O‘quvchilarda vokal xor malakalarini shakllantirish qutliyeva Gulmira Durdimurotovna


Download 19.71 Kb.
bet1/2
Sana13.01.2023
Hajmi19.71 Kb.
#1092008
  1   2
Bog'liq
Qutliyeva


O‘QUVCHILARDA VOKAL - XOR MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH
Qutliyeva Gulmira Durdimurotovna
Buxoro davlat universiteti Musiqa ta’lim kafedrasi I-bosqich magistranti
Annotatsiya: Maqolada o‘zbek xalq folklor qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarda vokal-xor malakalarini shakllantirish texnologiyalari to‘g‘risida ilmiy-pedagogik qarashlar keltirilgan. Unga ko‘ra, xalq folklor qo‘shiqlarini o‘rgatish orqali o‘quvchilarda avvalo, milliy xalq folklor merosimizga muhabbat, shuningdek, talaffuzda chiqarish qiyin bo‘lgan ba’zi harflarni jaranglatishni moslashtirishga erishish mumkinligi, shuningdek, darslarda ilg‘or pedagogik va zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning samarali jihatlari haqida ilmiy- pedagogik tavsiyalarni ishlab chiqish yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Vatan, folklor, estetika, tafakkur, milliy musiqa merosi, vokal - xor malakalari, innovatsion texnologiya, qadriyat, ma’naviy, fiziologik, an’anaviy ijro uslublari, vatanparvarlik, mehnatga muhabbat, odamlarga ishonch, do‘stlarga sadoqat, axloq, kompyuter, elektron doska va videopraektor, metodik, sho‘x, quvnoq, muayyan raqs, parda tuzugi, multimedia, shakl, tavsilot, subektiv,obektiv,axborot, dastur,qo‘llanma, darslik, ideal, falsafaviy, psixologik, strategiya.
Mamlakatimizda ma’naviy me’ros, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga e’tibor kuchayib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni shu qadriyatlar ruhida har tomonlama yetuk, ma’nan yuksak, komil ison qilib tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biriga aylangan. Shunga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darslarni mazmunli tashkil etish bilan bir qatorda milliy an’analarimizni o‘quvchi-yoshlarning qalb-u shuuriga singdirish har bir pedagogning dasturilamali hisoblanadi.
Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘qitiladigan fanlar dasturi va darsliklari ko‘plab xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari bilan bir qatorda xalq qo‘shiq ayrimlari hamda bolalar folkloriga oid namunalarga tayanib tuzilgan. Demak, ta’limning ilk davrlaridan boshlab bolalarga bunday namunalarni o‘rgatish, ijro ettirish jarayonida ularga og‘zaki an’analardagi yetakchi janrlari, tuzilishi, ijro uslublari va metroritmikasi haqida eng zarur tushunchalarni berish asosiy maqsad qilib olingan.
O‘zbek xalq bolalar folklori tarkibidan o‘rin olgan ovutmachoq va erkalama qo‘shiqlar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarni estetik tarbiyalash, ularga milliy qadriyatlarni singdirish, ajdodlar an’analaridan xabardor qilish va barkamol inson shaxsini shakllantirishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan xususiyatga egadir. Shunga ko‘ra, o‘quvchi yoshlarga ta’lim berish jarayonida estetik tarbiyani shakllantirmoqni o‘ziga maqsad qilgan musiqa o‘qituvchilari o‘zbek xalq milliy musiqa merosidan va folkloridan unumli foydalana olishi, maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda, folklor qo‘shiqlarini bolalarbop na’munalarini tanlashga jiddiy yondashish lozim.
Bunda: -o‘quvchilarning yoshiga, psixologik-fiziologik hususiyatlariga ko‘ra asarning o‘yinbopligi, sho‘x, quvnoq, muayyan raqs va jismoniy harakatlar bilan bog‘liq holda ijro etish holatini e’tiborga olish;
-qo‘shiqni bolalarni kuylash imkoniyatiga (ovoz diapazoni, ovoz kuchi, vokal - xor malakalari) mosligiga, qo‘shiq matnini tushunarliligi, g‘oyaviy badiiy mazmunini tarbiyaviy ta’sirchanlikka egaligiga, asarlarni o‘rganish va ijro etish uchun mavjud shart sharoitlariga to‘g‘ri kelishiga alohida e’tibor berish lozimdir.
-tanlangan qo‘shiqqa nisbatan bolalarda muayyan qiziqish uyg‘otish(suhbat, hikoya);
-qo‘shiqni o‘qituvchi tomonidan cholg‘u sozi jo‘rligida ijro etish;
-asarning g‘oyaviy badiiy mazmunini tahlil qilish;
-qo‘shiq ohangi, parda tuzugi, shakli, tafsiloti, ijro etilish tarzi, o‘ziga xos ijrochilik uslubi (mahalliy uslub, she’va, kiyim) tematikasi (mavsum, marosim, urf-odat tabiat, o‘simliklar, hayvonot olami) bilan bog‘liqlik hususiyatlariga bolalar diqqatini qaratish;
-qo‘shiqni badiiy ijrosi ustida ishlash;
-taassurotlar yuzasidan suhbat, savol-javob, bahs-munozaralar o‘tkazish;
-ijroni baholash va tom ma’nodagi subektiv xususiyalariga xulosa qilish lozimligi;
- sahna mahorati ijrolarini obektiv-psixologik yondashuvini yo‘lga qo‘yish. -folklorda multimediali axborot tizimini qo‘llash istiqbollarini egallashdir.
O‘quvchilarga folklor qo‘shiqlari haqida nazariy ma’lumotlar berish, asarni ijro etish va tahlil qilishda o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan an’anaviy hamda noan’anaviy ish usullari, texnik va ko‘rgazmali vositalar, dars samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu faoliyatni bosqichma- bosqich amalga oshirib borilsa-gina, ijobiy samaraga erishiladi.
O‘zbek xalq folklori qo‘shiqlari badiiy-estetik tafakkur, ma’naviy-axloqiy fazilatlarning muhim belgisi hisoblanadi. Badiiy so‘z, tovushlarning ohangdorligi va cholg‘u sozlarini musiqiy jozibadorligi, badiiy estetik tafakkurni shakllantirish, asosiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular bolalarda eng yaxshi insoniy fazilatlar: vatanparvarlik, mehnatga muhabbat, odamlarga ishonch, do‘stlarga sadoqat tuyg‘ulari va uning o‘z-o‘ziga nisbatan talabchanligini shakllantiradi. Shunga ko‘ra, folklor qo‘shiqlari o‘quvchilar uchun ilk tarbiya darsligi, ma’naviy axloqiy boyliklarining bitmas tuganmas xazinasidir. Bu fikrlardan ayon bo‘ladiki, folklor qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy shakllantirish omillari dolzarb pedagogik muammo sifatida o‘z yechimini kutmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar kundan-kunga rivojlanib borayotgan bir davrda, musiqa darslarini ham to‘laqonli zamonaviy texnologiyalar orqali tashkil etish ayni muddaodir. Ko‘zlangan natijaga erishish uchun, musiqa darslarida cholg‘u asbobida asarni ijrosini ko‘rsatib berish, shuningdek, huddi shu tarzda video yoki audio ko‘rinishida eshittirib, mavzuni yanada mustahkamlash mumkin. Bunda, o‘qituvchi tomonidan bo‘lajak darsning texnologik xaritasini tuzib olish katta ahamiyatga egadir. Innovatsion texnologiyalarni darslarda qo‘llash jarayonida o‘qituvchi kompyuter, elektron doska va videoproektordan foydalansa, ya’ni tarqatma material shaklini ular vositasida namoyish qilib, bosqichlar ketma- ketligida tushuntirib borsagina, yangi mavzuni o‘zlashtirish va esda saqlash darajasi yuqori bo‘ladi.
O‘quvchilarda folklor orqali vokal-xor malakalarini shakllantirishda o‘qituvchidan chuqur falsafaviy-psixologik bilim va ijodiy qobiliyatni talab etadi. O‘quvchilarda milliy insoniy fazilatlarni-folklor qo‘shiqlari yordami bilan tarkib toptirmoq barobarida o‘qituvchi ikki tomonlama ijobiy natijaga erishadi. Bunda, avvalo, o‘quvchi dars mavzusini o‘zlashtiradi, ikkinchidan, o‘quvchida milliy musiqamiz, boy va betakror xalq qo‘shiqlarimizga muhabbat uyg‘onadi. Shuningdek, o‘quvchi yoshlarda san’atga bo‘lgan dastlabki qiziqishlarini uyg‘otish ham nazarda tutiladi. Vokal - xor mashg‘ulotlarida xalq qo‘shiqlarining naqorat qismidan foydalanish ham ayni maddao. Misol uchun: “Chamanda gul”, “Chittigul” “Chimchilab-chimchilab” kabi qo‘shiqlarni ovoz sozlash mashqlari tarzida foydalanish mumkin. Darslarda xalq qo‘shiqlaridan foydalanish natijasida, bola ongida singib borilishi, shuningdek, talaffuz noqulay bo‘lgan “F”,”Q”, ”G‘ ”, ”O‘ ”kabi harflarning jaranglashiga asta-sekin moslashib borishiga erishish mumkin.
“Xalq qo‘shiqlari haqida so‘z ketar ekan, eng avvalo o‘sib kelayotgan yosh avlod, ajdodlari, boyliklari, xususan merosimiz an’ana va urf-odatlarimiz haqida fikrlashga ega bo‘lmog‘imiz lozim”. O‘quvchilarda mustaqil fikrlash qoidalarini rivojlantirar ekanmiz, mustaqil fikrlay olishlari, eng muhimi milliy musiqani ongli ravishda idrok etib, milliy ohanglarni va xalqona qo‘shiqlarni kuylashlari ahamiyatlidir.
Xulosa qilib aytganda, har bir xalq o‘zining milliy an’analariga asoslangan tarixiy madaniyati va turmush tarziga ega. O‘qituvchi - murabbiylar ta’lim va tarbiya jarayonida milliy an’analarga tayanib, buyuk ajdodlarimiz merosidan foydalanib borishlari lozim. An’ana xalqimizning asrlar osha to‘plagan milliy boyligi shuningdek, uning yangi sharoitda, yangi mazmun bilan boyitilishi, yangidan-yangi an’analarning vujudga kelishi bilan qimmatli va hayotbaxshdir. Azal-azaldan mehnat sohasida yaratilgan, avloddan-avlodga o‘tib, umrboqiy bo‘lib
qolgan ilg‘or an’analarni o‘rganish va tahlil qilishni, xalq donoligi mag‘zini chaqish, tajriba ortirish, aqliy kamolotga yetish deb uqtirib kelingan. Milliy musiqa merosimiz betakror va boydir. Uni yosh avlodga to‘laqonli yetkazib berishda biz - pedagoglarning o‘rni beqiyos. !!
Milliy xalq folklorini yoshlar qalbiga olib kirib, mehr uyg‘otib - uch ming yillik san’atimiz ravnaqiga hissa qo‘shamiz. Respublikamizda kelajakni yaratuvchi yosh avlodni yuksak ideallar, birinchi galda milliy-ma’naviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga bosh vazifalardan deb qaralayotgan bir vaqtda, milliy musiqa, xususan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xalq folklor qo‘shiqlarini o‘rgatishning metodik imkoniyatlari dolzarb pedagogik muammolardan biridir. Zotan, kelajakda bolalar tarbiyasida nozik va ma’sulyatli soha egasi bo‘lmish, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xalq folklor qo‘shiqlarini o‘rgatishda bolalarda Vatanga muhabbat uyg‘otishni qiziqtirish, ularning mazmuni va mohiyatini o‘rganish bilan bir-qatorda rag‘batlantirish orqali go‘zallikni his etish, qadrlash tuyg‘usi va shu orqali xalqqa, Vatanga bo‘lgan muhabbatini shakllantirish omillari tizimida bajarilishi lozim bo‘lgan strategiyalar beqiyos ahamiyat kasb etishi shubhasizdir

Download 19.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling