologiyasi: 
yog`ochning fizikaviy xossalari; yog`och turlarining 
xususiyatlari; duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va 
bo`yoq 
turlari, 
xususiyatlari, 
ishlatilish 
sohalari; 
yog`ochlarni rejalash, o`yish, parmalash asboblarining 
turlari, ularni ishlatish va saqlash qoidalari; qo`l randa va 
parmalash qurilmalarining tuzilishi; stanoklarning asosiy 
qismlari va vazifalari; yog`ochga ishlov beradigan tokarlik 
stanogi, unda bajariladigan jaray onilar; stanoklar 
tuzilishidagi 
umumiylik; 
ulardagi 
harakat 
uzatish 
mexanizmlari, kinematikasi; yog`ochga ishlov berish 
texnologiyasi asosida uy-ro`zg`or buyumlarini tayyorlash; 
yelimlarni ishga tayyorlash va ulardan foydalanish 
qoidalari; yog`ochga ishlov berishni o`rgatishda fanlararo 
aloqalar; 
yog`ochga 
ishlov 
berishga 
oid 
xalq 
hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini bilish. 
Elektrotexnika ishlari: bitta xonani yoritish zanjir 
sxemasini, maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga 
ulashni, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`sirini, 
elektr 
energiyasini 
tejamli 
ishlatish 
usullarini, 
elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, 
ishlatish va ularga xizmat ko`rsatishga oid kasb-hunarlar 
to`g`risida ma`lumotni bilish. Uy-ro`zg`or buyumlarini 
ta`mirlash: yurtimiz me`morchiligi tarixiga oid qisqacha 
ma`lumotlarni, xona interyeri hamda jihozlanish dizayniga 
talablarini, sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar 
hamda zamonaviy taraqqiyot yo`nalishlarini, xona va 


fanlar bo`yicha o`quv kabinetlarida mebel va qo`shimcha 
jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini 
tayyorlashni taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni 
jihozlashni bilish. "Texnologiya va dizayn" yo`nalishi 
bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega 
bo`lishlari kerak: Metallga ishlov berish texnologiyasi: 
metallarga ishlov berish, materiallarning xususiyatlarini 
aniqlay olish; o`lchash, rejalash va dastlabki ishlov berish 
asboblarini ishga tayyorlash va ishlash usullarini bajara 
olish, metallga ishlov beruvchi asboblarining ishchi 
qismlarini sozlash va ta`mirlash; parmalash va tokarlik-
vint qirqish stanoklarining qismlaridan ishchi detallarni 
ajratish; tayyorlanadigan detal eskiz chizmalarini, 
texnologik xaritalarni tuzish va o`qish; materialni tejamli 
sarflashni rejalash; metallarga ishlov berishga oid xalq 
hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini bajara 
olish. Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`och-
taxta materiallarining turlarini va xususiyatlarini aniqlash; 
yog`och asosli yarimtayyor mahsulotlar namunalari bilan 
tanishish va ishlatilish sohalarini aniqlash; yelimlar va 
bo`yoqlarni 
ishlatish; 
yog`ochga 
ishlov 
berish 
asboblaridan foydalanish usullarini qo`llash; asboblarni 
sozlash va ta`mirlash; yog`ochga ishlov beruvchi tokarlik 
va parmalash stanoklarining tuzilishini, ularni ishga 
tayyorlash hamda xavfsiz ishlatish qoidalariga amal qilish; 
silindr shaklidagi detallar eskizini tuzish; yog`ochdan 
tayyorlanadigan buyumni tanlash, rejalash, o`lchash; 
yog`och va boshqa materiallardan xalq hunarmandchiligi 
ish 
usullari 
asosida 
buyumlar 
tayyorlay 
olish. 


Elektrotexnika ishlari: maishiy elektr asboblarini elektr 
manbaiga ulashni, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga 
ta`sirini, elektrenergiyasini tejamli ishlatish usullarini, 
elektrotexnik hamda electron uskunalarni ishlata olish. Uy-
ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: xona interyeri hamda 
jihozlanish dizayniga talablarini, o`quv xonalarida mebel, 
qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri 
eskizini tayyorlashni bilish. Tayyorlangan eskiz asosida 
xonalarni jihozlay olish. "Texnologiya va dizayn" 
yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi malakalarga ega 
bo`lishlari kerak: Metallga ishlov berish texnologiyasi: 
metallarga 
ishlov 
berishda 
materiallarning xususiyatlaridan to`g`ri foydalanish; 
buyum va mahsulotlarni tayyorlashda o`lchash, rejalash va 
dastlabki ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash va 
ishlash usullarini bajarish; metallga ishlov beruvchi 
asboblarning ishchi qismlarini sozlash va ta`mirlash; 
parmalash 
va 
tokarlik-vint 
qirqish 
stanoklarining 
qismlaridan 
ishchi 
detallarni 
ajratish; tayyorlanadigan detal eskiz chizmalarini chizish, 
texnologik xaritalarni tuzish va o`qish; materialni tejamli 
sarflash; 
metallarga 
ishlov 
berishga 
oid 
xalq 
hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini qo`llash. 
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`och-taxta 
materiallarining 
turlarini 
va 
xususiyatlari 
hamda 
yarimtayyor mahsulotlarni ishlatilish sohalarini aniqlash; 
yelimlar va bo`yoqlarni ishlatish; yog`ochga ishlov berish 


asboblaridan foydalanish usullarini qo`llash; asboblarni 
sozlash va ta`mirlash; yog`ochga ishlov beruvchi tokarlik 
va 
parmalash 
stanoklarini 
ishga tayyorlash hamda xavfsiz ishlatish; silindr shaklidagi 
detallar eskizini tuzish; yog`ochdan tayyorlanadigan 
buyumni tanlash, rejalash, o`lchash; yog`och va boshqa 
materiallardan xalq hunarmandchiligi ish usullari asosida 
buyumlar tayyorlash. Elektrotexnika ishlari: bitta xonani 
yoritish zanjir sxemasini o`rganish. Stol lampasini elektr 
zanjirini tuzish va tayyorlash. Uy-ro`zg`or buyumlarini 
ta`mirlash: o`quv xonalarida mebel va qo`shimcha 
jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini 
tayyorlash, taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni 
jihozlash. 
tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish tartibi
dasturxon, 
salfetkasochiqlarning 
turlari, 
ulardan 
foydalanish, 
saqlash 
va 
yuvishni 
bilish. 
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar 
quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: Metallga ishlov 
berish texnologiyasi: rangli metallar va ularning 
qotishmalarini 
mexanik 
xossalari; 
tayyorlanadigan 
buyumlar; 
yupqa 
tunukalar, simlar turlari, undan yasaladigan detallar
sterjen, tunuka va simlarni qirqish, bukish va to`g`rilash 
asboblaridan foydalanish; shtangensirkul, nutromer, 


shablonlar, mikrometrning tuzilishi va o`lchash usullari; 
nonius bilan hisoblash; o`lchash asboblari yordamida 
aniqlik 
sinflarini 
tekshirish; 
frezerlash, 
tokarlik, 
parmalash, 
charxlash 
stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ishlash qoidalari; 
charxlash usullari; tokarlik, frezerlash stanoklarida 
detallarga ishlov berish texnologiyasi; metallardan 
tayyorlanadigan buyumlarga, detallarga ishlov berish, 
konstruktsiyalash elementlari; mahsulot tayyorlashda rang 
va ranglar uyg`unligini his qilish; xromatik va axromatik 
ranglar; ranglarning inson psixologiyasiga ta`siri; rang va 
muhit; rangli metallarga ishlov berishga oid xalq 
hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini bilish. 
Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi: yog`ochning 
kimyoviy va texnologik xossalari; yog`ochning haroratga, 
namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa ta`sirlarga 
chidamliligini 
ta`minlashga 
xizmat 
qiluvchi materiallar; yog`ochni quritish va saqlash 
qoidalari; yog`ochdan tayyorlangan buyumlarga pardoz 
berishda ishlatiladigan materiallar; yog`ochga ishlov 
berishda qo`l asboblaridan foydalanish texnologiyasi; 
tokarlik, parmalash stanoklarining vazifasi, tuzilishi va 
ular bilan ishlash qoidalarini, tokarlik, stanogida detallarga 
ishlov berish texnologiyasi; yog`ochga ishlov berish 
texnologiyasi; uy-ro`zg`or, turmushda va maktabda 
qo`llanilayotgan texnika va konstruktsiyalash elementlari; 
eskizlar asosida buyumlar tayyorlash; shakli silindrsimon, 


konussimon va fasonli, burchakli sathlar birikuvidan hosil 
qilingan detallar; chizmalarda texnik talablarni ifodalanish 
qoidalari; buyumlarning tashqi shaklini dizayn talablari 
asosida o`rganish va baholash; buyum shaklining 
xarakteristikasi; simmetriya va assimetriya; yog`och va 
metallga 
ishlov 
berishni 
uyg`unlashtiruvchi 
xalq 
hunarmandchiligi turlariga bo`yicha ish usullarini bilish. 
Elektrotexnika ishlari: kavsharlash asosida elektr montaj 
ishlarini bajarish ish o`rni tashkil etishni, kavsharlashda 
simlar, kavshar, flyuslar turlarini, kavsharlash asosida 
elektr 
montaj 
ishlarini 
bajarish, 
ish 
asboblari 
hamda ish usullarini, elektr montaj ishlari va asboblarini 
ishga tayyorlash. Mazkur yo`nalishlar bilan bog`liq kasb-
hunar turlarini bilish. Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: 
shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, 
issiqlik ta`minoti tizimi va undan foydalanish qoidalarini, 
uy va xonadonlarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlarini, 
ta`mirlashda 
qo`llaniladigan 
zamonaviy 
qurilish 
materiallarini, 
uy 
va 
xonadonlarni 
ta`mirlashda 
qo`llaniladigan asosiy ish asboblarini, qurilish va 
ta`mirlash 
bilan 
bog`liq 
kasb-hunarlar 
to`g`risida 
ma`lumotni bilish. "Texnologiya va dizayn" yo`nalishi 
bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega 
bo`lishlari kerak: Metallga ishlov berish texnologiyasi: 
metallarga chilangarlik va tokarlik ishlov berish turlari va 
usullari; 
sterjen, 
tunuka, 
simlarga 
ishlov 
berish 
asboblarini ishga tayyorlash va ular bilan ishlash; metallga 


ishlov berish asboblari turlari haqida ma`lumotlarni 
aniqlash va referat yozish; tokarlik, frezerlik, parmalash va 
charxlash stanoklarida oddiy jarayonlarni bajarish; uy-
ro`zg`or, turmush va maktab uchun metall materiallardan 
buyumlar tayyorlash; texnologik xaritalar tayyorlash, 
chizish, foydalana olish. Yog`ochga ishlov berish 
texnologiyasi: yog`ochlar va ularga ishlov berish 
materillarini turlarga ajratish va xususiyatlarini aniqlash; 
yog`ochga qo`lda ishlov berish asboblarini ishga 
tayyorlash hamda ish joyini tashkil qilish; yog`ochga 
ishlov berishda tokarlik va parmalash stanoklarida 
jarayonilarini bajarish; konusimon va fason burchak sathli 
detallarni va ularning eskizlarini tuzish va chizmalarini 
tayyorlash; tayyorlanadigan detallar texnologik xaritalari; 
yog`och va metallga ishlov berishni uyg`unlashtiruvchi 
xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari asosida 
buyumlar 
tayyorlay 
olish. 
Elektrotexnika 
ishlari: 
kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish 
o`rni tashkil eta olish, kavsharlashda simlar, kavshar, 
flyuslar turlarini, kavsharlash asosida elektr montaj 
ishlarini 
bajarish, 
ish 
asboblari 
hamda ish usullarini, elektr montaj ishlari va asboblarni ish 
jarayoniga tayyorlay olish. Uy-ro`zg`or buyumlarini 
ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr 
energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi hamda undan 
foydalanish 
qoidalarini, uy va xonadonlarni ta`mirlash ishlarining 


asosiy turlarini, ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy 
qurilish materiallarini, uy va xonadonlarni ta`mirlashda 
qo`llaniladigan asosiy ish asboblaridan foydalana olish. 
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar 
quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: Metallga 
ishlov berish texnologiyasi: chilangarlik va tokarlikda 
metallarga ishlov berish usullarini bajarish; tokarlik, 
frezerlik, 
parmalash 
va charxlash stanoklarida oddiy jarayonilarni bajarish; uy-
ro`zg`or, turmush va maktab uchun metall buyumlar 
materiallardan buyumlar tayyorlash; texnologik xaritalar 
tayyorlash, chizish, foydalanish. Yog`ochga ishlov berish 
texnologiyasi: yog`ochga qo`lda ishlov berish asboblarini 
ishga tayyorlash hamda ish joyini tashkil qilish; yog`ochga 
ishlov berishda tokarlik va parmalash stanoklarida 
jarayonilarni bajarish; konussimon va fason burchak sathli 
detallarni va ularning eskizlarini tuzish va chizmalarini 
tayyorlash; 
tayyorlanadigan 
detallarni 
texnologik 
xaritalarini; yog`och va metallga ishlov berishni 
uyg`unlashtiruvchi xalq hunarmandchilik turlari bo`yicha 
ish usullari asosida buyumlar tayyorlash. Elektrotexnika 
ishlari: elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash 
usullarini o`rganish; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va 
jihozlar (Svetofor, girlyanda va b.) tayyorlash. Uy-ro`zg`or 
buyumlarini ta`mirlash: shahar va qishloq uylarida suv, 
gaz, elektr energiyasi va issiqlik ta`minoti tizimining 
sxematik tasvirini tayyorlash; suv ta`minoti tizimi, suv 


quvurlari, ventil va jo`mraklarni sozlashda mayda 
ta`mirlash ishlarini bajarish. "Servis xizmati" bo`yicha 
o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: 
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar 
quyidagi 
bilimlarga 
ega 
bo`lishlari 
kerak: 
Xalq 
hunarmandchiligi texnologiyasi: hunarmandlarning bozor 
munosabatlari asosidagi faoliyatlarini, uyushmalari va 
uning istiqbollarini, xalq hunarmandchiligi bo`yicha 
ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni 
tanlash qoidalarini, xalq hunarmandchiligini tanlangan 
yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan 
uyg`unlashtirilgan 
mahsulot tayyorlash ish usullarini bilish. Ishlab chiqarish 
asoslari: O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlarini, 
O`zbekiston xalq xo`jaligida sanoat va qurilishda moddiy 
ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro 
munosabati, bir-biriga bog`liqligini, texnologik jarayon 
haqida asosiy tushunchani, yangi texnika va ilg`or 
texnologiya, uning ifodalanilishi, mehnat predmetiga 
mexanik ta`sir etish (materiallarni kesish, qirqish, 
biriktirish, 
payvandlash 
va 
h.k.) 
orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishlab 
chiqarishda amalgam oshiriladigan kimyoviy va fizik-
texnologik 
jarayonlarni, 
fan-texnika 
taraqqiyotini 
jadallashtirish omillari va istiqbolini, kadrlarni tayyorlash, 


malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlarini, 
mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining 
rivojlanishini bilish; sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab 
chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot 
namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan 
xomashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslashni 
bilish. Kasb tanlashga yo`llash: kasblar tasnifini, kasblarda 
mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-
odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifini, 
kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yilgan 
talablarni, O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, 
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishi, 
ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlarini, o`quvchi 
yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimini bilish. 
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar 
quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: Xalq 
hunarmandchiligi 
texnologiyasi: 
xalq 
hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha 
zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan 
mahsulot tayyorlash ish usullarini qo`llay olish. Ishlab 
chiqarish asoslari: sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab 
chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot 
namunasini (maketi, modeli) tayyorlay olish va unda 
qo`llanilgan 
xomashyo, 
ijodiy 
g`oya 
va 
dizayn 
yechimlarini asoslay olish. Kasb tanlashga yo`llash: 
O`zbekistonda 
uzluksiz 
ta`lim 
tizimini, 
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishi, 
ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlarini, o`quvchi 


yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimini farqlay olish. 
"Texnologiya va dizayn" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar 
quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: Xalq 
hunarmandchiligi 
texnologiyasi: 
xalq 
hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha 
zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan 
mahsulot 
tayyorlash 
ish 
usullarini 
bajarish. 
Ishlab chiqarish asoslari: sanoat miqyosida ko`p seriyali 
ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan 
mahsulot namunasini tayyorlash. Kasb tanlashga yo`llash: 
O`zbekistonda uzluksiz ta`im tizimini, akademik litseylar 
va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishini va o`quvchi 
yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimini farqlash. 
"Servis xizmati" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi 
bilimlarga ega bo`lishlari kerak: Xalq hunarmandchiligi 
texnologiyasi: hunarmandlarning bozor munosabatlari 
asosidagi 
faoliyatlarini, 
uyushmalari 
va 
uning 
istiqbollarini, xalq hunarmandchiligi bo`yicha ko`rgazma 
va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash 
qoidalarini, 
xalq 
hunarmandchiligining 
tanlangan 
yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan 
uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini 
bilish. Ishlab chiqarish asoslari: O`zbekistondagi ishlab 
chiqarish turlarini, O`zbekiston xalq xo`jaligida sanoat va 
qurilishda moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning 
tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligini, 
texnologik jarayon haqida asosiy tushunchani, yangi 
texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishi, mehnat 


predmetiga mexanik ta`sir etish (gazlamalarning olinishi
ularni bichish-tikish, pardozlash, mahsulotlarga birinchi va 
ikkinchi ishlov berish, yarim fabrikatlar va h.k.) orqali 
amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishlab 
chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-
texnologik 
jarayonlarni, 
fan-texnika 
taraqqiyotini 
jadallashtirish omillari va istiqbolini, kadrlarni tayyorlash, 
malakasini oshirish yo`nalishlari, tartibi va standartlarini, 
mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining 
rivojlanishini bilish; sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab 
chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot 
namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan 
xomashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslashni 
bilish. Kasb tanlashga yo`llash: kasblar tasnifini, kasblarda 
mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-
odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifini, 
kasb-hunar 
egallashda 
inson 
salomatligiga qo`yilgan talablarni, O`zbekistonda uzluksiz 
ta`lim tizimini, akademik litseylar va kasb-hunar 
kollejlarining yo`nalishi, ularning bir-biridan farqi, 
umumiy tomonlarini, o`quvchi yoshlarni kasb-hunarga 
yo`naltirish tizimini bilish. "Servis xizmati" yo`nalishi 
bo`yicha o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega 
bo`lishlari kerak: Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: 
xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha 
zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan 
mahsulot tayyorlash ish usullarini bajara olish. Ishlab 
chiqarish asoslari: yo`nalish asosida sanoat miqyosida ko`p 


seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin 
bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, 
unda qo`llanilgan xomashyo, ijodiy g`oya va dizayn 
yechimlarini asoslay olish. Kasb tanlashga yo`llash: 
O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini, akademik litseylar 
va 
kasb-hunar 
kollejlarining 
yo`nalishi, 
ularning 
bir-biridan farqi, umumiy tomonlarini, o`quvchi yoshlarni 
kasb-hunarga yo`naltirish tizimini ajarata olish. "Servis 
xizmati" yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi 
malakalarga ega bo`lishlari kerak: Xalq hunarmandchiligi 
texnologiyasi: xalq hunarmandchiligining tanlangan 
yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan 
uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini 
bajarish. Ishlab chiqarish asoslari: yo`nalish asosida sanoat 
miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya 
etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini tayyorlash. 

Download 137.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling