Otish tayyorgarligi” bo‘limini o‘qitish bo‘yicha


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana27.01.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1130560
  1   2
Bog'liq
wjWU6j5XhVZ6bb5Dj6QpZk2NqUs9go2G48RbV9LP



 
18-mavzu: Tegishli jihoz, vosita va didaktik materiallardan foydalanilgan 
holda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilish (“Otish tayyorgarligi” bo‘limini 
o‘qitish bo‘yicha) 
Reja: 
1. “Otish tayyorgarligi” bo‘limini o‘qitishda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish. 
2. “Otish tayyorgarligi” bo‘limini o‘qitishda tarqatma materiallar o‘rni. 
Tayanch tushunchalar: ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, o‘qitish 
vositalari, darslik, electron qo‘llanmalar. 
Hozirgi vaqtda maktablarda o‘quvchilarning texnikaviy ijodiyoti keng 
rivojlanganligi tufayli o‘quv xonalarini o‘qitishning texnik vositalari bilan 
jihozlashga katta e’tibor berilmoqda. Xonalarni o‘qitishning texnik vositalari bilan 
jihozlash ishida quyidagi asosiy texnikaviy-pedagogik talablarga amal qilish kerak: 
1. O‘quv xonalarini o‘qitishning texnika vositalari bilan jihozlashda o‘quv 
jarayonida ulardan komleks tarzda foydalanishini hisobga olishi zarur.
2. O‘quv xonasining istagan joyida ko‘rish va eshitish uchun yaxshi sharoit 
ta’minlash lozim. 
3. O‘quv xonalarida o‘qitishning texnika vositalari ishlatilganda shovqin 
manbalarini yo‘qotish kerak. 
4. Barcha texnikaviy qurilmalar puxta va buzilmay ishlashi darkor. 
5. Texnika vositalarining tuzilishi va ishlatilishi oddiy bo‘lishi kerak. 
6. O‘qitishning barcha universal va maxsus texnika vositalaridan birgalikda 
oqilona foydalanish lozim. 
7. Ishlatilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lishi zarur.
O‘qituvchi dars rejasini tuzishda unda o‘qitish vositalarining o‘rnini 
belgilashi lozim. Bu vositalarning dars mazmuni bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi asosiy 
talablardan biridir. 


O‘qitishning ko‘rgazmaliligini oshiruvchi hamda berilayotgan bilim yoki 
axborotlarni o‘quvchilarga yetkazishda va ularning xotirasida ushbu bilim-larni 
uzoq vaqt davomida esda saqlanishida asosiy o‘rin tutadigan texnik vositalar 
hisoblanadi. Ulardan dars davomida foydalanishda bir necha umumiy talablarga 
e’tibor berish tavsiya etiladi. 
Darsda ishlatiladigan texnik vositalar dars boshlanishidan avval o‘qituvchi 
tomonidan har tomonlama tekshirilgan bo‘lishi va ishga taxt holatda saqlanishi 
kerak. Ularni ishlatish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha vositalar ham sinab 
ko‘rilishi shart. Texnik vositalarni ishlatish vaqti ham aniq belgilab olinishi lozim. 
Bunda ayniqsa uning texnika xavfsizligi qoidalari talablariga javob berishi 
tekshirib ko‘riladi. 
O‘qituvchi har bir texnika vosita yordamida ekranga namoyish qilina-digan 
materialni qancha vaqt davom etishini aniq belgilab olishi maqsadga muvofiqdir. 
Mazmun jihatdan bu material darsning boshqa o‘quv materiallari bilan uzviy 
bog‘langan bo‘lishi darkor. 
Dars jarayonida ko‘pchilik texnik vositalarni uslubiy nuqtai-nazardan 
asossiz ishlatish ham foydasiz. Texnika vositalaridan foydalanishda ko‘rgaz-
malilikni ta’minlash bilan birga, vaqtni tejashga ham e’tibor berish lozim. 
Dars jarayonida imkoni boricha texnik vositalar sinf xonalarida bo‘lmasligi, 
ularni maxsus pult orqali boshqarish maqsadga muvofiq. 
Ekranning yorug‘lik nurini qaytarish koeffitsiyenti 0,8 ga teng bo‘lishi, 
ekran sifatida oq rangga bo‘yalgan devordan foydalanish mumkin emas. Ekranning 
pastki qismi sinf polidan 1x1,2 m balandlikda bo‘lishi va unga chetdan yorug‘lik 
nuri tushmasligi lozim. 
Yuqorida ko‘rsatilgan umumiy talablarga rioya qilish dars sifatini 
ta’minlashda asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. 


Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko‘rsatmalilik tamoyiliga amal qilish 
maqsadga muvofiq ekanligida ko‘rinadi. Pedagogik-psixologik yo‘nalishda olib 
borilgan 
tadqiqotlar 
natijalaridan 
ma’lum 
bo‘ladiki, 
shaxs 
tomonidan 
o‘zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko‘rish retseptorlari yordamida o‘zlashtiriladi.
Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, 
hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, 
so‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish 
ko‘p holatlarda o‘rganilayotgan obyektlarning subyekti yoki chizmasi yordamida 
kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish, maxsus jihozlar 
yordamida ko‘rsatish hisobiga amalga oshadi. 
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada 
ko‘proq samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim ham 
mumkin bo‘lavermaydi. Shu sababli tabiiy predmetlarni namoyish qilishda sun’iy 
muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot bog‘ida, turli 
o‘simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish), sun’iy obyektlar (maket, model, 
mulyaj, skelet, b.sh.)dan foydalaniladi. 
Metod yordamida o‘qituvchi o‘quvchilarni mustaqil ravishda obyektlarni 
o‘rganish, zaruriy o‘lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o‘rnatish, 
hodisalarning mohiyatini anglab yetishga, faol bilish jarayoniga yo‘naltirishi lozim. 
Namoyish samarasi ko‘p jihatdan bilish jarayonining o‘quvchilar yoshiga mos holda 
to‘g‘ri tanlanishi, ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning muhim 
jihatlariga yo‘naltirishiga bog‘liqdir. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling