O’quvchilarga muammoli vaziyatga oid masalalar vositasida talim berish metodikasi
Ta’lim texnologiyasining o’ziga xos belgilari
Download 0.51 Mb.
|
ADXAM KARAMATOV 29.03
Ta’lim texnologiyasining o’ziga xos belgilari
ta’lim maqsadlarini aniq belgilash (1) ta’limni qo’yilgan maqsadga yo’naltirish (2)- natijani kafolatlash (3) ta’lim natijasining shaxsiy qiymatini oshirish (4) joriy natijalarni baholash (5) o’quvjarayonini kichik mantiqiy qadamlarga bo’lish (6) monitoringa asoslangan holda tuzatishlar kiritish (7) ta’limni takrorlash va nazorat qilish (8) tuzatish va o’zgartirish kiritilgan ta’lim natijasini b aholash (9) etalon darajasida o’zlashtirish va baholash ( 10) O’quv materiallarining mazmunini o’rgatishda ko’zda tutilgan maqsad, o’qituvchi va o’quvchilar maqsadi, maqsadlarni amalga oshirish va hisobga olish varaqalari, berilgan vazifalar, topshiriqlar miqdori, qo’llaniladigan usullar, mavzular bo’yicha o’tkaziladigan test savollari, reyting nazorat bosqichlari, etalon darajasidao’zlashtirish usuli oldindan belgilab qo’yiladi. Bu ishlarning barchasi ongda ta’lim modelini yaratishga olib keladi. Ta’limning harakatchan modelini ongda yaratish ta’lim texnologiyasining asosiy talablaridan biri bo’lib, bu san’atni egallagan o’qituvchi ta’limning jarayonining kechishiga ko’ra zudlik bilan o’zgartirish, qo’shimcha tuzatishlar kirita oladi (1), u ta’limjarayonini q urish, yana takroriy qurish, zarur bo’lsa yana qayta qurishni osonlik bilan amalga oshiradi (2), ta’lim oluvchilarni har bir mavzuni to’liq o’zlashtirishga yo’naltiradi (3), ta’lim mazmunini etalon darajasida va etalon darajasidan past o’zlashtirgan o’quvchilarni guruhlarga ajrata oladi (4), har bir guruhga mos keladigan ish uslubini zudlik bilan tanlay oladi (5), ta’lim oluvchilarning qobiliyati, ehtiyoj va qiziqishlariga mos keladigan vositalar tizimini, vazifa- topshiriqlarni ishlab chiqadi (6), sust o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan qo’shimcha motivatsion mashg’ulot, qo’shimcha topshiriqlarni bajarish uchun shart-sharoit tayyorlaydi, ularni faollashtiradi (7). Ta’lim texnologiyasi doirasida tashkiliy-uslubiy jihatdan oldindan qo’yilgan ta’lim maqsadlariga turli uslubiy majmualar yordamida erishish mumkin. Agar texnologik tizimlarda asosiy e’tibor nazariyalarni yaratishga qaratilgan bo’lsa, uslublar majmuasini tanlash asosan empirik asosda amalga oshiriladi. Ta’lim texnologiyasi quyidagi uch bosqichdan iborat bo’lgan ko’plab operatsiyalarni qamrab oladi: loyihalashtirish, amalga oshirish, nazorat qilish va baholash. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling