O‘quvchilar uchun imlosi qiyin bo‘lgan so‘zlardan iborat "Maktab lug‘ati" to‘plamini yaratish


Download 63 Kb.
Sana10.07.2020
Hajmi63 Kb.
#123453
Bog'liq
yozma savodxonlik


O‘quvchilarning yozma savod­xonligini oshirish, ularga o‘zbek tili imlo qoidalarini mukammal o‘rgatish va to‘g‘ri yozishga odatlantirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Shu bois mamlakatimizda o‘zbek tilini chuqur o‘rgatishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Joriy yilning aprel oyida Navoiy viloyatida o‘zbek tili ta’limini takomillashtirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlab o‘tka­zilgan doimiy til anjumanining XIII yig‘ini ham “Ta’lim jarayonida yozma savodxonlikni oshirishning asosiy omillari” mavzusiga bag‘ishlandi. Anjumanda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma savodxonligini oshirish usullaridan unumli foydalanish borasida fikr yuritilib, qator tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur tavsiyalar kelgusida o‘quvchilarning yozma savodxonligini oshirish, o‘zbek tilining mukammal o‘qitilishiga oid vazifalarni qamrab olgani bilan ahamiyatli. 

An’anaviy avgust kengash­larining sho‘ba yig‘ilishlarida fan o‘qituvchisi ta’lim jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratishi zarurligini tushuntirish lozim: 

— o‘quvchilar uchun imlosi qiyin bo‘lgan so‘zlardan iborat “Maktab lug‘ati” to‘plamini yaratish; 

— tutuq belgisining imlo savodxonligini ta’minlashdagi o‘rnini hisobga olgan holda darsliklarda ushbu mavzuga oid mashq va topshiriqlarni ko‘proq berish; 

— dars jarayonida yozma savodxonlikni oshirish uchun xatolar ustida hamda lug‘atlar bilan ishlash tajribasini tizimli yo‘lga qo‘yish; 

— har bir o‘qituvchi haftada bir kunni o‘z kasbiy mahoratini oshirishga ajratib, shu asnoda fanga oid yangiliklar bilan muntazam tanishib borishi, o‘qitish metodlariga oid adabiyotlar va ilg‘or tajribalarni o‘rganishi, o‘quvchilar bilimini tahlil qilish va aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish choralarini rejalashtirish; 

— nafaqat boshlang‘ich ta’lim, balki yuqori sinflarda ham yozuv va husnixatga e’tiborni kuchaytirish orqali o‘quvchilarda chiroyli yozish ko‘nikmasini rivojlantirish; 

— husnixat va yozma savodxonlik bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida tanlovlar tashkil etish. 

Bunday sa’y-harakatlar yurti­mizda O‘zbekiston Respub­likasining “Davlat tili haqida”gi qonuni ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ku­chay­tirib, jamiyatning savodxonlik darajasini oshirishga xizmat qiladi. 

Ta’kidlash joiz, keyingi yillarda o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirishga asosiy e’tibor qaratil­gani holda yozma savodxonligini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmayapti. Shunday ekan, fan o‘qituvchilari darslarda ilg‘or pedagogik texnologiyalar va tajribalarni keng qo‘llash bilan cheklanmay, o‘quvchilarning yozma savodxonligini o‘stirishga xizmat qiluvchi metod va usul­lardan ham samarali foydalanishi talab etiladi. Shuningdek, tilshu­noslik va til o‘qitish metodikasining didaktik tamoyillari asosida onglilik, ilmiylik, tushunarlilik, ko‘rgazmalilik kabi omillardan foydalanib, o‘quvchilarda yurtimiz tarixi, milliy madaniyati, turmush tarzi, mu­omala madaniyati, mentali­teti­mizga mos odob-axloq qoidalari bilan tanishtirib borish kerak bo‘ladi

ars jarayonida o‘qituvchilar darslik materiallari bilan che­garalanib qolmasdan, qo‘shimcha manbalardan foydalanishi tavsiya etiladi. Masalan, o‘quvchilarni qiziqtira oladigan ertaklar, hikoyalar so‘zlab berish, o‘zlari yoqtirgan asar qahramonlariga munosabat bildirish, notanish so‘zlarning tarjimasida darslikda berilgan lug‘atlar bilangina kifoyalanmasdan, o‘quvchilarda ikki tilli, izohli lug‘atlardan mustaqil foydalanish ko‘nikmasini shakl­lantirish, internet materiallari va videodarslardan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda pedagog quyidagilarga e’tibor qaratishi zarur: 

— mavzulararo izchillik va uzviylik tamoyiliga to‘liq rioya qilish, ya’ni nutqiy mavzular mazmunidan kelib chiqib, grammatik mavzular hamda adabiy o‘qish materiallarini muayyan izchillikda tushuntirish; 

— mashq va topshiriqlarni mukammal bajarish uchun tavsiya etilgan materiallarni osondan qiyinga, oddiydan murakkabga tomon tadrijiy o‘stirib borish orqali o‘zbek tilini puxta o‘qitish; 

— ijodiy va vaziyatli topshiriqlar bilan ishlash orqali o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish; 

— dars jarayonida o‘quvchi bilan yakka tartibda shug‘ullanish orqali mustaqil, ijodiy, guruhlar bilan hamkorlikda ishlashga o‘rgatish, unda o‘z fikrini erkin bayon qilish va qiziqtirganlarini so‘rab bilib olish ko‘nikmasini shakllantirish; 

— “Keksalar hurmatda, yoshlar izzatda” mavzusida ochiq darslar tashkil qilish; 

— o‘quvchilarning monologik va dialogik nutqini o‘stirish uchun ko‘rgazmali materiallar(mavzuga oid rasmlar, slaydlar, diafilmlar)dan foydalanishga alohida e’tibor qaratish lozim. 

Avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlarida o‘zbek tili darslariga “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi vazifalarni singdirish orqali o‘quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, keksalarni e’zozlashdek insoniy fazilatlarni tarbiyalashga e’tibor qaratish, bu borada dars mazmunini boyituvchi turli omillar, jumladan, OAV materiallari, AKTdan o‘rinli foydalanish talab etiladi. Fan olimpiadalari, bilimlar bellashuvi natijalari tahlilini o‘tkazish hamda 2–9-sinf “O‘zbek tili” darsliklari bilan samarali ishlash o‘qituvchini muvaffaqiyatga yetaklaydi. 

Avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarida quyidagi namunaviy mavzular bo‘yicha seminar-trening tashkil etish, o‘qitishning samarali usullarini qo‘llash bo‘yicha fikr almashish va kelgusidagi rejalarni belgilab olish tavsiya etiladi: 

— o‘zbek tilini o‘rganishda lug‘atlarning o‘rni; 

— o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llari; 

— matn ustida ishlash — nutq o‘stirishning asosi; 

— og‘zaki va yozma nutq malakalarini uzviy rivojlantirish yo‘llari; 

— OAVdan foydalanish orqali o‘quvchilarni o‘zbek tiliga qiziqtirish masalalari; 

— o‘zbek tili darslarini tashkil etishda mediata’limning o‘rni; 

— pedagogik texnologiyalarning ilg‘or usullari va axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarni mustaqil ishlashga yo‘naltirish; 

— darsda matn bilan ishlash orqali o‘quvchilarni mutolaaga, xususan, o‘zbek adabiyoti namunalarini o‘qishga qiziqtirish va hokazo. 
Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling