O’quvchilarga muammoli vaziyatga oid masalalar vositasida talim berish metodikasi
III.Nazorat qilish – baholash blokining
Download 0.51 Mb.
|
ADXAM KARAMATOV 29.03
III.Nazorat qilish – baholash blokining vazifasi qo’yilgan maqsadni amalga oshirishning borishi haqida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o’tkazish, ya’ni muntazam ravishda qaytuvchan aloqani ta’minlash va axborotga qayta ishlov berishdan iborat. Olingan axborotni tahlil qilib, zarur hollarda kelgusida harakatlarga o’zgartirishlar kiritiladi va nihoyat, qo’yilgan maqsad va olingan natijalarning mosligi haqida xulosa chiqariladi. Har qanday maqsadga erishishda vaziyat bevosita natijalarning mosligi haqida xulosa chiqariladi.
Har qanday maqsadga erishishda vaziyat bevosita o’z ta’sirini ko’rsatadi. Tashqi shart-sharoitlar o’quvbinolari, xonalarni jihozlashda, texnik va boshqa vositalar bilan ta’minlanganlik darajasida, ijtimoiy muhit va boshqalarda o’z aksini topadi. Ko’zlangan maqsadni amalga oshirish jarayonida quyidagi omillar o’ziga xos to’siq bo’lishi ham mumkin: -pedagogik tizimning barcha tashkiliy elementlari va ularningo’zaro aloqadorligida uyg’unlikning mavjud emasligi; -ta’lim jarayoni ishtirokchilarining psixologik, shaxsiy-individual va boshqa xususiyatlari. ta’lim beruvchining kasbiy kompetentligi kabilar. Pedagogik texnologiyalar qo’llash darajasiga ko’ra: umumiy texnologiyalar (katta); xususiy texnologiyalar (o’rta); kichik modulli universal (kichik) texnologiyalarga ajaratiladi. Ta’lim maqsadlarini, baholash mezonlarini hamda ta’lim sharoitlarini takroriy hosil qilishdagi imkoniyatlaridan kelib chiqib, ta’lim-tarbiya jarayonining tarbiyaviy omillariga ham “texnologik” jarayonni keng tatbiq etish mumkin. Bu jihatdan “ta’lim texnologiyasi” ta’lim va tarbiya o’rtasidagi farqni qisqartiradi. “Ta’lim texnologiyasi” ta’lim maqsadlarini aniqlashtirish va qismlashtirish, ta’lim natijalarini standartlashtirish, ta’lim jarayonidagi samarali qaytuvchan aloqa, avtomatlashtirish imkoniyatlari kabi muhim ta’lim muammolarini hal qilish imkonini beradi. Ushbu muammoni ishlab chiqishda “ta’lim texnologiyasi”dagi o’qitishtizimlarini qurishdagi tajribani hisobga olish va tanqidiy tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.Ta’lim jarayonining “texnologik” qurilishi qator muammolarni ham keltirib chiqaradi. Ularga, birinchi navbatda, didaktik maqsadlarni ishlab chiqish, ularni muvofiq ravishda tarkib toptirish, mos ravishdagi ta’lim jarayonini loyihalashtirishda uning shakl va mazmuni muvofiqligini ta’minlash, ta’lim oluvchilar tomonidan tajribaning to’laqonli o’zlashtirilishi, barcha ta’lim oluvchilar saviyasini tenglashtirish va oshirish kabilarni kiritish mumkin. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling